Diniy ekstrimizm va terrorizm



Download 82,5 Kb.
Sana29.01.2020
Hajmi82,5 Kb.
#38085
Bog'liq
Diniy ekstrimizm va terrorizm

Mavzu : “ Diniy ekstrimizm va terrorizm”

Reja:


  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

  1. Terrorizmning paydo bo’lishi.

  2. Terrorizmning davlat va fuqarolarga tahdidi va ta’siri. Aqidaparastlik

  3. Ozbekiston va xorijiy davlatlar qonunchiligida terrorizmga qarshi kurash masalasining huquqiy tartibga solinishi.

  1. XULOSA

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH

Terrorizm muammosi XX asrning oxiri, ayniqsa uning so’nggi 10 yilida xalqaro jamoatchilikni qattiq tashvishga solib qo’ydi

Terrorizm bu – ma’lum siyosiy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan, tinchlikka, fuqarolar xavfsiligiga va hayotiga zo’ravonlik ishlatish, yoki, uni qo’llash xavf xatarini tug’diradi.

2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi” qonunida terrorizmga “Xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, dalatning suverentini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy siyosiy beqarorlashtirish, aholini qo’rqitish maqsadida davlat organlarini xalqaro tashkilotlarni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy va yuridik shaxsning biror bir faoliyatini amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo’rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug’diruvchi boshqa qilimishlar, ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek terrorlichilik tashkilotlarining mavjud bo’lishini, ishlab turishini, moliyalashtirishni ta’minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga, ularning faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag’-vositalar va resurslar berish, yoki yig’ishga, boshqa xizmatlar ko’rsatishga qaratilga faoliyat” tarzida ta’rif berladi.


ASOSIY QISM

Terrorizm insoniyat jamiyati rivojlanishinig kapitalizmgacha bo’lgan davri. Buyuk fransuz inqilobi bilan bevosita bog’liq bo’lgan feodolizmdan kapitalizmgacha o’tish davri, bir qator Yevropa davlatlarida monarxiya tuzumi bilan kurashish, shuningdek, burju demokratiyasi qaror topish davrining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy hodisasi sifatida o’rganish kerak.

XX asrning 60-yillaridan boshlab, terrorizmning eng daxshatli turi avj oldi. Bu diniy ekstremizmdir. Bu dinni niqob qilib olib, o’zlaricha islom davlatini tuzamiz deb, odamlarga ta’sir o’tkazish turli qo’poruvchilik haraktlarini olib borishdir. Diniy ekstremizm nima, u qanday paydo bo’ldi degan savol tug’iladi. Bu savollarga O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov xulosalaridan javob topamiz: “Jamiyat hayotining bir qismi bo’lgan din, ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan muqarrar ravishda munosabatda bo’lgan. Ularga ta’sir ko’rsatgan va o’zi ham boshqa sohalarning ta’siriga duch kelgan. Hozir mavjud bo’lib turgan diniy tartiblarning ko’pchiligi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy burilishlar, tangliklar davrida shakllanganligi bejiz emas. Shu tariqa din insoniyat tarixining turli davrlarida siyosat bilan ozmi ko’pmi ochiq oydin munosabatg kirishgan. Ko’pincha undan siyosiy va ba’zan bir taraflama, tor maqsadlarda foydalanib kelingan. Afsuski insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm(o’ta ketgan mutaasiblik) sifatida foydalanganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. fanatizmning o’ziga xos xususiyati va ko’rinishlari avvalambor o’z dinini haqiqiyligiga o’ta qattiq ishonish, bishqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo’lishdan iboratdir. Aynan fanatizm illatiga yo’liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir bo’ladilar. Ustiga-ustak ommaviylik unsuri muayyan bir xatti-haraktlar uchun shaxsiy javobgarlik hisini yo’qotib yuboradi, harakatga “omma”, “xalq” harakati tusini beradi.

O’zining shak-shubhasiz haqligiga, haqiqatni faqat o’zi bilishiga ishonch hisi so’ngi choralarga – zo’ravonlik harakatlariga moyilligi bilan ajralib turadigan diniy ekstremizmning paydo bo’lishiga zamin yaratadi.

Adolat yuzasidan shuni e’tirof etish kerakki, diniy fanatizmning “otilib chiqishga” sof diniy ziddiyatlardan ko’ra ko’proq ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammlrning hal qilinmagaligi sabab bo’ladi.

Diniy fanatizmni alanga oldirish orqali hokimiyatga intilish, aldangan a’vomning ko’r-ko’rona g’azabidan o’zining qora niyatlari yo’lida foydalanish siyosiy yoki shaxsiy manfaatlarga erishishni din bilan niqoblash hudojo’ylikni ashaddiy haqorat qilishdir. Islom ekstremizmi bugungi kunda yagona mafkuraga ega bo’lgan turli tuman yo’nalishdagi oqimlarning mushtarakligini o’zida namoyon etadi. Bu borada misollar ko’p: Misrdagi “Al-Jamoa”, “Musulmon birodarlar”, yaqin sharqda “Xamas”, “Xizbi Alloh”, “Al-Jihod” va faol harakat qilayotgan qator boshqa tashkilotlar Filippindagi(Mindanao oroli) “Abu Sayyor” guruhi va nihoyat Afg’onistondagi “Tolibon” harakati va u yerda panoh topgan “O’zbekiston Islom Harakati” jangarilari va hokazolar.

Hozirgi vaqtda diniy ekstremizmni keng yoyilishiga yoshlarimizning ongini zaharlab ularga turli xildagi kitoblar, varaqalar tarqatib terrorizmning yanda avj olishiga olib kelmoqda. Ulrning ta’siriga tushib qolgan yoshlarimiz bu balodan qutula olmay, natijada o’z yurtlariga xiyonat qilib, ularga qo’shilib vatanlarini yakson qilish uchun harakat qilmoqdalar”.
Terrorizmning davlat va fuqarolarga tahdidi va ta’siri.
Terrorizmning daxshatli ta’sirlarini ko’plab misollarda ko’rishimiz mumkin. Xususan 2001-yilning 11-sentabrida AQSHdagi Butunjahon Savdo Markazining portlashi sodir etilgan terroristik harakatlar ichida eng kattasi bo’ldi. Minglab odmlar qurbon bo’ldi, Amerika hukumati 1 trillion 380 mlrd dollar miqdorida zrar ko’rdi. Bunday xatti-harakatlar bizning Respublikamizda ham yo’q emas, masalan “O’zbekiston Islom Harakati” rahnamolari 1999-yil 16-fevralda sodir etgan terroristik harakatlari natijasida qancha begunoh odamlar jabr ko’rdi. Bundan tashqari 2000-yilda Bo’stonliq, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlariga suqulib kirmoqchi bo’lgan ekstremistlarning harakatlari bunga yaqqol misoldir.

Terrorchilik harakatining quloch yoygan joyi, bu Afg’oniston Respublikasidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Mingyillik sammiti” deb nom olgan anjumanda so’zlagan nutqida “20 yildan ortiq vaqt mobaynida urush davom etib kelayotgan Afg’oniston hozirgi paytda xalqaro terrorchilik va ekstremizmning polegoni hamda tayanch bazasiga milliardlab daromad keltirayotgan dunyo narkotik ishlab chiqarishining asosiy manbayi – fbrikasiga aylanganligini ta’kidlagan edi”.

2004-yil 29-30-mart kunlari Toshkentda sodir etilgan qo’poruvchiik harakatlari ham achinarli tus olgan edi.

Yurtimizda 2005 yil 12-13-may kunlari Andijon viloyatida sodir etilgan terroristic harakatlarning eng yirigi bo’ldi desak xato bo’lmaydi, chunki ular qamoqdagi maxbuslarni ozod qilib viloyatning harbiy organlari va davlat hukumati binolarini vayron qildilar, ko’plab odamlarni asir olib ularga jismoniy va moddiy zarar yetkazdilar. Bu holat sodir bo’layotgan mahalda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ular bilan jonli muloqotga kirishdilar. Mana shunday ayanchli isbotlardan ko’rinib turibdiki terrorizm davlatning suverentetiga, mustqilligiga, aholining tinchligiga raxna soluvchi bir illat ekanligini ko’rishimiz mumkin.

Milliy etnik talqindagi terrorchilik tashkilotlari tizimini taxlil qilishga o’tishdan avval, jamiyatdagi barqarorlikni saqlash, raxna soluvchi omilga aylanib borayotgan millatlararo ziddiyatlar masalasiga murojaat etishimiz lozim. Ushbu turdagi ziddiyatlar deyarli hamma qit’alarning ko’pchilik mamlakatlarini qamrab olmoqda. BMT bosh kotibi Kofe Ananning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat hanuzgacha 2 qutbli tizim yemirilishining salbiy asoratlarini yenga olgani yo’q. Ko’p millatli mamlakatlarda xox u Markaziy Osiyoda, xox sobiq Yugoslaviyada bo’lsin alanga olgan etnik ziddiyatlar buning fojiyali dalili bo’la oladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ko’p millatli davlatda etnik guruhlar o’rtasidagi va millatlar o’rtasidagi munosabatlar milliy xavfsizlik tushunchasini shakllantiruvchi ta’sirchan omillardan biri ekanligi aniq bo’la boshladi. O’zlarining siyosiy va boshqa maqsadlari yo’lida milliy masalani dastak qilib olishga intiladigan kuchlar, eng avvalo odamlarni yuksak darjada safarbar etadigan hissiyotlarga umid bog’laydilar. Keyinchalik ularni har qanday siyosiy donishmandlik va sog’lom fikrni inkor etadigan jangari tajovvuskorlik yo’liga burub yuborish mumkin deb o’ylaydilar. Terrorchilarning bunday xatti-harakatlar qilishlarida ularga kim yordam berdi buning uchun ular mablag’ni qayerdan oldilar degan savol tug’iladi. “Toliblar”, “Birlashgan tojik muholifati”, hamda “O’zbekiston Islom Harakati” uchun asosiy moddiy manbalardan biri narkotiklar savdosi edi. Bundan tashqari, ekstremistik islomiy tashkilotlarni moliyaviy ta’minlovchi boshqa manbalar ham mavjud. Ba’zi bir nufuzli moliyaviy tuzulmalar, xilma-xil hukumat jamg’armlari hamda xayriya tshkilotlari ularga muntazam ravishda yordam berib turganlar. Hozirgi zamon terrorizmi ta’minoti to’g’risida gapirilganda yana bir omilni esdan chiqarmaslik lozimdir. Gap shundaki Yevropa davlatlari va AQSHda sharq va janub mamlakatlaridan kirib kelganlar ham yildan yilga ko’payib bormoqda ular aksariyati mahalliy aholiga qo’shilmay o’zlarining milliy, diniy urf-odat va an’analariga amal qilib yashamoqdalar. Kelgindilar orasida ishsizlar, giyohvandlar, hayotda o’z o’rnini topa olmaganlar ham oz emas. Bu esa ekstremistik tashkilotlar uchun o’z saflariga yangi jalb etish, jangarilarni tayyorlab, shu davlatlar hududida yohud boshqa mamlakatlarda terrorchilik faoliyatini olib borishga imkon bermoqda.

“O’zbekiston Islom Harakati” rahbarlari kadrlar tayyorlashda xorijiy, masalan, yaqin va o’rta sharqlik nufuzli homiylarga tayanadilar va Usama bin Ladenning “Tolibon” nazoratidagi tuzilgan o’quv lagerlari va bazalaridan keng foydalanadilar. Uning emmissarlarga Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ishsizlar, vahobiylik g’oyalari ta’siriga tushgan yoshlar orasidan maxfiy ravishda tarafdorlarni yollab, ularni pinhoniy yo’llar orqali Tojikiston, Checheniston, yoki Afg’onistondagi tayyorlov lagerlariga yuborib turdilar. O’qish jarayonining birinchi bosqichida jangarilarga islomning asosiy qoidalari va jihod to’g’risida saboq berdilar, keyingi bosqichlarda ularga zamonaviy o’q otar qurollarni o’rgatish bo’yicha maxsus jangovar tayyorgarlik o’tkazilar edi. Kurslarda mina qo’yish, uni portlatish sirlari, harbiy topografiya, tog’li joylarda jangovor harakatlar olib boorish taktikasi, shahar va aholi yashash joylarida qo’poruvchilik-terrorchilik harakatlarini olib borishga o’rgatiladi, shuningdek yollanganlarga yashirinish, qo’poruvchilik targ’ibotini olib borish usullari muntazam ravishda muqaddas jasoratlarga – diniy “jixod” yo’lida o’z jonidan ham kechishga tayyor bo’lish ruhida tarbiyalash bilan qo’shib olib boriladi.


O’zbekiston va xorijiy davlatlar qonunchiligida terrorizmga qarshi kurash masalasining huquqiy tartibga solinishi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov II chaqiriq Oliy Majlisning uchinchi sessiyasida so’zlagan nutqida “Bizning yurtimiz bugungi kunda yon atrofimizda vujudga kelgan vaziyatdan foydalanib o’zining uzoqqa mo’ljallangan yovuz maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan turli ekstremistik aqidaparastlik markazlarining g’arazli intilishlari qaratilgan hududga aylanib qolmoqda” ta’kidlagan edi. Bu “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi” qonun loyihasini ishlab chiqishga asosiy turtki bo’lgan edi. Qonun loyihasida terrorizmga qarshi kurashning tamoyillarini belgilashda “BMT VIII kongresining jinoyatchilikni ogohlantirish va huquqbuzarlar bilan munosabatda bo’lish bo’yicha materiallardagi” davlatlarning jinoyat qonunchiligia tegishli qonunlarning o’xshashligini ta’milashga ko’maklashish, garchi shu bilan birga davlatlar o’rtasida nizolar kelib chiqishi mumkinligini ogohlantirishi uchun milliy qonunchilikning haddan ortiq kengayib ketishini oldini olishga amal qilish mazmunidagi tavsiyalari inobatga olindi. Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib asosiy vazifalari etib shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlat suverenteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.

Qonun “Umumiy qoidalar”, “Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari”, “Terrorchikka qarshi operatsiyaning o’tkazilishi”, “Terrorchilik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash” va “Jabrlangan shaxslarning Ijtimoiy reabilitatsiyasi” hamda “Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqiy va ijtimoiy hioyasi” deb nomlanuvchi 5 bo’lim va 31 moddadan iborat.

Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar ko’maklashishlari zarurligi 6-moddada belgilab qo’yilgan.

Terrorizmga qarshi kurashish, O’zbekiston Resbublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati, Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qilish qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi, Mudofaa hamda Favqulotda Vaziyatar Vazirligi amalga oshiradi (8-modda). Jumladan Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi favqulotda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida, muhim, toifalangan va boshqa obyektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Terrorizm bilan kurashish sohasidagi hozirgi bosqichdagi hamkorlik bir necha yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda alohida qayd etish kerakki O’zbekiston Respublikasi dunyoning ko’plab davlatlari bilan terrorizm, ekstremizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish to’g’risidagi shrtnomalarni imzolagan.

2000-yil aprel oyida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Birinchi Prezidentlari uchrashuvida “Terrorizm, siyosiy, diniy ekstremizm, milatlararo jinoyatchilik va tomonlar xavfsizligi, hamda barqarorligiga tahdid soluvchi xavflar bilan kurashishda hamkorlikdagi harakatlar to’g’risidagi” shartnomani imzoladilar.

2001-yil iyun oyidagi Shanxay hamkorlik tshkiloti davlat rahbarlari sammitida (bu uchrashuvda O’zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog’iston va Tojikiston bilan birgalikda mazkur obro’li tashkilotning tasischisi bo’lib qoldi) Shanxay hamkorlik tashkilotining tuzish haqidagi Dekloratsiya, shuningdek Terrorizm, ayirmaachilik va ekstremizm bilan kurashish to’g’risidagi konvensiya qabul qilindi.

Terrorizm bilan kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik to’g’risida gap borganda O’zbekiston tashabbusi bilan tuzilgan “6+2guruhi” deb nomlangan guruhni ham eslash kerak. Shu o’rinda Preziddentimiz Islom Karimovning 2001-yil 11-sentabridagi voqealardan so’ng bayonotidagi ayrim fikrlarni keltiramiz “Bugun biz butun insoniyatga tahdid solib turgan bu illatga barham berish borasidagi kurashdan hech qanday davlat chetda qolmasligi tabiiy. Jahondagi yuzdan ortiq davlatning mazkur masla bo’yicha o’z fikri qat’iy pozitsiyasini bayon qilgani ham haqiqatni tasdiqlaydi. Bugun terrorizmga qarshi tashkil qilinayotgan koalitsiyasi safiga o’zining siyosiy tuzumi va qarashlaridan qat’iy nazar turli davlatlar, shu jumladan barcha yetkchi arab va musulmon jamoatlari qo’shilayotgani e’tiborga sazovordir. Bunday kuchlar va davlatlarni birlashtirayotgan xalqaro hamjamiyatning qatiyatligi tobora mustahkamlanib bu kurash xalqaro tus olib borishiga hech qanday shubha qolmayapti. Gap shundaki terrorizm tahdid mavhum tushuncha emas, balki xalqaro terrorizmning o’z oldiga qo’ygan siyosiy maqsadlariga erishish uchun jahondagi mavjud tartibni beqarorlashtirish, xalqaro, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka tajovvuz qilish orqali reja va niyatlarini amalga oshirish yo’lidagi harakatlardir. Bu narsa milliy huquq va xalqaro meyorlarning buzilishiga tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar deb tavsiflanishi kerakligini bildiradi. Mana nima uchun xalqaro terrorizm va uning tahdidiga qarshi harakat faqat harbiy, siyosiy va maxsus xususiyatli choralar bilangina emas, balki terrorizm bilan kurashishda huquq doirasida, amaldagi milliy qonunchilik, xalqaro huquq me’yorlri asosida olib borish kerakligini talab qiladi. Shuning uchun ham surishtiruv va tergov idoralarining zimmmasiga bu turdagi oqim partiyalarning O’bekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatishiga yo’l qo’ymaslik chorasini ko’rish, bu borada tezkor-tergov tadbirlarini o’tkazish, ma’lumotlarini tahlil qilib, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart sharoitlarni sinchikovlik bilan to’la, har tomonlama o’rganish, bartaraf etish, jinoiy uyushma a’zolaridan jinoyatlarni sodir etishdagi ishtirokini aniqlash mas’uliyatini yuklaydi.

Buning uchun esa “Hizbchilar” va ularga o’xshash diniy ekstremistik oqimlar domiga tushib qolganlarga qarshi jamoatchilik fikrini shkllantirish ayniqsa mahallalar, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda ishlashni kuchaytirish kerak.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu oqimning barqarorlikka tahdid solayotgani to’g’risida gapirib, xalqimizning tabiatiga mutlaqo yot bo’lgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi, tarqalishi, tinchlik va osoyishtalikka xavf tug’dirishini odamlar ongiga chuqur singdirib ta’kidlagani bejiz emas.

Tergov idoralari tomonidan aniqlanishicha mustaqillik yillarida O’zbekistondan 10dn ortiq siyosiy-diniy ekstremistik oqimlar va harakatlar noqonuniy ravishda faoliyt ko’rsatgn. Jumladan: “Hizb ut-tahrir”, “Akromiylar”, “Tablih”, “Uzun soqol”, “Vahhobiylar”, “Adolat” uyushmasi, “Islom lashkarlari”, “Tavba”, “Nur”. Ularning ba’zilari to’g’risida tergov idoralarid mavjud bo’lgan ma’lumotlrga suyanib qisqacha to’xtalib o’tamiz. “Akromiylar” guruhi 50-yillarda Farg’ona vodiysida vujudga kelgan. Oqim tashkilotchisining nomi “Mulla Akrom” nomi bilan bog’liq, ularning g’oyasi Allohni tan olish, Payg’ambarni, ota-onani, har qanday davlat boshqaruvini rad etib faqat oqim sardoriga itoat qilish. “Adolat” uyushmasi 1991-yilning boshida Namangan viloyatida faoliyat ko’rsatgan, ular viloyatdagi dinga e’tiqod qiluvchi qishloq aholisini o’ziga jalb qilib ularni huquqni muhofaza qiluvchi idora hodimlariga qarshi qilib qo’ygan.

XULOSA

Dunyodagi eng xavfli terrorchi ekstremistik guruhlar ro’yxatida rasman AQSH davlat departamenti tomonidan kiritilgan “O’zbekiston Islom harakati” vatangadolar jinoiy uyshmasi ham bor. Bu jinoiy uyushma tashkilotlari J.Hojiyev, T.Yo’ldoshevlar hisoblanadi. Uning tarkibida minglab jangarilar, yollangan ajnabiy jinoyatchlar mavjud.



“Hizb ut-tahrir” boshqa norasmiy diniy tashkilotlardan frqi shuki u hujumni avvalo fikrga qaratadi, ya’ni fikriy kurash olib borib g’oyaviy inqilobga erishadi. Mafkuraviy ta’sirni kuchaytirish uchun o’zlarining nomaqbul kurash yo’llarini 3 bosqichdan iborat deb hisoblaydilar. Birinchisi, tushuntirish ishlarini olib borish orqali ongi to’liq shakllanmagan yoshlarni tuzoqqa ilintirish, huquq tartibot idoralari, hokimliklardagi tashqi ta’sirga beriluvhi hodimlar bilan aloqani mustaxkamlash, ya’ni ularni o’z domiga tortish. Ikkinchisi, fikriy kurash orqali ommani oyoqqa turg’azish, ya’ni odamlar ongiga salbiy g’oyalarni zo’raki singdirish. Uchinchisi, manqurdga aylangan ekstremistik kuchlarni hukumatga qarshi qo’yish, begunh kishilarni qonini to’kish. Din niqobi ostida terrorchilik yo’li bilan hokimiyatni egallash. Shaxslarga diniy mafkura, g’oya qarashlar asta sekinlik bilan, y’ni o’rtacha 3 oydn 1,5 yilgacha bo’lgan vaqt mobaynida singdirish, ularni barqarorligini,3 oydn 1,5 yilgacha bo’lgan vaqt mobaynida singdirish, ularni barqarorligini, uushqoqligini ta’minlashdan iborat.

Adabiyotlar.


  1. Islom Abdug’anievich Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida va xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. “O’zbekiston” – 1997.

  2. Terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi” qonun 2000-yil.

  3. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Ming yillik sammit”idagi nutqi.

  4. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning II chaqiriq Oliy Majlisning uchinchi sessiyasida so’zlagan nutqi.

  5. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Shanxay hamkorlik Tashkiloti”idagi bayonoti. 2001-yil 11-sentabr.

Download 82,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish