Buxoro davlat universiteti pedаgogikа fаkulteti boshlаng`ich tа’lim аsoslаri kаfedrаsi


Ilmiy rаhbаr: filologiya f.n. dotsent Fayzullaev M.B



Download 1.22 Mb.
bet8/39
Sana08.09.2021
Hajmi1.22 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Ilmiy rаhbаr: filologiya f.n. dotsent Fayzullaev M.B

Buхоrо davlat universiteti 5141600 – Bоshlang’ich ta’lim va spоrt, tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi talabasi Qosimova Madina “Birinchi sinf o’quvchilarining nutqiy faoliyatini rivojlantirishda fonetik o’yinlardan foydalanish metodikasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishga


RASMIY OPPONENT ХULОSASI

O'zbek tiliga davlat maqomining berilishi bu tilining ichki va tashqi imkoniyatlaridan yana kengroq foydalanishini yaratdi. O'zbek tili asrlar davomida necha minglab turkiy ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bo'lib, o'zbek xalqi orasida o'zaro aloqa vositasi ham uning matbuot va badiiy adabiyot tili bo'lib xizmat qilmoqda. Bu tilda A.Navoiy, Bobur, Abulg’oziy Bahodirxon, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Cho'lpon, Fitrat va boshqa qator adiblarimiz o'zlarining tarixiy badiiy asarlarini yaratib, unining qudratini namoyish qilganlar. O'zbek tilining o'ziga xos jilosi, unining serqiraligi, badiiy obrazlar yarata olish qudratini to'laroq anglash uchun mumtoz va hozirgi zamon adiblarimiz badiiy asarlari tilini o'rganish va matnlar bilan ishlash zamon talabidir.

Hozirga qadar fonetik o`yin nazariyasi nazariyasi va amaliyoti, uning lingivistik ta?lili bo'yicha ancha ishlar bajarilgan. Bu borada S.Mutalibov, P.Shamsiyev, E.Fozilov, F.Is’hoqov, T.Qudratov, T.Nafasov va boshqalar samarali mehnat qilganlar. Keyingi davr tilshunosligi fonetik o`yinlarni lingvstik tahlil qilish bilan bir qatorda, uni uslubiy va fonografik jihatdan tahlil qilishni taqozo etmoqda.

Ma'lum bir asarning hoyaviy mazmunini, badiiy-estetik qimmatini to'la anglamoq uchun matndagi har bir til elementini chuqur his qilib, tahlil etish lozim. Oddiy tuyuqlardan to ki epopeyagacha bo'lgan asarlarning tili turli tumandir. Ayniqsa, so'zlar badiiy tasvirda estetik zavq beruvchi san'atga aylanganda yana murakkablashadi. Jumladan, asarda tasvirlangan davrga xos so'zlar, sheva so'zlari, kasb-hunar so'zlari individual muallifga xos semantik qo'llanish, so'z yasash, grammatik shakllarni har xil ma'noda qo'llash, turli so'z birikmalari tuzish va ishlatish xilma-xildir. Istalgan bir matnni tushinish uchun tabiiy til grammatikasini bilish talab qilinadi. Ammo badiiy matnning tushunishda "badiiy matn grammatikasi" ni bilish lozim. Til grammatik vositalarini muayyan holatda qaysi shakl va mazmunda ishlatilganligini aniqlash kerak. Chog’ishtiring: til grammatikasi jo'nalish kelishigi qo'shimchasi: -ga, -ka, -ha,-qa, -a, -ya, -na dialektal kabilar ot yoki otlashgan so'zlarga ho'shilib asosan harakat yo'naltirilgan tomon, vaqt, atalganlik kabi ma'nolarni bildiradi. Badiiy asr tilida esa shu ma'nolar bilan birga -qa shaklida davr ruhni ifodalanadi, -a, -ya, -na shakllarida esa mahalliy kolorit beriladi. har ikkalasi ham obraz yaratadi. Badiiy matn lisoniy tahlilda tarixiylik, shakl va mazmun birligi, umumiylik va xususiylikning uyg’unligi prinsiplariga amal qilinadi. Har qanday matn ma'lum bir davr mahsuli, hayotiy reallikining til vositalarida aks ettishdir. Xuddi shuningdek, badiiy matn yakka holda mavjud bo’lgan til vositalarning umumiy yig’indisi sistemalarning sistemasidir hamda muallifga xos umumiy belgilarning matnda namoyon bo’lishidir.

Bitiruv malakaviy ish kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishni har tomonlama o’rganib chiqdim. Ish mustaqil bajarilgan, har boblardagi ko’rsatilgan har bir rejaning mohiyati yoritib berilgan, mavzu yo’zasidan kerakli adabiyotlardan, ilmiy jurnal, maqolalar to’plami va tezislardan foydalanilgan, ish Oliy ta’lim muassasalarida bitiruv malakaviy ishini tayyorlash tartibi haqidagi Nizomga asosan bajarilgan.

Bitiruv malakaviy ish DAK talablariga javob berishini inobatga olib ijobiy baholayman va himoyaga tavsiya etaman.
Rasmiy opponent: F.f.n. dots Safarov S.

Buхоrо davlat universiteti 5141600 – Bоshlang’ich ta’lim va spоrt, tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi talabasi Qosimova Madina “Birinchi sinf o’quvchilarining nutqiy faoliyatini rivojlantirishda fonetik o’yinlardan foydalanish metodikasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga

TAQRIZ

Ta’limga texnologik yondashish dolzarb tamoyillardan biriga aylanmoqda. Bularning barchasi respublikamizda o’ziga xos ta’lim modelining asoslanishiga olib keldi. Ta’limning yangi modeli mohiyati “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da, “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish” hamda “O’zbekiston Respublikasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari” to’g’risidagi, “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi” kabi qator qaror va farmonlarda keng yoritilgan bo’lib, ularni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish mamlakat hayotida ijobiy ma’nodagi “portlash effekti”ga erishishni ta’minlaydi.



Bitiruv malakaviy ish maqsadi quyidagilardan iborat bo’lib boshlang’ich sinflarda fonetik o’yinlar tizimini nazariy va amaliy jihatdan o’rganish hamda uning boshlang’ich sinflardagi ahamiyatini tadqiq qilishdir. 1-sinflarda ona tili ta’limi jarayoni bitiruv malakaviy ish obyekti qilib olingan.Bitiruv malakaviy ish predmeti: boshlang’ich sinflarda fonetik o’yinlar tizimio’yinlar tizimini nazariy va amaliy asoslashning mazmuni, shakli va metodlari. Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati: boshlang’ich sinflarda fonetik o’yinlar tizimi o’yinlar ustida ishlash jarayonida o’quvchilarning so’z boyligini oshirish, yangi so’z yasash ko’nikmasini shakllantirishdan iborat. Bitiruv malakaviy ish vazifalari: Mavzuga oid adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish. Boshlang’ich sinflarda fonetik o’yinlar tizimining mavjud ahvolini hamda metodik shart-sharoitini o’rganish. Boshlang’ich sinflarda fonetik o’yinlar tizimio’yinlar ustida ishlash jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishni metodik jihatdan asoslash. Boshlang’ich sinflarda fonetik o’yinlar tizimio’yinlar ustida ishlashning samaradorligini aniqlash qilib belgilangan.
Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobi uchta fasldan iborat bo’lib 1-fasl Ona tili o’quv dasturi tahlili.2-fasl 1-sinflarda ona tilini o’rgatish jarayonida fonetik O’yinlar yordamida nutq malakasini shakllantirish 3-fasl Fonetik o’yinlar tizimi

Ikkinchi bobda 1-sinf ona tili darslarida fonetik o’yinlar tizimini ta’limga tatbiq etish Fonetik o’yinlar tizimidan foydalanishning samaradorligi Matn ustida ishlash jarayonida o'quvchilar nutqini o'stirish haqida fikr yuritilgan. Bitiruv malakaviy ish kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

Bitiruv malakaviy ishni har tomonlama o’rganib chiqdim. Ish mustaqil bajarilgan, har boblardagi ko’rsatilgan har bir rejaning mohiyati yoritib berilgan, mavzu yuzasidan kerakli adabiyotlardan, ilmiy jurnal, maqolalar to’plami va tezislardan foydalanilgan, ish Oliy ta’lim muassasalarida bitiruv malakaviy ishini tayyorlash tartibi haqidagi Nizomga asosan bajarilgan.

Bitiruv malakaviy ish DAK talablariga javob berishini inobatga olib ijobiy baholayman va himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi: G.Ravshanova

Buxoro shaxar 35 maktab direktori





Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat