Darsning mavzusi: Qad –qomatning shakllanishi. Darsning ta’limiy maqsadi



Download 96,22 Kb.
Sana30.08.2021
Hajmi96,22 Kb.
#159618
Bog'liq
10-Qad –qomatning shakllanishi



Darsning mavzusi:Qad –qomatning shakllanishi.

Darsning ta’limiy maqsadi:O’quvchilarga qad-qomatningshakllanishi hyaqida ma’lumot berish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi:O’quvchilarga insoniy fazilatlarni,vatanga mehr uyg’otish,ilmiy dunyoqarashini kengaytirish,ekologik tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:O’quvchilarga egilgan qad-qomat,normalqad-qomat,lordoz qad-qomat,kifoz qad-qomat,kekkaygan qad-qomat haqida ma’lumot berish.

Darsning usuli:Aqliy hujum, Savol javob.


T/r

Darsning blok sxemasi

Vaqti

1

Tashkiliv qisim

2 min

2

Siyosiy axborot

3 min

3

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

10 min

4

Yangi mavzu bayoni

10 min

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 min

6.

Uyga vazifa berish

2 min

7

Bahoalsh

3 min


Darsning uslubi: Noananaviy

Dars uchun zarur bo’lgan jihozlar va ma’lumot:8-sinf darsligi,rasmlar,ziyonet ma’lumotlari,odam anatoniyasi.

Darsning borishi:1.Tashkiliy qism (salomlashuv ,davomatni hisobga olish,sinf jurnalini to’ldirish).

Uy vazifalarni tekshirish:Darsni tashkil etib

o’tilgan mavzu yuzasidansavollarberaman.

O’tilgan mavzuni takrorlash:

1.Muskullarning statik ishini tushuntiring?

2.Muskullarning dinamik ishiga misollar keltiring?

3.Muskullarning charchashi qandaysodir bo’ladi?

4.Yaxshi rivojlangan muskullarda qanday o’zgarishlar bo’ladi?


Yangi mavzu bayoni:
Umurtqa pog’onasining ahamiyati.
Har bir odam tanasini o’zi odat langan holatda erkin tutishi qad-qomat deb ataladi.Qad-qomatning shakllanishida,ayniqsa,umurtqa pog’onasining normal rivojlan ishi muhim ahamiyatga ega.Normal holda bo’yin va bel qismida umurtqa pog’onasi biroz oldinga,ko’krak va dumg’aza qismida biroz orqaga egilgan bo’ladi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo’lganbolalarda bo’lmaydi.Bolaning tik turishi,yurishi,boshini tik tutishi natijasidaasta-sekin bu egilishlar hosil bo’ladi. Qad-qomatning noto’g’ri shakllanishi bir necha xil bo’iadi:egilgan, lordoz, kifoz, kekaygan,skoliotik qad-qomat.

Q ad-qomatining buzilishidan faqat odamning tashqi ko’rinishi o’zgarmasdan,balki u ichki organlar (o’pka,yurak,jigar,buyrak ,oshqozon va ichak kabilar)ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanganida nafasi qisadi,yurak urishi tezlashadi,tez charchaydi va hokazo.

Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish kerak:

__bolani yoshligidan teris va biroz qattiqroq to’shakda yotishga o’rgatish lozim,yostiq pastroq bo’lishi kerak.To’shakning qalin va yumshoq bo’lishi ,yostiq pastroq bo’lishi kerak. Yumshoq prujinali karavot, baland yostiq bolaning umurtqa pog’onasi qiyshayib qolishiga sabab bo’ladi;

___kichik yoshdagi bolalar, boshlang’ich sinf o’quvchilariuzoq vaqt bir joyda o’tirmasligi,tik turmas ligi ,uzoq masofaga yurmasligi, og’ir buyumlarni ko’tarmasligi,ayniqsa doim faqat bir qo’lida ish bajarmasligi kerak.Bularning barchasi bolaning umurtqa pog’onasi va oyoq suyaklai egrilanib qolishiga,qad-qomati buzilishiga sabab bo’ladi.

____bolalar va o’quvchilar bo’ylariga mos parta, stol-stulda o’tirishi kerak (martabda, uyda dars tayyorlaganda, ovqatlanganda):

_____o’quvchilar parta, stol-stulda o’tirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishlari zarur:o’tirganda gavdasi tik,yelkalari bir tekisda, beli stul(parta)suyanchig’iga suyanib tursin.Oyoqlaritizza bo’g’mida to’g’ri burchak hosil qilib bukilsin. Oyoq kafining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin.Ko’krak bilan parta qirrasi orasida 10smga yaqin masofa bo’lsin.



Q ad-qomatning shakllanishi 18yoshgacha davom etadi. Shuning uchun ana shuyoshgacha bo’lgan bolalar yuqorida ko’rsatilgan qoidalarga amal qilsalar,ularning qad-qomati to’g’ri,chiroylibo’lib shakllanadi.

Yassioyoqlik.Odam tovon-kaftiningb pastki qismi tayanch-harakatlanish sistemasining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatlariga ko’ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan. To’g’ri rivojlangan oyoq kaftining ko’proq qismi o’yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo’ladi. Uning bunday tuzilishi tana massasining oyoqning tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlashini ta’minlaydi. Yassioyoqlikda tovon va kaft yuzasi (gumbaz qismi) kengayib, o’yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba’zida esa oyoq yuzasining butun sathini gumbaz qism egallab, u tekis bo’lib qoladi.Natijada tovon-kaftining vazifasi buziladi. Bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko’proq yurganda, yugurganda, og’ir yuk ko’targanda oyog’ining tovo-kaft va boldir muskullarida og’riq paydo bo’ladi. Yassioyoqlik umurtqa pog’onasiva chanoq suyaklarning egrilanishiga va qad-qomatning buzilishiga ham sabab bo’ladi. Yassioyoqlik tug’ma va hayotda ortirilgan bo’ladi. Tug’ma bo’lishi bu nasldan naslga berilishi yoki bola embrionining rivojlanishi davrida ona organizmiga tashqi muhitning biron noqulay ta’siri natijasida sodir bo’lishi mumkin. Yassioyoqlikning tug’ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat:

- bolani juda yoshligidan (8-10oyligida) boshlab yurgizish va uni uzoq vaqt oyog’ida tik turg’izish;

-yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyabzal kiygizish;

-o’quvchilarning kun bo’yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi (sport poyabzilini faqat mashg’ulot vaqtida kiyish kerak);

-poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bo’lgan poyabzallarni kiyish;

-og’ir yuk ko’tarish ham yassioyoqlikni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi;

Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikning oldini olishga e’tibor berish kerak.


Yangi mavzuni mustahkamlash:
SAVOLLAR

1.Qad-qomat noto’g’ri shakllanishining qanday xillari bor?

2.Odam qad-qomatining to’g’ri shakllanishi nimalarga bog’liq?

3.Yassioyoqlikning belgilari qanday bo’ladi?

4.Yassioyoqlikning oldini olish uchun nimalar qilinadi?
Uyga vazifa:o’qib kelish, 28-30betlar,23-25 rasmlar.

O’quvchilar bilimini baholash:Darsda faolishtirok etgan o’quvchilarni reyting asosida baholayman.


O’qituvchi: DANAYEVA D
O’IB direktori o’rinbosari: …..
Download 96,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish