Buyuk ajdodlarimiz faxrimiz



Download 69.93 Kb.
Sana18.01.2020
Hajmi69.93 Kb.
BUYUK AJDODLARIMIZ - FAXRIMIZ

Sinf xonasi ulug‘ allomalarimiz suratlari, Alisher Navoiyning hikmatli so‘zlari, ilmli bo‘lishga da'vat etuvchi hadislardan namunalar, shuningdek, turfa gullar, rango-rang sharlar bilan bezatilgan. Mayin kuy taraladi. Sahnaga ikki boshlovchi chiqib kelishadi.



1-boshlovchi: - Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, mehridaryo ustozlaru qadrli o‘quvchilar, davramizga xush kelibsiz!

2-boshlovchi: - Barchangizga ezgu tilaklarimiz yor bo‘lishini tilagan holda «Buyuk ajdodlarimiz - faxrimiz» deya nomlangan badiiy kechamizni boshlaymiz. (Sahnaga o‘qituvchi, o‘quvchilar chiqadilar).

O‘qituvchi: - Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar! O‘tkazilayotgan tadbir tufayli tashrif buyurganlarning barchasiga «Xush kelibsiz!» — deymiz. Bu kun sizning qarshingizda o‘quvchilarimiz o‘zlarining iqtidorini, mahoratini namoyish etadilar. Ular tarixga nazar tashlaydilar. Shu muqaddas zamin - O‘zbekiston deya atalmish jannatmakon diyorda yashab o‘tgan, ilm, fan va madaniyatda, tibbiyot sohasida dovruq qozongan bobolarimiz haqida, yurtimizning mashhur insonlari — ulug‘ ajdodlarimiz haqida so‘zlaydilar. Zero, buyuk adibimiz Abdulla Qodiriy aytganlaridek, «Moziyga qaytish»ning nechog‘li xayrli ekanini shu kechada ishtirok eta turib, e'tirof etamiz. (O‘quvchi qiz va bola jo‘rlikda she'r o‘qiydilar).

- Bayrog‘i bor, gerbi bor,

Serquyosh O‘bekiston.

Madhiyamiz yangragan,

Bu yurtdir go‘zal bo‘ston.

1-o‘quvchi:

- Har sahar yangragan,

Ulug‘ Madhiyam.

Har satri hikmatga,

To‘liq Madhiyam.

2-o‘quvchi:

- Eng go‘zal qo‘shig‘i

Ozod elimning.

Muqaddas Madhiyam,

Qutlug‘ Madhiyam.

O‘quvchilar O‘zbekiston Davlat madhiyasini kuylayshadi. O‘qituvchi (bolalarga murojaat etadi): - Bolalar, biz kimlarning avlodimiz?



O‘quvchilar (jo‘rlikda): - Biz buyuklar avlodimiz. (Mayin kuy ohanglari ohista taraladi. Sahnaga nuroniy kishi siymosida bir o‘quvchi chiqadi). - Bolalarim, men buyuk bobongiz imom Al - Buxoriy bo‘laman. O‘z umrim davomida payg‘ambarimiz hadislarini to‘plab, eng sahihlarini jamlab, yurtdoshlarimga qoldirdim. Siz ham, bolajonlar, ularni o‘qing, o‘rganing. Shuni unutmangki, mukammal fazilat egasi bo‘lishingizda bu pandu nasihatlarga yo‘g‘rilgan hikmatlarni foydasi nihoyatda kattadir. Hozir mening odobli va zukko bolalarim ana shu hadislardan namunalar aytishadi. (Sahnada o‘quvchilar. Ular birin-ketin so‘zlaydilar.)

- Jahli chiqqan vaqtida o‘zini tuta olmagan kishi kuchsizdir.

- Insonalrga berilgan fazilatlardan eng yaxshisi axloqdir.

- Yomon odamlarga yaxshi muomala qilmoq — baloning oldini

olmoqdir.

- Haqiqatni, to‘g‘ri so‘zni tan olmaslik va boshqa kishilarning o‘zidan past hisoblashlik kibrdir. (Sahnaga al-Xorazmiy siymosidagi yana bir o‘quvchi chiqadi).

– Bolajonlarim, men Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy bobongizman. Yoshlikdan matematika ilmini o‘rganishga bel bog‘ladim. Ilk bor o‘z asarlarimda sizga tanish hisoblangan «0»dan «9» gacha bo‘lgan raqamlarni qo‘lladim. Matematika – fanlar shohi. Siz bu fanni puxta o‘rganib olmog‘ingiz lozim. Zero, ilmli insonni barcha qo‘llag‘ay. Ilm olish yo‘lida sizga ulug‘ ajdodlarimiz ruhi yor bo‘lsin.

3-o‘quvchi: – Men yer va osmon jismlarini o‘rgangan buyuk olim Abu Rayhon Beruniy bobongiz bo‘laman. Izlanishlarim samarasi o‘laroq yerning narigi tomonida yana bir qit'aning borligini bashorat qildim. Bu Amerika qit'asi bo‘lib chiqdi. Bundan tashqari yer shakli tasvirlangan ulkan globusni ham yaratdim. Vatanimiz tabiatini o‘rgandim. Bolalarim, ona sayyoramizni, uning tabiatini seving, o‘rganing, asrang, avaylang.

(Buyuk olim so‘zlarini boshlovchilar davom ettirishadi).



1-boshlovchi: – Ulug‘ allomamizning 152 ta asari ma'lum bo‘lib, ularning bizgacha 30 tasigina yetib kelgan. Asarlarining 70 tasi astronomiya, 20 tasi matematika, 12 tasi geografiya va geodeziya, qolganlari mineralogiya, tarix va etnografiya, adabiyot, falsafa, fizika va dorishunoslikka bag‘ishlangan.

2-boshlovchi: – Yer va osmon globusini yaratgan, ko‘plab ilmiy ishlarni amalga oshirgan olimimizni butun jahon tan olgan. Hozirda Beruniy bobomizning ilmiy asarlari oliygohlarda, ilmiy-tadqiqot institutlarida o‘rganilmoqda. (Sahnaga yana allomalarimiz timsolida bolalar chiqishadi).

4-o‘quvchi: – Bolalarim, men buyuk hakim Abu Ali ibn Sino bobongiz bo‘laman. Tibbiyot ilmini rivojlantirishga bor kuchimni sarfladim. Bu yo‘lda o‘zimning «Tib qonunlari» atalmish noyob asarimni sihatsalomatligingizni asrash uchun besh zo‘r tabibimni ham qoldirdim.

Bularning birinchisi, tozalik, ikkinchisi - parhez, uchinchisi - badantarbiya, to‘rtinchisi - mijoz, beshinchisi esa kayfiyatdir.



5-o‘quvchi: – Aziz farzandlarim, men sarkarda bobongiz Amir Temur bo‘laman. Umrim mobaynida qudratli saltanat o‘rnatish yo‘lida jon kuydirdim. Jahongir sifatida Movarounnahrni gullagan diyorga aylantirdim. Bir qarich yer qoldirmay ekin ektirdim. Go‘zal imoratlar, ko‘priklar bunyod etdim. Adolatli shoh bo‘lishga, elimni baxt-saodatga erishishiga harakat qildim. Bir umr «Kuch – adolatda!», «Vatanni muqaddas bil!» shiorlariga amal qildim.

6-o‘quvchi (Alisher Navoiy siymosida): – Bolalarim, men sizga

ko‘plab ruboiy, g‘azal, tuyuq, qit'a va besh dostonni jamlagan «Xamsa» kabi merosimni qoldirdim. Jonajon tilimizni saqlab qolishga, harakat qildim. Quyida hikmatlarimdan tinglang:

— Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur,

Qatra-qatra yig‘ilib, daryo bo‘lur.

— Bilmaganin so‘rab o‘rgangan olim,

Orlanib so‘ramagan, o‘ziga zolim.

(Bir o‘quvchi T.Adashboyevning «Navoiy bobomlar» she'rini ifodali o‘qiydi).

— Hirot tuprog‘ida voyaga yetgan,

«Qush tili» yo‘llarini munavvar etgan,

Yillar to‘zonidan sog‘-omon o‘tgan,

Navoiy bobomlar, buyuk odamlar.

«Xamsa»si ko‘nglimni shamday yoritgan,

Tilimizni ko‘rkam, boy etgan.

Mag‘ribu Mashriq ham iftixor etgan,

Alisher bobomlar, qutlug‘ bobomlar.

Dostonlari chiqmagay yoddan,

So‘rang Majnun, Qaysdan, Farhoddan,

Layli, Shirin, qaddi Shamshoddan.

Navoiy bobomlar, buyuk odamlar.

1-boshlovchi: – Donolarning donosi bo‘lgan buyuk ajdodlarimiz fan va madaniyat sohasida olamshumul ishlarni amalga oshirib, bizga ulkan meros qoldirganlar.

7-o‘quvchi: – Bugun oliygohlar-u, katta shaharlar, chiroyli xiyobonlar, kutubxonalar ular nomi bilan ataladi.

(Kichik sahna ko‘rinishi ijro etiladi). Mir Alisher bobomiz ijod bilan

mashg‘ul. Shu choq uning oldiga bir xasta kishi kelib, o‘zining salomatligi yomonlashganidan shikoyat qiladi va deydi: – Mavlono, siz ko‘pni ko‘rgan, dono odamsiz, benazir shoirsiz, adolatparvarsiz, ammo tabiblikdan ham xabaringiz bo‘lganda edi, menxastaga shifo ulashgan bo‘lur edingiz.

Alisher Navoiy unga qarab deydi:

– Aslo ruhingizni cho‘ktirmang, sizga qo‘limdan kelgancha yordam

beraman. Qayeringiz og‘riydi? Qani, ayting-chi?

– O‘zim ham bilmayman, lekin hamma joyim qaqshab og‘riydi. Navoiy unga quyidagi maslahatni beradi:

– Har kuni ertalab yer chopib, qolgan paytlarda o‘zingizni kasbingizni qiling, inshoolloh tezda tuzalib ketasiz. Oradan bir necha kun o‘tgach, haligi bemor ruhan tetik, shodon qiyofada shoir huzuriga keladi va deydi:

– Meni tanidingizmi, taqsir?

– Tanishga tanidimu, ammo salomatligingiz qalay?

– Otdayman. Siz zo‘r tabib ekansiz. Sizning aytganlaringizni qilib darddan tamomila xalos bo‘ldim. Alisher Navoiy unga mamnun

qiyofada kulib, qarab qo‘yadi.

2-boshlovchi: – Ana ko‘rdingizmi, bolajonlar, bobomiz inson salomatligida mehnatning roli nechog‘li katta ekanligini juda yaxshi bilganlar. Demak, mehnat insonlar uchun sihat-salomatlik va baxtsaodat kalitidir.

1-boshlovchi: – Aziz o‘quvchilar, hazrat Navoiy bobomiz o‘zining sermazmun umrlari davomida nafaqat nazmiy, balki nasriy asarlar ham yozib, xamsachilikda mukammal besh doston yaratganlarki, ular adabiyotimizning noyob va bebaho boyligi hisoblanur. (Sahnaga qo‘llarida kitoblar tutgan o‘quvchilar chiqadi).

1-o‘quvchi: – «Xamsa» asli beshlik degan ma'noni anglatadi. U besh mustaqil dostondan tashkil topgan bo‘ladi.

«Hayrat-ul – Abror»,



— ta'limiy-axloqiy, falsafiy doston bo‘lib, Navoiy xamsasining birinchi dostonidur.

2-o‘quvchi: – «Farhod va Shirin» «Xamsa»ning ikkinchi dostoni. Bu doston orqali shoir sof sevgi va insoniy fazilatlarni bayon etadi.

3-o‘quvchi: – «Xamsa»ning uchinchi dostoni «Layli va Majnun» deya nomlanadi.

4-o‘quvchi: – To‘rtinchi doston «Sabba'i Sayyor» deya atalib, unda shoh Bahrom va malika Diloromlar taqdiri hikoya qilinadi.

5-o‘quvchi: – «Saddi Iskandariy» – «Xamsa»ning eng so‘nggi dostonidir. Unda yurt osoyishtaligi, el tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida jon kuydiruvchi odil shohlar talqin etiladi. O‘quvchilar birin-ketin Navoiy asarlaridan namunalar o‘qiydilar. Shuningdek, ulug‘ mutafakkirning odobu axloqqa doir hadislaridan ham namunalar keltiradilar. Tadbir yakunida o‘qituvchi tomonidan yana bir bor buyuk insonlar, ularning faoliyatiga to‘xtalib o‘tiladi.

Mazkur tadbir orqali o‘quvchilar ajdodlarimiz haqida, ular qoldirgan buyuk meros va uning bugungi kundagi ahamiyati bilan tanishishga muvaffaq bo‘ladilar. Bolalarda buyuk siymolar, tarixiy shaxslarga nisbatan hurmat uyg‘onadi. Shuningdek, mazkur tadbir orqali Vatanni sevish, unga munosib farzand bo‘lish, buning uchun a'lo baholarga o‘qish, odob-axloqli bo‘lish kabi tarbiyaviy jihatlar ular ongiga mustahkam singdiriladi.
Download 69.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat