DARDIGA DAVO TOPMAGAN
DADAM
Men onasi yo‘q, otasi yo‘q, qo‘li yo‘q yetimman…
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o‘tlar bosgan o‘rmonim bor.
Qizg‘aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o‘tmagan otajonim bor.
(Muhammad Yusuf)
BOLALIK CHOG‘LARIDA
Tug‘ilish o‘limga qo‘yilgan birinchi qadamdir
(Gyote)
Qo‘y muchalida tug‘ilganlar tabiatan kekchi emas, rahmdil, yomonlik va xatolarni kechirishga qodir. Faqat kechirishdan oldin ko‘nglidagi bor gapni raqibiga aytib, dardini yengillatib oladi. Shunday ekan, u bilan janjallashadigan bo‘lsangiz, eshitadiganingizni eshitasiz. Yana bir xususiyati – hech qanday bitimga murosaga bormasligi. Ushbu ta’riflar aynan dadamga xos edi go‘yo. Xa, mening dadam Axmad o‘g‘li Abduhamid 1967-yil ayni yoz faslining 11-iyul sanasida Samarqand tumanining Turkman qishlog‘ida besh pahlavonning kenjasi bo‘lib dunyoga kelganlar. Abduhamid haqiqattan ham Hamdu sanoga, maqtovga sazovor Zotning, ya’ni Allohning qulidir. Alloh oldida barchamiz qulmiz. Qalbida iymoni, yuzida nuri bilan tug‘ilgan, dardiga davo topmagan dadam bu yolg‘onchi dunyoning achchiq-chuchugini juda erta tatib ko‘rganlar.
Bolalik …
Do'stlaringiz bilan baham: |