Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad



Download 48 Kb.
Sana27.11.2019
Hajmi48 Kb.
#27413
Bog'liq
Kumush-4-s-odobnoma-bo

Mavzu: Kim bo’lsam ekan.
O’quvchilarga kasblar,ularning turlari ma’ lumot berish
Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad; o’quvchilarga kasblar,ularning turlari haqida ma’lumot berish, ularni kasbga bo’lgan qiziqishlarini yanada boyitish.

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda mehnatsevarlik , sabr –toqat , o’zgalar mehnatini qadrlash, intiluvchanlik kabi fazilatlatni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarning nutqini yangi so’zlar bilan boyitish, ularning ifodali o’qish va og’zaki nutqini rivojlantirish.

Darsning turi; Amaliy mashg’ulot

Dars shakli; noan’anaviy dars.

Darsning metodi; savol – javob, klaster metodi, kichik guruhlar bilan ishlash, mustaqil ish metodi.

Darsning jihozi; darslik, tarqatma materiallar , rag’bat kartochkalar, bahor fasli tabiati tasvirlangan rasmlar, kasblar tasvirlangan rasmlar, krossvord, .

1. Tashkiliy qism: 3 – daqiqa.

2. O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash: 10 – daqiqa.

3. Yangi mavzu bayoni: 18 – daqiqa.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash: 10 – daqiqa.

5. Darsni yakunlash: 2 – daqiqa.

6. Uyga vazifa: 2 – daqiqa.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlshiladi.

Navbatchi tomonidan sana, sinf davomati aytiladi.

O’quvchilarni darsga tayyorgarligini so’rash.

O’quvchilar jo’r bo’lib darsga tayyorgarligini she’riy tarzda ifoda etishadi:

Bizlar – yaxshi bolamiz,

Ochilgan gul, lolamiz.

Ota-ona izidan,

Ustozlarning so`zidan,

Bizlar aslo chiqmaymiz.

Sinfdagi barchamiz,

Darsga shay gul-g`unchamiz.

Hozir qaysi dars ekanligi so`raladi.

-O`quvchilar hozir odobnoma darsi deb javob beradilar.

Dars shiori:

Odamning qiymati emas siymu- zar

Odamning qiymati bilim va hunar.

2. O`tilgan mavzuni takrorlash.

O`quvchilar uyga berilgan vazifani “Kasb hunar haqida maqollar yod olish” ekanini aytadilar.



Hunar oshatar, mehnat yashnatar.

Qunt bilan o’rgan hunar, hunardan rizqing unar.

Hunari yo’q kishining mazasi yo’q ishining.

Hunar bo’lsa qo’lingda ,non topilar yo’lingda .

O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga tarqatmalar beriladi.

1.Mehnat qilish va kasb tanlash huquqi Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida qayd etilgan?

2. Inson nima uchun mehnat qiladi?

3. Kasb tanlashda nimalarga etibor beriadi?
3.Yangi mavzu bayoni:

O’quvchilarga klaster metodida kasb turlari haida ma’lumot beramiz.


O’qituvchi Shifokor Musavvir



Hisobchi

Dasturchi

Dizayner Quruvchi

Uchuvchi


Shoir

Yozuvchi
Kasb – arabcha so’z bo’lib, ish faoliyatida ma’lum bir tajriba, tayyorgarlik talab etiladigan kasb –hunar yoki soha ma’nosini anglatadi.

Hunar – kishining muayyan tayyorgarik talab qiladigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanadigan mashg’ulot.

Yangi mavzuni o’tishdan oldin o’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashi aytiladi. O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi.

Har bir guruh o’quvchilariga kasblar nomi beriladi.

1 – guruh nomi – “O’qituvchi”

2 – guruh nomi – “Shifokor”

3 – guruh nomi – “Tikuvchi”

Ha bir guruhdan kasblarga oid she’rlar ayttiriladi.

O’quvchilarga darslikdagi kasblar haqidagi “Kulol” , “Kasblarning rangi qanaqa” , “Chevar”, “Hunarmand” she’rlari o’qib beriladi.

She’rlar mazmuni tushuntiriladi. She’rni yod olgan o’quvchilardan she’r so’raladi.

O’quvchilar rag’batlantirib boriladi. “Bu qaysi kasb?” o’yini o’ynaladi.


Bolalarga ta’lim - tarbiya beradi… .

Insonlarni davolaydi… .

Chiroyli imoratlar quradi… .

Tansiq taomlar pishiradi… .

Bejirim kiyimlar tikadi… .

Vatanni qo’riqlaydi… .

Odamlarning uzog’ini yaqin qiladi… .

Eng ko’p parvoz qiladi… .

O’quvchilardan o’zlari bilgan kasb-hunar turlari so’raladi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash :

O’quvchilarga kasblar haqida krossvord yechish topshirig’i beriladi. Har bir guruhdan bir nafar o’quvchi chiqib krossvordni yechadi.



K R O S S V O R D

1.Loy bilan ishlaydigan kasb egasi.

2. … qadrini zargar bilar.

3. Musiqa bastalovchi…

.4.Ilm dargohi…

5. Shirinliklar tayyorlaydigan kasb egasi...

6.Duradgor ish quroli…

7.Binolar barpo etuvchi …


Qaysi guruh birinchi bo’lib to’g’ri yechsa, shu guruh o’quvchisi rag’batlantiriladi.

O’quvchilar kasb-hunar haqida maqollar aytishadi.

Kasb –hunarlar haqida oquvchilar tomonidan kichik sahna ko’rinishi qo’yiladi.



Har bir o’quvchidan kelajakda qaysi kasbni tanlamoqchi ekanligi so’raladi.

-Dars davomida o’quvchilardan kasb –hunar haqida she’rlar so’raladi.

Keyin har bir guruhga turli kasblarga oid ish qurollaidan tanlagan kasbiga tegishli ish

qurollarini topish aytiladi.

1-guruh- O’qituvchi

2-guruh- Duradgor



3-guruh- Zardo’zlik

To’g’ri topgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.



5. Darsni yakunlash va baholash.

O’quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga ko’ra ball qo’yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtiriladi va natijalar e’lon qilinadi.



6. Uyga vazifa berish.

Sherni yod olish. Sher mazmuniga mos rasm chizish.



O`quvchilar tarmoqlash usulida bahor fasliga ta’rif berishadi:
Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish