Davlat krediti va davlat qarzlarini boshqarish


-Rasm Davlat ichki qarz qoldig’i. 01.07.2019



Download 0.88 Mb.
bet7/12
Sana31.10.2020
Hajmi0.88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-Rasm Davlat ichki qarz qoldig’i. 01.07.2019

O‘zbekiston Respublikasi Davlat tashqi qarzi strategik ijtimoiyiqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qarz mablag‘larini jalb qilinishi natijasida shakllangan bo‘lib, uning hajmi 2019 yilning 1 oktyabr' holatiga 13,6 mlrd. AQSh dollariga yoki YaIMga nisbatan 23,8 foizga yetdi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan jalb qilingan tashqi qarz – 9 625,2 mln. AQSh dollari ekvivalenti yoki jami davlat tashqi qarzining 70,8 foizi; O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz – 3 970,5 mln. AQSh dollari ekvivalenti yoki davlat tashqi qarzining 29,2 foizi.7Chet el manbalaridan (chet davlatlar, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa norezidentlaridan) mablag‘larni jalb etish davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish bo‘lib, bu mablag‘ bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchirezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) to‘lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi.



O‘zbekiston Respublikasi nomidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilingan qarzdorlik (9,6 mlrd. AQSh dollari) asosan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, energetika, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash, qishloq joylarida namunaviy uy-joylar qurish kabi ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan. Mazkur qarzdorliklar Davlat byudjeti hisobidan hamda qisman qarzdor korxonalarning mablag‘laridan qoplanadi. 2019 yil yanvar'-sentyabr' oylarida O‘zbekiston Respublikasi nomidan 13 ta tashqi qarz bitimlari imzolangan bo‘lib, mazkur bitimlar doirasida moliyalashtiriladigan loyihalar Samarqand va Toshkent viloyatlari aholisining ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarini hal etishga, ta'lim va ijtimoiy muhofazani rivojlantirish, qishloq joylarida tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalarni o‘z ichiga oladi (Jadval 8) O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarzdorlik (4,0 mlrd. AQSh dollari) hisobidan energetika, transport va transport infratuzilmasi, kimyo sanoati va boshqa strategik sohalardagi yirik investision loyihalar moliyalashtirilgan bo‘lib, ushbu qarzdorliklarni so‘ndirish qarzdor korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. 2019 yilning 1 iyul' holatiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat tashqi qarzi portfeli valyuta tarkibining 60,1 foizi - AQSh dollari, 13,5 foizi - yapon ienasi, 10,9 foizi – SDR (maxsus qarz olish huquqlari), 5,3 foizi – yevro, 10,2 foizi - boshqa valyutalardagi tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti