Darslarda ilmiy didaktik o’yinlar. Published by admin on 04/02/2019



Download 40,5 Kb.
Sana14.03.2020
Hajmi40,5 Kb.
#42449
Bog'liq
Darslarda ilmiy-WPS Office

Darslarda ilmiy – didaktik o’yinlar.

Published by admin on 04/02/2019

Olg’in mandan nasihat, o’g’lim,

Ilmu adab o’rgangin,

Bo’lub bilimli ulug’ xalq ichida

Boshqaga ilmu adab o’rgatgil.

Albatta, bu misralar bejiz aytilmagan. Inson tug’ilibdiki, o’sib ulg’ayadi, o’z ehtiyojlarini qondiradi va shu qatorda u dunyoni o’rganihga harakat qiladi. Bu o’z navbatida ilm o’rganish, izlanish orqali bo’ladi.

Ot bobolarimiz bejiz

Beshikdan qabrgacha ilm izla

yoki,


Xitoyda bo’lsang ham ilm o’rgan

Hozirgi rivojlanayotgan O’zbekistonimizning qay bir jabhasiga qaramang, ulkan o’zgarishlar, inshoatlar yangiliklar yaratilmoqdaki, bu o’z o’rnida har bir fuqarodan katta ma’suliyat talab qiladi.

Ta’lim tarbiya sohasidagi islohotlar ham o’qituvchi, o’quvchi faoliyatiga alohida e’tibor berihga, zamon bian hamnafas ishlashga jalb qilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil “Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish” deb e’lon qilinishi va mamlakatimizda ijtimoiy soha: ta’lim-tabiyaga berilayotganligida roli juda kattadir.

Chunki maktablarimizning moddiy bazasi keng rivojlanishi, darslilar, ta’lim standartlari va o’quv dasturlari modernizatsiya qilinishi bilan bir qatorda o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi, mahorati va bilimdonligi, zamonaviy pedtexnalogiyalr, interfaol usullari darslarda qo’llay olish ham juda muhimdir.

Takomillashtirilgan standartlar, yangi o’quv dasturlari boshlang’ich sinflardanoq o’quvchini erkin fikr yuritish orqali muloqotga kirisha olish qobiliyatini shakllantirishga, so’z boyliklarini oshirishga, o’qish texnikaini yaxshi egallashga, chiroyli va savodli yozish ko’nikmasini hosil qilishga, nutq madaniyatini yuksaltirishga e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.

Shu bois ham ta’lim jarayonini inonparvarlantirish, liberalizatsiya qilih (erkinlantirish) demokratizatsiyalashtirish, bolaga samimiy va do’stona munosabatda bo’lih, hamkorlik va hamijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, o’quv jarayoni markazida o’quvchi shaxsi va qadri, ma’naviyati turmog’i lozim. O’quv jarayoni o’quvchi shaxsi, uning ma’naviyatiga qaratilgan va yo’naltirilgan bo’lishi talab etilmoqda.

Shuni e’tiborga tutish kerakki, shaxsga qaratilgan ta’lim o’quvchining o’quv – biluv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, uning qiziqish, xohish, talab – istaklarini ro’yobga chiqaruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi.

O’quvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim, o’quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy fikrlashga o’rgatish, mustaqilligini, erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida (motivatiya) ish yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga tushirish, o’z qiziqishlari orqali qo’shimcha ta’lim olihga yo’llash, o’z – o’zini rivojlantirihni o’z ichiga oladi.

Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo’yga jajji o’quvchi undan qat’iy tartib – intizom talab etubchi muhitga tezgina moslashib, kirishib keta olmaydi, o’zini ushbu muhitga yolg’iz his etadi. Shuning uchun kichik yoshdagi o‘quvchinig faoliyat turdagi o’zgarishlarga moslanuvchanligini samarali hal etish uchun, avvalo uning 6 – 7 yoshlik davrini, maktabgacha yoshga o’tish davri sifatida metodik jihatdan ta’minlash, ta’lim olishga puxta tayyorlash talab etiladi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar faoliyatida o’yin asosiy o’rinni egallaydi. O’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatidan kelib chiqadigan bo’lsak, u dunyoni va o’zligini anglashda ham asosiy vosita hisoblanadi. Mahg’ulotlar jarayonida qo’llaniladigan ta’limiy o’yinlar aslida mavzularni o’zlashtirish jarayonini yengillashtirish va o’yin orqali samarali bilim berish maqsadida yaratilgan bo’lib, o’quvchi faolligini oshirishda o’ziga xos o’ringa ega.

Moddiy va ma’naviy olam to’g’risidagi bilimlarni yoshlarga o’rgatish, ta’limni tashkil etish, boshqaish va nazorat etish muammolarni didaktika tadqiq etadigan asosiy masalalardir.

Didaktika – grekcha “didaktikas” so’zidan olingan bo’lib , “o’qitish” ma’nosini anglatadi.

Didaktik o’yin – bu mos keladigan ta’lim berish usulidir.

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning yosh xuuiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatiga ko’ra didaktik o’yinlar orqali, evristik suhbatlar loyihalahtirish asosidagi metodlar keng qo’llanilmoqda. Agar o’qitish jarayonida har bir o’quvchi o’zining o’zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo’lar edi.

Bunday holat faqat tabaqalashtirilgan ta’lim orqaligina amalgam oshirish mumkin.

Endi ta’lim jarayonini didaktik o’yinlar orqali amalgam oshirish haqida fikr yuritamiz :

Didaktik o’yinli metodlar o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o’quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarih va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Didaktik o’yinlarning aoiy turlari: intelektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o’yinlardan iborat. Bular o’quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mahnat, kasbiy ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Bu metod o’quvchini ichki imkoniyatlariniihga tuhirishga, o’ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikga yetaklaydi. Ayniqsa , unda atrof – muhit , hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to’siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantiradi.

Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan o’quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ulani turli yo’nalishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan , biror kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan, didaktik o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik, va boshqa yo’nalishdadi turlarga ajratiladi. Ular o’quvchuilardagi tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash , o’lchash , yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarih, mutaqil qaroo qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o’stirish, til o’rganish, yangi bilimlar olish faoliytalarini rivojlantiradi.

Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o’yinlarga ajratiladi.

Didaktik o’yin turlarini tanlashda, quydagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi:

ishtirokchilarning tarkibi bo’yicha, ya’ni o’g’il bolalar, qiz bolalar yoki aralash guruhlar uchun o’yinlar;

ishtirokchilarning soni bo’yicha – yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo jamoasi va ommaviy tarzdagi o’yinlar;

o’yin jarayoni bo’yicha – fikrlash, o’ylash, topag’onlik, harakatlar asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo’naltirilgan;

vaqt me’yori bo’yicha – dars, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan qismi, o’yin maqadiga erishguncha, g’oliblar aniqlanguncha davom etadigan o’yinlar.

Ayrim didaktik o’yinli dars shakllari:

ishchanlik o’yini dari – mavzu bo’yicha masalalarni hal etish jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o’zlahtirish mashqi;

rolli o’yin darsi – mavzu bo’yicha masalalarni o’rganishda o’quvchilarga oldindan ma’lum rollarni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarini mustahkamlash;

teatrlashtirilgan dars – mavzu bilan bog’liq sahna ko’rinishlarini tahkil etish orqali dars mavzusi bo’yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish;

“kim oshdi savdosi” darsi – o’quv fani, ayrim bo’limi bo’yicha bilimlarni har bir o’quvchi qanchalik ko’proq bilishini namoyish etish;

Yarmarka darsi – mavzuni bo’laklarga bo’lish, olindan o’zlashtirgan o’quvchilarning o’zaro muloqotlari asosida qiziqarli tushuntirish orqali o’tiladigan darlr;

O’yin darsi – mavzuni sahnalahtirilgan holdagi konsert shaklida ifodalah mashqlari bo’lib, o’quvchilarni faollashtirish va bilimlarini mustahkamlash imkoniyatini beradi.

Integral – (intergrallashtirilgan ) dars – boshqa darlarga doir va integratsiyalash uchun qulay bo’lgan mavzular bo’yicha tashkil qilingan dar bo’lib, o’quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini orttirib, ta’lim jarayonidagi faollikni ta’minlaydi.

Ta’lim jarayonida uyushtirilgan didaktik o’yinlar ham o’quvchilar tafakkurini rivojlantirishda asosiy vosita sanaladi. Unga dam olish yoki vaqt o’tkazish vositasi emas, balki ta’lim beruvchi faoliyat sifatida qarash lozimdir. Quyida e’tiboringizga didaktik o’yinlarning ayrimlarini havola etamiz.

“U kim? Bu nima?”. Stol ustida bir qancha predmetlar terib qo’yiladi. O’quvchi shu predmetlardan birortasiga ta’rif beradi. O’quvchilar ta’rif asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar.

Bu o’yinning afzallik tomoni shundaki, uni dars davomida o’quvchilar diqqatini jamlah, qo’llariga dam berish maqadida yoki yangi mavzuni bayon qilish jarayonida foydalanish mumkin. Bu o’yin o’quvchilarda ziyraklik, inchkovlik va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirih imkoniyatini beradi.

Masalan: o’zi shar shaklida. Mashhur sportchilarimiz uni stadionlarda o’ynaydilar. Yosh bolalarning ham sevimli o’yinchog’i hisoblanadi. (koptok).

“Bo’lishi mumkin emas”. O’yin davomida o’qituvchi matnni o’qiydi. O’quvchilar bo’lishi mumkin bo’lmagan voqealar ifdalangan jumla yoki gapni topishlari lozim. Hazil – mutoyiba bilan o’tadigan bu o’yin boladan ziyraklik, sinchkovlik va kuzatuvchanlikni talab qilish bilan birga, hikoya tinglash ko’nikmasini shakllantirishga ham yordam beradi. O’yin bir necha marta o’tkazilgandan so’ng o’quvchilarga mustaqil ravishda shunday hikoyachalar tuzishni topshirishi ham mumkin.

O’qituvchining o’yinda o’zi ham ishtirok etib, harakatlarni to’g’ri bajarish namunasini ko’rsatishi, o’yinning borishini boshqarib, aytib turishi juda muhimdir.

Quyida “oq quyonim alomat” nomli o’zbek xalq bolalar o’yinini e’tiboringizga havola etamiz.

Bolalar zalning bir tomoniga qo’yilgan o’rindiqlarda o’tiradilar. O’qituvchi ularning hammalari hozir quyon bo’lishlarini aytadi va o’tloqqa yugurib chiqishni taklif etadi. Bolalar zalning o’rtasiga chiqadilar va o’qituvchining yonida davra qurib turadilar. Keyin cho’qqayib o’tiradilar. O’qituvchi shunday qo’shiq aytadi:

oq quyonim alomat,

otini qo’ydim Salomat.

shalpang quloq quyonim,

juda – juda alomat.

Bolalarda qo’llarini yuqoriga ko’tarib, quyon qulog’ini ifoda etib , barmoqlarini qimirlatadilar. O’qituvchi qo’shiqni davom ettiradi:

quyon sovqotib qopti,

oyoq – qo’lin isitsin.

Tap-tap-tap-tap, tap-tap-tap,

oyoq – qo’lin isitsin.

Bolalar “tap-tap” so’zlarini eshitishlari bilan chapak chaladilar:

Qo’shiq davom ettiriladi:

bir joyda tuaverib,

quyon titrar sovuq yeb .

endi sakrab o’ynasin,

sakrab – sakrab quvnasin.

Bolalar “sakrab – sakrab” so’zini eshitishlari bilan ikki oyoqlab , irg’ishlab , sakray boshlaydilar. Sakrashni matn tamom bo’lguncha davom ettiradilar.

O’qituvchi : – Kimdandir cho’chib ketdi,

Quyonim qochib ketdi,

Deydi va ayiqpolvonni ko’rsatadi , bolalar qochib borib o’z joylariga turib oladilar.

Ko’rsatmalar. O’yin ko’p marta takrorlangandan so’ng quyoncha roliga birorta bolani tayinlash va uni doiraning o’rtasiga turg’azib qo’yish mumkin. Bunday o’yinning muntazam o’tkazib turilishi tufayli ular o’z joylarini yaxshi eslab qoladilar va uni tez topib oladigan bo’ladilar. O’quvchilarning holatini qo’llab – quvatlash, rag’batlantirib

turish lozim.

Bularning bari o’quvchilarga fanlararo bog’liqlikni o’rgatish orqali ularda olam tuzilishining ilmiy asoslarini to’liq idrok etish va ilmiy dunyo qarashlarini shakllantirish , ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Albatta, bir maqola doirasida barcha interfaol metodlarning mazmuni va mogiyatini ochib berish imkoni yo’q . darlarni nechag’li qiziqarli , foydali va samarali tashkil etish o’qituvchilarning ijodkorligi , tashabbukorigiga bog’liq.

Xulosa qilib aytganda :

O’qituvchi faqat o’qitibgina qolmay , o’quvchini mustaqil mutolaa qilish orqali ta’lim olish ko’nikmalarini shakllantirshi ;

O’quvchilarni darslik , qo’llanma , internet xabarlari, manbalarni tahlil qilish orqali bilim olishga o’rgatishi;

O’quvchi ta’lim jarayonida eshitib , ko’ribgina qolmay , balki dars mavzusi mazmunini o’rganishda uni faol ihtirokchisiga aylanishini ta’minlashi zarur;

Agar o’qituvchi interfaol ta’lim mazmunini va mohiyatini , uning metodlarini o’qib – o’rganib, o’zlahtirib , o’z pedagogik faoliyatiga joriy qila olsa, takomillashgan Davlat ta’lim standartlarini va modernizatsiya qilingan o’quv dasturlarini to’la o’zlashtirishlarini kafolatlaydi, sifat va samaradorlikga erishishni ta’minlaydi.



O’tkazilgan tajriba – sinov natijalari shuni ko’rsatdiki, agar darslar so’z, tushuntirish orqali olib borilsa , o’zlashtirish 10 foizni , ko’rsatish , namoyishlar orqali tashkil etilsa , 50 foizni, ta’lim jarayoni o‘quvchining shaxsiy ishtiroki , faolligida kechsa , o’zlashtirish sifati va samaradorligi 90 foizni tashkil etadi.

Demakki, har bir o’qituvchi o’z o‘quvchisini dars jarayonida faollashtira olsa , bolalaning o’qish, o’zlashtirish , bilim, ko’nikma, malakalarni egallash darajasi yuqori ko’rsatkichlarni tashkil etadi.
Download 40,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish