Erkin iқtisodiy zonalar (ҳududlar)


IKKINCHI BOB. O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI YANGI IQTISODIY ZONALARNING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI



Download 0.63 Mb.
bet9/14
Sana28.08.2021
Hajmi0.63 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

IKKINCHI BOB. O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI YANGI IQTISODIY ZONALARNING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI

2.1. NAVOIY ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONASINING VUJUDGA KELISHI


2-rasm. Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi bosh binosining ko‟rinishi

“Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to’g’ridan to’g’ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transporttranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida:

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Navoiy viloyati hokimligining Navoiy shahri xalqaro aeroporti hududida Navoiy erkin industrialiqtisodiy zona (keyingi o’rinlarda – EIIZ) tashkil etish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin. Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zona hududida xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining asosiy yo’nalishi – zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko’lamda ishlab chiqarishdan iborat etib belgilansin.

Belgilab qo’yilsinki:

Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonaning faoliyat ko’rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi, bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;

EIIZ faoliyati davomida uning hududida alohida bojxona, valuta va soliq rejimlari, O’zbekiston Respublikasi norezident fuqarolarining uning hududiga kirish, hududda bo’lish va chiqib ketishning, shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi;

alohida huquqiy tartib, shu jumladan, soliq, valuta va bojxona tartibi faqat EIIZ hududida faoliyat ko’rsatayotgan va EIIZ direksiyasi tomonidan ro’yxatga olingan xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun amal qiladi;

NNavoy erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatini muvofiqlashtirish va tezkor boshqarish tegishli ravishda davlat organlari vakillaridan tashkil etiladigan

Ma‘muriy kengash va EIIZ direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ma‘muriy kengashning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etilgan barcha hudud EIIZ faoliyat ko’rsatadigan butun davr mobaynida foydalanish va boshqarish uchun ma‘muriy kengashga beriladi;

Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zona direksiyasi xo’jalik yurituvchi subyektlarga EIIZ hududida yer uchastkalarini subijaraga topshirish, o’z huquq va majburiyatlarini ijara shartnomasi bo’yicha boshqa shaxsga berish, ijara huquqini garovga qo’yish, ularni ulush sifatida ustav kapitaliga qo’shish huquqisiz ijaraga beradi. EIIZ hududida yer uchastkalarini sotish va boshqacha tarzda o’zgaga berish taqiqlanadi.

3. Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonada ro’yxatdan o’tgan xo’jalik yurituvchi subyektlar ularga kiritilgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lgan taqdirda yer solig’i, mulk solig’i, daromad solig’i, obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona soliq to’lovi (kichik korxonalar uchun), Respublika yo’l jamg’armasi va Respublika maktab ta‘limini rivojlantirish jamg’armasiga majburiy to’lovlardan ozod etilsin:

3 million yevrodan 10 million yevrogacha – 7 yilga;

10 million yevrodan 30 million yevrogacha – 10 yilga. Keyingi 5 yil davomida foyda solig’i va yagona soliq to’lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi;

30 million yevrodan ortiq bo’lganda – 15 yilga. Keyingi 10 yil davomida foyda solig’i va yagona soliq to’lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi.

Shunday tartib belgilansinki, unga ko’ra EIIZda ro’yxatga olingan xo’jalik yurituvchi subyektlar EIIZ faoliyat ko'rsatadigan butun muddatga eksportga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish maqsadida mamlakatga olib kelinayotgan asbob-uskunalar, shuningdek, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar bojxona to’lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlardan tashqari) ozod qilinadi.

Belgilab qo’yilsinki, O’zbekistonning ichki bozorlarida sotish uchun mo’ljallangan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida mamlakatga olib kiriladigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to’lovlari, agar qonun hujjatlarida boshqa imtiyozli tartib ko’zda tutilmagan bo’lsa, belgilangan stavkalarning 50 foizi miqdorida (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig’imlardan tashqari) undiriladi, bunda ularni to'lash muddati 180 kungacha kechiktirilishi mumkin.

Qayd etilgan imtiyozlardan foydalangan holda EIIZ hududiga olib kirilgan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar sotilgan yoki bepul berilgan taqdirda, bojxona to’lovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjetga to’iq hajmda undiriladi.

Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonada ro’yxatdan o’tgan xo’jalik yurituvchi subyektlarga quyidagilar ruxsat etilsin:

ular o’rtasida tuzilgan shartnomalar va kontraktlar bo'yicha hisob-kitob va to’lovlarni EIIZ hududida xorijiy valutada amalga oshirish;

O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqini erkin almashtiriladigan valutada to’lash;

eksport va import qilinadigan tovarlar uchun haq to’lash va hisob-kitob

qilishning ularga qulay shartlari va shakllaridan foydalanish.

Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonada ro’yxatga olingan xo’jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligining soliq to’lovchilar ahvolini yomonlashtiruvchi hujjatlari tatbiq etilmasligi belgilab qo’yilsin, aksiz solig’iga tortiladigan tovarlarning soliqqa tortilishini tartibga soluvchi hujjatlar bundan mustasno.

Navoiy viloyati hokimligi O’zbekiston Respublikasi Yer- geodezkadastr davlat qo’mitasi, Davlat arxitektura-qurilish qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisoiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik, idora va xo’jalik birlashmalari bilan birgalikda:

ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga EIIZni joylashtirish uchun zarur bo’lgan yer maydoni bo’yicha, uning chegaralari aniq ko’rsatilgan holda, takliflar kiritsin;

bir oy muddatda, tanlangan yer uchastkasi ma‘qullangandan keyin, uni erkin industrial-iqtisodiy zona yaratish maqsadida belgilangan tartibda ajratsin, uni zarur kadastr materiallari bilan rasmiylashtirsin hamda EIIZ Ma‘muriy kengashiga u faoliyat ko’rsatadigan muddatga foydalanish va boshqarish uchun bersin;

yil 1 martgacha bo’lgan muddatda mazkur zona hududini barpo etishning, shu jumladan zarur muhandislik kommunikatsiyalari va servis xizmatlarini tashkil etishning dastlabki rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun

Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;

yil 1 yanvargacha bo’lgan muddatda erkin industrial-iqtisodiy zonaning Bosh rejasini va zarur loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlasin.

8. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: bir oy muddatda Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zona to’g’risidagi Nizomni tasdiqlasin va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida qaror qabul qilsin;

2009 yil 1 yanvargacha bo’lgan muddatda Navoiy viloyatidagi erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatini tezkor boshqarish va davlat tomonidan tartibga solish vazifalarini amalga oshirish uchun EIIZning Ma‘muriy kengashini tashkil etsin;

uch oy muddatda ilovaga muvofiq ro’yxat bo’yicha Navoiyerkin

industrial-iqtisodiy zona faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta‘minlasin.

Navoiyerkin industrial-iqtisodiy zona Ma‘muriy kengashiga:

Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tanlov asosida, EIIZ direksiyasi sifatida xalqaro e‘tirof etilgan boshqaruvchi kompaniyani tanlash va unga shartnoma asosida EIIZni boshqarish;

xizmatlar ko’rsatishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda uning foydalanishida va boshqaruvida bo’lgan yerlar, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlarning bir qismi hisobiga shakllantiriladigan erkin industrial-iqtisodiy zonaning mustaqil budjetini shakllantirish; mustaqil budjet doirasida, mablag’lari infratuzilmani rivojlantirishga va erkin industrial-iqtisodiy zonaning faoliyati samaradorligini oshirishga yo’naltiriladigan Erkin industrial-iqtisodiy zonani rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish huquqi berilsin.

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, zarurat bo’lganda, Investitsiya dasturlarini shakllantirishda EIIZni rivojlantirishning tasdiqlangan Bosh rejasiga va taqdim etilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq erkin industrial-iqtisodiy zonaning ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo etishga mablag’larni nazarda tutsin.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu

Farmondan kelib chiqadigan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat