Йилларда франция



Download 1,56 Mb.
bet20/72
Sana11.01.2017
Hajmi1,56 Mb.
#169
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72
J.Meyjor va Britaniya yangi konservatizmining

qayta qurilishi”


Jon Meyjor 1989 yil iyul oyida tashqi ishlar vaziri lavozimiga saylangandagina keng ommaga tanildi. Boshqacha vaziyatda uning zudlikda partiya yetakchiligi va bosh vazir lavozimiga tavsiya qilinishi partiya obro‘sini tushirishi mumkin edi. Ammo jamoat hukmron partiya rahbariyati o‘zgarishishi qoniqish bilan qabul qildi. Bunda Meyjorning shaxsiy qiyofasi (imij) muhim rol o‘ynadi. Yosh OBAYATELNO‘Y, doim yaxshilik tilovchi, bosiq, katta “professorcha” ko‘zoynaklar orqasida yashiringan kulayotgan ko‘zlar va past ovozga ega bo‘lgan Meyjor “temir xonim” uslubidan charchagan saylovchilar uchun ayni muddao edi. Matbuot tinmasdan uning ingliz jamiyatining eng quyi qatlamidan chiqqanligi, o‘z hayotini o‘z qo‘llari bilan yaratayotganligini bir necha bor ta’kidlardi. Shu bilan bir vaqtda uning siyosiy irodasi, 1991 yilda Fors qo‘ltig‘idagi Harbiy inqiroz (konflikt)ga nisbatan ko‘rsatgan qat’iyligi ham baholandi.

Bashoratlarga qaramasdan Meyjor parlamentni tarqatib yuborishga shoshilmadi va yil davomida saylovchilar ishonchini tiklashga harakat qildi. “Yostiq (jon boshiga?) solig‘i”ni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror katta targ‘ibotchilik samarasiga ega bo‘ldi. 1991 yilda uning o‘rniga fuqarolar daromad darajasiga asoslangan differensionallashgan (qismlarga bo‘lingan) soliqqa tortish tizimi joriy qilindi. Rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlarining sezilarli yomonlashganiga qaramasdan hukumat iqtisodiy siyosat sohasida radikal qadamlar qo‘yishga shoshilmadi. 1991 yilda Yalpi Ichki Mahsulot 2%ga, sanoat ishlab chiqarishi hajmi 3%ga qisqardi, inflyatsiya yiliga 6%ni tashkil etdi, budjet kamomadi YAIMning 3%ini tashkil etdi. Hukumatning biroz passivligi “qayiqni tebratmaslik” (tinchlikni buzmaslik) ga harakat qilish bilan izohlanardi. Navbatdagi parlament saylovlari bo‘sag‘asida (arafasida) Meyjor Tetcherga xos faol, “barqaror” saylovchilarni harakatga keltirishdan voz kechib jamiyatning keng qatlamlari SIMPATIYA sini o‘ziga jalb qilishga harakat qildi.

Leyboristlar rahbari Nil Kinnok uchun 1992 yil saylovlari millat yetakchisi lavozimiga loyiqligini ko‘rsatishi uchun oxirgi imkoniyat edi. U iqtisodiyotda davlat sektori mavqeini tiklash, kasaba uyushmalariga qarshi bo‘lgan qonunlarni bekor qilish, Lordlar palatasiga barham berish va keng ko‘lamdagi shahar uy-joy qurilishini tiklash haqidagi va’dalardan voz kechgan holda partiya dasturiy asoslarini tubdan yangiladi. O‘zining ilgarigi chiqishlaridan farqli o‘laroq Kinnok hatto Buyuk Britaniyaning Yevropaga qo‘shilishini faollashtirishni yoqlab chiqdi. 1990-1991 yillardagi mahalliy saylovlardagi yutuqlar saylovchilarning yangilangan leyboristlar partiyasiga qiziqishi ortganligidan guvohlik berardi. Ammo Kinnok leyborizmning yangi ko‘rinishining konseptual asosini bayon qila olmadi.

Saylovoldi kompaniya davrida liberal demokratlar favqulodda faollikni namoyish etdilar. Bu harakat tarixida tubdan o‘zgarishga olib kelgan voqea 1988 yilda liberal va sotsial-demokratik partiyalar Alyansining yagona liberal-demokratlar partiyasiga birlashgani bo‘ldi. Yangi partiya dasturi asosni iqtisodiyotda bozor asoslarini ketma-ket mustahkamlab borish, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi, jumladan, Yevropa valyuta tizimiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi g‘oyalar tashkil etdi. Ammo saylovlarga bir oydan kamroq vaqt qolganda liberal-demokratlar partiyasi rahbari Peddi Eshdaun atrofida shov-shuv ko‘tarildi. U va uning kotibasi o‘rtasidagi ishqiy munosabatlarning fosh qilinishi partiya rahbariyati obro‘sini keskin pasaytirdi.

1992 yil 2 aprelidagi obhinalar palatasiga bo‘lgan saylovlar konservativ partiyaga yangi g‘alaba olib keldi. U saylovchilarning 41,9%i, leyboristlar-34,4%, liberal-demokratlar-17,8% tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Konservatorlar fraksiyasi 338 tagacha qisqardi, ammo ko‘pchilikni tashkil etish uchun bu yetarli edi. Leyboristlar 271, liberal-demokratlar 20 mandatga ega bo‘lishdi.

Saylovlarning muvaffaqiyatli yakunlanganiga qaramasdan, meymorning partiya va parlamentda o‘z mavqeini mustahkamlashi uchun uch yil davomida kurashishiga to‘g‘ri keldi. Yevropa Ittifoqini tuzish to‘g‘risidagi Maastrixt shartnomasiga imzo qo‘yish borasidagi muzokoralar davrida konservativ partiyadagi “yevroskeptiklar” (skeptizm-ishonchsizlik), hukumat billlariga qarshi ovoz berib, haqiqiy qo‘zg‘olon ko‘tarishdi. Meyjor uchun bosh vazirning (uning) budjet siyosatiga qarshi bo‘lgan moliya vaziri N.Lemontning 1993 yil may oyida iste’foga chiqishi qattiq zarba bo‘ldi. Hukmron partiya rahbariyatidagi ko‘tilayotgan parchalanish uning saylovchilar orasidagi obro‘sining pasayishiga olib keldi. 1994 yilda konservatorlar Yevroparlament saylovlari va mahalliy saylovlarda mag‘lubiyatga uchrashdi.

Ichki partiyaviy muxolifotni bartaraf qilish uchun Meyjor eng qattiqqo‘l usullarni qo‘llashga majbur bo‘ldi. 1994 yil noyabrida Yevropa Ittifoqi budjetiga Britaniya to‘lovi to‘g‘risidagi bill bo‘yicha ovoz berish hukumatga ishonch votumi shaklida bo‘ldi. Parlament tarqatib yuborilishi tahdid ostida “yevroskeptiklar”-torilar hukumatni qo‘llagan holda ovoz berishga majbur bo‘lishdi. 1995 yil bahorida Meyjor yetakchilik vakolati va qayta saylov o‘tkazishni birlashtirishga qaror qilganligini e’lon qildi. 1995 yil 4 iyulda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Meyjor nomzodligiga 218, uning raqibi Jon Redvudga - 89 ovoz berildi. Bu g‘alaba Meyjorga hukumat atrofida siyosiy kurash keskinlashishini ancha pasaytirishga imkon berdi.

Siyosiy vaziyatning barqarorlashishiga Buyuk Britaniyaning iqtisodiy ahvolining yaxshilanishi yordam berdi. 1992 yilda iqtisodiy pasayish barqarorlashish, keyinchalik, o‘sish bilan almashdi. Intensivligi bo‘yicha u 1997 yil ikkinchi yarmigacha YEI boshqa mamlakatlar dinamikasidan ham yuqoriroq bo‘lgan edi. 1993-1997 yillarda Buyuk Britaniyada Yalpi Ichki Mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 2,8%ni tashkil etdi. Ishsizlik darajasi 1995 yilda 8% gacha kamaydi va 1998 yilning boshida iqtisodiy faol aholining 5%ini tashkil etdi (1980 yildan beri eng past ko‘rsatkich). Ishlayotganlarning umumiy soni 1,2 million kishiga ortdi. Ayollar orasida ish bilan ta’minlanganlar soni oshdi (1997 yilga kelib ular ishchi va xizmatchilarning umumiy sonini 47%ini tashkil etishdi).

O‘sishning asosiy manbalari 80-yillarda o‘tkazilgan Britaniya iqtisodiyotining strukturaviy qayta qurish, Britaniya tovarlari eksportini oshirish, gaz va neftni qazib olish va eksport qilishni kengaytirish, shaxsiy iste’solning kengayishi natijasi bo‘ldi. Bu siklning o‘ziga xosligi oxirgi ikki o‘nlikda kuzatilmagan sanoat sektorining uzluksiz kengayishidan iborat bo‘ldi. Sanoatda mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari yuqoriligicha qolaverdi (yiliga 3-4%). Bu davrda kapital qo‘yishlar ancha sekin o‘sdi; 1994 yilda 4,3%ga, 1995-1996 yillarda 2% dan kamroq, 1997 yilda 4,3%. Ammo kapital qo‘yishlarning o‘sishini ishlab chiqarish o‘sish sur’atlaridan ortda qolayotganligi kapitaldan kelgan foyda, investitsiyalarning samaradorligi, mehnat unumdorligining oshganligi, sohalar tuzilmasining muvozanatga kelganligidan guvohlik berardi.

Meyjor hukumati iqtisodiyot rivojlanishining innovatsion muhitini yaratuvchi kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirdi. 1992 yilda “Kichik biznes xartiyasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra, kredit berish sohasida tartibga solish va kichik biznesga soliq imtiyozlari berish, boshqaruv va marketing masalalari bo‘yicha maslahat qilish, grantlar tizimi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy yordam ko‘rsatish, kichik formalarning eksport faoliyatini rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan edi.

Tuzilmaviy siyosat doirasida Meyjor hukumati xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishni davom ettirdi. Elektroenergetika korxonalarini xususiylashtirish tugatildi, shaxta va temir yo‘l xo‘jaligini xususiylashtirish davom ettirdi. Shu bilan bir vaqtda monopoliya tuzilishini saqlab qolgan xususiylashtirish sohalarida raqobatni rag‘batlantirishga qaratilgan harakatlar amalga oshirildi. Davlat tasarrufida qolgan korxonalarda bandlikni qisqartirish asbob-uskunalarni yangilash choralari amalga oshirildi. Ishbilarmonlikning faollashishi, xorijning Britaniya tovarlariga talabining oshishi va energiya tashuvchi mahsulotlarning o‘sib borayotgan eksporti 1994-1995 yillardagi eksport BUM iga asos bo‘ldi. O‘sha yillarda import yiliga 4-5% oshayotgan bir vaqtda eksport yiliga 10% dan oshib bordi. (YEH mamlakatlarida 14%) 90-yillardagi iqtisodiy o‘sish amalda inflyatsiyasiz ro‘y berdi. Urushdan keyingi butun davrda birinchi marta iqtisodiy o‘sish sur’atlari narxlar o‘sishidan oshiq bo‘ldi.

qulay iqtisodiy KONYUKTURAga qaramasdan, Meyjor hukumati munosabatlari sohasida qattiq siyosat yurgizdi. Ilgarigidagidek ish kuchining arzonlashuvi mahsulot umumiy tonnarxining pasayishini asosiy omili sifatida qaraldi. Ish haftasi qancha davom etishi qat’iy normalari belgilanmaganligicha qoldi. Oylik maosh va mehnat unumdorligi o‘sish dinamikasi ishchi xodimlar foydasiga o‘zgarmadi. Yevropa Hamjamiyatining boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq Buyuk Britaniyada 90-yillarda ishchi xodimlar ishdan ozod qilinish shartlari murakkablashtirilmagan va mehnat munosabatlari diskriminatsion amaliyotidan ko‘pgina cheklashlar joriy qilinmagan edi. Buyuk Britaniya Yehning “Ijtimoiy xartiyasi”ga qo‘shilmadi.

Tetcher kabi, “umumfaravon mamlakatni” qisman tiklanishini ham butunlay inkor etgan Meyjor ijtimoiy siyosatga mohiyatan yangi jihatni kiritdi. Hukumat dasturlarining leytmotivini fuqarolik jamiyati huquqiy asoslarini mustahkamlash, kurashchanlik va raqobat ideallarining hamjihatlik va hamkorlik bilan birligi tashkil etdi. Hukumat 1992-1993 yillarda “Fuqarolar xartiyasi” umumiy nomi ostida xujjatlar to‘plamini tayyorladi. Uning tarkibiga 18 ta konkret “xartiya”, jumladan, “ota-onalar xartiyasi”, “Iste’molchilar xartiyasi”, “Mijozlar xartiyasi”, “Kvartira oluvchilar xartiyasi”, “Ish zlayotganlar xartiyasi”, “Yo‘lovchilar xartiyasi” va hokazolar kirardi. 1994 yilning oxiriga kelib xartiyalar soni 40 gacha oshdi.

Bu hukumat tashkilot (chora)larining birinchi navbatdagi vazifasi turli davlat xizmatlari va savdo tuzilmalari faoliyatining zamonaviy iste’molchilik va axborot standartlarini yaratish, xususiy tashabbuskorlikda samarali balansni tiklash va ijtimoiy ta’minotning eng muhim sohalarida ijtimoiy boshqaruvni yaratish, tashkil etishdan iborat edi. Ammo ko‘pgina xartiyalar amalda ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasida fuqarolarning asosiy huquqlar yig‘indisini va ularning davlat bilan o‘zaro munosabatlari qoidalarini belgilovchi va mustahkamlovchi o‘ziga xos Konstitutsiyalarga aylanishdi.

Meyjorning hukmronlik davrida mintaqaviy siyosat ancha faollashdi. Uning asosiy yo‘nalishlari Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya va Uelsning eng qoloq rayonlarida iqtisodiy rivojlantirishni rag‘batlantirish hamda bir qator siyosiy-huquqiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. 1994 yilda Shotlandiyada mahalliy hukumat isloh qilindi va uning davomida mintaqaviy boshqaruv organlari ekologik siyosat, yo‘l va uy-joy qurilishi, ta’lim sog‘liqni saqlash sohalarida kengroq vakolatlarga ega bo‘lishdi. Uelsda milliy til mintaqasini konsolidatsiya qilish asosida “korporativ muxtoriyat” elementlari joriy qilingan edi. Vallit (Uellit) tilining mavqei kuchaytirildi, jumladan, Uels maktablarida bu tilni majburiy o‘qitish, uellit tilida televizion kanallar barpo etish, barcha ko‘rsatkichlar va nomlarni ikkala tilda yozish joriy qilindi. 1994 yildagi qonun Uelsning ma’muriy-hududiy bo‘linishini Angliyaga yashash tarzda qonuniylashtirdi. Shotlandiya va Uelsda mahalliy vakillik hukumat organlarini tuzish bo‘yicha bahs-munozara hech qanday natija bermadi.

1993-1994 yillar davomida Meyjor hukumati Shimoliy Irlandiya va Irlandiya Respublikasidagi siyosiy harakatlar yetakchilari bilan keskin muzokoralar olib bordi. 1995 yil boshiga kelib kelgusida Olster mummosini tartibga solishga asos bo‘lgan ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan kelishuvga kelishga muvaffaq bo‘lindi. Irlandiya hukumati o‘z konstitutsiyasidagi yagona Irlandiya mamlakatini birlashtirish (tuzish) to‘g‘risidan ikkita asosiy moddani qayta ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bayon qildi. Britaniya hukumati bu o‘z navbatida Shimoliy Irlandiyani Birlashgan qirollikning “abadiy viloyati” sifatida e’tirof etuvchi qonun xujjatlarini o‘zgartirishga rozi bo‘ldi. Ammo bu loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishga yana Irlandiya ekstremistlarining yangi terrorchilik harakatlari to‘sqinlik qildi.

murosaga kelishga norozilik sifatida 1994 yilda IRA (Irlandiya Respublikasi Armiyasi) tarkibida Irlandiya kurashishni davom ettirish armiyasi (IKDEP) shaklida yangi radikal guruh ajralib chiqdi. Uning jangarilari Olster va Angliyaning bir qator shaharlarida portlashlar uyushtirdi. Keyinchalik, terroristik urushni davom ettirish tashabbusi IRA dan ajralib chiqqan “haqiqiy Irlandiya Respublikasi armiyasi” (HIRA)ga o‘tdi. IKDEP va HIRAning harakatlari 1996 yildagi “Olster forumi”ga saylovlarni o‘tkazishni puchga chiqardi. Bu forum Shimoliy Irlandiya ko‘p partiyali muzokoralariga vakillar doirasini tuzishga qaratilgan saylanganlarni yig‘ishdan iborat edi. Shimoliy Irlandiyada tinch jarayonning buzilishi va London hukumatining Shotlandiya va Uelsdagi milliy harakatlari bilan muloqotining keskinlashib borishi 1997 yildagi parlament saylovlari oldidan konservativ partiya mavqeining yomonlashishiga olib keldi.


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish