D. M. Karimov Toshkent Davlat Yuridik Universiteti 3-bosqich



Download 32,2 Kb.
Sana13.04.2020
Hajmi32,2 Kb.
#44238
Bog'liq
Maqola

O’zbekiston Respublikasida elektron tijorat va uning huquqiy asoslari

D.M. Karimov – Toshkent Davlat Yuridik Universiteti 3-bosqich

Jinoyat huquqiy faoliyat 3-guruh talabasi

Ushbu maqolamni yoritishimdan oldin, elektron tijoratning nimaligi hamda an’anaviy savdo turidan farqini ham elektron hamyon haqida keltirib o’tmoqchiman.

Elеktron tijorat faoliyati O’zbеkiston Rеspublikasining “Elеktron tijorat to’g’risida”gi 2004 yil 29 aprеldagi 613-II son Qonuni bilan bеlgilanadi va amalga oshiriladi.
Elеktron tijorat Intеrnеt tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyutеr tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, sеrvis xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, markеting tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta'minlaydi.
Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turlaridan farqi. Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turidan quyidagi xaraktеrli xususiyatlari bilan farqlanadi:


  • xaridor o’ziga qulay vaqt, joy va tеzlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;

  • savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallеl ravishda, ya'ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;

  • ko’p sonli xaridorlarning bir vaqtning o’zida bir nеchta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko’p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo’lish imkoniyati;

  • kеrakli mahsulotlarni tеzlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda tеxnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig’ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi;

  • xaridorning yashash joyi, sog’lig’i va moddiy ta'minlanish darajasidan qat'iy nazar hamma qatori tеng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;

  • hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob bеradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;

  • elеktron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kеngaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tеzlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma xarakatini tеzlashtirishi kеrak bo’ladi.

Elеktron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini bеradi. Xaridorlar kundalik xayotida kеrakli mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin. Chеt el firmalariga murojaat qiladi.

Elеktron pul – bu pul birligiga tеnglashtirilgan bеlgilar hamda kupyura va tanga rolini bajaruvchi juda katta son yoki fayllardir. Bunday tizimning faoliyat ko’rsatish harajatlari boshqalaridan ancha kam. Bundan tashqari, elеktron pullar to’liq anonimlikni ta'minlashi mumkin, chunki uni ishlatgan mijoz haqida hеch qanday ma'lumot bеrilmaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi hisob-kitoblar mexanizmining yaxshi yo‘lga qo‘yilishi va uning aniq faoliyat yuritishi – barcha rivojlangan davlatlar taraqqiyotining asosiy poydevori hisoblanadi. Har qanday davlatning iqtisodiy qudratini yuqori samaraga ega bo‘lgan pul tizimi va zamonaviy to‘lov mexanizmlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda elektron to‘lovlar va elektron tijorat tizimlarini rivojlantirish maqsadida mazkur muhim yo‘nalishning tadrijiy rivojlanishini ta’minlovchi zarur huquqiy baza yaratilgan.

  Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida “Elektron tijorat to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qator normativ hujjatlar qabul qilingan.

Jamiyatni axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2003-2004 yillarda «elektron» qonunlar bloki qabul qilindi. Bular «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridir. Mazkur qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro huquqiy me'yorlar hamda bir qator rivojlangan davlatlarning tajribalari ham atroflicha o‘rganilib, milliy qonunchiligimizga maqbul jihatlari uyg‘unlashtirildi.

Ushbu qonunlarning qabul qilinishi va joylarda ularning ijrosi ta'minlanishi, o‘z navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishi shakllanishiga, masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishida muhim omil bo‘ldi. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi yana bir qancha yangi xizmat turlarining shakllanishiga, jumladan, tadbirkorlarimizga masofadan turib dunyoning xohlagan mamlakatidan o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishiga keng yo‘l ochdi.

Bundan tashqari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa, bank, moliya va tijorat tuzilmalari faoliyatida keng miqyosida foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1730-sonli Qarori, 2012-yil 16-iyuldagi “Statistik, soliq, moliyaviy faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4453-sonli hamda 2012-yil 18-iyuldagi “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4455-sonli farmonlarida asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Ushbu normativ hujjatlarda plastik kartalar va boshqa elektron to‘lovlar vositalari orqali Internet tarmog‘idan tovar va xizmatlar uchun to‘lov imkoniyatlarini rivojlantirish uchun dasturiy-texnik infratuzilmani takomillashtirish hamda tadbirkorlikda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida rag‘batlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

Shuningdek, statistik, moliyaviy va soliq hisobotlarini taqdim etishda, soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lashda, ro‘yxatga olish va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirishda, yer maydonlarini ajratish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini kreditlashda davlat, nazorat qiluvchi organlar bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi bevosita muloqotni, byurokratik sansalorlik va korrupsiyani istisno etuvchi elektron tizimga, shu jumladan, Internet tarmog‘iga keng miqyosda o‘tishi ta’minlanmoqda. Kichik biznes subyektlari — mikrofirmalar tomonidan zamonaviy va qulay bank xizmatlari, jumladan, bank hisob-varaqlariga masofadan turib, xizmat ko‘rsatish tizimlaridan keng ko‘lamda foydalanish uchun shart-sharoit yaratilib, ushbu tizimdan foydalanish domiy ravishda kengaytirilmoqda.

Hozirda axborot texnologiyalari sohasi subyektlari tomonidan elektron to‘lovlar va elektron tijoratni amalga oshirishni avtomatlashtirish imkonini beruvchi xilma-xil texnologik yechimlar taklif etilmoqda. Xususan, Internet tarmog‘ida plastik kartalar bilan to‘lovlarni amalga oshirishni imkon beruvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, joriy etildi. Internet tarmog‘ining «uz» domenida internet-do‘konlar mavjud bo‘lib, foydalanuvchilariga masofadan turib, muayyan vaqt rejimida ehtiyoj tovarlarini xarid qilish va xizmatlardan foydalanishlari uchun xizmat tashkil etilganligi keng aholi qatlamlariga bu yo‘nalishdagi imkoniyatlardan darak beradi.

Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida yangi yo‘nalish hisoblangan mazkur tizimlarning tez sur'atlarda taraqqiy etishining yana bir omili — bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish darajasining ortishi, xususan, xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi o‘tgan yilga nisbatan 61 foizga oshib, bugungi kunda 7780 Mbit/s.ni tashkil etayotgani va ulardan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligidadir. Shuningdek, joriy yil boshida ma'lumotlar uzatish, jumladan, internetga ulanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik subyektlarining soni 930taga yetgan bo‘lsa, jamoaviy foydalanish maskanlari 1063tani tashkil etdi.

Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, elektron tijoratning shiddat bilan rivojlanishiga internetdan foydalanuvchilar soni aholining 20-25 foizini tashkil etgandagina erishish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 10 millionga yetgani elektron tijoratning kelgusidagi yorqin istiqbolidan darak berib turibdi.

Shu bilan bir qatorda, mijozlarga yangi xizmat turlarini ko‘rsatishning huquqiy asoslari kafolatlab qo‘yildi. Bu bilan iqtisodiyotimizga “Paynet” kabi elektron to‘lovlar xizmatini ko‘rsatuvchi muassasalar kirib keldi, “SMS-banking”,”Internet-banking” kabi yangi elektron to‘lov xizmatlari joriy etildi. Endilikda ushbu xizmatlar sharofati bilan mijozlar kommunal, mobil aloqa va internet xizmatlarini hisob-kitob qilib, uy-ro‘zg‘or mollarini internet orqali sotib olishmoqda.

Lekin shunga qaramay, yanvar oyining boshida “Amazon” vakili Shohrux Jo‘rayev, mamlakatdagi elektron to‘lovlar tizimi juda tez rivojlanayotgani, biroq ular mahalliy va ichki bozorga mo‘ljallanganicha qolayotgani, mamlakatda “PayPal"ning o‘zi yo‘qligi jarayonga kuchli to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Dastlab, 2017 yil dekabr oyi oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda 2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilgan edi. Shundan keyin, Davlatimiz rahbarining farmoni bilan Davlat dasturi tasdiqlandi, uning 88-bandida “dunyoning yetakchi to‘lov tizimlari („Visa“, „Mastercard“, „UnionPay“, „PayPal“ va boshqalar) bilan integratsiyalashgan zamonaviy chakana to‘lov tizimlari faoliyatini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari va mexanizmini yaratish” normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Muddati esa 2018 yil 1 sentyabr.

Fevral oyining oxirida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi chora-tadbirlari “Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlovchi prezident qarori chiqarildi, uning bandlaridan birida “kontaktsiz to‘lov texnologiyasini keng qo‘llash, jumladan xalqaro to‘lov tizimlari (“Visa”, “Mastercard”, “PayPal”, “Alipay” va boshqalar)dan foydalanishni rivojlantirish va rag‘batlantirish, ushbu sohadagi normativ bazani takomillashtirish” ko‘rsatilgan, ammo natijalar loyiha emas, balki chora-tadbirlar majmuasi bo‘lishi kerak. Muddati esa 2018 yilning 1 iyunigacha.

“O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar tayyorlash” bo‘yicha yana bir band ko‘zda tutilgan. Buning natijasi sifatida qonun 2018 yilning 1 sentyabrigacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqilishi kerak edi. Sentabr oyida “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori chiqdi, unda yana elektron pul muammolarini hal qilish topshirig‘i yuklatilgan.

Xususan, Markaziy bank “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqishi va “elektron pullar bilan opetsiyalarni amalga oshirish sohasida huquqiy munosabatlarni tartibga solish, jumladan elektron pullar egalarini identifikatsiya qilish tartibi"ni ham joriy qilishi lozim. Faqat bu yerda muddat 2019 yilning 1 yanvariga qadar deb ko‘rsatilgan. Bunga ko‘ra, shu kungacha qonun loyihasi ishlab chiqilishi va joriy qilinishi lozim edi. Shundan keyin boshqa normativ hujjatlardagi tegishli o‘zgartirishlarni kiritish, tasdiqlash va amaliyotga tatbiq qilish choralarini qabul qilish kerak bo‘lardi.

Elektron pullar bo‘yicha rasmiy ma’lumot yo‘qligi sababli, “Spot” tahririyati iyul oyining boshida Yagona umumrespublika protsessing markazi (YAUPM)ga murojaat qildi. O‘sha paytda kompaniya direktori Ahror Mahmudov O‘zbekistonda “PayPal” ishlamasligini, chunki qonunchiligimiz jismoniy shaxslarga pullarini xorijiy banklarda saqlashiga ruxsat bermasligini, elektron hamyonlar esa xorijdagi hisobvaraqqa tenglashtirilganini tushuntirib berdi.

“Hozirda O‘zbekistonda bor bo‘lgan elektron tijorat (Yecommerce) platformalari ham jahon bozoriga qo‘shilmagan”, — degan edi o‘shanda Jo‘rayev.

Agar O‘zbekistonda elektron pullar masalasi bo‘yicha yangi hujjat ishlab chiqilmasa, natijada bu masala yanada kechikadi, u holda uning chiqishini 2019 yilning oxirlarida mo‘ljallasa bo‘ladi.

Xulosa qilib atadigan bo’lsak, mustaqillikdan keyin ommaaviy- axborot vositalarini rivojlantirish to’g’risida har xil qonunlar chiqishi natijasida, mamlakatimizda internetning rivojlanishi bilan eletron internet ham paydo bo’lib rivojlanib kelmoqda. Lekin, ushbu ko’rsatkich mamlakat ichida yuqori suratda o’smoqda. Lekin, mamlakat tashqarisidagi davlatlar bilan elektron tijorat hali yo’lga qo’yilmadi. Bundagi asosiy to’siqlardan biri, O’zbekistonda “PayPal” ning ishlamasligida. Bundan ko’rinadiki, shunga o’xshash: QIWI, Yandex, Mastercard kabi elektron hamyonlarni mavjud emasligini. Agar, “PayPal” ishga tushganda, O’zbekistonning nafaqat ichki iqtisodiyotini, shu bilan birga tashqi iatisodiyotining rivojlanishiga olib keladi.

Foydalanilgan maqolalar ro’yxati:

1. Axborotlashgan jamiyat - Shuhrat Dehqonov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a'zosi;

2. Elektron to‘lovlar va elektron tijorat tizimlarini rivojlantirish – davr talabi - "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazining yuristi Dilbar Halikova;

3. Elektron tijorat tizimlari va ularning ahamiyati - Muallif: Mengliyev Sh;

4. Texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida O’zbekiston Markaziy Osiyodagi PayPal mavjud bo’lmagan yagona davlat bo’lib qoladi - Timurmalik Elmurodov;

5. Elektron tijorat to‘g‘risida"gi qonun yangilanadi – Shuhrat Latipov.

Dilshod Muminovich Karimov – Toshkent Davlat Yuridik Universiteti 3-bosqich Jinoyat huquqiy faoliyat 3-guruh talabasi, Gmail: kdilshod95@gmail.com




Download 32,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish