Elеktron darsliklarning asosiy xossalari



Download 21.15 Kb.
Sana15.05.2021
Hajmi21.15 Kb.

Savollar

  1. Elеktron darsliklarning asosiy xossalari.

  2. TurboSite dasturi imkoniyatlari, qulayligi va kamchiliklari

  3. Elеktron darslikka qo’yiladigan didaktik talablar

4. MS Word dasuri imkoniyatlari mavzusi bo’yicha elektron o’quv nashrining loyihasi va strukturasi tuzilsin (1-2-AMALIY MASHG’ULOTLAR)

5.Namo WebEditor 5.5 dasturi imkoniyatlari

Javoblar.

1-javobi.

Elektron darslik quyidagi xosslarga ega bo'lishi kerak:

-o'quv mashg'ulotlarini yuqori sifatli darajasida o'tkazilishni ta'minlash;

-bilimlarning o'zini hosil qilish va baholash imkoniyatlarini yaratish;

-ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni o'zaro yaqinlashtirish;

-axborotli-ta'lim resurslari rivojlanishining garmonik tasnifiga ega bo'lish;

-matnli va boshqa axborotli materiallar yangilangan (gipermatnlar) va illyustratsiyalangan

(mul`timediya vositalari, rasmlar, jadvallar, diagrammalar va boshqalar) bo'lishi kerak.

- Elektron darslik ta'lim jarayoniga odatdagi darslikdan o'zgacha, inson miyasi

imkoniyatlarini, xususan, eshitish va emotsional xotirasini jalb qilib, shuningdek komp`yuter

samaradorligidan foydalanib tushunishni, mavjud tushunchalar va misollarni eslab qolishni

maksimal darajada yengillashtirishi kerak:

2-javob.


Hozirda deyarli barcha sohalarda electron nashrlar mavjud lekin hammasini ham foydali deya olmaymaymiz lekin turbosite dasturi ko’plab qulaylikga ega va shu bilan birga kamchillikga ega ham kamchiligi asosan navigatsiya yani giper matn qoyganda yani betlar aro qo’yiladi ammo istalgan bir joyidan navigatsiya bilan topa olmasligimizdir shu uning bir kamchiliklardan biriridir,

3-javob.


Quyida elektron darslikka bo'lgan an'anaviy didaktik talablar keltirilgan:

1.O'qitishda ilmiylikni, fan,texnika va texnologiyalarni so'nggi yutuqlarni hisobga

olinishi o'quv materiali mazmunining yetarlicha chuqurligini, ishonchliligini ta'minlaydi. O'quv

materialini elektron darslik yordamida o'zlashtirish jarayoni o'qitishning zamonaviy usullari

bilan mos ravishda qurilishi kerak. Masalan tajriba, eksperiment, solishtirish, kuzatish,

abstraktlash, umumlashtirish, yaxlitlashtirish, o'xshashlik, tahlil va sintez, modellashtirish

uslubi, shu bilan birga matematik modellashtirish, shuningdek tizimli tahlil uslubi.

2.O'qitishning erishuvchanlik talablari - elektron darslik vositasida amalga

oshiriladi va ta'lim oluvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga xos o'quv materialini

o'rganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniklash zaruriyatini bildiradi. O'quv

materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha yuklash mumkin emas, unda ta'lim oluvchi

bu materialni egallashga ojizlik qiladi.

3.O'qitishning muammoviylinini ta'minlash talablari - ta'lim olish faoliyatining

tavsifi shartlashtirilgan. Agar ta'lim oluvchi muammoli topshiriqlar va mashqlarni bajarishga

harakat qilsa, uning fikrlash faolligi o'sadi. Ushbu didaktik talabning elektron darslik

yordamida bajarilish darajasi, an'anaviy darsliklar va qo'llanmalardan ko'ra, sezilarli

ravishda yuqori bo'ladi.

4.O'qitishning ko'rgazmaliligini ta'minlash talablari, ta'lim oluvchilar tomonidan

o'rganilayotgan ob'ektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan

kuzatishini hisobga olish zaruriyatini bildiradi.

5. O'qitishni ongliligini, ta'lim oluvchining mustaqilligi va faolligini ta'minlash talablari

- o'quv faoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda o'quv axborotini jalb qilish

bo'yicha ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlashlari uchun elektron darslik va vositalari bilan

ta'minlashni ko'zda tutadi. Bunda ta'lim oluvchi uchun o'quv faoliyati yo'naltirilgan maqsad va

mazmunni anglatadi. Maxsus fanlar bo'yicha elektron darsliklar tizimli faoliyat yondashuvi

asosida ishlab chiqilishi kerak.

6.Elektron darslikdan foydalanishda o'qitishning tizimliligi va ketma-ketligi talablari-

o'rganiladigan fan sohasida bilimlar va ko'nikmalarning ma'lum tizimining ta'lim oluvchilar

tomonidan o'zlashtirilishi ketma-ketligini ta'minlanishini bildiradi. Bilim, ko'nikma va

mahorat - ta'lim tizimida mantiqiy tartibda shakllanishi va hayotda qo'llanilishda o'z o'rnini

topishi zarur. Buning uchun quyidagilar zarurligi aniqlandi:

-o'quv materialini tizimlashtirilgan va tarkiblashtirilgan holda tavsiya qilish;

-o'quv materialining har bir bo'limida shakllanadigan bilim, ko'nikmalarning rivojlanishini

inobatga olish;

-o'rganilayotgan o'quv materialining fanlararo bog'liqligini ta'minlash;

-o'quv materiali va ta'lim beruvchi ta'sirlarining uzatilish ketma-ketligini chuqur o'ylab

ko'rish;

-bilim berish jarayonini o'qitish mantiqi bilan aniqlanadigan ketma-ketlikda qurish;

-elektron darslik tavsiya qilgan axborotni, o'qitishning mazmuni va uslubi ta'lim oluvchining

shaxsiy qobiliyatiga bog'liq holda tanlanishi kerak, masalan, mazmunli o'yin holatlarini

yaratish, amaliy tavsifdagi topshiriqlar va eksperimentlarni, haqiqiy jarayonlar va ob'ektlar

modellarini tavsiya qilish yo'li bilan amaliyot faoliyatga bog'lanishni ta'minlash.

7.Elektron darslikdan foydalanishda bilimlarni o'zlashtirish mustahkamligi talablari-

o'quvchilarning o'quv materialini mustahkam o'zlashtirishlari uchun, ularni chuqur fikrlash,

xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.

8.Elektron darslikda o'qitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funktsiyalari

bajarilishi talablari.

Ta'lim vazifasidagi an'anaviy nashrlarga qo'yiladigan didaktik talablardan

tashqari, elektron darslikka uni yaratish va joriy qilinishida zamonaviy axborot va

telekommunikatsion texnologiyalarning ustunliklaridan foydalanish kabi quyidagi o'ziga xos

didaktik talablar qo'yiladi .

4-javob


Ms word dastur imkoniyatlari mavzusida biz electron kitob yaratishda avvalam bor bir dastur tanlab olamiz va shu dasturni yani namo5 webeditor dasturida yaratgan Mavzu asosida tayyorlagan kitobim asosan pedagogik talablar psixalogik talablar erganomik talablarga javob berishi kerak va shu bilan dizayn jihati koplab imnkoniyatlar mavjud etadi.masalan bzida page yaratsih va unga gipersilka berish bva bir betni boshqa betga bog’lash juda oson va qulay keyin uning har betiga alohida korinish berish mumkin.

  • Elektron o’quv adabiyoti mavzusini tanlash.

  • Elektron o’quv adabiyoti maqsadini belgilash.

  • Elektron o’quv adabiyoti mazmunini belgilash.

  • Elektron o’quv adabiyoti maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda xajmini belgilash.

  • Elektron o’quv adabiyoti xajmidan kelib chiqqan holda tuzilishi (strukturasi)ni ishlab chiqish.

  • Elektron o’quv adabiyoti ishlash stenariysini ishlab chiqish.

  • Elektron o’quv adabiyoti maqsadi, xajmi, tuzilishi va ergonomik talablarga mos dizaynini ishlab ciqish.

5-javob


Namo Webeditor-WYSIWYG HTML muharriri. Namo Interactive tomonidan Koreya va Amerika dasturchilari uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan. HTML, CSS, XML, JavaScript, ASP va PHP texnologiyalarini qo'llab-quvvatlaydi. Tahrirlashdan tashqari, dasturning so'nggi versiyalarida sahifa kodi bilan moslashuvchan ishlash imkoniyati mavjud: atributlar va HTML teglarini avtomatik kiritish, oldindan ko'rish uchun o'rnatilgan brauzer, sintaksisni ta'kidlash va xatolar uchun kodni tekshirish qo'llab-quvvatlanadi. O'rnatilgan mahalliy server (Apache, SSI) o'rnatilgan bo'lsa, master dasturiga o'rnatilgan MySQL ma'lumotlar bazalarini server tillari texnologiyalari bilan ishlatadigan murakkab tuzilishga ega kompyuter saytlarini yaratishga imkon beradi.
Download 21.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat