Davlat va jamiyat



Download 0,64 Mb.
bet1/17
Sana11.01.2017
Hajmi0,64 Mb.
#17
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17


Mustaqillik yilnomasi 1991

DAVLAT VA JAMIYAT

31 avgust. Toshkentda Respublika Oliy Kengashining Navbatdan tashqari VI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Oliy Kengashning respublika davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonoti qabul qilindi. Tegishli qarorga muvofiq O‘zbekiston SSR O‘zbekiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 1 sentyabr - Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi aososlari to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi.

31 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi munosabati bilan afv etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

18 noyabr. Oliy Kengashning VIII sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.

29 dekabr. Respublikaning davlat mustaqilligi masalasi bo‘yicha Referendum va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Xalq bir yo‘lni tanladi: O‘zbekiston mustaqil bo‘ldi. Uning Prezidenti etib Islom Abdug‘aniyevich Karimov saylandi.

IQTISODIYOT

27 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov respublikaga tashrif buyurgan Pokistonning iqtisodiy masalalar bo‘yicha vaziri Sardor Asef Ahmad Ali boshchiligidagi savdo-iqtisodiy delegatsiyasini qabul qildi.

29 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Respublikada dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

IJTIMOIY HAYOT

1 sentyabr. Toshkentdagi 305-maktab qoshida respublikada birinchi ekologik o‘quv-tarbiya markazi ochildi.

20 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berilishi to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

25 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Adabiyot, san’at va me’morchilik sohalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotini berish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

10 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "X.To‘xtaboyev, O‘.R.Umarbekov, SH.Xolmirzayevga "O‘zbekiston Xalq yozuvchisi" faxriy unvonini berish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

Oktyabr. Porto shahrida (Portugaliya) o‘tkazilgan pianinochilarning Xalqaro tanlovida O‘zbekiston Respublikasi birinchi marta mustaqil davlat sifatida ishtirok etdi. Bizning vakilimiz - yosh musiqachi Ulug‘bek Polvonov ushbu ko‘rikning sovrindori bo‘ldi. Unga Bax va Shopen asarlarining ijrosi uchun uchinchi o‘rin berildi.

9 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Mahalla qo‘mitalari faollaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

21 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Farg‘ona Davlat universiteti xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa