“Buyuk Getsbi” romani haqida



Download 65.63 Kb.
bet2/3
Sana31.10.2020
Hajmi65.63 Kb.
1   2   3
Annotatsiya
  • Roman o‘tgan asr 20-yillarining “Amerika orzusi” – jaz, “quruq qonun” va gangsterlar davri haqida. Bu vaqtda Amerikadagi jonli hayot chiroqlari ayniqsa yorqin nur socha boshlagan edi.
  • Buyuk Getsbi – Frensis Fitsjerald bibliografiyasining durdonasi. Ushbu kitob asosida Leonardo di Kaprio bosh rolda o‘ynagan film suratga olindi. Film katta shuhrat qozondi. Chunki u yanada ko‘proq shuhrat qozongan kitobga asoslangan edi.
  • Kitob qahramoni Jey Getsbi o‘zining “Amerika orzusi”ga intilmoqda. Ammo hamma narsa u xohlaganicha ketavermaydi. Unga chinakam baxt keltirishi mumkin bo‘lgan narsa haqiqiy fojiaga aylanadi. Jey bosib o‘tgan uzoq va mashaqqatli yo‘l, uning yo‘lidagi barcha to‘siqlarga qaramay, dahshatli yiqilishga olib keladi. Chunki har birimiz sevgini xohlaymiz – haqiqiy, sof va otashin sevgini. Bu istak esa insonning boshqa intilishlarni yo‘q qilishi mumkin...
    • Tahlil
    • “Buyuk Getsbi” klassika hisoblanadi, chunki nashr etilganidan sakson yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, u hanuzgacha mukammal yozilgan romanlardan biridir. Aslida u hech qachon bugunchalik aktual bo‘lmagan: 20-yillardagi cheksiz ziyofatlar muhiti, jaz davri, taqiqlar… Kitob 2016-yildan oldingi yillardagi O‘zbekiston elitasi haqida juda ko‘p narsalarni eslatadi; ikkalasida ham deyarli hech kim yomon xatolarni hisobga olmaydi, bu ziyofat abadiy davom etadigan va hech kim uning hisobini to‘lashga majbur bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. Afsuski, bu ikki solishtiruvning keyingi xulosasi ham bir hil: bilamizki, oltin parda ortida haqiqatan ham cheksiz yolg‘on va korrupsiya yotgan edi.
    • 1924-yilda Fransiya Riviyerasida “Buyuk Getsbi”ni yozib tugatganidan so‘ng Frensis Skott Fitsjerald asar epilogida yozishicha, u muharririga “Men AQShdagi eng yaxshi romanni yozdim” deb aytgan ekan. U nafaqat buyuk asarni, balki o‘zining ulkan iste’dodi bilan o‘zini o‘zi yaratgan Amerika afsonasining ramzi va mukammal timsoliga aylangan Buyuk Getsbi shaklini yaratdi. U Long-Aylenddan muhtasham qasr sotib olgan sirli Jey Getsbi ismli yigit edi.
    • Uni hech kim tanimasdi, u haqda juda ko‘p qarama-qarshi mish-mishlar tarqalar, uning kelib chiqishi haqida yuzlab taxminlar yurar edi: nemis ayg‘oqchisi, olibsotar, alkogol kontrabandachisi, qotil, shahzoda, mafiya askari, Birinchi jahon urushi qahramonidan tortib iblisning amakivachchasigacha. Ammo “Buyuk Getsbi”dagi eng muhim narsa bu emas. Asar bosh qahramonlaridan biri kamtarin broker Nik Karraueyga ko‘ra, u hech qachon otasining maslahatini unutmagan – boshqalarni ularni tanimasdan turib hukm qilishga shoshilmaslik. Aynan shu narsa asarning eng kuchli postulatlaridan biridir.
    • Biz Nikning nigohi va boshqalar aytgan gaplari orqali asta-sekinlik bilan barcha jumboqlarni aniqlaymiz, oxir-oqibat asar bizga boshida sirli millioner bo‘lib ko‘ringan, har oqshom ko‘rfaz bo‘ylab saylgohning yam-yashil nurini tomosha qilishga qiziquvchi Getsbining asl qiyofasini ochib beradi. Uning uyi yaqinida bir zamonlar u sevgan qiz Deyzi va uning eri, boy oilada tug‘ilishi sababligina boy va imtiyozga ega bo‘lgan shafqatsiz, irqchi va johil Tom yashaydi. Asarni ikkinchi marta qayta o‘qiyotganimda undan zavqlanib, “Buyuk Getsbi” personajlarini bizning zamonga qanday moslashtirish mumkinligini tasavvur qila olmadim. Bosh qahramon bizni davrda nima qilgan bo‘lar edi? U boyligini taqiqlangan alkogol savdosi o‘rniga Rossiyaga meva-sabzavot chiqarish yo‘li bilan toparmidi yoki birorta ishlab chiqarishni monopol qilib olish orqalimi? Uning dushmani Tom, u kim bo‘lar edi? Hokimmi yoki deputat? Qanday bo‘lmasin, Buyuk Getsbini qayta-qayta o‘qish va uni kashf etish kerak.
    • Romanda XX asr 20-yillarning konteksti, odamlarining dunyoqarashi va hashamatlar juda yaxshi tasvirlangan. Unda siz boy va eng qudratli bo‘lsangiz, eng sevimli odam bo‘lishingiz va xohlagan narsaga ega bo‘lishingiz mumkin. Roman haqida salbiy tanqidni shakllantirishga harakat qilish deyarli mumkin emas menimcha.
    • Frensis Fitsjerald bu kitob orqali adabiyotni san’at darajasiga olib chiqdi. San’at – bu yerda – qiyin va chigal voqeani oson o‘qiladigan qilib yozishga erisha olish qobiliyatida. Bu aslida har bir ijodkor ega bo‘lishi kerak bo‘lgan fazilatdir. Fitsjerald bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Roman Getsbining ajoyib mulohazalari, sodda ko‘rinishi, sirli xarizmasini o‘z ichiga oladi. Men asardagi har bir belgi, har bir tuyg‘uni his etaman, go‘yo Getsbining har bir bazmida ishtirok etaman, raqsga tushaman va Deyziga muhabbati tufayli azob chekaman. Men sohildagi yashil chiroqlarni ko‘rdim, sayr qildim, Getsbi atrofidagi yuzaki jamiyat undan nafratlanishidan nafratlandim. Bu klassika! Noyob va tengsiz. Ajoyib roman, juda nozik, shunchalik hissiyotlarga boyki, u yuragingni alg‘ov-dalg‘ov qiladi va iz qoldirib ketadi.
    • Men adabiyot, san’at borasida mutahxassis emasman. Lekin bu asar menga qanday ta’sir qilganini bilaman va har bir sahifada Fitsjerald nimalarga erishganini so‘z bilan yozishga harakat qilaman. “Buyuk Getsbi”ni o‘qishni tavsiya qilmayman, uni o‘qishni talab qilaman! Bu juda keng qamrovli roman emas, uni osongina o‘qish mumkin. Unda ramziy belgilar va kundalik tafsilotlarga to‘la tavsifiy uslub orqali Fitsjerald o‘tgan asrning 20-yillari Amerika elitasi muhitini qayta yaratadi. Roman 1922-yilda, ayniqsa Birinchi jahon urushidan keyin Yevropaning yarmini qarzdor qilib, kapitalning eng katta harakati rivojlangan mamlakat bo‘lgan AQSh uchun iqtisodiy yuksalish davrida yuz beradi. Shafqatsizliklar sharoitida roman qahramonlarining ba’zilari boshqalarga qaraganda boyroq, bunda meros tufayli boyigan odamlar, bankda yoki katta miqdordagi pul harakatlanadigan qonuniy biznesda ishlash orqali boyib ketganlar ham bor. Ushbu ikki dunyoning qarama-qarshiligi asarni o‘qigan sari ravshanlashib boradi. Asardagi buguni bilan yashovchi jamiyat sizni zavqlantiradi, bu jamiyat pul tufayli beqaror bo‘lsa ham.

    • Download 65.63 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
    ma'muriyatiga murojaat qiling

        Bosh sahifa
    davlat universiteti
    ta’lim vazirligi
    O’zbekiston respublikasi
    maxsus ta’lim
    zbekiston respublikasi
    o’rta maxsus
    axborot texnologiyalari
    davlat pedagogika
    nomidagi toshkent
    pedagogika instituti
    guruh talabasi
    texnologiyalari universiteti
    navoiy nomidagi
    samarqand davlat
    toshkent axborot
    nomidagi samarqand
    haqida tushuncha
    toshkent davlat
    ta’limi vazirligi
    xorazmiy nomidagi
    Darsning maqsadi
    vazirligi toshkent
    tashkil etish
    Toshkent davlat
    rivojlantirish vazirligi
    Alisher navoiy
    Ўзбекистон республикаси
    matematika fakulteti
    sinflar uchun
    pedagogika universiteti
    bilan ishlash
    таълим вазирлиги
    Nizomiy nomidagi
    maxsus ta'lim
    o’rta ta’lim
    tibbiyot akademiyasi
    ta'lim vazirligi
    fanlar fakulteti
    kommunikatsiyalarini rivojlantirish
    fanining predmeti
    махсус таълим
    umumiy o’rta
    Referat mavzu
    haqida umumiy
    fizika matematika
    ishlab chiqarish
    Navoiy davlat
    universiteti fizika
    Buxoro davlat
    Fuqarolik jamiyati
    pedagogika fakulteti