Choʻkindi togʻ jinslari



Download 71,85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.05.2022
Hajmi71,85 Kb.
#610275
Bog'liq
Choʻkindi togʻ jinslari - Vikipediya



Choʻkindi togʻ
jinslari
Choʻkindi togʻ jinslari
— moddaning 
suvda
choʻkishi yoki havodan tushishidan hamda quruqlik
yuzasi, dengiz okean havzalaridagi muzlar faoliyati natijasida hosil boʻladigan 
togʻ jinslari
.
Choʻkish mexanik (ogʻirlik kuchi taʼsiri va muhit dinamikasining oʻzgarishidan), kimyoviy (suvli
eritmaning toʻyinish konsentratsiyasiga yetishidan va almashinuv reaksiyalari natijasida) hamda
biogen yoʻl bilan (organizmlar hayot faoliyati bilan bogʻliq) sodir boʻladi. Choʻkindi togʻ jinslari
choʻkish xarakteriga koʻra, chaqiq, kimyoviy va biogen jinslarga boʻlinadi. Choʻkindi togʻ jinslarini
hosil qiladigan asosiy manbalar: 
Yer poʻstini
tashkil qilgan magmatik, metamorfik va qad.
chukindi jinslar; tabiiy suvlarda erigan komponentlar; atmosfera gazlari; organizmlarning hayot
faoliyati jarayonida hosil boʻladigan mahsulotlar; vulkanogen materiallardan iborat. Hozirgi
zamon okean choʻkindilari va qad. choʻkindi jinslarda kosmik material va organik qoldiqlar ham
uchraydi. Baʼzi Choʻkindi togʻ jinslari (ohaktosh, kumir, diatomit va boshqalar) butkul organik
qoldiqlardan tarkib topgan. Zarra (donalar)ning oʻlchami, ularning shakli va uzaro birikmalari
Choʻkindi togʻ jinslari struktururasini belgilaydi (qarang 
Togʻ jinslari tuzilishi
). Choʻkindi togʻ jinslari
shakli va hajmi turlicha boʻlgan qatlam, linza va boshqa shakllardagi geologik jismlar hosil kilib,
Yer pustila normal gorizontal, qiya yoki murakkab burmalar tarzida yotadi. Ushbu jismlarning ichki
tuzilishi (donalar zarralarning uzaro joylashuvi va yoʻnalishi bilan bogʻliq) va boʻshliqni qay
yoʻsinda toʻldirishi Choʻkindi togʻ jinslari te ketu ras i deyiladi. Choʻkindi togʻ jinslari quyidagicha
hosil boʻladi: tub togʻ jinslarining yemirilishidan paydo boʻlgan dastlabki mahsulot suv, shamol,
muzliklar bilan koʻchib, quruqlik yuzasi va suv havzalariga choʻkadi. Natijada turli xil
komponentlardan tuzilgan boʻsh va gʻovak, suvga toʻyingan choʻkindi hosil boʻladi. Bu choʻkindi
murakkab va xilma-xil fizik-kimyoviy (qisman biologik) sistemadan iborat boʻlib, vaqt oʻtishi bilan
asta-sekin choʻkindi jinsga aylanadi (qarang 
Litogenez
). Choʻkindi togʻ jinslarining tasnifi ularning


tarkibi va genezisiga koʻra 10 dan ortiq guruhga ajratiladi: chaqiq jinslar, gillar, glaukonitli,
glinozyomli, temirli, marganetsli, fosfatli, kremniyli, karbonatli jinslar, tuzlar, kaustobiolitlar va
boshqa Asosiy guruhlardan tashqari aralash tarkibli jinslar ham bor. Choʻkindi togʻ jinslari
kimyoviy tarkibiga koʻra magmatik jinslardan farqlanadi: jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibi
turlicha boʻladi; tarkibida suv, karbonat kislota, organik uglerod, kalsiy, oltingugurt, galoidlar koʻp
boʻladi; temir oksidi bilan temir (II) oksidi nisbati katta. Choʻkindi togʻ jinslari dan gil (gil, argillit,
gilli slanetslar — 50 % ga yaqin), qumtosh (qum va qumtoshlar) va karbonatli jinslar (ohaktoshlar,
dolomitlar 45 % cha) keng tarqalgan. Yer yuzasida Choʻkindi togʻ jinslarining hosil boʻlishi va
joylashuvi iqlim va tektonik sharoitlar bilan aniqlanadi. Geosinklinallarda Choʻkindi togʻ jinslarining
katta qatlamlari yigʻiladi, platformalarda esa, aksincha ularning qalinligi kam boʻladi. choʻkindi
togʻ jinslari Yer poʻsti massasining 10 % ni tashkil qilib, Yer yuzasining 75 % ni qoplaydi.
Quruqlikdagi Choʻkindi togʻ jinslarining 75 % geosinklinal oblastlarda boʻlib, 25 % platformalarga
toʻgʻri keladi. Yer qaʼridan olinadigan jami foydali qazilmalar (koʻmir, neft, tuzlar, temir, marganets
va alyuminiy rudalari, oltin va platina sochmalari, olmos, fosforitlar, qurilish materiallari va
boshqalar)ning 75 % choʻkindi togʻ jinslariga tugʻri keladi.
The Ice Age World
. Scandinavian University Press, 1994.. 
ISBN 82-00-37683-4

The Channeled Scabland: A Guide to the Geomorphology of the Columbia Basin, Washington
(http://fax.libs.uga.edu/J84xNASx1x18xCx36/1f/)
. Washington, D.C.: Planetary Geology
Program, Office of Space Science, National Aeoronautics and Space Administration, 1978.
— s. 173–177. 
ISBN 0-88192-590-X
.
Arxivlandi (https://web.archive.org/web/20160818182
Virgin formatsiyasi, janubi-gʻarbiy 
Yuta
, AQSh.
Bibliografiya

Download 71,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish