Erkin iқtisodiy zonalar (ҳududlar)



Download 0,63 Mb.
bet12/14
Sana28.08.2021
Hajmi0,63 Mb.
#157939
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kurs ishi Abdulatif

7-rasm. “Angren” maxsus industrial zonasining ko‟rinishi

Davlat rahbari Angren maxsus industrial zonasining Ma‘muriy kengashini tashkil etishga ko‘rsatma berdi.

Angren maxsus industrial zonasi qatnashchilari: yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan, kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan; respublikada ishlab chiqarilmaydigan, loyihalarni amalga oshirish doirasida

Angren MIZ hududiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar boj to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etildi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar kiritilgan investistiyalarning hajmiga qarab 3 yildan 7 yilgacha muddatga beriladi, shu jumladan ekvivalenti:

300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha bo‘lganda – 3 yil muddatga;

3 million AQSh dollaridan ortib 10 million AQSh dollarigacha bo‘lganda – 5 yil muddatga;

10 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda – 7 yil muddatga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi O‘zbekenergo DAK, O‘ztransgaz AK, O‘zavtoyo‘l AK, O‘zbekiston temir yo‘llari DAK, O‘zkommunxizmat agentligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda Angren maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislikkommunikastiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Janubiy Koreya kompaniyalarini “Angren” EIZni rivojlantirishga taklif qildi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya Prezidentlari hamkorlikdagi qator yirik loyihalarni amalga oshirish haqida kelishib olishdi.

Janubiy Koreya-O‘zbekiston sammiti payshanba, 20 sentyabr kuni, Seulda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikkala mamlakat prezidentlari hamkorlikdagi bayonotni imzolashdi. Unda munosabatlarni mustahkamlash va iqtisodiyot, savdo, investitsiyalar, moliya, fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni faollashtirish niyati qayd etildi.

Hujjatda aytilishicha, mamlakatlar O‘zbekistondagi qator yirik loyihalarni amalga oshirishda davom etishadi. Bular: polietilen va polipropilen ishlab chiqaruvchi Surg‘il koni bazasidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi, Navoiysanoat-iqtisodiy zonasini rivojlantirish, Navoiy aeroporti hududida yirik xalqaro logistika markazini barpo etish va h.k.

O‘zbekiston va Koreya Prezidentlari Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi bo‘yicha loyihaning amalga oshish jarayonidan qoniqish bildirdilar, deya xabar beradi Uzdaily.

O‘zbekiston birinchi rahbari Islom Karimov Janubiy Koreya kompaniyalarini

Angren erkin idustrial zonasini rivojlantirishda qatnashishga taklif qildi.

Janubiy Koreya prezidenti Li Myon Bak Navoiyaeroporti bazasida logistika markazini tashkil etish loyihasining alohida ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidladi. Li ushbu loyihani istiqbolli va kelajakka qaratilgan deb baholadi.

Bayonotda qayd etilishicha, Janubiy Koreya ta‘lim, sog‘liqni saqlash, telekommunikastiyalar, atrof-muhit muhofazasi va boshqa sohalarda O‘zbekistondagi turli loyihalar va dasturlarga moliyaviy va texnikaviy ko‘mak ko‘rsatadi.

“Angren” industrial zonasi mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi

Angren shahrining jo’g’rofiy o’rni bu yerda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qulay. Tuprog’i tabiiy resurslarga boy. Bu yerda qo’ng’ir ko’mir, kaolin va boshqa qurilish materiallarining katta zaxirasi mavjud.

Bugungi kunda shaharda ikki yuzdan ortiq korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. "O’zbekko’mir" va uning tarkibiga kiruvchi unitar korxonalar, Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalari, "Sangren tex" qo’shma korxonasi,

"Energoqozontozalash", "Angren kaolin" mas‘uliyati cheklangan jamiyatlari, Angren logistika markazi shular jumlasidandir.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 13-aprelda qabul qilingan Angren maxsus industrial zonasini barpo etish to’g’risidagi farmoni bu boradagi ishlar ko’lamini yanada kengaytirishda muhim dasturilamal bo’layotir.

Ushbu hujjatda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, shuningdek, Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, yangi ish o’rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadlari ko’zda tutilgan.

Mamlakatimizdagi korxonalar o’rtasida kooperatsiya aloqalari yanada rivojlanmoqda. Mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuksak texnologiyali mahsulot ishlab chiqarish jarayoni chuqurlashayotir. Transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma, Angren logistika markazi salohiyati, yuklarni avtomobil va konteynerlarda tashish borasida yaratilgan tizimni yanada rivojlantirish hamda ulardan keng ko’lamda foydalanish ta‘minlanayotir, ko’plab yangi ish o’rinlari ochilmoqda.

Mazkur industrial zonada faoliyat ko’rsatadigan korxonalarga, kiritiladigan investitsiyalar hajmiga qarab, 3-yildan 7-yilgacha bo’lgan muddatga keng ko’lamli soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar qo’llaniladi, ularning infratuzilma ob‘ektlari va kommunikatsiyalarga kafolatli ulanishi ta‘minlanadi.

Davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan farmoniga binoan berilgan bunday imtiyoz va imkoniyatlar, Angrenga temir yo’l borgani va uning elektrlashtirilgani, vodiy viloyatlariga eltuvchi avtomobil yo’lining talab darajasiga keltirilgani, Angrenning poytaxtga yaqinligi va u yerdan Toshkent shahriga kirmasdan Sirdaryo, Jizzax va boshqa viloyatlarga o’tish imkoniyati mavjudligi sarmoyadorlarning Angren maxsus industrial zonasiga bo’lgan qiziqishini tobora oshirmoqda.

Hozir mazkur zonada qiymati 186,5 million dollarlik sakkizta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Xususan, shakar zavodi qurish, ishlatilgan avtomobil moylarini qayta ishlash, keramik plitalar tayyorlash, terini qayta ishlash va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish, har xil o’lchamdagi mis quvurlar, ko’mir briket va sanitar-keramikalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish choratadbirlari ko’rilmoqda.

Ushbu yirik loyihalar "O’zbekneftgaz" milliy xolding va O’zqurilishmateriallari aksiyadorlik kompaniyalari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, "O’zbekcharmpoyabzali" va Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmalari hamkorligida Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Singapur, Avstriya, Hindiston hamda Bolgariyaning yetakchi kompaniyalari orasidan tanlab olingan investorlar ko’magida hayotga tatbiq etilayotir.

Angren maxsus industrial zonasi direksiyasi direktori Sohib Saifnazarovning aytishicha, ayni kunda zarurat va ehtiyoj yuqori bo’lgan turli tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan loyihalarning tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari o’rnatilgan tartibda ekspertizadan o’tkazilmoqda. "Parking construction servise" mas‘uliyati cheklangan jamiyati jamoasi shakar zavodini qurmoqda.

Ish qizg’in davom etmoqda, deydi "Parking construction servise" mas‘uliyati cheklangan jamiyati vakili, qurilish uchastkasi boshlig’i T.Pernebekov. Jumladan, zavodgacha bo’lgan hamda ichki temir va avtomobil yo’llari qurilayotir. Bunyodkorlik ishlariga uch yuz nafardan ziyod quruvchi va yo’lsozlar jalb etilgan. Qad ko’tarayotgan ob‘ektgacha tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik va texnik suv quvurlarining olib kirilgani, qurilish materillarining peshma-pesh yetkazib berilayotgani ish sifati va samaradorligini oshirish imkonini yaratmoqda.

Ma‘lumotlarga ko’ra, ushbu zavod uchun eng zamonaviy texnologik liniya, uskuna va jihozlarga buyurtma berilgan. Ularni olib kelish va o’rnatish ishlari joriy yilning ikkinchi choragidan boshlanadi.

Zavodning loyiha qiymati 108,5 million dollarga teng. Bu yirik korxona ishga tushgach, kuniga ming tonnagacha shakar ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo’ladi, ikki mingga yaqin ish o’rni yaratiladi.

Mana shu ma‘lumotning o’zi ham industrial zonada amalga oshirilayotgan ishlar naqadar ulkan va muhim ahamiyatga ega ekanidan dalolat beradi.

Hozirgi vaqtda mazkur hududda O’zkimyosanoat va O’zavtosanoat kompaniyalari, O’zfarmsanoat konserni, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va boshqa mahalliy hamda xorijiy yirik kompaniya va firmalar ishtirok etishi ko’zda tutilayotgan umumiy qiymati 245 million dollarlik yana yigirma ikkita istiqbolli loyihani amalga oshirish masalalari ko’rib chiqilmoqda va buning uchun investorlar tomonidan zarur hujjatlar tayyorlanmoqda.

Industrial zonada amalga oshirilayotgan bunday keng ko’lamli ishlar doirasida Angren va Ohangaron shaharlarida 42,7 kilometrdan ortiq avtomobil yo’li barpo etiladi va kapital ta‘mirlanadi. Shuningdek, 21,4 kilometr suv, 4,2 kilometr kanalizatsiya tarmoqlari quriladi. Bir necha kilometr yangi elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari tortiladi. Ayni kunda bu boradagi ishlar qizg’in davom etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-avgustdagi

2013-2015-yillarda Angren maxsus industrial zonasining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlariga oid qarori bunda muhim omil bo’lmoqda.

Har yili Angren shahridagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini uch ming nafardan ortiq yigit-qiz bitirib chiqayotir. Yangi korxonalarning ishga tushirilishi shahar aholisini, birinchi galda ushbu bitiruvchilarni ish bilan ta‘minlash, daromadini ko’paytirish hamda hududlarni obodonlashtirish imkonini beradi. Angren logistika markazi, "Maxsusyuktrans", "Avtoterminal" korxonalarining faoliyat boshlashi munosabati bilan ko’plab fuqarolar ish bilan ta‘minlandi. Gulbog’, Obliq, Yangi Go’shsoy, Grum kabi mahallalar atrofi tartibga keltirildi, bu maskanlarga ko’plab mevali va manzarali daraxtlar, anvoyi gullar ekildi.

Angren maxsus industrial zonasining tashkil etilishi shaharda bu boradagi ishlar ko’lamini kengaytirish, sanoat va infratuzilmani yanada rivojlantirish, yangi ish o’rinlari yaratish, pirovardida mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.

2.3. JIZZAX MAXSUS INDUSTRIAL ZONASINI BARPO ETILISHI



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

18.03.2013 Yuqori qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida, shuningdek O’zbekistonda o’zbek-xitoy sanoat parkini barpo etish loyihasini amalga oshirish bo’yicha o’zaro anglashuv to’g’risidagi memorandumga muvofiq:

1. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligining Jizzax viloyatida Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida filiali bo’lgan Jizzax maxsus industrial zonasini (keyingi o’rinlarda – Jizzax MIZ deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq hududlar chegaralari doirasida barpo etish to’g’risidagi taklifi qabul qilinsin.

O’zbekiston Respublikasi Ergeodez kadastr davlat qo’mitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jizzax MIZ tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralarini aniq belgilasin va yerlarning tegishli ravishda ajratilishini ta‘minlasin.

Belgilab qo’yilsinki, Jizzax MIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligining bevosita tasarrufida bo’ladi hamda Jizzax MIZ Ma‘muriy kengashi bilan kelishilgan holda ajratiladi.

2. Quyidagilar Jizzax maxsus industrial zonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari etib belgilansin: ichki va tashqi bozorlarda raqabatbardosh bo’lgan yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha zamonaviy, yuksak texnologiyali va innovatsion ishlab chiqarishlarni barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish; maxsus industrial zonaga kiruvchi mintaqalarning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta‘minlash, mineral-xomashyo resurslarini va qishloq xo’jalik xomashyosini chuqur qayta ishlash bo’yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;

Maxsus industrial zona va umuman respublika korxonalari o’rtasida mustahkam kooperatsion aloqalar o’rnatish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuksak texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

Jizzax MIZ hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmaning jadal rivojlanishini va ulardan samarali foydalanishni ta‘minlash.

3. Belgilab qo’yilsinki, Jizzax MIZning faoliyat yuritish muddati 30-yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;

Jizzax MIZ faoliyat yuritadigan muddat mobaynida uning hududida maxsus soliq tartibi va bojxona imtiyozlari amal qiladi;

Jizzax MIZ qatnashchisi maqomi Jizzax maxsus industrial zonasi Ma‘muriy kengashining qarori bilan beriladi.

4. Jizzax maxsus industrial zonasining Ma‘muriy kengashi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil qilinsin.

Jizzax maxsus industrial zonasi Ma‘muriy kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat etib belgilansin: korxonalarga Jizzax MIZ qatnashchisi maqomini berish to’g’risida qarorlar qabul qilish;

Jizzax MIZda loyihalarni amalga oshirish uchun mas‘ul bo’lgan vazirliklar va idoralarning, xo’jalik birlashmalarining loyiha, tender va kontrakt hujjatlarini o’z vaqtida tayyorlash hamda ularning ekspertizasini o’tkazish borasidagi ishlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining Jizzax MIZ faoliyati bilan bog’liq masalalardagi ishlarini muvofiqlashtirish; ishlamayotgan korxonalarni va davlat egaligidagi mol-mulkni Jizzax MIZ qatnashchilariga nolga teng xarid qiymati bo’yicha sotish to’g’risida qarorlar qabul qilish;

Jizzax MIZning samarali faoliyat yuritishini tashkil qilish, Jizzax MIZ Direksiyasini shakllantirish va uning faoliyati ustidan nazorat olib borish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

5. Jizzax maxsus industrial zonasi qatnashchilari:

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lashdan, kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi, shuningdek

Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan; respublikada ishlab chiqarilmaydigan, loyihalarni amalga oshirish doirasida

Jizzax MIZ hududiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxatlar bo’yicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar boj to’lovlari (bojxona yig’imlaridan tashqari) to’lashdan ozod qilinsin.

Belgilab qo’yilsinki, yuqorida ko’rsatib o’tilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalarning hajmiga qarab 3-yildan 7-yilgacha muddatga beriladi, shu jumladan ekvivalenti:

300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha bo’lganda – 3-yil muddatga;

3 million AQSh dollaridan ortib 10 million AQSh dollarigacha bo’lganda – 5-yil muddatga;

10 million AQSh dollaridan ortiq bo’lganda – 7-yil muddatga beriladi.

6. Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi Jizzax maxsus industrial zonaning Ma‘muriy kengashi qarorlari bo’yicha belgilangan tartibda Jizzax MIZda loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun quyidagilarni ta‘minlasin:

birinchi navbatda sobiq sanoat zonalarining foydalanilmayotgan hududlarida

korxonalar qurish uchun yer maydonlarini o’z vaqtida ajratish; muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun

barcha zarur ruxsatnomalarni bir darcha tamoyili asosida berish.

7. Shunday tartib o’rnatilsinki, unga muvofiq Jizzax MIZda qatnashuvchi xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar uchun O’zbekenergo DAK, O’ztransgaz AK,

Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bo’linmalari va boshqa muhandislikkommunikatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar kommunikatsiyalarni ishlab chiqarish maydonchalariga tutashtirgan holda kafolatli ulanishini ta‘minlaydilar.

8. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Jizzax MIZga ajratiladigan hududlarga byudjet mablag’lari va boshqa ichki moliyalash manbalari hisobidan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va yanada rivojlantirishni ta‘minlasin.

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi O’zbekenergo DAK, O’ztransgaz AK,

O’zkommunxizmat agentligi, O’zavtoyo’l AK, O’zbekiston temir yo’llari DAK, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda Jizzax maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jizzax MIZ Direksiyasini tashkil etsin va Jizzax maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish bo’yicha qaror qabul qilsin, unda Jizzax maxsus industrial zonasi to’g’risidagi Nizom hamda Jizzax maxsus industrial zonasi Ma‘muriy kengashi haqidagi Nizomni tasdiqlash nazarda tutilsin.

10. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Vazirlik tarkibidagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish boshqarmasining Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi xodimlari sonini 2 nafar shtat birligiga oshirish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin.

11. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 18 yanvardagi yig‘ilish qaroriga muvofiq Jizzax viloyatida erkin industrial zonani tashkil etish rеjalashtirilmoqda.

Mazkur yig‘ilish yakunlariga muvofiq qabul qilingan hujjatga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimovga Tashqi iqtisodiy aloqalar, invеstitsiya va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Jizzax viloyati hokimiyatlari va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2013 yilning I choragida Xitoy Xalq Rеspublikasining vakolatli organlari bilan ta'sis hujjatlarini kеlishishi va barcha tayyorgarlik tadbirlarini tugatishga ko‘rsatma bеrgan.

9-rasm. Jizzax viloyati hokimiyati



O'zbеkiston Rеspublikasining Jizzax viloyatida erkin industrial zona tashkil etildi

Hujjatda qayd etilishicha, industrial zonani tashkil etishdan maqsad Jizzax viloyati va unga chеgaradosh hududlarning rеsurs bazasidan samarali foydalanish, sanoat va eksport salohiyatini rivojlantirish uchun invеstitsiyalarni hamda ilg‘or innovatsiya tеxnologiyalarini jalb etishdir.

Shuni ta'kidlash lozimki, bugungi kunda O‘zbеkistonda ikkita – «Navoiy» erkin industrial iqtisodiy zonasi va «Angrеn» maxsus industrial zonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.


Jizzax shahrida erkin industrial zona tashkil qilinadi

10-rasm. Jizzax shahrida erkin industrial zonaning ko‟rinishi

O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2012 yilda respublikani ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalari to'g'risidagi qarorida ana shunday deyiladi. Bundan ko'zlangan maqsad Jizzax viloyati va unga chegaradosh hududlarning resurs bazasidan samarali foydalanish, viloyatdagi sanoat va eksport salohiyatini rivojlantirish uchun investitsiyalarni hamda ilg'or innovatsiya texnologiyalarini jalb etishdir. Mamlakatimiz hukumati erkin industrial zonalar barpo etish orqali jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlaydigan zamonaviy yuqori texnologiyalarni jalb etishga harakat qilmoqda.

Buning uchun hukumat alohida yengillashtirilgan bojxona tartibi, valyuta va soliq rejimlari, chet ellik fuqarolarning erkin iqtisodiy hududlarga kirishi, hududda bo'lishi va chiqib ketishi, shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibini joriy etishni va'da qilgan.

Shuningdek, erkin industrial hududida ro'yxatdan o'tgan xo'jalik yuritish sub'yektlari yer solig'i, mulk solig'i, daromad solig'i, obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i, yagona soliq to'lovi, yo'l jamg'armasi va maktab ta'limini rivojlantirish jamg'armasiga majburiy to'lovlardan ozod etiladilar. Ayni paytda O'zbekistonda ikkita – 2008 yili Navoiy xalqaro aeroporti atrofida barpo etilgan Navoiy va 2012 yili tashkil etilgan Angren industrial zonalari mavjud.



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish