Erkin iқtisodiy zonalar (ҳududlar)


-rasm. «Navoiy» erkin iqtisodiy-sanoat zonasining hududiy tuzilmasi



Download 0,63 Mb.
bet11/14
Sana28.08.2021
Hajmi0,63 Mb.
#157939
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kurs ishi Abdulatif

4-rasm. «Navoiy» erkin iqtisodiy-sanoat zonasining hududiy tuzilmasi



“NAVOIY” ERKIN IQTISODIY INDUSTRIAL ZONASIda xorijiy investorlar uchun yaratilgan soliq imtiyozlari va ulardan samarali foydalanish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrdagi Farmoniga asosan tumanimizda erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etildi. Qariyb 500 gektar maydonni egallagan EIIZ hududida alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari hamda norezident fuqarolarning hududga kirish, chiqib ketish, shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi. Zamonaviy innovastion texnologiyalarni joriy etish hisobiga jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish EIIZ hududida xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tumandagi shunday salohiyatga ega bo‘lgan firmalar ham xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari ro‘yxatiga kirish va erkin industrial-iqtisodiy zona hududida ro‘yxatga olish to‘g‘risida EIIZ

ma‘muriyatiga murojaat qilishlari mumkin.

EIIZ rezidentlari yer, mol-mulk, foyda, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlari, yagona soliq to‘lovi (kichik korxonalar uchun), Yo‘l jamg‘armasi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari umumiy ta‘lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta‘mirlash, jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan belgilangan tartibda ozod etilgan. Ya‘ni, investitsiyalar hajmi 3 milliondan 10 million yevrogacha bo‘lsa, 7 yilga, 10 dan 30 million yevrogacha 10 yilga, foyda solig‘i va YaST stavkalari 5 yil muddatga 50 foizga, 30 million yevrodan ortiq bo‘lsa, 15 yilga, foyda va YaST stavkalari 10 yilga 50 foizga pasaytiriladi.

Bu imtiyozni qo‘llash Navoiy EIIZ hududida alohida soliq rejimini ta‘minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga solinadi.

Imtiyozning amal qilish muddati yuridik shaxs EIIZ qatnashchilari reestriga kiritilgan sanadan boshlab hisoblanadi. U imtiyozni qo‘llash huquqiga ega bo‘lgan oydan boshlab amal qilish muddati tugagunga qadar foydalanadi. Imtiyozni qo‘llash huquqi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investistiyalarning belgilangan hajmiga erishilgan paytdan boshlab vujudga keladi.

EIIZda faoliyatni amalga oshirish uchun 19 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan 16 tasi qo‘shma, 2 tasi sho‘ ba korxonasidir. Olive Telekom qo‘shma korxonasi, Uzkor LIGHTING MChJ QK Navoiy shahridan, Hansang-Pharm

MChJ QK esa Toshkent shahridan ro‘yxatdan o‘tgan. Bugungi kunda bu yerda 12 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 apreldagi Navoiyerkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida bojxona rejimi hamda alohida soliq rejimini ta‘minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi qarori talablariga asosan 9 ta korxona yetti yilgacha muddatda imtiyozga ega bo‘lib, o‘tgan yilning to‘qqiz oyida jami 3 milliard 184.5 million so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.


5-rasm. “Navoiy” erkin iqtisodiy industrial zonasining ko‟rinishi

“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida dastlabki besh korxona


faoliyati to‟g'risida

2010 yil avgust oyining oxirida, O’zbekiston mustaqilligining 19 yilligi arafasida Navoiyerkin industrial-iqtisodiy zonasida elektronika, avtomobil qismlarini ishlab chiqaruvchi, polimer va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlaydigan beshta korxonaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Dastlabki beshlikka raqamli televideniye uchun yiliga 50 ming dona priyomnik ishlab chiqaradigan Telecom Innovations qo’shma korxonasi ham kiradi. Ushbu korxona O’zbektelekom aksiyadorlik kompaniyasi va

Singapurning Servetechno Pte.Ltd kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan. Loyihaning umumiy qiymati 1,6 million dollarni tashkil qiladi. Yangi korxona 30 nafardan ortiq yosh mutaxassisni ish bilan ta‘minladi. Ularning aksariyati mahalliy kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridir.

Shuningdek, polietilen va polipropilen quvurlar ishlab chiqaradigan yana ikki zavod ham ishga tushdi. Polietilen quvurlari korxonasi diametri 75 dan 630 millimetrgacha bo’lgan 8,6 ming tonna polietilen quvurlar ishlab chiqaradi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 7,2 million dollarni tashkil etadi. Bu yerda qariyb 70 ga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi. Korxona to’la quvvat bilan ishlay boshlagach, uning eksport hajmi 5,9 million dollardan oshadi. Yiliga 2300 pogon kilometr quvvatga ega Polipropilen quvurlari korxonasi esa diametri 16 dan 63 millimetrgacha bo’lgan polipropilen quvurlar ishlab chiqaradi. Loyihaning umumiy qiymati 5,2 million dollarni tashkil qiladi. Korxona 40 nafardan ortiq yosh mutaxassisni, xususan, mahalliy kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta‘minladi. Bu yerda kelgusida 50 foizgacha bo’lgan tayyor mahsulotni eksport qilish mo’ljallanmoqda.

Yana bir yangi korxona – UzEraeCable qo’shma korxonasi O’zavtosanoat aksiyadorlik kompaniyasi va Koreya Respublikasining Erae cs Ltd kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. Mazkur korxona yiliga 150 ming kilometr avtomobil simlarini ishlab chiqaradi. Loyihaning umumiy qiymati 13,0 million dollarni tashkil etadi. GM Uzbekistan zavodi uchun avtomobil jgutlarini ishlab chiqaradigan O’zKodji qo’shma korxonasi ushbu yangi korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarning asosiy buyurtmachisidir. Shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotning 20 foizini General Motorsning yaqin mamlakatlardagi korxonalariga eksport qilish ko’zda tutilgan.

AgroFresh korxonasi Navoiyerkin industrial-iqtisodiy zonasida birinchilardan bo’lib ochilgan qo’shma korxonalar sirasiga kiradi. Ushbu yangi korxona Markazsanoateksport GAVK va Birlashgan Arab Amirliklarining Kefayat General Trading Co kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Qo’shma korxona 3000 tonna meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash imkonini beradigan, harorat gaz orqali boshqariladigan, Italiyaning muzlatish uskunalari bilan jihozlangan. Loyihaning umumiy qiymati 5,03 million dollarni tashkil etadi. Bu yerda yigirmadan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi. Korxona mahsulotining qariyb 50 foizi eksportga chiqariladi.

Ta‘kidlash joizki, yuqorida sanab o’tilgan barcha ishlab chiqarish korxonalari zamonaviy, yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan bo’lib, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.

Navoiyerkin industrial-iqtisodiy zonasi 2008 yilning dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan zamonaviy yuqori texnologiyali korxonalarni ishga tushirish, sanoat salohiyati, ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda xorijiy, eng avvalo to’g’ridanto’g’ri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Navoiyerkin industrial-iqtisodiy zonasi hududidagi korxonalarning asosiy faoliyati etib quyidagi yo’nalishlar belgilangan: avtomobilsozlik, aniq mashinasozlik, elektronika va elektr texnikasi, farmatsevtika va tibbiyot buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, plastmassalarni qayta ishlashga zamonaviy, yuqori samarali uskunalar, innovatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda, keng turdagi yuqori texnologiyali, eksportga yo’naltirilgan, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan Navoiyerkin industrial-iqtisodiy zonasida faoliyat yuritadigan rezidentlar uchun misli ko’rilmagan qulay imtiyoz va preferensiyalar belgilangan. Bu deyarli soliqsiz, imtiyozli valuta rejimi, shuningdek, chet ellik xodimlarning mazkur zonada bo’lishining soddalashtirilgan tartibni o’z ichiga oladi.

Bugungi kunda Navoiyerkin industrial-iqtisodiy zonasi hududi yangi ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritishi uchun tayyor holga keltirilgan, barcha muhandislik kommunikatsiyalari (ichimlik va texnik suv, kanalizatsiya, elektr energiyasi, tabiiy gaz, telefon tarmoqlari, avtomobil va temir yo’llari) qurib bitkazilgan.

Ma‘muriy, bank-moliya va boshqa tegishli xizmatlarni ko’rsatish uchun ma‘muriy va moliyaviy markaz binolari qurilgan. Import va eksport mahsulotlarni rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish uchun bojxona postining qurilish ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Hozirgi kunda Navoiyerkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida 16 loyiha amalga oshirilmoqda. Ayni kungacha 5 korxona ish boshladi. Joriy yilning oxirigacha yana 7 loyihani amalga oshirish ko’zda tutilgan. Ushbu loyihalar doirasida energiya tejaydigan lampalar, LCD monitorlar, elektron gaz hisoblagichlari, tayyor dori-darmon vositalari, generatorlar, kompressorlar va GM Uzbekistan korxonasi avtomobillari uchun uskunalar bloklari singari zamonaviy mahsulotlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.

Navoiy erkin industrial – iqtisodiy zona imkoniyatlari kengaymoqda

Qulay investitsiyaviy muhit sharoitida faoliyat yuritayotgan Navoiy erkin industrial – iqtisodiy zonasi O’zbekiston nomini dunyoga tanitib, davlatimizga xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga xizmat qilmoqda.

Faoliyat ko’lami tobora kengayib borayotgan ushbu hududda o’tgan vaqt mobaynida 12 ta yangi korxona qurilib, foydalanishga topshirildi. 2012 yilda ular tomonidan 80 milliard so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 2015 yilga qadar umumiy qiymati 270 million AQSh dollarilik yana 24 ta loyihani hayotga tatbiq etish rejalashtirilgan.

Ma‘lumki, yurtimizda avtomobilsozlik sanoati jadal taraqqiy etmoqda. Natijada iqtisodiy samaradorligi yuqori bo’lgan tabiiy gaz yonilg’isiga ham talab ortmoqda. Bu esa o’z navbatida, avtomobillar uchun gaz ballonlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari tashkil etilishiga asos bo’layapti.

Yaqinda hududda avtomobillar uchun yuqori bosimli gaz balonlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona ishga tushdi. Eng so’nggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan mazkur korxonada 55 litrdan 154 litrgacha bo’lgan yuqori bosimli metan gaz balonlari ishlab chiqariladi.

Hozirgi kunda bu yerda 100 nafar kishi ish bilan ta‘minlandi, deydiqo’shma korxona injener-texnologi Saidolim Saidahrorov. Korxonamiz yiliga 120 ming dona gaz balon ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shu paytgacha respublikamizga yuqori bosimli metan gaz balonlari, asosan, xorijdan keltirilardi. Endilikda O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot ichki ehtiyojlarimizni qondirish bilan birga ularni qo’shni davlatlar, jumladan, MDH mamlakatlariga ham eksport qilish imkoniyatini beradi. Kelajakda ushbu zavodda nafaqat metan, balki, propan, butan va kislorod gaz balonlari ishlab chiqarish ham ko’zda tutilgan.

“Telecom Innovations”da boshlang’ich kasaba uyushmasi qo’mitasi tuzildi



«Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasida tashkil etilgan qaldirg’och korxonalardan biri TELECOM INNOVATIONS qo’shma korxonasida boshlang’ich kasaba uyushmasi qo’mitasi tuzildi.

Birinchi 0Prezidentimizning 2008 yil 2 dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida»gi Farmoni qabul qilingandan buyon o’tgan qisqa davr mobaynida ana shu voha zaminining behisob tabiiy boyliklarini, sanoat sohasi va kommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanganligini hisobga olib, jahon standartlariga mos, tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlaydigan, xorijiy investitsiyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdan iborat katta maqsadni ko’zlagan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Bugun xalqaro hamjamiyat O’zbekistonni ishonchli investitsion sherik sifatida tan olmoqda. Chunki amaldagi bir qator qonunlar, jumladan, O’zbekiston Respublikasining Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risidagi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqidagi hamda Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risidagi Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari xorijiy investorlarning manfaatlarini kafolatlab, ularning huquqlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda 2010 yilda 2009 yilga nisbatan 13,6 foiz ko’p

investitsiyalar o’zlashtirilganligi va ushbu investitsiyalarning salkam 72 foizi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga yo’naltirilganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, 2010 yilda Navoiyerkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida xorijiy investorlar bilan erishilgan bitimlar doirasida 19 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Ana shu loyihalar doirasida jahon bozorida xaridorgir bo’lgan zamonaviy mahsulot ishlab chiqaradigan 7 ta korxona foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunga qadar Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Xitoy kabi yirik davlatlar bilan hamkorlikdagi O’zeraecable, TELECOM INNOVATIONS, O’ZMINDA, UZKOR LIGHTING, DUGAS- TECH, NAVOIY-BEAUTY COSME- TICS, O’zEraeAlternator, CFM PROENERGIES va NAVOIY HUNAN PULP kabi 9 ta qo’shma korxona

viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilganligi ko’zlangan maqsadlarga izchillik bilan erishilayotganligidan dalolat berib turibdi.

Industrial-iqtisodiy zona hududida tashkil etiladigan korxonalarda ishchixizmatchilarga yaxshi mehnat sharoitlari yaratib berish bilan bir qatorda, ularning salomatliklarini tiklash, sport bilan shug’ullanishlariga imkon berish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan tashkilotlar ham birin-ketin faoliyat boshlamoqda. Shulardan biri sifatida korxonada boshlang’ich kasaba uyushmasi qo’mitasining tuzilganligini ta'kidlash mumkin.

TELECOM INNOVATIONS qo’shma korxonasida o’tkazilgan navbatdagi yig’ilish aynan ana shu masalaga bag’ishlandi. Korxona direktori Firdavs Aliyev kun tartibidagi masala yuzasidan so’z olarkan, kasaba uyushmasini tuzishning xodimlar uchun har taraflama afzalliklari borligini ta'kidladi. Jamoa a'zolari esa madaniy-ma'rifiy, sport sohasidagi ishlardan tashqari, sihatgohlarda sog’lig’ini tiklash, farzandlarining yozgi oromgohlarda dam olishlarini tashkil etish kabi masalalar yechimini topishda boshlang’ich kasaba uyushmasi qo’mitasining o’rni beqiyosligini tushungan holda, uyushma qo’mitasini tuzishga va uning raisini saylashga qaror qildilar.

Jamoa a'zolarining taklifiga binoan korxona montajchisi Jamshid

G’afurov bir ovozdan boshlang’ich kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi etib saylandi, deydi Navoiy viloyati aloqa xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Muhabbat Norqulova. Biz safimiz yanada kengayganligidan va yana bir korxona jamoasi himoyasini zimmamizga olganimizdan mamnunmiz. Kasaba uyushmasi qo’mitasi ijtimoiy himoya poydevori bo’lishiga shak-shubha yo’q.

2.2. ANGREN MAXSUS INDUSTRIAL ZONASINING FAOLIYATI


Birinchi Prezident Islom Karimov 13 aprel kuni Angren maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Hujjat yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investistiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, shuningdek, Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida qabul qilindi.

Quyidagilar Angren maxsus industrial zonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilandi:

ichki va jahon bozorlarida raqobatbardosh bo‘lgan yuqori qo‘shilgan

qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun investistiyalar, eng avvalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri investistiyalarni jalb etish borasida qulay shart-sharoitlarni shakllantirish; maxsus industrial zonaga kiruvchi mintaqaning ishlab chiqarish va resurs

salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta‘minlash, mineral-xomashyo resurslarini yanada chuqurroq qayta ishlash bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish; maxsus industrial zona va umuman respublika korxonalari o‘rtasida mustahkam kooperatsion aloqalar o‘rnatish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuksak texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

transport, muhandislik-kommunikastiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hamda samarali foydalanish, Angren logistika markazi salohiyatini, yuklarni avtomobil va konteynerlarda tashish borasida yaratilgan tizimni yanada rivojlantirish hamda ulardan keng ko‘lamda foydalanishni ta‘minlash.

Angren maxsus industrial zonasining faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. Angren MIZ faoliyat yuritadigan muddat mobaynida uning hududida maxsus soliq tartibi va bojxona imtiyozlari amal qiladi.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish