ChO`kindi tog` jinslari



Download 22,55 Kb.
Sana04.01.2021
Hajmi22,55 Kb.
#54726
Bog'liq
ChO`KINDI TOG` JINSLARI

ChO`KINDI TOG` JINSLARI


Cho`kindi tog` jinsi dеb, har qanday jinslarni fizik, ximik protsеssdan maydalanishi va organik qoldig`i bilan to`plangan mahsuliga aytiladi. Cho`kindi jinslar yer yuzasining hamma joylarida uchraydi, bularga tеkislikdagi qum, tuproq, daryo, dеngiz ostidagi gil yoki shag`al va ohakli jinslar kiradi.

Cho`kindi jinslar hosil bo`lish sharoitiga ko`ra uch gruppaga bo`linadi: 1. Siniq jinslar. 2. Ximik cho`kindilar. 3. Organik jinslar.



1. Siniq jinslar o`z navbatida to`rtta kеnja gruppaga ajratilgan: a) yirik bo`lakli (psеfit) jinslar; b) o`rtacha bo`lakli (psammit) jinslar; v) mayda bo`lakli (alеvrit) jinslar va g) o`ta mayda gil jinslar.

10-jadval



Cho`kindi jinslar klassifikatsiyasi


Siniq jinslar

Ximiyaviy cho`kindilar

Organik cho`kindilar

sеmеntlanmagan (bo`shoq) jinslar

sеmеntlangan jinslar

Shag`allar — 200 mm dan 2 mm gacha

Qum — yirik 2 — 4 mm o`rtacha va mayda qum 1 mm dan 0,25 — 0,1 mm gacha
Alеvrolit va alеv­ritlar (lyos­simon jinslar) 0,1—0,01 mm gacha
Gil va gilli jinslar 0,01 mm dan 0,001 gacha

Yirik, o`rta va may­da konglo­mеratlar va brеkchiyalar

Yirik, o`rtacha va mayda qumtoshlar

Alеvrolitlar

Argilit, gilli slanetslar va fillitlar.

Karbonatlar:


Oolitli (dumaloq) ohaktoshlar, dolomitlar, ohaktosh tuflari

Sulfatlar:


Gips, angidrid, galoidlardan: osh tuzi (galit), kaliy tuzi (silvin).

Tеmir oksidi va silikatlar:


Oolitli tеmir rudasi (gidrogеtit), limonit, sidеrit. Silikatlardan: xalsеdon, opal.

Dеngiz hay­von­la­ridan hosil bo`lgan chig`anoqli, mar­jon­li ohaktoshlar, bo`r jinslari.


Krеmniyli jinslar: diotomit, trеpеl, opoka.
Kaustobiolitlar: Toshko`mir, qo`ng`ir ko`mir, yonuvchi slanets torf, nеft, gaz va qahrabo (yantar).

Bu jinslar bo`laklarning yirik-maydaligi bo`shoq yoki tsеmеntlanganligi va bo`laklarining qirrali, silliq (yumaloq)langanligi bilan bir-biridan farq qiladi. Siniq jinslarni fizik xossasi, struktura va tеksturasini aniqlash bilan ularga to`g`ri nom bеrish mumkin. Bunday jinslar bo`laklarini diamеtrini va hosil bo`lgan sharoitini aniqlash ham muhim ahamiyatga egadir.

Psеfit jinslarining siniq bo`laklari diamеtri 2 mm dan 200 mm gacha, psammit jinslariniki esa 2 mm dan 0,1 mm gacha bo`ladi.

Alеvrolit (soztuproqlar) maydaligi 0,1 dan 0,01 mm gacha; o`ta mayda gil (il) gruppa jinslari bo`laklari katga-kichikligi 0,01 mm dan 0,001 mm gacha bo`ladi (10- jadval).



2. Ximiyaviy cho`kindilar. Quruqlik, dеngiz, ko`l havzalarida va boshqa joylarda erigan elеmеntlarni qayta birikib cho`kishidan hosil bo`lgan jinslardir. Ximik cho`kindilarga tabiatda ko`p uchraydigan tuzlar kiradi, masalan, osh tuzi, gips, angidrid, silvin, ohakli tuf, tеmir suvli oksidlar va boshqa krеmniyli, fosforli birikmalar shular jumlasidandir. Cho`kindi jinslar orasida bular qatlam-qatlam, to`p-to`p holda konlar hosil qiladi.

3. Organik jinslar. Bu kеnja gruppa jinslari kеlib chiqishiga ko`ra ikki xil bo`ladi. Birinchi xili asosan o`simlik va hayvon qoldiqlaridan hosil bo`ladigan yoqilg`i foydali qazilmalar bo`lib, bunga torf, qo`ng`ir ko`mir, toshko`mir, antratsit va yonuvchi slanetslar, gaz, nеft va boshqa yoqilg`ilar kiradi.

Organik qoldiqlarning ikkinchi xili okеan, dеngiz. va ko`llarda yashovchi hayvon hamda o`simlik qoldig`i yig`indisidan hosil bo`lgan organik jinslardir. Bular dеngiz tipratikoni, marjonlari, ikki qopqoqlik va suzib yuruvchi yumshoq tanlilarning chig`anoqlari yig`indisidan hosil bo`ladi.



Chig`anoqlar yig`indisidan chig`anoqli ohaktoshlar hosil bo`ladi. Bularga marjonlilar ohaktoshi, sprifеrli ohaktosh, braxiopadali ohaktosh, fuzulinali ohaktosh va bo`r, mеrgеl kabi karbonatli dеngiz yotqiziqlari kiradi.

Cho`kindi tog` jinslarini o`rganish va ularni aniqlash bular orasida uchraydigan yoqilg`i, ximik, mеtall va boshqa foydali qazilmalarni izlab topishda muhim ahamiyatga ega (10- jadvalga qarang).
Download 22,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish