Davlat ta’lim standarti to’g’risidagi Nizom



Download 0,49 Mb.
bet1/3
Sana11.09.2021
Hajmi0,49 Mb.
#172030
  1   2   3
Bog'liq
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida geometrik tasavvurlarni shakllantirish


KIRISH

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standarti to’g’risidagi Nizom”ga binoan umumiy o’rta ta’lim, shu jumladan, boshlang’ich ta’lim bosqichi uchun ham alohida-alohida davlat ta’lim standarti talablari va me’yoriy ko’rsatkichlari belgilab qo’yadi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ta’kidlanganidek: “Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi. “Boshlang’ich ta’lim konsepsiyasi”da e’tirof etilganidek, olti yoshga to’lgan har qanday bola aqliy, ruhiy hamda jisminiy jihatdan maktabda o’qish uchun tayyor bo’lganida, maktabning moddiy-texnik bazasi bunday bolalarga ta’lim berish uchun yetarli deb hisoblanganda hamda o’qituvchilar pedagogik va psixologik jihatdan olti yoshli bolalarni o’qitishga qodir deb topilganda maktabga qabul qilinadilar. “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim to’g’risida”gi Nizomda ta’kidlanganidek: “Boshlang’ich ta’lim o’qish, yozish, sanash, o’quv faoliyatining asosiy malaka va ko’nikmalari, ijodiy fikrlash, o’zini-o’zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog’lom turmush tarsi asoslarining egallab olishini ta’minlashga da’vat etilgan. Shunday ekan, ushbu asosda boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim. Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, duyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’zo’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o’ziga singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi.

Boshlang’ich ta’lim bosqichi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida boshlang’ich sinf o’quvchilaridan standartda belgilab qo’yilgan ko’rsatkichga erishishni talab qiladi va o’z navbatida, bu ko’rsatkichlarga erishish uchun zarur bo’lgan ta’limiy xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi.

Boshlang’ich ta’lim bosqichiga davlat va jamiyat tomonidan qo’yilgan talabda ta’lim sohalari bo’yicha o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg’unlik to’la ta’minlangan bo’lmog’i kerak. Shu jihatdan 4 boshlang’ich talim standartini belgilash ta’lim jarayoning tarkibini xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini beradi1.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun bo’lajak o’qituvchi boshlang’ich sinflar uchun ishlab chiqilgan matematika o’qitish metodikasini egallab, chuqur o’zlashtirib olmog’i zarur. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi - kichik yoshdagi o’quvchilarni geometrik tushunchalarini boyitish, geometrik terminlar bo’yicha nutqlarini o’stirish va matematika darslarida didaktik tamoillar yordamida geometriyaga oid misol va masalalar yechish bo’yicha bilim va malakalarni oshirish. Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to’plamlar nazariyasiga tayanadi.

Chekli to’plamlar elementlari orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatish o’zaro ekvivalent to’plamlar sinflarini ajratish imkonini beradi, shu bilan birga bu sinflarning har birini xarakterlovchi umumiy narsa-natural sonlarni ajratish imkonini beradi. Geometrik material boshlang’ich sinflar uchun mustaqil bo’lim sifatida o’quv dasturiga kiritilmaydi. O’quv jarayonida geometriya elementlarini o’rganish bilan bevosita bog’lab olib boriladi.

Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o’rgatish davomida geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish - bularning barchasi o’quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkamlashga imkon beradi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi - boshlang‘ich sinf o’quvchilarini geometrik tushunchalar bilan tanishtirish va geometrik masalalarni yechishga o’rgatishda didaktik tamoillardan foydalanishni amalga oshirish usullari ishlab chiqishdir.

Bu mavzuni yoritish jarayonida o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini geometrik tushunchalar bilan tanishtirishning ahamiyatini nazariy hamda amaliy asoslash: Boshlang’ich matematika kursida geometrik materialning xossalaridan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish; 5 Boshlang’ich sinf o’quvchilarini geometrik materialga oid masalalar yechishga o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish usullarini ishlab chiqish; Boshlang’ich sinf o’quvchilarini geometrik materialga doir misollarni yechishga va tekshirishga o’rgatishda ko’rsatmali vositalardan foydalanishning ahamiyatini yoritib berish.

Bitiruv malakaviy ishining obyekti 1–4 sinf matematika kursida geometrik materillarni o’rganishni samarali amalga oshirishni takomillashtirish jarayonidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: 1–4 sinf matematika darslarida o‘quvchilarning geometriya elementlari va u bilan bog‘liq tushunchalar haqidagi tasavvurlar shakllanishiga olib keluvchi hamda yasashga oid geometrik mazmundagi masalalarni yechishni amalga oshirish usullarini ishlab chiqish1 . Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi: “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, Respublikamiz prezidentining 2004 yil 25 maydagi “2004 – 2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar mahkamasining qarorlari, Davlat ta’lim standartlari, amaldagi o‘quv dasturlar, darslik, o ‘quv va o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati shuki, tavsiya etilgan usullar amaliyotda mantazam qo’llansa, o’quvchilarning ijodkorlik va mustaqil fikrlash doirasini kengaytiradi, ularda matematik bilimlar oshadi hamda fazoviy tasavvurlari kengayadi. Bitiruv malakaviy ishi tuzilishi: kirish, 2 ta bob, 5 ta bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlarlar ro’yxatidan iborat.


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish