Dehqonchilik haqida tushunchalar O’zbekistonda tuproqlarning holati



Download 49,96 Kb.
bet1/3
Sana06.01.2022
Hajmi49,96 Kb.
#324648
  1   2   3
Bog'liq
D ehqonchilik deganda


Reja;

  1. Dehqonchilik haqida tushunchalar

  2. O’zbekistonda tuproqlarning holati

  3. Dalalarni begona o’tlardan toza bo’lishini ta’minlashda ulami
    tarqalishini oldini olish

  4. Yerlarni surish va ekish qoidalari

Dehqonchilik deganda, qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish va ekin yetishtirishda qo‘llaniladigan tadbirlar tizimi tushuniladi.
Respublikamizning 447,4 ming kvadrat kilometrdan ortiq bo‘lgan
umumiy maydonining atigi 10 foizini ekin maydonlari tashkil etadi.
0 ‘zbekistonda 1 km2 yerga 51,4 kishi, Qozog‘istonda - 6,1, Qirg‘izistonda - 22,7, Turkmanistonda esa 9,4 kishi to ‘g‘ri keladi. 0 ‘zbekistonda har bir kishiga 0,17 gektar, Qozog‘istonda - 1,54,
Qirg'izistonda - 0,26, Ukrainada - 0,59, Rossiyada 0,67 gektar ekin
maydoni to‘g‘ri keladi.
So‘nggi 50 yil mobaynida sug‘oriladigan yerlar maydoni 2,46
mln. gektardan 4,28 mln. gektarga yetkazildi. Faqat 1975-1985-yillar
mobaynida 1 mln. gektarga yaqin yer o'zlashtirilib, 1990-yilda yer
maydoni 1985-yilga nisbatan 1,5 barobar ortdi. Ana shu yer
maydonining qariyb 50 foizini meliorativ holati yomon va shu bilan
bir qatorda 1990-yilga qadar sug'oriladigan yerlaming 75 foiziga paxta
ekilishi tuproq unumdorligini pasayishiga olib keldi.

Aholining o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun yerlardan
oqilona foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish talab etiladi.
Dehqonchilik fanining vazifasi talabalami dehqonchilikda qo‘llanilayotgan nazariy asoslar va ishlab chiqarishdagi jarayonlar bilan tanishtirishdan iborat.
Dehqonchilik fani quyidagi bo‘limlami o‘z ichiga oladi: dehqonchilikning ilmiy asoslari, tuproq rejimlari va ularni boshqarish,
begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlari, yerga ishlov berish, ekinlarni
ekish, almashlab ekish va dehqonchilik tizimi.
Qishloq xo‘jaligi rivojlanib borishi davomida "dehqonchilik"
tushunchasi ham o‘zgargan. Ilk davrda uni qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi deb tushunildi va keyinchalik undan chorvachilik
ajralib chiqqan.

Bolotov XVIII asrning ikkinchi yarmida yer tuzilishi, almashlab
ekish, begona o‘tlarga qarshi kurash, o‘g‘itlash masalalari bo‘yicha
maqolalar bilan dehqonchilikning asosiy prinsiplarini ta’rifladi.U yetti
dalah almashlab ekishning 3 ta dalasi qo‘riq bo‘lishini bayon etdi.
I.M.Komov 1898 yilda "Dehqonchilik haqida" asarida partov sistemasiga
qarshi chiqib ko‘p dalali va ekinlar navbatlab ekiladigan almashlab
ekishni tavsiya qildi. D.I.Mendeleev mineral o‘g‘itlami qo‘llashni
tekshirib, dehqonchilikni intensivlashtirishga da’vat etdi. M.G.Pavlov
(1793-1840) almashlab ekishni keng tashviqot qildi. U tuproqning
singdirish qobiliyatini o‘rganish bo‘yicha katta ishlar olib bordi.
V.R.Vilyams (1863-1939) tuproqshunoslikda biologik nazariya asoschisi hisoblanadi. K.A.Timiryazev, D.N.Pryanishnikov, A.G. Doyarenko, K.K.Gedroyts kabi olimlar o’simliklarning oziqlanishi va uni
boshqarish masalalari bo’yicha qator asarlar yaratganlar. N.Rijov
(1903-1981) go‘zani sug’orish va tuproqning fizik xossalarini o‘
rganish bo‘yicha ishlar qildi.
iM.V.Muhamedjonov va A.Q.Qashqarov yer haydash, yer
haydashni tabaqalashtirish, oraliq va siderat ekinlarni ekish
masalalari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borib, ishlab chiqarishga
tavsiyanomalar berishdi.
Dehqonchilik hozirgi davrda fan va texnika yangiliklari hamda ishlab chiqarish ilg’orlari tajribasi natijalarini umumlashtirgan holda
o’ziga xos yo‘nalishda rivojlanmoqda. 0 ‘zbekistonning umumiy yer maydoni 44405 ming gektar bolib,
bundan 4277,6 ming gektar yer maydonini alohida qimmatga ega
bolgan sug‘oriladigan unumdor yerlar tashkil qiladi yoki ular 9,6%
(foizni) tashkil qiladi.
Respublika bo‘yicha lamli ekin yer maydoni 743 ming gektarni
tashkil etadi. Lalmi ekin yerlaming maydoni kichik bolishiga qaramay,
ba’zi xo‘jaliklarda ularni ishlab chiqarish quvvati ancha kattadir. Lalmi
yerlarda qishloq xo‘jalik ekin turlarini yetishtirish tuproq qatlamida
yog‘ingarchilik davrida yig‘ilgan namlik hisobiga bolganligi sababli,
respublikada lalmi ekinlar o‘rtacha yillik yogingarchilik 200 mm dan
yuqori bolgan hududlarda joylashgan. Bo‘z yerlar maydoni 80,7
ming gektar, shuningdek sug‘oriladigani 46,5 ming gektar, lalmi
34,2 ming gektarni tashkil qiladi.
Respublikaning ko‘pchilik qismini - 22151,3 ming gektarini
yaylov tashkil etib, chorvachilikning asosiy ozuqa manbai
hisoblanadi. Suv bilan ta’minlangan yer 19449,2 ming gektar yoki
87% ni tashkil etadi.
0‘zbekiston tuproqlarining asosiy tip va tipchalari.
Kenglik (tekislik) tuproq iqlim zonasi tizimida 0 ‘zbekistonning
tekislik qismi janubiy zona-sur qo‘ng‘ir tusli, qumli chol va taqirli
tuproqlar tarqalgan cho‘l zonasiga kiradi. Respublikaning sharqiy
qismidagi vertikal zona (balandlik mintaqa) sida esa tog‘ oldi past tog’
bo‘z tuproqlari, o‘rta baland tog‘ jigarrang va qo‘ng‘ir tog‘ - o‘rmon
tuproqlari, hamda baland tog‘ och qo‘ng‘ir tusli o‘tloqi - chol
tuproqlari keng tarqalgan.
Provinsial bolinish sxemasida (tizimida) 0‘zbekiston 0‘rta Osiyo
tuproq avtomorf (zonal) tuproqlar doirasida bir qator gidromorf
tuproqlar ham uchraydi. Shuningdek, tuproqning ham avtomorf,
ham gidromorf xossalarini aks ettiruvchi yarim gidromorf tuproqlar
ham mavjud bolishi mumkin.
Sug‘oriladigan tuproqlar alohida (oszgacha) xususiyatlarga ega
bolgan tuproq tiplari bolib, ular mazkur tuproqlaming zonallik
tarqalishida va sug‘orma dehqonchilikda foydalanish natijasida
o'zgarganligi darajasi bilan aniqlanadi.
Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar mineral genezisining turlicha
bolishi, ularning litologik tuzilishlarining murakkabligi, quruq
kontinental iqlim va o‘simliklar bilan birgalikdagi turlicha gidrogeologik
sharoitlari turli xildagi tuproqlaming paydo bolishiga imkon yaratadi.
0‘zbekiston hududida chol zonasi va balandlik (vertikal) mintaqa
tuproqlari tarqalgan. 0 ‘zbekiston tuproqlarining qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida foydalanish tavsifi va qiymati ko‘p jihatdan ularning u yoki bu tuproq
iqlim zonasida joylashganligiga bogiiq.

Ekinlardan yuqori hosil olishda tuproqda qulay havo rejimini


yaratish zarur tadbirlardan biri hisoblanadi. Buning uchun yemi
chuqur va sifatli shudgorlash, chizellash, boronalash va kultivatsiyalash kabi agrotexnik tadbirlardan keng foydalanish, tuproqdagi
namlikni m e’yoridan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.

Tuproqdagi turli mikroorganizmlar hayot faoliyati ularning suv,
havo va issiqlik rejimlariga bogliq. Shuning uchun dehqonchilikda
turli agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish zarur. Bunda,
ayniqsa, yerlarga o‘z vaqtida ishlov berish, organik-mineral o‘g’itlar
solish, almashlab ekishni joriy qilish va boshqa tadbirlar katta
ahamiyatga ega.

Dalalarni begona o’tlardan toza bo’lishini ta’minlashda ulami


tarqalishini oldini olish tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Ko‘pchilik
begona o‘tlaming urugi ekin bilan birga yetiladi. Hosil yig’ishtirib
olinganda ular donga aralashib ketadi. Odatda bug‘doyga olabuta,
ismaloq, beda urugiga zarpechak, sholiga kurmak aralashgan bo‘ladi.
Urug’likni tozalash ekinning sof bo’lishiga imkon beradi. Begona
o’tlar urug’i yetilmasdan ekinlar hosilini yig’ib olish urug‘likning
toza bo’lishini ta’minlaydi. Bedani 15-25% gullaganda o‘rish begona
o’tlar urugi yetilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kanal, ariq, zovur yo‘l
yoqalarida o ‘sadigan begona o’tlarni urug’lanmasdan yo‘qotib turish
suv orqali urug’lar tarqalishining oldini oladi.
Begona o’tlar tarqalishini oldini olish uchun dalalarga yaxshi
chirigan go‘ng solish kerak. Chirimagan go‘ngda esa begona o‘t
urug'lari ko‘p boladi.
Ekinlar ko‘chat qalinligi siyrak bo’lsa begona o’tlar o‘sishiga
imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun ko‘chat qalinligi normal
bo'lishiga erishish lozim.
Bir xil ekin surunkasiga ekilaversa, shu ekin agrotexnikasiga
moslashgan begona o’tla r ko‘payib ketadi. Buni oldini olish uchun
agrotexnikasi bir-biridan keskin farq qiladigan ekinlarni navbatlab
ekish lozim.

Download 49,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish