Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


 Biogaz qurulmalarining texnologik sxemalari, tuzulishi, ishlash



Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/52
Sana28.08.2021
Hajmi0.79 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
1.2. Biogaz qurulmalarining texnologik sxemalari, tuzulishi, ishlash

tamoillari, kamchiligi va afzalliklari.

Dunyoda keng tarqalgan biogaz qurilmalari xom-ashyoni yuklash

usullari biogazni yig’ish usuli, qurilmaning qanday materialdan yasalganligi,

reaktorning gorizontal yoki vertikal jaylashganligi, yer ustida yoki yer ostida

jaylashtirilishi hamda qo’shimcha qurilmalarni qo’llash usullariga ko’ra

farqlanadi.

Xom-ashyoni yuklash usuliga ko’ra 2 turdagi biogaz qurilmalari

mavjud: 1-davriy (bo’laklab) yuklash qurilmasi xom-ashyodan to’ldiriladi,

ma’lum vaqt davomida qayta ishlangandan so’ng bo’shatiladi. Bunday turdagi

yuklash usuli istalgan turdagi tuzilishli qurilma va istalgan  xom-ashyo uchun

mos keladi. Bunday qurilmalar ish jarayonining nostabilligi bilan ajratib turadi.

2-uzluksiz yuklab turiladigan qurilmalarda har kuni xom-ashyoning oz qismi

yuklab turiladi. Yangi xom-ashyo yuklanayotgan vaqtda, shuncha miqdordagi

qayta ishlangan shlam (quyqum, qoldiq) bo’shatiladi. Bunday qurilmalarda

ishlov beriladigan xom-ashyo suyuq va bir jinsli bo’lishi lozim. Bunday

qurilmada gaz ishlab chiqarish stabil va davriy ishlaydigan qurilmaga nisbatan

olinadigan biogaz hajmining miqdori ham ancha yuqori. Rivojlangan davlatlarda

qurilayotgan biogaz qurilmalarining barchasi uzluksiz  tartibda ishlaydi.

Biogaz qurilmasining tashqi ko’rinishi biogaz yig’ish usulini tanlashga

bog’liq. Balonli qurilmalar ichida reaktor va gazgolder joylashtirilgan rezina qop

(balon) yoki termik jihatdan chidamli bo’lgan plastik qopga o’xshaydi. Xom-

ashyoni yuklash va bo’shatish quvurlari to’g’ridan-to’g’ri reaktorning plastik

devoriga mahkamlanadi.

Gazning bosimi qopning cho’ziluvchanligi va qopga solingan

qo’shimcha yuk hisobiga yetarli qiymatga erishiladi.

Bunday qurilmaning afzal jihati tannarxining arzonligi, ko’chirishga

qulayligi, tuzilishining oddiyligi, bijg’itish temperaturasining yuqoriligi,

reaktorni tozalashning oddiyligi, xom-ashyoni yuklash va bo’shatishning ham

oddiyligidadir. Kamchiligi esa ishlatish vaqtining kamligi, (2-5 yil), tashqi



15

ta’sirlarga yuqori sezuvchanlgi, qo’shimcha ish joyi yaratish imkonining

kamligidadir [7,9].

Balonli qurilmalarga misol sifatida plastik bilan yopiladigan va quyosh

nurlarining to’g’ridan-to’g’ri tushishidan himoyalangan kanal tipidagi

qurilmani qarash mumkin.  Bunday turdagi qurilmalar rivojlangan

mamlakatlarda, ayniqsa oqova suvlarini qayta ishlashda qo’llaniladi. Yuqori

qismi yumshoq materialdan yasalgan qurilmalar reaktorning rezina qobig’i

shikastlanishining kichik ehtimolligi yuzaga kelganda va atrofning

temperaturasi yetarlicha bo’lganda tavsiya etiladi.

Qotirilgan gumbazli qurilmalar usti yopiq, gumbazsimon reaktor va

kompensatsiyalovchi sifatida ma’lum bo’lgan bo’shatish idishidan tashkil

topgan. Gaz reaktorining yuqori qismi–gumbazda yig’iladi. Navbatdagi yangi

xom-ashyo yuklanayotganda ishlatilgan xom-ashyo kompensatsiyalovchi

idishga itarib chiqariladi. Gazning bosimi ortishi bilan bu idishdagi qayta

ishlangan xom ashyo sathi ham ortib boradi[10].

Maishiy jihozlarda gazdan foydalanish gaz bosimining o’zgarishi

natijada qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Gorelka va boshqa maishiy jihozlarni

optimal ishga sozlash mumkin emas. Agar gaz bosimini doimiy saqlash talab

qilinsa, reaktorda bosimni boshqarish qurilmasini o’rnatish yoki boshqa

konstruksiyali qurilmani tanlash tavsiya qilinadi [11].

Qotirilgan gumbazli reaktorlar odatda g’isht yoki betondan yasalgan

idish ko’rinishida bo’ladi. Bunday qurulmalar ichki bosimni saqlash (0,15

kg/sm


2

 gacha) maqsadida gaz bilan to’ldirilgan sathigacha tuproqqa ko’miladi.

Iqtisodiy sabablarga ko’ra, tavsiya qilinadigan minimal o’lchami 5m

3

,



reaktorining hajmi 200m

3

gacha bo’lgan qurulmalar ma’lum.



Qotirilgan gumbazni qurilmaning yuqori qismi (gaz yig’iladigan qismi)

gazgolder deb ataladi va u germetik mahkamlangan bo’lishi lozim. G’isht va

beton germetik emas, shu sababli qurilmaning shu qismi gazni o’tkazmaydigan

modda qatlami bilan qoplanishi lozim (lateks, sintetik buyoq). Gazgolderda

yoriqlar paydo bo’lishi xavfini kamaytirish reaktor g’ishtini qurishda bo’sh



16

xalqani qoldirishdir. Bunday halqa qurilmaning pastki (suv o’tkazmaydigan) va

ustki (gaz o’tkazmaydigan) qismlari orasidagi elastik bog’ bo’lib hisoblanadi.

Suzuvchi gumbazli qurilmalar odatda yer osti reaktori va qurilma

gazgolderdan tashkil  topgan. Gazgolder yoki xom-ashyoda yoki maxsus suvli

idishda suzib turadi. Gaz bosimiga ko’ra ko’tarilib yoki tushib turadigan

gazgolderda yig’iladi. U yiqilib ketmasligi uchun maxsus ramka bilan ushlab

turiladi. Agar maxsus suvli idishda suzsa, yiqilmaydi.

Bunday qurilmalarning afzal tomonlari kunlik jarayonlarning yengilligi,

gaz hajmini gazgolder ko’tarilgan balandlikka nisbatan aniqlashning

osonligidadir. Gaz bosimi doimiy bo’lib, gazgolderning og’irligi bilan

belgilanadi. Suzuvchi gumbazli qurilmalarni yasash qiyinchilik tug’dirmaydi

va yo’l qo’yilgan xatoliklar gaz olishda katta muammolarni yuzaga

keltirmaydi. Bunday qurilmalarning kamchiligi po’lat reaktor tan narxining

yuqoriligi va temirning korroziyaga moyilligida hisoblanadi. Shu sababli,

suzuvchi gumbazli qurilmalar qotirilgan gumbazli qurilmaga ko’ra kam xizmat

qiladi [12].

Avvallari suzuvchi gumbazli qurilmalar asosan Hindistonda qurilgan.

Bunday qurilmalar slindrik  yoki gumbazsimon shakldagi g’ishtli yoki beton

reaktordan va suzuvchi gazgolderdan iborat.

Gazgolder maxsus suvli idishda yoki to’g’ridan-to’g’ri xom-ashyoda

suzadi hamda uning vertikal holatini saqlashga va stabilligini ta’minlashga

xizmat qiluvchi ichki yoki tashqi ramaga ega. Biogaz ishlab chiqarilayotganda

gazgolder yuqoriroqqa suzib chiqadi. Gaz ishlatilgach  esa pastga tushadi.

Bunday qurulmalar asosan go’ngni, organik chiqindilarni doimiy, yani sutkalik

yuklash tartibida qayta ishlashda qo’llaniladi. Ular ko’pincha o’rtacha

kattalikdagi fermalarda (reaktor 5-15 m

3

) yoki yirik agroindustrial komplekslar



(reaktor 20-100m

3

)da qo’llaniladi.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat