Darsning maqsadi : Talimiy maqsad



Download 13,84 Mb.
bet1/85
Sana16.03.2022
Hajmi13,84 Mb.
#493246
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
10-sinf konspekt[1]


Mavzu: Fizikaning tadqiqot metodlari


Darsning maqsadi :

  • Talimiy maqsad: O’quvchilarga Fizika tadqiqot metodlari xaqida tushuncha berish.

  • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

  • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.

  • Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.

  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.

Darsning blok sxemasi:





Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Fizikada tabiatdagi jarayon va hodisalarni o‘rganishda o‘ziga xos tadqiqot metodlari mavjud.
Fizika eksperimental fan hisoblanadi. Shu bois tajriba o‘tkazish jarayoni alohida sharoitni talab qiladi. Bunda o‘rganilayotgan jarayonga tashqi ta’sir ko‘rsatilmasligiga harakat qilinadi.
Bundan tashqari, jarayonlarga tegishli fiz ik parametrlar orasidagi bog‘lanishni matematik ifodalar orqali beriladi. Shunga ko‘ra fi ziklar jarayon-larning bundan keyingi borishini yoki oldin qanday bo‘lganligini juda aniq aytib berishga muvaffaq bo‘ldilar. Buyuk italyan fiz igi Galileo Galiley shunday deb yozgan edi: “Tabiat kitobi”ni tushunish uchun uning yozilgan tilini bilishing kerak. Bu til – matematikadir.
Kuzatishlardan ko‘pgina hodisalar uchun ma’lum bir qonuniyatlar mavjud ekanligi taxmin qilinadi. Bunday taxminlar ilmiy gipoteza deyiladi.
Gipotezani tekshirish uchun, olimlar tajriba (eksperiment) o‘tkazishadi. Buning uchun tabiiy sharoitga yaqinlashtirilgan maxsus sharoitlar yaratiladi. Gipotezani shakllantirish va eksperiment o‘tkazish hamda uning natijala-rini tushuntirish uchun, mazkur jarayon yoki hodisaning modeli tuziladi. Biror bir jarayonning modeli deyilganda uning ixchamlashgan, tartibga solingan, muhim jihatlari ajratib ko‘rsatilgan holati tushuniladi. Bunga misol sifatida moddiy nuqta va ideal gaz tushunchalarini misol qilib aytish mumkin.
Eksperiment o‘tkazish jarayonida tashqi ta’sirlardan to‘la qutulib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, olingan natijaga ko‘ra ideal sharoitda qanday natija chiqishini aytib berish mumkin bo‘ladi. Bu ideal vaziyat ilmiy ideallashtirish deyiladi. Aynan mana shu hodisalar tashqaridan qaralganda murakkabga o‘xshasa-da, lekin ular bo‘ysunuvchi qonunlar sodda bo‘lishini ko‘rsatadi. Fizik jarayonlar borishi haqidagi gipoteza tasdiqlansa, u fi zik qonunga aylanadi.
Mexanikaning asosiy mazmunini buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton tomonidan shakllantirilgan uchta qonun, butun olam tortishish qonuni, elastiklik va ishqalanish kuchlariga doir qonuniyatlar tashkil etadi. Gaz jarayonlari uchun uning bosimi, hajmi va temperaturasi orasidagi bog‘lanishni ifodalaydigan qonunlar ochildi. Tinch holatda turgan zaryadlangan zarralar orasidagi o‘zaro ta’sir fransuz fiz igi Sharl Kulon tomonidan ochilgan qonunga bo‘ysunadi. Keng qamrovli hodisalarni tushuntiradigan qonunlar to‘plami ilmiy nazariya deyiladi. Masalan, Nyuton qonunlari mexanikaning klassik nazariyasini tashkil etadi. Ingliz fi zigi D.K.Maksvell tomonidan shakllantirilgan qonunlar elektromagnitizm uchun klassik nazariya mazmunini tashkil etadi.
Ilmiy nazariya o‘z ichiga qonunlar bilan birgalikda bu qonunlarni shakllantirishda foydalanilgan fi zik kattaliklar va tushunchalarning ta’rifl arini ham oladi.
Eng muhimi, fi zik nazariyadagi barcha aniqlanadigan kattaliklar tajribada o‘lchana oladigan bo‘lishi kerak.
Barcha fiz ik qonunlar va nazariyalar haqiqatga yaqin bo‘lishi kerak. Chunki nazariyani yaratishda har doim jarayon va hodisaning modelidan foydalaniladi. Shunga ko‘ra qonun va nazariyalarning qo‘llanilish chegarasi bo‘ladi, Masalan, klassik mexanika qonunlari faqat yorug‘lik tezligidan juda kichik tezlikda harakatlanadigan jismlar uchun o‘rinli bo‘ladi. Elementar zarralar tezlatgichlarida bu isbotlangan. Klassik mexanika, shuningdek, juda kichik massali zarralar (elektron) harakatini to‘g‘ri ifodalay olmaydi. Yangidan topilgan fiz ik nazariyalar avvalgilarini bekor qilmaydi, balki uni to‘ldiradi va aniqlashtiradi. Yangi fiz ik nazariyaga qo‘yilgan muhim talablardan biri moslik prinsipidir. Bu degani belgilangan chegarada yangi nazariya, avvalgi nazariya bilan mos tushishi kerak.



Download 13,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish