Byudjet hisobi



Download 61,18 Kb.
bet1/3
Sana28.07.2021
Hajmi61,18 Kb.
#130832
  1   2   3
Bog'liq
MM-74 iq Qurvonaliyev M. HODIMLAR VA STIPENDIYA OLUVCHILAR BILAN HISOBLASHUVLAR HISOBI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



MOLIYA FAKULTETI
BYUDJET HISOBI” FANIDAN

Qayta topshirish

MAVZU: HODIMLAR VA STIPENDIYA OLUVCHILAR BILAN HISOBLASHUVLAR HISOBI

Bajardi: MM-74 iq guruh

talabasi Qurvonaliyev M.

Toshkent – 2021

HODIMLAR VA STIPENDIYA OLUVCHILAR BILAN HISOBLASHUVLAR HISOBI
REJA:


  1. Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish uning maqsadi va vazifalari.

  2. Xodimlar bilan mehnat haqi to‘lash bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi. 

  3. Xisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar hisobi.


1. Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish uning maqsadi va vazifalari
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish jarayonida kamomadlar, hizmat safarlari, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarbo‘yicha xodimlar bilan, stipendiya to‘lovlari bo‘yicha talabalar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi.

Material javobgar shaxslar bilan yo‘l qo‘yilgan kamomadlar bo‘yicha hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bunda mulkiy qiymatliklar bo‘yicha kamomadlar unidirish vaqtida bozor qiymatida undiriladi. Yo‘l qo‘yilgan kamomadlar inventarizatsiya dalolatnomalari orqali aks ettiriladi va mehnat qonunchiligi talablari asosida undiriladi. “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinishi ko‘rsatilgan.

Bir oylik o‘rtacha ish xaqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya o‘tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo‘yicha hisoblanadi.
Agar xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi uning o‘rtacha oylik ish xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi.

Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish sharoitida mehnatga haq to‘lash ijtimoiy qo‘llab-kuvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi vazifalari bevosita xo‘jalik sub’ektilarga berilgan. Har bir xodimning mehnat daromadlari, xo‘jalik sub’ekti faoliyatining pirovard natijasini hisobga olgan xolda, uning qo‘shgan hissasi va maksimal mikdori cheklanmaydi. Lekin xodimlarning minimal ish haqi miqdori qonunchilik bilan belgilanadi. Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga hak to‘lashni yuridik asosini mehnat to‘g‘risidagi konuniy hujjatlar, xo‘jalik sub’ektilarning jamoa shartnomalarini va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.

Ma’lumki ish haqi, o‘z navbatida, asosiy va qo‘shimcha ish haqiga bo‘linadi: Asosiy ish xaqiga, xodimlarni ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan xolda turib qolishlarga xisoblangan ish haqi va shu kaba boshqalar kiradi .

Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining ishlamagan ish vaqti uchun xisoblangan ish haqidir. Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, voyaga yetmaganlar o‘smir yoshlar, ayollar va boshqalar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar kiradi.



Download 61,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish