Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 7,69 Mb.
bet1/3
Sana08.02.2017
Hajmi7,69 Mb.
#2062
  1   2   3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
« SAN’AT» KAFEDRASI

5140900 – Kasbiy ta’lim (5211200–Amaliy san’at)

ta’lim yo’nalishi bo`yicha bakalavr

darajasini olish uchun

Комилов Анвар Косимовичнинг



BITIRUV MALAKAVIY ISH
Mavzu: Kasb-hunar kollej amaliy san`at darslarida ko’rgazma tayyorlash.

Ilmiy rahbar: o’qituvchi А. S. Musinovа
Taqrizchi:


Kafedra mudiri: B.Madrimov
Fakultet dekani: p.f.d.prof.Sh.R.Barotov

Buxoro- 2014 y.

Mavzu: “Kasb-hunar kollej amaliy san`at darslarida ko’rgazma tayyorlash”.

Reja:

Kirish.

I BOB.

1.1 Amaliy san`at

1.2. O`zbekiston san`ati va madaniyati tarixini o`qitilish jarayonida milliy istiqlol g’oyasi

1.3. «Amaliy san’at »fanini o’qitishdan maqsad va vazifalar

1.4. Tasviriy san’atni tabaqalashtirib o’qitishda amaliy san’at o’qituvchisining o’rni.

II BOB.

2.1. O’zbekiston xalq amaliy san’ati

2.2 O’rta Osiyoda ustoz va shogird an’analari asosida kadrlar tayyorlash tarixidan.

2.3. O`quv tarbiyaviy tadbirlarni tashkil va uni o`tkazish metodikasi.

Xulosa

Ilovalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z milliy tili, madaniyati, qadriyatlari, tarixini bilishga, o‘zligini anglashga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, «O‘zbekiston tarixi»ni haqqoniy yoritishga alohida e’tibor berila boshlandi. Haqqoniy deb aytishimizga sabab «sobiq sho‘rolar» davrida bir necha yuz ming yillik tariximiz buyuk ajdodlarimiz hayoti faqat o‘sha davr mafkurasi ruhida salbiy jihatdan yoritilib, uning asl mohiyati “soya” ostiga olingan edi.Birgina jadidlar davriga nazar tashlasak, xalqimiz ma’rifati, madaniyati va ma’naviyati uchun ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz: Avloniy, Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi o‘nlab ziyolilar o‘sha davr mafkurasi nuqtai nazaridan qoralanib, qatag‘on qilindi hamda turli yurtlarga surgunga yuborildi.Mustaqillik sharofati bilan bunday ajdodlarimiz nomi tom ma’noda qayta tiklandi. Hozirgi kunga kelib, tariximizni haqqoniy yoritishimizga keng imkoniyatlar ochildi. Bu borada yurtboshimizning shaxsan tashabbuslari, fikr va g‘oyalari bilan ko‘rsatayotgan e’tibori ayniqsa, diqqatga sazovordir. Yurtboshimiz tomonidan 1991-yilni buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy nomi bilan atalishi, 1994-yilning Mirzo Ulug‘bek, 1996-yilning Amir Temur yili deb nomlanishi, bu borada olib borilgan ma’naviy va ma’rifiy ishlar fikrimizning yaqqol dalilidir.1993-yilda yurtboshimiz I.A.Karimov bir guruh ijtimoiy-gumanitar fan vakillarii bilan bo‘lgan uchrashuvda tariximizni, o‘zligimizni kayta tiklash borasida o‘z ko‘rsatmalarini berdi. Yurtboshimiz bu boradagi o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. 1997-yilda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va 1998-yilda tarixchi olimlar bilan bo‘lgan uchrashuvda shu sohadagi kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berishga, «o‘zbek davlatchiligi tarixini» yanada chuqurroq o‘rganish borasida bir qator ko‘rsatmalarini berdilar.

Yurtboshimizning 1998-yilda chop etilgan «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli asarida: «O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi» - degan isbot talab qilmaydigan haqiqatni «davlat siyosati darajasiga ko‘tarish zarurligi»ni ta’kidlaydilar.

«Inson uchun tarixidan judo bo‘lish - hayotdan judo bo‘lish demakdir». Zero, tarix xalq ma’naviyatining asosidir. Bugungi kunda bizning tariximizdan xabardor bo‘lgan xalqlar va davlatlar naqadar buyuk tarixga ega ekanligimizga yana bir bor ishonch hosil qilishmoqda.

Prezidentimiz: «Modomiki, o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo‘lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur» - deb ta’kidlaydi. Yurtboshimizning nafaqat tarixiy, balki boshqa ko‘plab asarlari jamiyatimizning bir qator sohalari rivojida ham muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.Mamlakatimiz siyosatida komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi - deb e’lon qilingan. “Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”- deb ta’kidlaydilar. Bir so‘z bilan aytganda haqqoniy tarixni yaratish keng jamoatchiligimiz uchun muhim va dolzarb masaladir. Bu borada Prezidentimiz asarlari uslubiy qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda.Respublikamizning kelajakda buyuk mamlakatga aylanishi, jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qo‘shilishida xalqimiz madaniyati, ma’rifati, san’ati va ma’naviyatining o‘rni beqiyosdir. Xalqimizning ma’naviyati va madaniyatini boyitishda tasviriy sanatning o‘rni katta. Xozirgi davrda har sohada bo‘lgani kabi tasviriy san’atda ham katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda.

Tasviriy san’at mashg‘ulotlari xozirgi kunda umumta’lim maktablari, kasb – hunar kollejlari va oliygoh talabalari pedagogik faoliyati va badiiy ijodkorligini o‘stirishda katta ahamiyatga ega. Bo‘lajak rassom yoki tasviriy san’at fani o‘qituvchisi tasviriy sang’atning ifoda vositalari haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo‘lishi, turli badiiy materiallarning xususiyatlari va ularning foydalanish yo‘llarnini mukammal egallashi kerak bo‘ladi. O‘qituvchi qalam va bo‘yoqlar bilan tasvirni bajarish malakasi bilan birgalikda, shu sohada nazariy va amaliy bilimlarni o‘quvchilarga yetkaza olishi ham zarur. Buning uchun rangtasvir haqidagi nazariy va amaliy, metodik ma’lumotlarni oliygohda bilim olish jarayonida va o‘quv amaliyotlarida mukammal egallab olishi kerak bo‘ladi.Oddiy geometrik jismlardan tashkil topgan natyurmortdan boshlab vazifalarni metodik izchillik bilan murakkablashtirib borish, shakli, tuzilishi va materiali har xil bo‘lgan bir qator buyumlardan iborat natyurmortlar tuzib, ularni tasvirlash rassomchilik sirlarini o‘rgatishda ishonchli va sinalgan yo‘ldir.

Respublika hukumati tomonidan yaratilgan va butun xalq ta`limi tizimini tubdan isloh qilish maqsadida 1997-yili “Ta`lim to’g’risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur qabul qilindi. Unda “O‘zbekiston Respublikasining ta`lim sohasidagi siyosatini, umuminsoniy qadriyatlar, xalqning tarixiy tajribasi, madaniyat va fan bobidagi ko‘p asrlik ananalar, jamiyatning istiqbolidagi rivojlanishni hisobga olgan holda yurgiziladi” - deyilgan.

I BOB.

1.1. Amaliy san`at

San’at turlari ichida eng qadimiysi amaliy san’at xisoblanadi. Inson dunyoga kelibdiki yashash uchun kurashib keladi.U o’zini dastlab tabiat injiqliklaridan saqlashga, kunning issiq va sovug’iga moslashishga harakat qilib shunga loyiq zaruriy moslamalar topishga intildi. Tevarak atrofidagi hayvonot olamidan o’zini saqlash uchun yog’och, toshlardan foydalanib qurol yasashga kirishdi. Albatta bu moslama va qurollar dastlabki paytlarda insonning jismoniy harakati natijasida yuzaga kelgan, lekin asta inson tajribasi ortib borishi natijasida bu kurol va moslamalar inson xissiyotlari bilan boyib borgan, uning turlari ortgan. Bugungi kunda amaliy san’at iborasi keng ma’noga ega bo’lib bular - kundalik turmushda ishlatiladigan turli uy anjomlar, mexnat, ov , jang qurollari, mebel, gilamlar, so’zanalar, turli matolar va x.k. - xullas odamlar kundalik shaxsiy va ijtimoiy turmushida amalda ishlatiladigan jamiki bor buyumlar san’atning shu turiga birlashtiriladi.Ko’rinib turganidek, inson ishlatadigan buyumlar juda ko’p. Va shu har bir buyum o’zining ishlatilish o’rningga qarab amaliy san’atning ma’lum yo’nalishini belgilaydi. Masalan, qurolsozlik, pichoqchilik, kulolchilik, naqqoshlik, zargarlik va x.k. Amaliy san’at asarlari o’z yo’nalishi va turlari na faqat ishlatilish mazmuniga qarab, balki shu buyumni qanday ishlanishiga qarab ham nomlanadi, masalan, o’ymakorlik, kandakorlik, intarsiya, to’qimachilik, matoga gul bosish(naboyka) va x.k.

Amaliy san’at asarlari faqat amaliy ahamiyatga ega bo’lib qolmay ular insonning ma’naviy olamining ajralmas qismi xisoblanadi. Amaliy san’at asarlari har doim ham amalda ishlatilmasligi mumkin,soddaroq gapirganda, amaliy ahamiyatga ega bo’lmasligi, masalan xona devoriga ishlangan naqsh, ko’za yuzasiga ishlangan rasm.Mazkur naqsh yoki rasm bo’lmasa ham idish ishlatilishi, xonadan foydalanish mumkin.Lekin mavjud rasm va naqsh xona va buyumga nafosat kiritib kishi ko’ziga quvonch baxsh etadi. Shuning uchun ham amaliy san’at bevosita bezak san’ati tarkibida bo’lib uni amaliy bezak san’ati deb ham yuritiladi. Shundan xulosa chiqarib aytish mumkinki, amaliy san’at asarlari bir tomonda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan va kundalik turmushda bevosita inson ixtiyojlari uchun zarur bo’lgan buyumlar kirsa , ikkinchi tomondan bezatish vazifasini bajarishga qaratilgan va insonning ma’naviy ruxiy ixtiyojlariga ta’sir etadigan turiga ajratish mumkin. Inson o’z faoliyati davomida ishlatadigan buyumlarning hammasi ham amaliy bezak san’atiga aloqasi bo’lmasligi mumkin, lekin shu buyumga inson mexrini singdirilishi, rassom mexnati, hatti harakati tufayli uning badiiy qiymati ortishi mumkin, masalan turli liboslar, taqinchoqlar va x.k.

Amaliy bezak san’ati o’zining ishlatish o’rni va mazmuniga qarab soxalarga ajralishdan tashqari, u qaysi materialdan ishlanganligiga qarab ham, masalan,sopol(keramika, metall. yog’och,mato va x.k.) yoki ishlash uslubiga ko’ra o’ymakorlik, kandakorlik, quyish san’ati, gul bosish san’ati, qadama(intarsiya), to’qimachilik, va x.k. deb nomlanishi mumkin.

Bunday atamalar 19 asrning ikkinchi yarmidan ilmiy adabiyotlarda ishlatila boshlangan. Amaliy bezak san’ati asarlari davrning moddiy madaniyati, odamlarning turmush tarzi, milliy etnik xususiyatlari, ijtimoiy iqtisodiy va sinfiy farqlari bilan uzviy bog’liq xolda mavjud bo’ladi. Ular inson yashaydigan badiiy siyosiy muhitni tashkil etib insonlarning ruxiyatiga tasir etadi, ularnig borliqqa bo’lgan munosabatini bildiradi. Amaliy san’at buyumlari inson yashaydigan muhitni badiiylashtirib me’moriy-fazoviy kenglikni tashkil etidi va bu muhit o’z navbatida insonni ham o’z domiga tortib yaxlit badiy obraz yaratadi. Undagi buyumlar shu muhitda idrok etilib davr mazmunini anglatadi,xis etishga ko’maklashadi. Shuning uchun buyumlar ham davr bilan hamnafas bo’lib boradi va undan ajralmaydi. Shu o’rinda 19,20 va nixoyat 21 asr muhitini bir taqqoslab ko’raylik. 19 asr ko’chalaridagi faytun aravalar, ko’chalarda yonib turgan fonuslar va shu ko’chada yurib borayotgan odamlarni bugungi kun bilan solishtirsak unda odamlarning kiyimi ham, buyumi ham , ko’cha kuydagi me’moriy bezak va qurilmalar ham bir biridan keskin farqlanishini ko’ramiz. Xonalarga qo’yilgan mebel , idish tovoqlar, gilam va palaklarni bugungi kunning buyumlaridan o’zining tuzilishi rangi va tanlangan ashyolari bilan ham farqlanib turadi. Shuning uchun ham amaliy san’at asarlarining g’oyaviy badiiy echimini davr bilan, inson akl zakovatining kuchi bilan belgilanadi.

Amaliy san’at asarlarida ko’pincha badiiy asar uchun tanlangan ashyoning qiymati va torilgan shaklning mazmunga mosligi muhim o’rinni egallaydi. Bu jihatdan u me’morlikka o’xshab ketadi. Masalan bezak bermasdan ishlangan sopol-terrrakota,shisha, billur, oltin, ko’mish, qimmatbaxo tosh va yog’ochlar.

Ularning badiiy qiymati fakturasi, topilgan shaklning betakrorligi yoki undagi shakllar o’yining o’ziga xosligi va ashyoga ishlov berish mahorati x .k. buyumning qiymatini belgilaydi hamda uning badiiy obrazini yaratadi. Shunday qilib, ashyolar va shakllar amaliy bezak san’atida ifoda va tasvir vositasi rolini o’ynaydi. Amaliy san’at asarlaridagi badiiy obraz ta’sirchanligi va emostional tomoni yaratilgan buyumlarga tabiat shakllariga o’xshaydigan ko’rinishlar berish orqali ham , masalan buyum shaklini gul, barg,qush, hayvon, odam yoki ularning bo’laklarini eslatuvchi shakllar orqali kuchaytirilishi mumkin. Natijada oddiy kundalik turmushda qo’llashga mo’ljallangan buyum badiiy asarga aylanib uning qiymati ortadi. Albatta bunda ishlov berishda meyor, san’atkorning did-nafosati, ishlangan buyumning shaklining mazmuniga mosligi muhim o’rinni egallaydi. Masalan ovqatlanish uchun ishlatiladigan buyumlar shakli, o’lcham va nisbatlarining qulay, maqsadga muofiq va xafsiz bo’lishi bilan birga foydalangandi ko’ngilni rajitmaydigan, ishtaxani buzmaydigan bo’lishi lozim. Hayvonlar, ularning bo’laklari ishlatilgan buyumlar, masalan mushuk,kuchuk,maymun va x.k. ba’zan ustalar ishida (jaxon xalqlari amaliy san’atida)uchrab turadi. Bu, albatta, foydalanuvchi va usta- yaratuvchining didi, e’tiqodibilan bog’liq.

Amaliy san’atning ta’sirchanligini oshirish va bezak berishda ranglar, ularning o’zaro nisbati - och-to’qligi, nozik tuslanish va bir biri bilan kirishish va qorishi xususiyatlari, turli naqshlar va tasviriy san’at (rassomlik va haykaltaroshlik), ularning qismlaridan foydalanish mumkin. Tasviriy san’at va naqsh unsurlari amaliy san’at asarlarining bezak berish jarayonida ishtirok etish bilan birga yaratilgan buyumning shakliga singib ketishi mumkin. Masalan olmaxon shaklidagi ko’za bandi , sher oyoqlariga o’xshash stul oyog’i, olmaga yoki nok shaklidagi guldon naqshga o’xshash to’siq, darvoza qismlari va x.k. Shulardan ko’rinib turibdiki, amaliy san’at buyumlari sintetik harakterga ega bo’lib o’zida turli san’at uslub va qarashlari birlashmasida xosil bo’ladi va uning qiymatini belgilaydi. Jamiyat taraqqiyoti, inson aql zakovati, fan va texnika yutuqlari amaliy san’at asarlarida mujassamlashib boradi va davr moxiyatini o’zida namoyon etib boradi. Buni amaliy san’at tarixi rivojida ham ko’rsa bo’ladi.

Amaliy bezak san’ati iborasi darrov paydo bo’lmagan. Dastlab insonni o’rab turgan narsalar badiiy estetik ahamiyatga ega deb qaralmagan.Uyg’onish davriga kelib odamlarning oddiy buyumlarga e’tibori o’zgarib borgan. Bunga sabab qadimgi dunyo tarixiga, turmush tarziga e’tiborning ortib borishi bo’lgan. Ayniqsa antik dunyoga e’tiqodning paydo bo’lishi bu qarashlarni rivojlantirgan. Inson yashaydiga muhit, uning turar joy, xonasi antik san’atning boshqa san’at turlari sifatida etirof etila boshlagan. Arxeologik ishlar natijasida topilgan ashyoviy dalillar shuni ko’rsatadiki, inson juda erta estetik ahamiyatga ega bo’lgan buyumlar yaratishga kirishgan. U amaliy axamiyatga ega bo’lgan buyumlar bilan bir qatorda zeb ziynat buyumlarga qiziqib qaragan. Tevarak atrofini saramjon sarishta va go’zal bo’lishi uchun turli shakl o’ylab topgan, ranglardan foydalangan. Bu san’at bugungi kunda ham xalq san’atida o’z davomini topgan.

1.2. O`zbekiston san`ati va madaniyati tarixini o`qitilish jarayonida milliy istiqlol g’oyasi

Talabalar ongi va qalbiga milliy istiqlol qoyasini singdirish muammosi ta`lim - tarbiya jarayonida samarali usul va vositalardan foydalanishni taqozo etadi. Talabalar ongi va qalbiga milliy istiqlol qoyasini singdirish ta`lim muassasalaridagi barcha o`quv fanlarining vazifasi sanaladi.Bu boradagi manaviy - ma`rifiy ishlar keng ko`lamda olib borilib, ta`lim - tarbiya jarayonining barchà jabqalarida asosiy o`rinni egallashi lozim.

Xususan, O`zbekiston san`ati va madaniyati tarixini o`qitilishida bu vazifa talabalarda Vatan tuyqusini shakllantirish, uning tabiatga mexr - muxabbat uyqotish, o`lkamiz boyliklarini avaylab, tabiatdagi o`simliklar va qayvonlarga nisbatan ongli va to`qri munosabatni tarkib toptirish, ularning ekologik madaniyatni yuksaltirishdan iborat.

O`zbekiston san`ati va madaniyati tarixini o`qitilish jarayonida talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruqida tarbiyalash qam o`rganilayotgan mavzu mazmuniga qarab xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma`naviy boyliklari, ustoz va shogird an`analari, ajdodlarimizning tarixiy merosidan foydalanish muqim aqamiyat kasb etadi.

Shu o`rinda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nimalar kiradi, - degan savol tuqilishi tabiiy. Milliy qadriyatlar qar bir xalq, millat va elatlarning o`z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratgan va yaratadigan barcha moddiy va ma`naviy boyliklari, urf - odatlari, marosimlari, bayramlari va millatlarning o`zligini belgilaydigan o`ziga xos tamoyillari yiqindisidan iboratdir. Bu o`ziga xoslik moddiy, ma`naviy, ijtimoiy, oilaviy qayot turmush tarzida namoyon bo`ladi.Bundan tashqari, xalq amaliy san`ati, xalq o`yinlari, rasm - rusmlari, urf - odatlari, marosimlari qam milliy qadriyatlarga kiradi.

O`zbekiston san`ati va madaniyati tarixini o`qitilishida talabalarni milliy qadriyatlar ruqida tarbiyalash uchun auditoriya, mustaqil ta`lim mashqulotlari qamda ma`naviy - ma`rifiy mavzusiga boqliq qolda mamlakatimizning san`at ko`rgazmalar zali, muzeyi, galereyasiga ekskursiyalar,ulardan oqilona foydalanish borasida olib borilaytganishlar, respublikamizning iqtisodiy, siyosiy, ququqiy, ijtimoiy rivojlanish tamoyillari, san`at va madaniyat rivojiga xissa qo`shgan rassomlarning badiiy meroslari, tasviriy va amaliy san`atga oid traktatlar va maqolalardan foydalanish, Respublikamizdagi mavjud san`at muzeylarida saqlanayotgan noyob durdonalarni o`rganish, o`tkazilayotgan san`at bayrami kabi tadbirlarga milliy ruq kiritish tavsiya etiladi.



1.3. «Amaliy san’at »fanini o’qitishdan maqsad va vazifalar

- Amaliy san’at faninitashkilqilish,uning mazmuni, naqqoshlikda turli kompozistiyalar tuzish usullari, ularga qo’yiladigan talablar bilan tanishtirish;

- Amaliy san’at fanida ishlatiladigan materiallar va asbob-uskunalar, ularni ishga tayyorlashni o’rgatish;

- talabalarga oddiydan murakkabga qarab turli naqsh kompozistiyalarini mukammal tuzishni o’rgatish;

- Talabalarga naqqoshlik, ganch o’ymakorligi, miniatyura, ashyoshunoslik va boshqa fanlardan olgan bilim malakalarini mustaxkamlash, turli shakldagi buyumlarga naqsh kompozistiyasi tuzishni o’rgatish, shu bilan birga ranglarni mos keladigan qilib tanlash, turli materiallarga ishlov berishga e’tibor qaratadi.

- Hajmli buyumlarga naqsh kompozistiyasi tuzish usullarini o’rgatish;

- interer va eksterer bezagi uchun turli naqsh kompozistiyalarini tuzishni o’rgatish;

- Kompozistiya darslari asosida Sharq amaliy san’atining go’zalligi, falsafiy, ruhiy va tarbiyaviy qirralari bilan tanishtirish.



Talabalar bilimiga qo’yiladigan talablar:

Bo’lajak bakalavrlar «Amaliy san’at» bo’yicha to’liq kursni tugatgandan so’ng quyidagilarga ega bo’lmoqliklari lozim:



«Amaliy san’at » fanining tutgan o’rni;

«Amaliy san’at» mashg’ulotlarinio’tishda naqsh kompozistiyasi tuzishqoidalari, kompozistiya asoslari va uning turlari, simmetriya va asimmetriya, rapport, ritm, siluet, nisbat,kolorit, kontrast, garmoniya, kompozistiya, rang, mahalliy materiallarto’g’risida tasavvurga ega bo’lish;



«Amaliy san’at» darslarini rejalashtirish:

Ish qurollari, moslamalar, ularni ishga tayyorlashni bilishi, mahalliy materiallardan foydalanish, talabalarga «naqqoshlik kompozistiyasi» mashg’ulotlarini tashkil etishda amaliy san’at asarlarini ma’muriy turar joy binolari va tarixiy obidalarimiz badiiy bezaginitahlil eta olish, yaxshi o’zlashtiruvchi va boshlovchi talabalar bilan individual darslar olib borish, talabalar ijodiy ishlarini baholay olish ko’nikmalariga ega bo’lish;

-Amaliy san’at tarixi va nazariyasi, kompozistiya tuzishning nazariyasi va bosqichlari, kompozistiya tuzish qonuniyatlari va mahalliy materiallar xususiyatlari va ulardan foydalanish, bo’yoqlar tayyorlash va ular bilan ishlash texnologiyasi,oddiy naqsh elementlarini yoddan bilishi va ular yordamida turli naqsh kompozistiyalari tuza olish, girix va gulligirix naqsh kompozistiyalarini tuza olish, turli hajmli buyumlarni naqshlay olish, xalq ustalarimiz ijodidan nusha ko’chira olish, interer va ekstererni bezash uchun naqsh kompozistiyalari chiza olish, naqsh kompozistiyalarini chizishda kompyuter grafik dasturlaridan foydalanishijodiy jarayonnibilishi, malaka hosilqilishi va amalda qo’llay olishi;

«Amaliy san’at »fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

Bu fan V 5140700,V 5140900 yo’nalishlariga kirgan «Naqqoshlik», «Yog’och va ganch o’ymakorligi», «Kulolchilik», «Miniatyura», «Hattotlik», «Qalamtasvir», «Rangtasvir», «Chizmachilik», «Badiiy bezash san’ati», «Dizayn san’ati» va boshqa fanlar bilan bevosita bog’liqdir.



Fanning o’qitilishida qo’llaniladigan vositalar:

Fanga oid turli adabiyotlar, ko’rgazmali qurollar, zamonaviy texnik vositalardan keng foydalanish. Yangi axborot texnologiyalarini qo’llash.



Amaliy san’at darslari yanada samarali o’tashi uchun quyidagalarga amal qilish maqsadga muvofiqqdir:

- Darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanish;


- Ta’limning zamonaviy texnikaviy vositalarini qo’llash;

- Darslarda xalq og’zaki ijodi namunalari, usta-shogird an’analaridan keng foydalanish;

- Talabalar ishlaridan ko’rgazmalar qilish;

- Ko’rgazmali qurollardan foydalanish;

- Talabalarni o’z kasbiga qiziqtirish yo’llaridan unumli foydalanish;

- Talabalarning individual xususiyatlarini, universitetning moddiy bazasini hisobga olish;


- Fanga oid ishlatiladigan atamalarning lug’aviyma’nosini atroflicha o’rganish va boshqalar.

Naqqoshlik kursi oldida turgan ta’lim - tarbiya masalalarini ijodiy hal qilishda auditoriyadan tashqari ishlar muhim rol o’ynaydi. Bular:

- Tasviriy san’at, xalq amaliy san’ati, tarix muzeylariga, naqqosh ustalar bezagan inshootlarga, me’morchilik obidalariga, kollejlarga va qo’shimcha ta’lim muassasalariga «Usto» va «Musavvir» ustaxonalariga sayohatlar;


- Naqqosh ustalar, olimlar bilan uchrashuvlar;
-Talabalar ishlaridan ko’rgazmalar tashkil etish;
- Mashhur naqqoshlarning hayoti va ijodiga bag’ishlab ijodiy jurnallar ishlash;

- Amaliy san’at ustalarining hayoti va ijodiga bag’ishlangan videofilmlar namoyish etish;

- Rangli naqsh kompozistiyalari va turli buyumlar eskizini kompyuterda bajarish;

- Ustalar ijodi namunalaridan nusxalar olish;

Auditoriyadan tashqari ishlar ham maxsus reja asosida olib borilishi lozim.

Amaliy san’at kursini olib boruvchi o’qituvchi talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda dasturga ayrim o’zgartishlar kiritishi mumkin.

Amaliy san’at kursida plakatlardan, tarqatma materiallardan, kompyuterdan, har xil grafiklardan va boshqa ko’rgazmali qurollardan foydalanadi.



1.4. Tasviriy san’atni tabaqalashtirib o’qitishda

amaliy san’at o’qituvchisining o’rni.

Yuksak ma’naviyatli, kamolotga erishgan sog’lom avlodni voyaga etkazish murakkab vazifadir. Ma’lumki, har bir shaxs o’zga xos qaytarilmas dunyodir. Talabalarni tabaqalashtirib o’qitishda ularning badiiy faoliyatidagi o’zga xoslikni yaxshi tushunish hamda qobiliyati va iqtidorini hisobga olish talab etiladi. Bunda o’quvchilar aql-zakovatining sifati, bilim, ko’nikma, malakalarinig mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bolaning yoshligidanoq ma’rifiy-badiiy muhitda bo’lib, badiiy-estetik dunyoqarashning keng bo’lishi, uning badiiy ta’lim-tarbiya mazmunini tez, aniq va hech qiynalmasdan o’zlashtirib olishiga yordam beradi. Ular shu soha yo’nalishida keyingi bosqichda amalga oshiriladigan yangi vazifalarni bajarish, murakkabroq masalalar echimini topish kabilarga intiladilar. Bu yo’nalishda ularga irodalilik, bilimdonlik, tirishqoqlik, qiziquvchanlik kabi sifatlar yordam beradi.

O’quvchilar badiiy ta’lim-tarbiyasida ijobiy o’zgarishlarni vujudga keltirish uchun tabaqalashtirib o’qitishda quyidagi shartlarga rioya etish lozim:

- bolalarning yosh xususiyalarini diqqat bilan o’rganish, ularning xulq-atvori, badiiy qiziqishi va qobiliyatini bilish;

- tasviriy faoliyatga nisbatan bolalarning tabiiy intilishi va ijobiy munosabatini aniqlash;

- bolalarning badiiy bilim, ko’nikma, malakalarini hisobga olgan holda, ularning mustaqil amaliy mashqlarni bajariiga e’tibor berish;

- bolalarning badiiy tasavvuri, tafakkurning rivojlanganligi, tevarak-atrofga nisbatan munosabat bilidirishi, biron narsa yuzasidan o’ziga xos xukm-xulosalar chiqara olishi, mustaqil ravishda tasviriy faoliyatga doir vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishini hisobga olish va h.k.

O’qituvchi bu borada juda yaxshi tushunchaga ega bo’lishi, o’z fanini chuqur bilishi, psixologik-pedagoigk muloqot, badiiy bilim, malakalarni puxta egallagan bo’lishi kerak. Undan o’quvchilarni tabaqalashtirib o’qitishning barcha jihatlarini anglab etish, bu borada to’g’ri hatti-harakatda bo’lish, xususan, o’quvch metodik majmualardan foydalanishda tanlab yondashish talab etiladi.

Har tomonlama mustaqil, barkamol avlodni tarbiyalab etishtirish, pedagogning qadrli, mehrli, mashaqqatli mehnati hamda ma’rifiy, madaniy saviyasiga, puxta tayyorgarligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashdek sharafli ishga bo’lgan munosabatiga bog’liqdir. Bu borada o’qituvchining mustaqillik g’oyasiga bo’lgan e’tiqodining kuchli bo’lishi har qanday vaziyatda ham faol pedagogik hatti-harakat qilib, ijobiy ta’sir ko’rsata olishi zarur hisoblanadi. Buning uchun hozirgi kun talabalari asosida bilim, tjribaga ega bo’lib, mustaqil badiiy ijodiy mehnat qilish, badiiy ta’lim oshirish talab etiladi.

Bunday ta’lim jarayonida esa o’quvchilarning mavjud qobiliyatlarini aniqlagan holda ularga o’zining kim ekanligini ko’rsatish kerak. O’quvchida biron qobiliyatning o’sganlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, u shunchalik ko’p e’tibor va g’amxo’rlikni talab etadi. Ana shunday holatda o’quvchiga uni qiziqtiradigan faoliyat sohasiga doir adabiyotlarni tavsiya etish, uni o’zlashtirishning eng qulay usullari bilan tanishtirish, unda o’z kuchiga ishonch uyg’otish, to’siq va qiyinchiliklarni engishga doir irodaviy sifatlarni tarbiyalash zarur.

Tasviriy san’atdan o’quvchilarni tabaqalashtirib o’qitishning ijobiy ta’sirini quyidagicha ifoda etish mumkin:

- maktab o’quvchilarini tabaqalashtirib o’qitishda komil insonni tarbiyalashning umumiy talablari bajariladi;

- o’quvchilar badiiy bilimi keng, chuqur, erkin bo’lishi uchun sharoit yaratiladi;

- o’rganilayotgan tasviriy san’at masalalariga har taraflama ijodiy yondashish hamda ongli o’zlashtirish ta’minlanadi;

- o’quvchilarning tasviriy san’atga nisbatan qiziqishi va mustaqilligi oshadi, ularning ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topishi doimiy ravishda ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug’ullanishiga keng yo’l ochiladi.


Download 7,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish