????Dars #117 Artikl qo'llashning aralash holatlari (II qism)



Download 35,34 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi35,34 Kb.
#90571
Bog'liq
????Dars


📖Dars #117 Artikl qo'llashning aralash holatlari (II qism)

✳️ Ingliz tilida ba'zi so'zlar bilan artikl qo'llashning har xil qoidalari mavjud, bu ularning qaysi ma'noda yoki qanday so'z bilan qo'llanayotganiga bog'liq.

1️⃣ very - juda soʻzi sifat bilan birlikdagi ot oldidan kelganida uning oldidan noaniq artikl qoʻllaniladi. Bu yerda very daraja-miqdor ravishi hisoblanadi.

🔸Bill has bought a very expensive car.

⚠️very - naq, ayni, aynan oʻzi degan ma'nolarida kelganida aniq artikl bilan qoʻllaniladi. Bunday holatlarda very sifat so'z turkumi hisoblanadi va o'zidan keyin ot talab qiladi.

🔸You are the very person I need. (Aynan Siz menga kerak insonsiz)

2️⃣ most - eng degan ma'noda sifatning orttirma darajasini hosil qilganda aniq artikl bilan qoʻllaniladi.

🔸That was the most boring film I've ever seen.

⚠️most soʻzi ba'zan juda (very) degan ma'noda ham keladi. Bunday hollarda birlikdagi otlar oldidan og'zaki nutqda noaniq artikl bilan qoʻllanishi mumkin.

🔸It was a most interesting story.

⚠️ most soʻzi koʻpchilik degan ma'noda ham keladi, bunday holatlarda bu soʻz umumiy ma'noda hech qanday artiklsiz qoʻllaniladi.

🔸✖️Most people learn to swim at an early age.

3️⃣ Ovqatlanish paytlarini bildiruvchi dinner/lunch/breakfast/supper soʻzlari bilan hech qanday artikl qoʻllanilmaydi.

🔸Tom has invited me to ✖️dinner on Thusday.

⚠️ Ammo, yuqoridagi soʻzlar oldidan sifat qatnashib, tasvirlash qoidasi qo'llanilsa noaniq artikl qoʻllaniladi.

🔸They had a nice dinner at the Red Lion.

🔸I usually have a big breakfast.

⚠️ Yuqoridagi soʻzlar bilan aniqlovchi ibora yoki gap qatnashgan hollarda ular oldidan aniq artikl qoʻllaniladi.

🔸The dinner we had yesterday was great. (we had yesterday - aniqlovchi gap)

4️⃣ Kun paytlarini bildiruvchi dawn/sunrise/sunset/dusk/midnight/night soʻzlari at predlogi bilan qoʻllanilganda hech qanday artikl qo'llanilmaydi.

✅ at dawn - erta tongda

✅ at sunrise - kun chiqqanda

✅ at noon - tushlikda

✅ at sunset - kun botganda

✅ at night - tunda

⚠️ morning/afternoon/evening/night soʻzlari in predlogi bilan qoʻllanilganda odatda aniq artikl bilan qoʻllaniladi.

✅ in the morning - ertalab

✅ in the afternoon - tush paytda

✅ in the evening - kechqurun

✅ in the night (during the night) - tunda, tun davomida

⚠️ Yuqoridagi soʻzlardan oldin sifat va on predlogi kelganda, ular oldidan birlikda noaniq artikl qoʻllanishi mumkin.

✅ on a rainy morning - yomg'irli tongda

✅ on a rainy night - yomg'irli tunda

5️⃣ Fasllar umumiy ma'noda qoʻllanilganda ular oldidan hech qanday artikl qoʻllanilmagani ma'qul.

🔸Birds migrate in ✖️autumn and in ✖️spring.

⚠️Agar joriy yilning yoki biror bir aniq yilning bahori/yozi/kuzi/qishi nazarda tutilgan hollarda fasllar nomlari oldidan aniq artikl qoʻllanadi.

🔸The winter was cold this year.

🔸I am going to have a long holiday in the summer. (this summer)

⚠️ Agar fasllar oldida sifat qatnashgan boʻlsa, unda noaniq artikl qoʻllaniladi.

🔸It was a cold winter.

Grammar Notes, [29.12.19 17:56]

💡 Bilib qo'ygan yaxshi👌

✳️ Quyidagi birlikdagi birikmalar o'zidan keyin ko'plikdagi ot va fe'l talab qiladi:

✅ a number of ...

✅ the majority of ...

✅ a couple of ...

✅ a group of ...

🔸A number of students are worried about it.

🔸The majority disagree.

🔸There are a couple of children outside.

✳️ a lot of ..., the rest of ... birikmalaridan keyin ko'plikdagi ot yoki olmosh kelganda ko'plikdagi fe'l ishlatiladi.

🔸A lot of them were late.

▫️But, A lot of money was stolen.

🔸The rest of the members are ill.

▫️But, The rest of the money wasn't stolen.

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #extra

📖Dars #101 Sanaladigan va sanalmaydigan otlar (Countable and Uncountable nouns)

✳️ Ingliz tilida a/an/some/any/much/many/a few/a little va boshqa soʻzlarni toʻg'ri qoʻllay olish uchun otlarning sanaladigan va sanalmaydiganligini bilishimiz lozim boʻladi.

✳️ Sanaladigan (countable) otlar umumiy qoidaga binoan birlik va koʻplik shakllarida kela oladi.

▪️a box - two boxes ▪️an apple - some apples

✳️Umumiy ma'nodagi birlikdagi sanaladigan otlar oldidan noaniq artikli (a/an) qoʻllanilishi lozim.

🔸A dog is an animal. (It - hayvon.)

🔸My friend works as a driver. (Do'stim haydovchi sifatida ishlaydi)

⚠️Sanaladigan otlar lug'atda [C] (Countable) belgisi bilan ajratiladi.

✳️ Sanalmaydigan (uncountable) otlar umumiy qoidaga binoan faqat birlik shaklida qoʻllaniladi. Koʻplik qoʻshimchasini olmaydi.

▪️ bread, blood, gold

✳️ Sanalmaydigan otlar umumiy ma'noda kelsa, ular oldidan hech qanday artikl va aniqlovchi soʻz qoʻyilmaydi.

🔸✖️Blood is red. (Qon qizil rangda)

🔸This ring is made of ✖️gold. (Bu uzuk oltindan yasalgan)

⚠️ Sanalmaydigan otlar lug'atda [U] (Uncountable) belgisi bilan ajratiladi.

✳️ Ba'zibir otlar gapdagi ma'nolariga koʻra sanaladigan yoki sanalmaydigan boʻlib kelishi mumkin.

1️⃣▫️a paper [C] - gazeta, hujjat, maqola

🔸I am reading a paper. (Men gazeta o'qiyapman)

▫️paper [U] - qog'oz

🔸I need some writing paper. (Menga biroz yozish qog'ozi kerak)

2️⃣▫️ a glass [C] - stakan

🔸I broke a glass this morning.

▫️glass [U] - shisha

🔸Glass is made from sand.

3️⃣▫️ a hair [C] - soch tolasi

🔸There is a hair in my soup!

▫️ hair [U] - soch (boshdagi)

🔸She has got black hair.

4️⃣▫️ a stone [C] - tosh (bir dona)

🔸I picked up a stone and threw at the birds.

▫️stone [U] - tosh (qurilish materiali)

🔸We used stone to build up walls.

5️⃣ an experience [C] - voqea, hodisa

🔸It was a terrifying experience.

▫️experience [U] - tajriba

🔸He gained little experience in that job.

6️⃣ ▫️a work [C] - asar

🔸The works of A.Navoiy are worth reading.

▫️ work [U] - ish

🔸I have got some work to do.

📖Dars #100 Apostrophe

✳️ Ingliz tilida apostrof belgisi ’ biror narsaga egalikni ifodalashda qoʻllaniladi va oʻzbek tilidagi qaratqich kelishigi bol'gan -ning yoki -niki qoʻshimchalari ma'nosini beradi. E'tiborli jihati, apostrof shaxslar va boshqa tirik jonzotlar uchun ishlatiladi. Apostrof otlarga quyidagi qoida asosida qo'shiladi.

▪️birlikdagi ot+’s

🔸my sister’s car

🔸the dog’s kennel

▪️koʻplikdagi ot+’

🔸my sisters’ cars

🔸the dogs’ kennel

✳️ Koʻplik shakli -s qo'shimchasiz hosil qilinadigan otlarga oldin apostrophe qoʻyilib, keyin -s qoʻshiladi ('s).

🔸the children’s books

🔸the women’s dresses

🔸the men’s clothes

🔸the policemen’s guns

✳️ Qoʻshma otlarga apostrof qoʻshilishi quyidagicha:

🔸the mother-in-law’s car

🔸a brother-in-law’s house

✳️ Jonsiz predmet va joylarga nisbatan egalik ma’nosini (-ning) ifodalashda otga apostrof (‘s) qoʻshilmaydi, aksincha bunda of predlogi ishlatiladi.

🔸 the name of this city (bu shaharning nomi)

🔸the seventh chapter of the book

🔸the windows of that room

🔸a member of the team

📖Dars #99 Otlarda birlik va ko'plik III qism (Singular and Plural nouns)

✳️ Ingliz tilida insonlar guruhini bildiruvchi jamlovchi otlar ham mavjud boʻlib, ular gapdagi mazmuniga qarab, yo birlikdagi yo koʻplikdagi fe'llar bilan qoʻllanadi. Bu soʻzlar quyidagilar:

▫️family ▫️public ▫️committee ▫️company ▫️government ▫️audience ▫️crowd ▫️staff ▫️team

✳️Bunday vaziyatda bu otlar yagona birlik sifatida tushinilsa - birlikdagi fe'l, odamlar guruhi sifatida olib koʻrilsa - koʻplikdagi fe'l qoʻllangani ma'qul.

🔸The committee has canceled its decision .

🔸The committee usually raise their hands to vote.

⚠️ Sport komandalari bilan koʻplikdagi fe'l qoʻllanilgani ma'qul.

🔸England are playing against Scotland today.

✳️ Uzunlik, masofa, og'irlik va miqdorni bildiruvchi son bilan berilgan koʻplikdagi otli birikmalar birlikdagi fe'l bilan qoʻllanishi lozim.

🔸Three thousand dollars was stolen from the bank.

🔸Six miles is a long way to walk.

🔸About three meters separates the runners in first and second places.

✳️ son+ot birikmasi aniqlovchi vazifasini bajargan hollarda son va ot orasiga chiziqcha qoʻyiladi va ot birlikda yozilishi lozim.

🔸A ten-year-old schoolboy was kidnapped by the terrorists.

🔸It is a twenty-storey building.

🔸John went on a six-week holiday.

📖Dars #98 Otlarda birlik va ko'plik II qism (Singular and Plural nouns)

✳️ Ingliz tilida har doim koʻplikda qoʻllaniladigan otlar ham mavjud boʻlib, ular juft qismdan iborat predmetlardir (trousers/jeans/scissors/pyjames/glasses etc.). Bu otlar gapda qoʻllanganda koʻplikdagi fe’l va koʻplikdagi olmoshni talab qiladi.

🔸These trousers don't fit me .

🔸Where are my scissors ? I can't find them.

⚠️ Eslatma: Yuqoridagi otlar oldidan a pair of... (bir juft) soʻzini qoʻllashimiz mumkin. Bunday holatda ular birlikdagi otlar sifatida qoʻllaniladi va gapda birlikdagi fe’l hamda olmoshlar qoʻllanadi.

▪️These/those + doim koʻplikda qoʻllanuvchi ot + are/do

▪️A/this + pair of + doim koʻplikda qoʻllanuvchi ot + is/does

🔸These jeans don’t fit me

🔸This pair of jeans doesn’t fit me.

✳️ Quyidagi otlar ingliz tilida faqat koʻplikdagi otlar hisoblanadi va koʻplikdagi fe'l bilan qoʻllaniladi.

▫️belongings ▫️clothes ▫️congratulations ▫️earnings ▫️goods ▫️manners ▫️particulars ▫️riches ▫️▫️surroundings ▫️savings ▫️thanks ▫️proceeds ▫️police ▫️cattle ▫️cast

🔸Most of the goods produced in this factory are exported.

🔸All their belongings have been destroyed.

🔸The police are investigating the case.

🔸My earnings aren't high but at least they are regular.

✳️ Quyidagi otlar esa -s qoʻshimchasi bilan tugasa ham, birlikdagi otlar hisoblanadi va birlikdagi fe'llar bilan qoʻllanishi lozim.

▫️news ▫️economics ▫️linguistics ▫️mathemathics ▫️phonetics ▫️politics ▫️statistics ▫️physics ▫️gymnastics ▫️athletics ▫️measles ▫️mumps

🔸Mathemathics is not the most popular school subject.

🔸Athletics is good for you .

🔸No news is good news.

✳️ Quyidagi otlar esa bitta predmetni nazarda tutganda birlikdagi fe'l bilan, koʻp predmetlarni nazarda tutganda koʻplikdagi fe'l bilan shaklan oʻzgamasdan qoʻllaniladi.

▫️means (vosita) ▫️species (tur) ▫️series (turkum) ▫️crossroads (chorraha) ▫️headquarters (bosh ofis) ▫️works (zavod)

🔸This crossroads is dangerous.

🔸These crossroads are dangerous.

🔸The bicycle is an excellent means of transport.

🔸Our company's headquarters is in London.

🔸There are thousands of species of bird on earth.

✳️ people soʻzi odamlar ma'nosida -s qoʻshmasdan ham koʻplikdagi ot hisoblanadi.

🔸Many people don't like flying.

⚠️ people soʻzi xalq,millat ma'nosida ham koʻplikda, ham birlikda qoʻllanishi mumkin. Koʻplikda -s qoʻshimchasi qoʻshiladi.

🔸The peoples of the Arab World have a common language.

📖Dars #87 Preposition+gerund

✳️ Umumiy qoidaga binoan predloglardan (in/at/with/of/about/for/instead of/ in spite of etc.) keyin fe'lning gerundiy shakl i qoʻllaniladi .

🔸Are you interested in working for us?

🔸I am not very good at learning languages.

🔸She must be fed up with studying.

🔸What are the advantages of having a car?

🔸This knife is only for cutting bread .

🔸I bought a bike instead of going away on holiday.

✳️ before va after predloglarining gerundiy bilan qoʻllanishiga e'tibor bering. Bu vaziyatda [before / after +gerund] qurilmasi gap oʻrnini bosib kela oladi.

🔸Before going out, I phoned Sarah. (Before I went out…)

🔸What did you do after leaving school? (After you left school…)

✳️by - orqali predlogi gerundiy bilan qoʻllanilganda ish-harakatning qay tarzda amalga oshirilganini koʻrsatadi.

🔸The burglar got into the house by breaking the window and climbing in. (Oʻg'ri ichkariga oynani sindirib kiribdi.)

🔸She made herself ill by not eating properly. (U o'zini to'g'ri ovqatlanmasdan kasal qilib qo'ydi)

✳️ without - -masdan, -siz predlogi ish-harakatni boshqa bir ish-harakat amalga oshirilmasdan bajarilganini koʻrsatadi.

🔸I ran ten kilometers without stopping. (Men toʻxtamasdan 10 kilometr yugurdim.)

🔸She needs to work without people disturbing her.

✳️ besides, as well as, apart from koʻmakchilari gapda qoʻllanilganda –dan tashqari degan ma’noda qoʻllaniladi.

🔸Besides working as a doctor, he also writes novels in his spare time. (Shifokor bo'lib ishlashdan tashqari u bo'sh vaqtida romanlar yozadi)

🔸She negotiates the licences as well as ordering the equipment.

✳️ Ingliz tilida to — ga predlogining gerundiy bilan ishlatilish holatlarini ham bilib olish kerak. Bunday vaziyatlarda predlogni infinitivlik qo'shimchasi bo'lgan to soʻzidan farqlay bilish lozim. Quyidagi birikmalarda to predlog hisoblanadi.

🔸I prefer driving to traveling by train. (prefer doing something to doing something else)

🔸I am looking forward to seeing Ann again. (look forward to doing something)

🔸I am used to living alone. (be/get used to doing something)

🔸I am accustomed to living alone. (be/get accustomed to doing something)

🔸This offer is made subject to receiving your confirmation within 10 days. (subject to doing something)

✳️ be/get used to+gerund (o'rganib ketgan bo'lmoq) qurilmasini oʻtgan zamondagi odat va holatlar uchun qoʻllaniladigan used to+bare infinitive qurilmasidan shaklan farqlay bilish lozim. Bunday vaziyatlarda used to dan oldin fe’l boʻlsa gerundiy, fe’l boʻlmasa bare infinitive qoʻllaniladi.

🔸I am used to living in a small city. (Men kichkina shaharda yashashga oʻrganib ketganman.)

🔸I used to live in a small city. (Men kichkina shaharda yashardim.)

📖Dars #88 Verb + preposition+gerund

✳️ Ingliz tilida koʻp fe’llar predlog (ko'makchi) bilan qoʻllaniladi va oldingi mavzudagi qoidaga koʻra predlogdan keyin fe’lning gerundiy shakli qoʻllanishi kerak. Quyida eng koʻp qoʻllaniladigan fe’llar va ulardan keyin keladigan predloglar keltirilgan.

✅ succeed in - muvaffaqiyat qozonmoq

🔸 Have you succeeded in finding a job yet? (Ish topishni uddasidan chiqdingizmi?)

✅ insist on - qat’iy turib olmoq

🔸 They insisted on paying for the meal.

✅ think of/about - oʻylamoq

🔸I am thinking of buying a house.

✅ dream of/about - orzu qilmoq, tush koʻrmoq

🔸I wouldn’t dream of asking them for money.

✅ approve of - ma’qullamoq

🔸She doesn’t approve of gambling.

✅ decide against - qarshi qaror qilmoq

🔸We have decided against moving to London.

✅ feel like - xohlamoq

🔸Do you feel like going out tonight?

✅ look forward to- intizorlik bilan kutmoq

🔸I am looking forward to meeting her.

✅ apologise for - kechirim soʻramoq

🔸You must apologise for not telling the truth.

✅ object to - qarshi boʻlmoq

🔸I really object to being charged for parking.

⚠️Eslatma: Yuqoridagi feel like birikmasidagi like soʻzi koʻmakchi hisoblanadi.

⚠️ Yuqoridagi yulduzchali fe'llarda predlogdan keyin gerundiydagi ish-harakat bajaruvchisi ham koʻrsatilishi mumkin.

🔸She doesn't approve of me gambling. (U mening qimor oʻynashimni ma'qullamaydi.)

🔸We are all looking forward to Liz coming home. (Biz hammamiz Lizning uyga kelishini intizorlik bilan kutmoqdamiz.)

✳️ Quyidagi jadvalda esa verb +object+preposition+gerund qurilmasida qoʻllaniladigan fe'llar keltirilgan.

✅ congratulate sb (on) - tabriklamoq

🔸 I congratulated Ann on passing the exam.

✅ accuse sb (of) - ayblamoq

🔸They accused me of telling lies.

✅ suspect sb (of) - shubhalanmoq

🔸Nobody suspected the man of being a spy.

✅prevent sb (from) - oldini olmoq, to'xtatmoq

🔸What prevented him from coming to see us?

✅ stop sb (from) - oldini olmoq, toʻxtatmoq

🔸The police stopped us from leaving the school.

✅thank sb (for) - minnatdorchilik bildirmoq

🔸 I thanked them for helping me.

✅forgive (for) - kechirmoq

🔸Please, forgive me for not writing to you.

✅warn sb against - ogohlantirmoq

🔸They warned us against buying the car.

✳️ stop somebody from doing something qurilmasida from predlogini tushirib qoldirish mumkin.

🔸You can't stop me from doing what I want.

🔸You can't stop me doing what I want.

✳️Yuqoridagi fe'llardan bir nechtasi majhul nisbatda ham qoʻllaniladi.

🔸I was accused of telling lies.

🔸The man wasn't suspected of being a spy.

🔸We were warned against buying the car.

📖Dars #89 Phrases+gerund (part I)

✳️ Ingliz tilida quyidagi ibora va birikmalar oʻzidan keyin gerundiy talab qiladi.

1️⃣ it is no use/it is of no use/ it is useless/ it is no good +gerund - foydasi yoʻq, keragi yoʻq

🔸It's no use crying over spilt milk.

🔸It's no good trying to persuade me. You won't succeed.

2️⃣ There is no point in/there is no point+gerund - be'manilik, foydasi yoʻq

🔸There is no point having a car if you never drive it.

🔸There was no point in waiting any longer, so we went home.

3️⃣ it's worth/ it's not worth + gerund - arziydi/arzimaydi

🔸It's worth buying this shirt. It is cheap and good quality.

🔸It was so late when we got home that it wasn't worth going to bed.

✳️ worth soʻzi oʻzi alohida sifat boʻlib qoʻllanishi ham mumkin va undan keyin gerundiy boʻlishi kerak.

🔸I don't think newspapers are worth reading these days.

4️⃣ have difficulty/trouble/a problem/fun + gerund - qiynalmoq/ maza qilmoq

🔸I had difficulty finding a place to live when I first arrived in London.

🔸We had fun dancing and singing last night.

5️⃣ have a good time/a hard time/a difficult time +gerund - yaxshi vaqt/qiyin davr o'tkazmoq

🔸I had a difficult time finding his house.

6️⃣ be busy + gerund - band boʻlmoq

🔸When I saw her yesterday, she was busy washing her car.

⚠️Eslatma: be too busy birikmasi inkor ma’noda qoʻllanilsa, oʻzidan keyin to+infinitive talab qiladi.

🔸He is too busy to receive anyone these days. (he couldn’t meet people)

📖Dars #90 Phrases+gerund (part II)

✳️ Yuqorida taqdim etilgan ingliz tilida iboralar+gerundiy darsining ikkinchi qismini taqdim etamiz.

1️⃣ It is a waste of time/ money+ gerund - vaqtni/ pulni bekor ketkazish

🔸It's a waste of time reading this book. It's rubbish.

🔸It's a waste of money buying things you don't need. (O'zingizda kerak bo'lmagan narsalarni sotib olish pulni bekorga sarflash hisoblanadi)

✅ to waste soʻzi fe'l bo'lib qoʻllanilganda bekor ketkazmoq degan ma'noda ham qoʻllaniladi.

▫️ to waste time/money + gerund - vaqtni/ pulni bekor ketkazmoq

🔸He wastes a lot of time day-dreaming. (U hayol surib juda ko'p vaqtini bekor ketkazadi)

2️⃣ to spend time/money+gerund - vaqt/pul sarflamoq

🔸I spent two hours trying to repair the old clock.

3️⃣ to sit/stand/lie + expression of place + gerund - biror joyda biror narsa qilib o'tirmoq/ turmoq/ yotmoq

🔸 She sat at the desk doing homework. (U stolida uy vazifasini qilib o'tirdi)

🔸 I stood there wondering what to do next. (Men u yerda endi nima ish qilishni bilmasdan turdim)

🔸 He is lying in bed reading a book. (U krovatda kitob o'qib yotibdi)

4️⃣ to go va to come fe'llari gerundiy bilan qoʻllanilib, sport yoki hordiq turlarini bildirib kelishi mumkin.

▫️go/come + shopping, swimming, fishing, sailing, climbing, walking, riding, skiing, sightseeing, waterskiing, jogging

🔸 Why don't you come fishing with us?

🔸 Have you ever been sailing?

🔸 I would like to go skiing.

5️⃣ What is the use of+gerund? - …nima foydasi bor?

🔸 What is the use of having a car if you never drive it? (Mashinang bo'lib, uni hech qachon haydamasang, undan nima foyda bor?)

6️⃣ There is nothing worse than+gerund - …dan yomoni yoʻq

🔸There is nothing worse than losing the game in the final stages. (So'nggi bosqichlarda o'yinni yutqazib qo'yishdan yomoni yo'q)

📖Dars #91 Infinitivning maqsad ma'nosida ishlatilishi

✳️ Infinitivning gapda eng ko'p qo'llaniladigan holatlaridan biri bu - uni maqsadni ifodalash uchun ishlatilishidir.

🔸I went out to post the letter. (Men xatni joʻnatish uchun tashqariga chiqdim.)

🔸We shouted to warn everybody of the danger. (Biz hammani xavfdan ogoh qilish uchun baqirdik.)

🔸This wall is to keep people out of the garden.

✳️ Rasmiy uslubdagi gaplarda to infinitivlik qo'shimchasi oʻrnida in order to/so as to birikmalari qoʻllaniladi.

🔸A friend of mine phoned in order to invite me to a party.

🔸I sent a letter beforehand so as to inform them of my arrival.

✳️ Inkor ma'nosini bildirish uchun infinitiv oldidan not to qoʻllaniladi. Oʻzbek tiliga -maslik uchun deb tarjima qilinadi.

🔸I got up early not to be late for the lecture. (Men ma'ruzaga kech qolmaslik uchun erta turdim.)

🔸He set the alarm clock so as not to miss the train.

✳️ Yuqoridagi misollarda to infinitivlik qo'shimchasi uchun ma'nosida qoʻllanilganini koʻrdik. Ma'lumki, for soʻzi ham uchun ma'nosida qoʻllaniladi. Ularni farqlash uchun quyidagi qurilmalar qoʻllaniladi.

1️⃣ for+ ot yoki gerundiy

🔸I am going to Spain for a holiday.

🔸This knife is only for cutting bread.

2️⃣ to+infinitive

🔸 I am going to Spain to have a holiday.

🔸 This knife is only to cut bread.

💡 Bilib qo'ygan yaxshi👌

✳️ Avvalgi darslarda biz oʻzidan keyin infinitiv talab qiladigan fe'llarni (to decide/attempt/plan etc) koʻrib chiqqan edik. Bu fe'llarning ot shakllari ham mavjud. Qoidaga ko'ra, mazkur fe'llardan yasalgan otlar ham oʻzidan keyin to infinitive talab qiladi.

🔸Our decision to get married was a complete surprise for them. (Bizing turmush qurish haqidagi qarorimiz ularga umuman kutilmagan surpriz bo'ldi)

🔸His first attempt to jump over the fence was unsuccessful.

✳️Ushbu money/chance/opportunity/energy/courage/time otlari ham gapda to infinitive bilan qoʻllaniladi.

🔸They gave us a little money to buy some food. (Ular bizga ovqat sotib olish uchun biroz pul berishdi)

🔸I need a few days to think about your proposal.

🔸He doesn't have enough energy to cross the river.

📖Dars #92 Adjective + to infinitive (Sifat+to infinitiv)

✳️ Ingliz tilida umumiy qoidaga koʻra sifatlardan keyin to+infinitive qoʻllaniladi. Quyidagi misollarni koʻrib chiqamiz.

🔸 It is difficult to understand him. (Uni tushunish qiyin)

✅ Bu gapni ixchamlashtirish ham mumkin. Bu vaziyatda him olmoshi ega oʻrniga he tarzida chiqadi.

🔸He is difficult to understand.

✳️ Yuqoridagi qurilmalar bir xil ma'noga ega ekanligini koʻrdik. Boshqa koʻpchilik sifatlar ham ayni tarzda qoʻllaniladi.

▫️ difficult ▫️interesting ▫️easy ▫️impossible ▫️possible ▫️hard ▫️safe ▫️cheap ▫️pleasant ▫️exciting ▫️nice ▫️dangerous

🔸It is impossible to read your writing. (Sizning xatingizni oʻqish imkonsiz.)

▫️Your writing is impossible to read. (Sizning xatingizni oʻqish imkonsiz.)

🔸I like being with Jill. It is interesting to talk to her.

▫️I like being with Jill. She is interesting to talk to.

⚠️ Bu yerda alohida e'tibor beriladigan jihat, him/her olmoshi ega o'rniga chiqqanda uni yana gap oxirida qo'llamaslik lozim.

❌ He is difficult to understand him.

❌ I like being with Jill. She is interesting to talk to her.

✳️ Mazkur qurilmada sifat va infinitiv orasida ot ham qoʻllanishi mumkin.

🔸This is a very difficult question to answer.

✳️ Ba'zan biz birovlarning qilgan ishiga oʻzimizcha baho berishimiz , ya'ni birovning qilgan ishi yaxshi, yomon, ahmoqlik va hk. deyishimiz mumkin. Bunday vaziyatda quyidagi qurilma qoʻllaniladi.

▫️ it is + adjective (kind/sensible/silly/careless/unfair) of somebody+to do something

🔸It was silly of Mary to give up her job when she needs money. (Merining pul kerak paytda ishni tashlagani ahmoqlik boʻldi.)

✳️ Ba'zan sifat yordamida birovning biror ish-harakatga munosabatini ham bildiramiz. Bunday vaziyatda munosabat bildiruvchi shaxs ega oʻrnida keladi.

🔸Was Tom surprised to see you at the airport? (Tom sizni aeroportda koʻrganidan hayron boʻldimi?)

✳️ Bu qurilmada quyidagi sifatlar qoʻllanishi mumkin:

▫️ happy ▫️pleased ▫️sad ▫️surprised ▫️astonished ▫️glad ▫️delighted ▫️disappointed ▫️amazed ▫️relieved

🔸We were delighted to get your letter last week.

🔸I am sorry to hear that your father is ill.

✳️ Tartib sonlari (the first/the second/the third) va shunga oʻxshash boʻlgan (the next/the last/the only) soʻzlaridan keyin ham to+infinitiv qoʻllaniladi.

🔸The next train to arrive at platform 4 will be the 6.45 to Cardiff.

🔸If I have any news, you will be the first to know.

✳️ Biror bir ish-harakat sodir boʻlishi aniqligi yoki ehtimolligini bildirish uchun likely/sure/bound/certain + to infinitiv qurilmasini qoʻllaymiz.

🔸She is very intelligent. She is sure/bound/certain to pass the exam. (U juda aqlli. Uning imtihondan oʻtishi aniq)

🔸I am likely to be late home this evening.

💡 Bilib qo'ygan yaxshi👌

✳️ Ingliz tilida 'to be sorry' birikmalasi bilan ikki xil qurilma mavjud.

1️⃣ to be sorry + to infitiniv - biror ish qilish uchun uzr (kechirim) so'rashda ishlatiladi, ish-harakat hozirgi yoki kelajak zamonda bo'ladi, misol uchun birovni biror narsa yuzasidan bezovta qilganlik, hamdardlik bildirish va hakozolar.

🔸 I’m sorry to bother you, but I need to ask you a question. (Sizni bezovta qilganim uchun uzr so'rayman, lekin sizdan bir savol so'rashim kerak)

🔸 I’m sorry to hear that Nicky lost her job. (Nicky ishidan bo'shatilganini eshitish men uchun afsuslanarli.)

🔸 I’ve enjoyed my stay here. I’ll be sorry to leave. (Bu yerda turganimdan zavq oldim, ketish men uchun afsuslanarli)

2️⃣ to be sorry for+gerundiy - o'tgan (sodir bo'lgan) ish-harakat uchun kechirim so'rashda ishlatiladi.

🔸 I am sorry for shouting at you yesterday. (Kecha sizga baqirganimdan afsusdaman.)

📖Dars #93 see sb do sth and see sb doing sth

✳️ Ingliz tilida biror shaxsning bajargan yoki bajarayotgan ish-harakatlarini tasvirlash uchun qoʻllaniladigan fe'llar guruhi mavjud. Bu fe'llar orasida eng koʻp qoʻllanadigani to see - koʻrmoq fe'lidir. Masalan, men koʻchada ketayotib, Tomning mashinasiga oʻtirib, haydab ketganini koʻrdim.

🔸I saw Tom. (Men Tomni koʻrdim) ➡️ He got into his car and drove away. (U mashinasiga oʻtirdi va haydab ketdi)

💡Yuqoridagi misolda ikkita gapni birlashtirib, bitta gap sifatida yozish mumkin.

🔸I saw Tom get into his car and drive away. (Men Tomni mashinaga oʻtirib, uni haydab ketganini koʻrdim.)

1️⃣ Demak, agar birovning biror ish qilganini koʻrsak, quyidagi qurilma yordamida tugallangan ish- harakat tasvirlanadi.

▪️to see somebody do something

🔸Did you see anyone go out? (Birovning chiqqanini koʻrdingmi?)

✅Yuqoridagi qurilmada to see fe'lidan keyin toʻldiruvchi+bare infinitive (go/drive/break etc.) qoʻllaniladi.

✳️ Majhul nisbatda esa toʻldiruvchi ega oʻrniga chiqqani uchun to+infinitive qoʻllashimiz kerak boʻladi.

🔸They were seen to go out.

2️⃣ Agar birovning biror ish qilayotganini koʻrsak, ya'ni ish-harakat oʻsha paytda davom etib turgan boʻlsa, toʻldiruvchidan keyin gerundiy qoʻllashimiz kerak boʻladi.

▪️to see somebody doing something

🔸I saw Tom waiting for the bus. (Men Tomning avtobus kutayotganini koʻrdim)

✳️Majhul nisbatda esa gap quyidagicha boʻladi:

🔸 They were last seen playing football.

✳️ Xulosa qiladigan boʻlsak, yuqoridagi qurilmalarda:

▪️ ish-harakat tugallangan boʻlsa, toʻldiruvchidan keyin bare infinitive qoʻllaniladi:

🔸Did you see the accident happen? (Avariya sodir boʻlganini koʻrdingmi?...avariya boʻlib oʻtgan.)

▪️ish-harakat davom etib turgan boʻlsa, toʻldiruvchidan keyin gerundiy qoʻllaniladi:

🔸Did you see him driving fast? (Uni tez haydab kelayotganini koʻrdingmi?...tez haydab kelayotgan boʻlgan.)

✳️ Ba'zan yuqoridagi qurilmalarning orasida juda kam farq boʻladi, bu holat, ayniqsa, Present Perfect Simple (Hozirgi tugallangan) zamonida boʻlishsiz gaplarda koʻrinadi.

🔸I have never seen her dance. (Men uni raqsga tushganini koʻrmaganman.)

🔸I have never seen her dancing. (Men uni raqsga tushayotganini koʻrmaganman.)

✳️ Yuqoridagi qurilmada to see fe'lidan tashqari yana bir necha fe'llar qoʻllana oladi:

▫️notice▫️look at▫️watch ▫️observe ▫️feel▫️listen to▫️hear ▫️smell ▫️find ▫️discover ▫️catch ▫️leave ▫️keep

🔸I didn't notice you come in. (Sizning kirib kelganingizni sezmadim.)

🔸Liz suddenly felt something touch her on the shoulder.

🔸Did you notice anyone go out?

🔸I could hear it raining.

🔸Listen to the birds singing!

🔸Can you smell something being cooked? (Biror narsa pishirilayotganini hidini sezdingizmi?)

🔸I found Sue in my room reading my letters.

✳️ Yuqorida yulduzcha bilan ajratilgan fe'llar oʻzidan keyin faqat toʻldiruvchi+gerundiy shaklida qoʻllaniladi. Qolgan fe'llar esa mazmuniga koʻra har ikkala qurilmada qoʻllanilishi mumkin.

📖Dars #94 Participle I and Participle II (hozirgi va o'tgan zamon sifatdoshlarining qo'llanishi)

✳️ Avvalgi darslarda fe'lning otga xoslangan shakli (otga o'xshab ishlatiladigan shakli) bo'lgan gerundiy va infinitivlarni ko'rib chiqqan edik. Mazkur darsda esa fe'lning sifatga xoslangan shakli (sifatga o'xshab ishlatiladigan shakli) bo'lgan sifatdoshni (participle) ko'rib chiqamiz.

✳️ Sifatdosh deb predmetning yoki shaxsning belgisini bildiradigan fe'l shakliga aytiladi. Masalan: the rising sun - koʻtarilayotgan quyosh, a broken glass - singan stakan birikmalaridagi rising va broken so'zlari sifatdoshlar hisoblanadi va otlar (quyosh va stakan) so'zlarining belgisini bildirib kelmoqda.

🔸A broken glass was lying on the table. (Stol ustda singan stakan yotardi)

🔸The first rays of the rising sun lit up the top of the hill. (Ko'tarilayotgan quyoshning ilk nurlari tepalik cho'qqisini yoritdi)

✳️ Ingliz tilida odatda sifatdoshning ikkita shakli qoʻllaniladi.

1️⃣Participle I - hozirgi zamon sifatdoshi, ya'ni -ing qoʻshimchasi bilan tugaydigan sifatdoshlar: dancing, talking, running, joining. Oʻzbek tiliga bu sifatdoshlar -a(y)digan, -yotgan qoʻshimchalari bilan tarjima qilinadi va aniq nisbatda qoʻllaniladi.

🔸the dancing girl - raqshga tushayotgan qiz

🔸a road joining the two villages - ikkita qishloqni bog'lab turadigan, bog'laydigan yoʻl

2️⃣ Participle II - oʻtgan zamon sifatdoshi, ya'ni -ed qoʻshimchali yoki fe'lning III shakliga ega sifatdoshlar: produced, made, broken, invited. Oʻzbek tiliga bu sifatdoshlar -il(ayot)gan, -ingan qoʻshimchalari bilan tarjima qilinadi va majhul nisbatda qoʻllaniladi.

🔸goods produced at this factory - bu fabrikada ishlab chiqarilgan (chiqarilayotgan) mahsulotlar

🔸people invited to the party - ziyofatga taklif qilingan odamlar

✳️ Sifatdoshlar oʻzlari izohlab kelgan soʻzlardan oldin yoki keyin kelishlari mumkin. Otdan keyin kelgan sifatdoshlar sifatdoshli birikmalar tarzida qoʻllaniladi.

🔸The first rays of the rising sun lit up the top of the hill. (koʻtarilayotgan quyosh, oddiy sifatdosh, aniq nisbatda)

🔸The broken arm was examined by the doctor. (singan qoʻl, oddiy sifatdosh, majhul nisbatda)

🔸The room facing the garden is much more comfortable than this one. (bog'ga qarab turgan xona, sifatdoshli birikma, aniq nisbatda)

🔸The goods produced at this factory are exported. (bu zavodda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, sifatdoshli birikma, majhul nisbatda)

✳️ Yuqoridagi gaplarda gap egasi va kesimi moslashuviga e'tibor berish lozim, chunki sifatdoshli birikmalar gap egasi va kesimi orasida joylashadi. Masalan quyidagi gapda:

🔸The girl looking at you is Tom's sister. (Bu yerda gapning egasi - the girl, sifatdoshli birikma - looking at you boʻlib gapning egasiga mos ravishda is fe'li qoʻllanilgan)

🔸The goods produced at this factory are exported. (Bu yerda gapning egasi - the goods, sifatdoshli birikma - produced at this factory boʻlib, gapning egasiga mos ravishda are yordamchi fe'li qoʻllanilgan.)

💡 Bilib qo'ygan yaxshi👌

✳️ Yuqoridagi darsimizda (https://t.me/grammarnotes/322) o'tgan zamon sifatdoshi odatda majhul nisbatda qo'llanishini aytib o'tgan edik. Ingliz tilida bir nechta o'tgan zamondagi sifatdoshlar otdan oldin kelganda istisno tariqasida aniq nisbatda ishlatiladi. Misol uchun quyidagi birikmalarda:

✅ fallen leaf - tushgan barg (bargning o'zi pastga tushadi)

✅ advanced students - ilg'or talabalar

✅ developed countries - rivojlangan mamlakatlar

✅ increased activity - jadallashgan harakatlar (faoliyat)

✅ a grown-up daughter - voyaga yetgan qiz

✅ an escaped prisoner - qochgan mahbus

✅ a retired general - pensiyaga chiqqan general

✅ faded colours - o'chib ketgan ranglar

✅ collapsed hotel - qulagan mehmonxona

✳️ Shuningdek, ba'zi o'tgan zamon sifatdoshlarning otdan oldin yoki keyin kelishiga qarab, ma'nosi va nisbati o'zgaradi. Misol uchun:

✅ a concerned expression - tashvishli nigoh

▫️the people concerned - aloqador shaxslar

✅an involved explanation - murakkab tushuntirish,izoh

▫️the people involved - aloqador shaxslar

✅an adopted child - farzandlikka olingan bola

▫️the solution adopted - qabul qilingan yechim

📖Dars #95 -ing clauses

✳️ Ingliz tilida bir necha gaplar qatnashgan qoʻshma gaplarda gapning hokim (asosiy) va ergash (ikkinchi darajali) qismlarini ajratib koʻrsatish uchun clause atamasi qoʻllaniladi.

✳️ Hokim gap - main clause, ergash gap - subordinate clause deb ataladi. Ergash gaplar hokim gapsiz hech qanday ma'no anglatmaydi, lekin hokim gap bilan qoʻllanilganda hokim gapda ifodalangan ish-harakatning mazmunini toʻldirib, sababini, paytini, tarzini bildirib keladi. Biz oʻrganmoqchi boʻlgan mazkur mavzuda -ing bilan ifodalangan ergash gapning (ing clause) oʻziga xosliklari koʻrib chiqiladi.

✳️ -ing clause gapni ixchamlashtirish, ega bir shaxs boʻlganida uni qayta takrorlamaslik uchun qoʻllaniladi. Misol uchun quyidagi vaziyatni koʻrib chiqamiz:

🔸Feeling tired, I went to bed early. (Charchab, men erta uxlashga yotdim.)

Bu misolda Feeling tired - -ing clause, I went to bed early - main clause hisoblanadi. Bu gapda -ing clause hokim gapda ifodalangan ish-harakatning sababini bildirib kelmoqda.

⚠️Mazkur gapni agar -ing clausesiz yozadigan bo'lsak, quyidagicha bo'lar edi:

🔸I was feeling tired, so I went to bed early. (Bu yerda ikkala gap ham teng, ergash gap yo'q, lekin ikkala gapda ham bir ega qatnashgan, ularni qisqartirib, gapni ixchamlashtirish mumkin)

✳️ -ing clause hokim gap va -ing clauseda ish-harakat bajaruvchisi bitta shaxs boʻlgan qoʻllanish holatlarini koʻrib chiqamiz:

1️⃣ agar ikkita ish harakat bir vaqtda davom etib turgan boʻlsa:

🔸She was sitting in an armchair reading a book. (U kresloda kitob oqib oʻtirgan edi.)

2️⃣ oʻtgan zamonda bir ish-harakat davom etib turganida boshqa ish-harakat sodir boʻib oʻtsa, davomiy ish harakat uchun -ing clause qoʻllaniladi.

🔸Jim hurt his arm playing tennis. (Jim tennis oʻynayotib qoʻlini jarohatladi.)

3️⃣ when/while bog'lovchilari bilan ham qulaylik uchun -ing clause qoʻllanilishi mumkin.

🔸Be careful when/while crossing the street. (Koʻchadan oʻtayotganda ehtiyot boʻl.)

✳️ Agar ikkita ish-harakatdan birinchisi tugallanib, keyin ikkinchisi sodir boʻlganini bildirmoqchi boʻlsak gap boshida having + V3 (ed) bilan boshlanadigan -ing clause qoʻllanishimiz lozim.

🔸Having finished our work, we went home. (Ishimizni tugatib, biz uyga ketdik.)

🔸Having found a hotel, we looked for somewhere to have dinner. (Mehmonxona topib, biz kechki ovqat uchun biror joy qidirdik.)

✳️Yuqoridagi qurilma majhul nisbatda having been+V3(ed) shaklida qoʻllaniladi.

🔸Having been warned about the bandits, he left his valuables at home. (Qaroqchilardan ogohlantirilgandan keyin u qimmatli buyumlarini uyda qoldirdi.)

🔸Having been bitten twice, the postman refused to deliver our letters unless we chained our dog up.

⚠️ Agar ikkita ketma-ket ish-harakat orasida juda qisqa oraliq boʻlsa, birinchi ish-harakat uchun oddiy -ing clause qoʻllashimiz kerak.

🔸Taking a key out of his pocket, he opened the door. (Choʻntagidan kalitni olib, u eshikni ochdi.)

✳️Boshqa holatlarda gap boshida kelgan -ing clause hokim gapdagi ish-harakatning sababini bildirib keladi.

🔸Being unemployed, he is often short of money. (Ishsiz boʻlgani tufayli u tez-tez puldan qiynalib qoladi...sabab)

🔸Not knowing what to do, she resigned to shoplifting. (Nima qilishni bilmasdan u doʻkonlardan narsalarni oʻg'irlay boshladi...sabab)

🔸Feeling tired, I went to bed early. (Charchaganimdan men uxlashga erta yotdim...sabab)

📖Dars #96 -ing yoki -ed bilan tugaydigan sifatlar

✳️ Oldingi mavzuda (https://t.me/grammarnotes/322)hozirgi va oʻtgan zamon sifatdoshi haqida soʻz borgan edi. Mazkur mavzuda esa -ing yoki -ed qoʻshimchalari bilan tugaydigan sifatlar haqida ma'lumot olasiz.

✳️ Bu sifatlar har doim otni izohlab undan oldin keladi.

🔸It is a very interesting story.

✳️ Yoki bog'lovchi fe'llardan (linking verbs) (to be/to look/to smell) keyin ishlatilib, predmet yoki shaxsning belgisini bildiradi.

🔸Ann looks tired. She has been working hard all day.

✳️ -ing yoki -ed bilan tugaydigan sifatlarning umumiy bir xususiyati boʻlib, unga koʻra -ing bilan tugaydigan sifatlar predmetlarning belgisini bildirish uchun, -ed bilan tugaydigan sifatlar shaxslarning belgisini bildirish uchun qoʻllaniladi. Masalan:

🔸Jane is bored because her job is boring. (Jane zerikkan, chunki uning ishi zerikarli)

🔸I am interested in this job because it is interesting. (Men bu ishga qiziqayapman, chunki u qiziqarli)

✳️ Eng keng tarqalgan -ing yoki -ed qoʻshimchalari bilan tugaydigan juft sifatlar quyidagilardan iborat.

✅ interesting - qiziqarli ➡️ interested - qiziqqan

✅ confusing - chalkash ➡️ confused - chalkashib ketgan

✅ boring - zerikarli ➡️ bored - zerikkan

✅ embarrassing - xijolatli ➡️ embarrassed - xijolatda qolgan, uyalgan

✅ tiring - charchatadigan ➡️ tired - charchagan

✅ disappointing - hafsalani pir qiladigan ➡️ disappointed - hafsalasi pir boʻlgan

✅ surprising - ajablanarli ➡️ surprised - ajablangan

✅ horrifying - qoʻrqinchli ➡️ horrified - qoʻrqqan

✅ amazing - taajjublanarli ➡️ amazed - taajjubda

✅ terrifying - dahshatli, qoʻrqinchli ➡️ terrified - dahshatda qolgan, qoʻrqqan

✅ amusing - kulguli ➡️ amused - kayfiyati choq

✅ worrying - tashvishli ➡️ worried - tashvishlangan

✅ shocking - hayratga soladigan ➡️ shocked - hayratda

✅ annoying - jig'iga tegadigan ➡️ annoyed - jig'ibiyron

✅ disgusting - nafratlanarli ➡️ disgusted - nafratda

✅ exhausting - holdan toydiradigan ➡️ exhausted - holdan toygan

✅ satisfying - qoniqarli ➡️ satisfied - qoniqqan

✅ fascinating - maftunkor ➡️ fascinated - maftun boʻlgan

✅ frightening - qoʻrqinchli ➡️ frightened - qoʻrqqan

✅ exciting - hayajonli ➡️ excited - hayajonda

✳️ Yuqoridagi sifatlarni umumiy qoidaga koʻra -ing bilan tugaydiganlari predmetlar uchun, -ed bilan tugaydiganlari shaxslar uchun qoʻllanilishini bilasiz. Ammo ba'zi sifatlar (boring, interesting) shaxslarning belgisini ham bildirib kelishi mumkin.

🔸 Our professor is very boring. I can't help sleeping at his lectures. (Bizning professorimiz juda zerikarli. Uning darslarida o'zimni uxlab qolishdan tiyolmayman)

💡 Bilib qo'ygan yaxshi👌

✳️ Ingliz tilida quyidagi fe'llar bilan so'roq olmoshlari (how/what/what time/where kabi) ishlatilganida ulardan keyin to infitiniv ishlatiladi:

✅ ask ✅ know ✅ decide ✅ remember ✅ forget ✅ learn ✅ explain ✅ understand ✅ wonder

🔸We asked how to get to the station. (Biz stansiyaga qanday qilib borishni so'radik)

🔸Have you decided where to go on holiday? (Dam olishga qayerga borishni hal qildingmi?)

🔸I don't know whether to apply for the job or not. (Ishga hujjat topshirish yoki topshirmaslikni bilmayapman)

🔸Do you understand what to do? (Nima qilishni tushunasizmi?)

✳️ Shuningdek show/tell/ask/advise/teach somebody what/how/where to do something qurilmasi ham mavjud.

🔸 Can somebody show me how to use this camera?

🔸 Ask Jack. He will tell you what to do.

📖Dars #97 Otlarda birlik va ko'plik I qism (Singular and Plural nouns)

✳️ Ingliz tilida otlarning birlik va koʻplik shakllari mavjud bo'lib, birlikdagi ot (singular noun) bitta shaxs yoki buyumni ifodalaydi. Birlikdagi sanaladigan ot oldidan bir yoki biror bir ma’nosida a/an noaniq artikli ishlatiladi. Koʻplikdagi ot (plural noun) ikki va undan ortiq shaxs yoki buyumni ifodalaydi.

✳️Otlarning koʻplik shakli bir necha yoʻllar orqali hosil qilinadi:

1️⃣ Umumiy qoidaga ko'ra otlarning koʻplik shakli otga -s/es qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi. Bunda birlikdagi ot oldidan keluvchi a/an noaniq artikli tushib qoladi.

▫️a book ➡️ two books

▫️a bus ➡️ some buses

2️⃣ Agar ot y harfi bilan tugagan va undan oldingi harf unli harf (a, o, u, e, i) boʻlsa, bunday otlarning koʻplik shakli ham -s qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasaladi.

▫️a boy ➡️ two boys

▫️a key ➡️ two keys

▫️a way ➡️ two ways

▫️a day ➡️ some days

⚠️ Agar ot y harfi bilan tugab, undan oldin undosh harf kelgan boʻlsa, y harfi i harfiga oʻzgaradi va keyin –es qoʻshimchasi qoʻshilad ▪️undosh harf + y ➡️ i + es:

▫️ a lady ➡️ two ladies

▫️a copy ➡️ two copies

▫️a secretary ➡️ two secretaries

3️⃣ sh/ -ch/ -ss/ -x/ -o/ -s harflari bilan tugagan otlarning koʻplik shakli ularga –es qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi.

▫️a dish ➡️ two dishes

▫️a dress ➡️ two dresses

▫️a tomato ➡️ two tomatoes

▫️a watch ➡️ two watches

▫️a box ➡️ two boxes

▫️a bus ➡️ two buses

⚠️ Ammo ingliz tiliga yunon va lotin tilidan kirib kelgan photo/piano/disco etc. soʻzlarining koʻplik shakli umumiy qoidaga koʻra yasaladi.

▫️a photo ➡️ two photos

▫️a piano ➡️ two pianos

▫️a video ➡️ two videos

▫️a disco ➡️ two discos

▫️a studio ➡️ two studios

▫️a kilo ➡️ two kilos

4️⃣ Agar ot -f/ -fe harflari bilan tugagan boʻlsa, koʻplik shaklida -s qoʻshilganda koʻrinishi -ves ga oʻzgaradi.

▫️ a shelf ➡️ two shelves

▫️a knife ➡️ two knives

▫️a loaf ➡️ two loaves

▫️a thief ➡️ two thieves

⚠️ Ammo quyidagi otlarning koʻplik shakli umumiy qoidaga koʻra yasaladi.

▫️ a chief ➡️ two chiefs

▫️a roof ➡️ roofs

▫️a safe ➡️ two safes

▫️a handkeirchief ➡️ handkeirchiefs

5️⃣ Ba’zi otlarning koʻplik shakli qoʻshimcha qoʻshilmasdan oʻzakda oʻzgarish roʻy berishi bilan yasaladi:

▫️ a man ➡️ two men

▫️a woman ➡️ two women

▫️a child ➡️ two children

▫️an ox ➡️ some oxen

▫️a foot ➡️ two feet

▫️a goose ➡️ two geese

▫️a mouse ➡️ some mice

▫️a tooth ➡️ two teeth

6️⃣ Ba'zi otlarning koʻplik va birlik shakllari bir xil:

▫️ a deer ➡️ some deer

▫️a sheep ➡️ some sheep

▫️a fish ➡️ some fish

▫️an aircaft ➡️ some aircraft

▫️a fruit ➡️ some fruit

▫️a salmon ➡️ some salmon

7️⃣ Qoʻshma otlarning koʻplik shakli ikkinchi otga koʻplik qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi.

▫️a toothbrush ➡️ some toothbrushes

▫️ a schoolboy ➡️ some schoolboys

⚠️ Chiziqcha bilan yoziladigan qoʻshma otlarda koʻplik shakli quyidagicha hosil boʻladi:

▫️ a custom-house➡️ two custom-houses

▫️a man-of-war ➡️ two men-of-war

▫️a hotel-keeper ➡️ two hotel-keepers

▫️a mother-in-law ➡️ mothers-in-law

📖Dars #86 prefer/would rather/would sooner

✳️ to prefer - afzal koʻrmoq fe'li oʻzidan keyin ham gerundiy, ham to+infinitive bilan qoʻllanishi mumkin. Ammo fe'llarning ishlatilish qurilmasida ozgina farq bor.

1️⃣ prefer doing something TO doing something else

🔸 I prefer driving to traveling by train. (Men poyezdda sayohat qilishdan mashinada ketishni afzal koʻraman.)

2️⃣prefer to do something RATHER THAN do something else

🔸I prefer to drive rather than travel by train. (Men poyezdda sayohat qilishdan mashinada ketishni afzal koʻraman.)

⚠️ Ammo would prefer dan keyin har doim to+infinitive qoʻllaniladi.

🔸 I would prefer to stay at home rather than go to the cinema.

✳️ would rather birikmasi ham ma'no jihatdan would prefer ga oʻxshaydi, ammo undan keyin bare infinitive (to'siz infinitive) qoʻllanishi kerak.

🔸Shall we go by train?

▫️ No, I would prefer to go by car.

▫️ No, I would rather go by car.

✳️ Inkor shakli would rather not+bare infinitive qurilmasida qoʻllaniladi.

🔸I would rather not go out today. I'm tired. (Bugun ko'chga chiqmayman. Men charchaganman)

✳️ would rather fe'lining qurilmasiga e'tibor bering.

▫️ would rather do something THAN do something else

🔸I would rather stay at home than go out today.

✳️ Oʻtgan zamonda amalga oshmagan istaklar uchun esa would rather+perfect infinitive qoʻllaniladi.

🔸 Yesterday I had to stay at home. But I would rather have gone to the cinema. (Kecha men uyda qo'lishimga to'g'ri keldi. Lekin kinoteatrga borishni xohlagandim)

✳️ would rather qurilmasining yana bir o'ziga xos qo'llanish holati mavjud. Agar biz birovning biror ish-harakat amalga oshirishini yoki qilmasligini xohlasak, va buni muloyim tarzda bildirmoqchi bo'lsak, quyidagi qurilma qoʻllaniladi:

▫️I would rather you/Tom/they+oʻtgan zamon

🔸Shall I stay here? (Shu yerda qolaymi?)

▫️I would rather you came with us. (Menimcha, biz bilan kelganingiz yaxshi)

🔸Shall I tell them the news? (Ularga yangiliklarni aytaymi?)

▫️ I would rather you didn't. (Menimcha, aytmaganingiz ma'qul)

⚠️ Yuqoridagi gaplarda oʻtgan zamon qoʻllansada, ish-harakat amalga oshishi hozirgi yoki kelasi zamonga tegishli boʻladi.

🔸 I would rather you cooked the dinner now.

✳️ would sooner+bare infinitive qurilmasi ham would rather kabi ma'noda va qurilmalarda ishlatiladi.

🔸 I would sooner give up sleep than miss my evening class.

🔸 I would sooner not talk about it now.

🔸I would sooner he didn 't know about it till I've talked to Pete

💡 Bilib qo'ygan yaxshi👌

✳️ Ingliz tilida infinitive yordamida turli birikmalar hosil qilish mumkin, ba'zan ular shunchalik nozik o'zgarishlarki, ular nima anglatishini bilib olishda chalkashib ketish mumkin. Ularga misol sifatida nothing to do va nothing to be done birikmalarini keltirish mumkin.

✳️ nothing to do - qiladigan ish yo'q (odatda zerikarli degan ma'noda)

🔸 I am bored. There is nothing to do. (Men zerikdim, bu yerda qiladigan ish yo'q)

✳️ nothing to be done - o'zgartirish foydasi yoq, qo'limizdan hech narsa kelmaydi degan ma'noda.



🔸 There is nothing to be done - we will have to buy a new one. (Biror ish qilishdan foyda yo'q, yangisini sotib olishimizga to'g'ri keladi)
Download 35,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish