Emilian bukov



Download 13.79 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi13.79 Kb.

Aim.uz

EMILIAN BUKOV

Moldavan adabiyotining yirik arboblaridan yemilian Nesterovich Bukov Bessarabiyaning janubidagi Yangi Kiliya shahrida 1909-yilda Bog`bon oilasida tug`ilgan. Kishinyovdagi litseyda o`qigach, Buxarest universitetining falsafa fakultetida tahsil olgan. Taraqqiyparvar rumin jurnallari bilan hamkorlik qilib, o`z maqolalarida V. Mayakovskiy ijodini targ`ib etgan. Xalqning kelajagiga ishonch g`oyasi shoirning «Unumli mehnat», «Quyosh so`zi», «Xitoy» to`plamlariga kirgan she'rlarida o`z ifodasini topgan. Moldavan xalqini ozod ko`rish-shoirning maqsadi. U «Zanjining duosi» she'rida bu g`oyani go`zal tarzda tasvirlaydi asar qora zanjining Ollohga iltijosi bilan boshlanadi. Tasvirlanishicha, zanjining yakkayu yagona Zayresjon ismli qizi oq tanli janobning tayog`i ostid vafot etadi.

Iltifoting tutmagil darig`,

Ey xudoyim,mendek qulingga.

Men g`ing demay, iltijo qilib,

Boshim eggan edim yo`lingga.

Mening xo`jam-oq tanli janob,

Oppoq kun-u, oq bulutday oq.

Shunday ekan, axir nega u-

Sen tangrining sevgan bandasi-

Bo`ldi mening yagona qizim-

Zayresjonning shum kushandasi?!

Uning qamchisidan Zayresjon,

Shakarqamish niholsimon.

Shart kesilib tag-tugi bilan,

Ko`z o`ngimda jon berdi-ku jon!

Zanji barcha kulfatlarni Xudodan ko`radi, shakkoklik qilib jamiyatdagi nafratini ham unga bildiradi.

Zulm tig`i yetdi suyakka,

Noilojdan yondim, hayqirdim,

Gunohkorman, osiy bandangman.

Zanjining eng so`nggi jang-imtihoniga dav'ati aslida shoirning so`zi, armoni, o`tinchidir.

Dav'at etgum zanji avlodin,

Eng so`nggi jang, zo`r imtihonga!

Bayroq qilib qutlug` qonimiz,



Ko`rsataman jumla jahonga!

Emilian Bukov birin-ketin «Mening Moldovam», «Dnestrda bahor», «Mening Vatanim», «She'rlar» she'riy to`plami, «Reut shahri» she'riy romani, «Tug`yonli Dunay» dramalarini yozdi. Shoirning asarlari ko`p tillarga tarjima qilingan.
Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 13.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat