Buyuklar muhabbati


“Nozli dildordan ayrildim...”



Download 25.8 Kb.
bet2/2
Sana22.05.2021
Hajmi25.8 Kb.
1   2
“Nozli dildordan ayrildim...” Maxtumquli turkiy xalqlar adabiyotida o’z ovoziga, o’z uslubiga ega bo’lgan zabardast shoirlardan biri sanaladi. Maxtumquli yashagan davr Eron shohi Nodirshohning qonli yurishlari davriga to`g`ri keldi. Eronlik qizilboshlarning bosqinlari turkmanlarning ko`plab shahar va qasabalarini vayronaga ayldantirardi. Maxtumquli bolaligidan ana shunday mudhish, qirg`inbarot kunlarning shohidi bo`lib ulg`aydi. Dastlab qishloq maktabida, keyinchalik Xiva va Buxorodagi madrasalarda tahsil olgan Maxtumquli diniy va dunyoviy ilmlarni puxta o`rgandi. Navoiy, Sa`diy, Rumiy singari buyuk mutafakkirlar ijodini puxta o`rganib, o`zi ham she`rlar bita boshladi. U o`z she`rlarida insoniylikni, mardlikni, axloqiy qadriyatlarni tarannum etdi. Maxtumqulining boshiga tushgan bunday mahzun, alamli kunlar uning asarlari, mungli she`ru g`azallarida ham o`z aksini topgan. Muhabbat bobida ham taqdir buyuk shoirni siylamadi. U o`n etti yoshida o`z qabilasidan bo`lgan Mengli ismli qizni sevib, unga atab ko`plab she`rlar bitgandi. Mengli o`zining husnu malohati, go`zalligi bilan beqiyos dovrug` qozongandi. Uning atrofida girdikapalak bo`lib yurgan yigitlar ko`p, biroq u faqat birgina yigitni, keng yag`rinli, qoraqosh, qorako`z, jingalak sochlari qulog’ining ostidan toshib turadigan o`spirin, yosh shoir Maxtumqulini yoqtirardi. Tez orada ikki yoshning muhabbati shoirning otasi Ozodiyga ham etib boradi. Ota shoir emas, muhabbatni, pok insoniy tuyg`ularni tushunar, qadrlardi. Qizning ota-onasi ham el ichida o`z o`rni, obro`-e`tiboriga ega bo`lgan oila bilan quda bo`lishni orzu qilardi. Qadimiy turkman an`analariga ko`ra, bo`yga etgan qizni ham, yigitni ham tez fursatda boshini qovushtirish zarur. Shu bois, Davlatmamat Ozodiy katta to`yu tomosha bilan o`g`lini sevgilisi Mengliga uylantiradi. Ularning quvonchi eru osmonga sig`masdi. Ammo, zamon yomon edi. Bosqinchi qizilboshlarning hujum qilish ehtimoli har lahza xavf solib turardi. Maxtumquli ish yuzasidan uzoq safarga otlanganda yurtni yog`iy bosdi. Qancha-qancha er yigitlar dushmanning tig`iga uchradi. Yov turkmanning ko`plab gul qizlari, kelinlarini asir qilib olib ketdi. Ular orasida Maxtumqulining sevikli yori Mengli ham bor edi. Maxtumquli yorini izlab ko`p ellarni kezdi. Dard-alamlarini she`rga solib kuyladi. Menglining dardi g`amgin satrlarga ko`chib, she`riyat ixlosmandlarining qalbidan mangu joy oldi. Ammo, Menglidan nom-nishon yo`q edi. Ayrim taxminlarga ko`ra, Menglini qizilboshlar olib ketmagan, balki otasi qizini Maxtumqulidan ko`ra boy, badavlat yigitga uzatib yuborgan. Biroq, boshqa olimlar bu taxminni rad etishadi. Negaki, Maxtumquli o`z qabilasiga, biroq boshqa oilaga kelin bo`lib tushgan sevgilisi, boshqa birovning hasmi haloli haqida bunday o`tli, armonli she`rlar bitmagan bo`lardi. Chunki, bunday holat turkmanlar hayotida uchramaydi. Maxtumquli qayerga bormasin, kimlar bilan ko`rishmasin, sevgi uning qalbidagi tuzalmas yara bo`lib qolaverdi. Bu yoqda esa, otaning umr karvoni so`ng manzilga etib borar, yolg`iz qolgan jigarbandi Maxtumqulining farzandlarini ko`rib o`lishni orzu qilardi. Shu bois, Maxtumquli boshqa bir ayolga uylanadi. Undan ikki farzand – Ibrohim va Sora tug`ildi. Maxtumquli umri davomida dunyoning ko`plab o`lkalarini kezdi, o`qidi, izlandi, ijod qildi. O`zidan betakror asarlar qoldirdi. U 1783 yilda vafot etdi. U tarixda benazir shoir, pok va buyuk qalb egasi, betakror muhabbat sohibi sifatida ham nom qoldirgan.

Makedoniyalik Iskandar Zulqaynar qalbini zabt etgan Samarqand go‘zali. Iskandarning nigohlari Sharqqa qaratilgan edi. U “Sharqiy zaminni” zabt etib, buyuk saltanatga asos solishni orzu qilardi. Sharqqa tomon boshlangan 10 yillik Ellin yurishiga boshchilik qilganida makedoniyalik shoh atigi 22 yoshda edi. O‘n yillik yurishning uch yili Markaziy Osiyo hududlari, Sug‘diyona (Samarqand) va Baqtriyani zabt etish uchun sarflandi. Bugungi kunda nafaqat mutaxassislar, balki Iskandar Zulqaynar hayotiga qiziquvchi barcha qadimiy zamin - Samarqandga kelishga oshiqadi. Bu zamin jahongir Iskandarning Samarqand go‘zali Ravshanakka (lotin tilida Roksana) nisbatan qalbida uyg‘ongan muhabbatiga guvoh bo‘lgan. Ammo bu muhabbat fojiali, yorqin va juda qisqa davom etdi. Juda qiyinchiliklar bilan jabt etilgan, muvaffaqiyatga erishgan Iskandar Zulqarnay qal’aga kirganida Oksiart xonadonidan chiqib kelayotgan qizga ko’zi tushdi- bu oksiartning qizi Ravshanak edi. Ravshanak sharqona husni va latofati bilan Iskandarning aqlini o’g’irladi. Yosh Iskandar uni bir ko’rishda sevib qoldi. Ravshanak asira bo‘lishiga qaramasdan, Iskandar unga uylanishga qaror qildi. Iskandarning harbiy yurishi davomida yozuvchilar, tarixchilar, faylasuflar doimo u bilan birga bo‘lishgan. Ulardan biri, yunon yozuvchisi Arrian shunday yozadi: “Oksiartning qizlaridan birining ismi Roksana (Ravshanak) bo‘lib, u juda go‘zal qiz edi. Jangda ishtirok etganlar uni “biz ko‘rgan ayollar ichida eng go‘zali” deb takrorlashardi. Aleksandr Roksanani bir ko‘rishda sevib qoldi. Unga bo‘lgan muhabbati tufayli, shoh unga kuch bilan erishishdan bosh tortdi va unga uylanishga qaror qildi”. Iskandar va Ravshanak qanday ajoyib juftlik bo‘lishganini tasavvur qiling: qudratli jangchi, shoh va sarkarda hamda sohibjamol Samarqand go‘zali. Yunon rassomi Rotari tomonidan chizilgan “Aleksandr va Roksana to‘yi” nomli asar bugun dunyoga mashhur. Mazkur asar Plutarx hikoyasi asosida chizilgan bo‘lib, rassom Iskandar va Ravshanakning uchrashuvi lahzasini tasvirlagan. Oh-nola qilayotgan xizmatkorlar atrofida yosh Ravshanak sharqona ibo, hayo bilan oshiqu beqaror sarkarda yonida turibdi. Biroq asarda rassom Sug‘diyona go‘zalini emas, balki yunon qizi go‘zalligini tasvirlagan. Sohibjamol Ravshanak “Sharqning asl atirguli” (Plutarx so‘zlari) bo‘lgan. Uning beqiyos go‘zalligi o‘z davrida tillarda doston bo‘lgan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, Ravshanak Iskandarni sevganmi? Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, u Iskandarning qudratidan cho‘chigan. Shu bilan birga, uni xo‘rlanishdan saqlab qolgani uchun ham Iskandardan minnatdor bo‘lgan. Keyinchalik Ravshanak o‘z xatti-harakati bilan uni sevishini va qattiq rashk qilishini isbotlagan... Shunday qilib, Ellada (Yunoniston) va Sharq o‘rtasidagi ittifoq Iskandar va Ravshanak o‘rtasidagi sevgi bilan mustahkamlandi.Iskandar Ravshanak bilan umrining so‘nggi to‘rt yilini birga o‘tkazdi. Taqdir Iskandarning peshonasiga erta vafot etishni yozgan ekan. Butun olamni va ertaklardagi makonlarni zabt etishni orzu qilgan makedoniyalik Iskandar kuchga to‘la 33 yoshida vafot etdi. G‘arbga harbiy yurish qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan shoh, safardan oldin bazmu jamshid uyushtirishni buyurdi. Shoh bir necha kun tinmasdan do‘stlari bilan tunu kun bazm uyushtirdi. Barcha manbalar Iskandarning betob bo‘lishini ushbu bazmdagi mayxo‘rlik bilan bog‘laydi. Shu sababli ular Ravshanak va uning o‘g‘lini qadimiy yunon an’analariga ko‘ra, eng nomard va pastkash usul bilan - xufyona zaharlab o‘ldirishdi. Ularning jasadlarini barchadan yashirib dafn qilishdi. Shu tariqa Iskandar va Ravshanakning muhabbatiga yakun yasaldi.

Yozuvchi qalbidagi xis-tuyg’ularini qog’ozga tushirar ekan buyuk ishqning qanchalik sinovlarga boy ekanligi, qanchalik jasorat va mardonavor kuch kerak ekanligini uqtirgan. Endi oddiy bir savol bilan sizlarga murojaat qilsam? Hozirda bunday samimiy ishqni hech guvohi bo’lganmisiz?. To’g’ri endi odamlar juda dono. Yoshlarimiz iqtidorli, o’ta qobiliyatli bo’lib ketishgan. Ular uchun erishilgan har qanday yutuq go’yoki pillapoyadan ko’tarilgandek ko’tarilaverishsa. Bordiyu yo’llaridagi nafi yo’q narsa uchrasa, uydagi keraksiz bo’lgan stulmi, singan idish tovoq, eskirgan kiyim-kechak, sarg’ayib ketgan gazeta kabi shu zaxoti axlatxonaga olib borib tashlashadi. Lekin xayot aslo pillapoya emas. Hayotni unga qiyoslab bo’lmaydi. Mening fikrimcha hayot ulkan bir daraxt misoli. Uni tomirini esa samimiy va vafodor bo’lgan mexrimiz ila quvvatlaymiz. Muhabbat o‘lim va o‘lim dahshatidan kuchliroqdir. Faqat u, faqat muhabbat bilangina dunyo harakatda va mavjuddir degan ekan I. Turgenev. Avvalombor Mexribon Allohga keyin Vatanga, ota-onaga, yaqinlarimiz va do’stu birodarlarimizga hamda o’z yorimizga bo’lgan muhabbatni asraylik. Unga sobit qolaylik. Ularning baxti uchun, ularni rozi qilish uchun, bizdan faxrlanishlari uchun va birgina tabassumi uchun borimizni beraylik. Himoya qilaylik. Axir biz yuqorida aytib o’tgan buyuk siymolarning avlodlari sufatida Buyuk muhabbatga vafodor bo’laylik. Axir muhabbat bu oliy ne’mat. Va har kim xam sevilib suyulmaydi. Bunga loyiq qilgan Allohimga esa ming shukrlar bo’lsin.
Download 25.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat