Erkin iқtisodiy zonalar (ҳududlar)


ERKIN IQTISODIY ZONALAR HUQUQIY MAQOMI



Download 0.63 Mb.
bet8/14
Sana28.08.2021
Hajmi0.63 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14

1.3. ERKIN IQTISODIY ZONALAR HUQUQIY MAQOMI


Hozirgi kunda jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni birinchi galda, to‘g‘idan tog‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda esa erkin iqtisodiy zonalar muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday erkin iqtisodiy zonalar mintaqani ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transporttranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishga imkoniyat yaratadi. Hozirgi kunda xalqaro xo‘jalik faoliyatida erkin iqtisodiy zonalarning 30 dan ortiq turi mavjud. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir munosabatlar bir qator huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi.

1996-yil 25-aprelda qabul qilingan erkin iqtisodiy zonalar to’g’risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, 1998-yil 30 aprelda qabul qilingan Chet el investitsiyalari, Chet ellik investorlar huquqlarining kafolotlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida gi va boshqa bir qator hujjatlar bilan tartibga solinadi.

EIZ to‘g‘risidagi qonunning 1- moddasiga ko‘ra Erkin iqtisodiy zona mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan va aniq belgilangan ma‘muriy chegaralari va alohida huquq tartiboti bo‘lgan alohida maxsus ajratilgan hududdir. Erkin iqtisodiy zona hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xo‘jalik, moliyaviy va boshqa moliyaviy faoliyatning istagan turlari bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlari bundan mustasno.

Chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasiga ko‘ra davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida ularning barcha huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi. Chet ellik investor va chet el investitsiyalari uchun adolatli vat teng huquqli rejim, ularning to‘liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta‘minlanadi. Shu o‘rinda erkin industrial — iqtisodiy zonaning o‘zi nima, uni tashkil etishdan maqsad va u mamlakatimiz uchun qanday naf keltiradi? degan savollar tug‘ilishi tabiiy. Avvalo, iqtisodiy zonaning industrial deb nomlanishining o‘zi ham uning sanoatlashganligidan dalolat beradi. Aynan shunday zonalarni tashkil etish orqali har bir mamlakat o‘z iqtisodiyotiga ilg‘or texnologiya, valyuta kirimlari shaklidagi chet el sarmoyalarini jalb qilish, zamonaviy infratuzilmasini yaratish, ichki iste‘mol bozorini to‘dirish, qoloq hududlarni jadal rivojlantirish, qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratish, shuningdek, iqtisodiyotni boshqarish sohasida va zamonaviy xalqaro tadbirkorlik sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Gap shundaki, erkin industrial – iqtisodiy zonada ishlab chiqaruvchilar sheriklarini mustaqil tanlash, mahsulotlarning turi, hajmi va narxlarini kuchli raqobat, bozorning talab takliflari asosida belgilash, ishchi- xizmatchi, muhandis – texnik xodimlarni ishga qabul qilish va bo‘shatish masalalarini o‘z xohishicha hal etish ularga ish haqqini milliy va chet el valyutasida berish huquqiga egadirlar.

Erkin iqtisodiy zonalarning umumiy xarak turli tomoni shundaki ularda ushbu mamlakatda tadbirkorlarga qo‘llanadigan umumiy rejimga qaraganda qulay bojxona invеstitsion moliyaviy imtiyozlari va afzalliklarning mavjudligidir.

Eng muhimi, Osiyodan Yevropaga, Yevropadan Osiyodan, kelajakda esa boshqa qit‘alarga jo‘natiladigan davlat ahamiyatiga molik yuklarni global yuk tizimiga kirish xuddi shu erkin zonada hal etiladi. Erkin industrial — iqtisodiy zona – bu mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning, mamlakat iqtisodiyoti barqarorligining muhim omilidir.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat