Buxoro amirligi XIX asrning birinchi yarmida Buxoro Amir Haydar hukmronligi davrida



Download 19,27 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi19,27 Kb.
#20427
Buxoro amirligi XIX asrning birinchi yarmida

Buxoro Amir Haydar hukmronligi davrida

Amir Ma’sum Shohmurod vafot etgach, taxtga o’g’li Amir Haydar o’tirdi (1800 - 1826). Mahalliy hukmdorlar - beklar hamda yirik zodagonlar markaziy hokimiyatga qarshi yana kurash boshladilar. Birinchi bo’lib, markaziy hokimiyatning o’lpon yig’uvchilari o’zboshimchaligidan norozi bo’lgan Marv turkmanlari 1800-yilda qo’zg’olon ko’tardilar. Amir Haydar bu qo’zg’olonni qattiqqo’llik bilan bostirdi. Biroq marvliklar 1804-yilda yana qo’zg’olon ko’tardilar. Bu safar qo’zg’olonchilarga Marv hokimi, Amir Haydarning inisi Dinnosirbek boshchilik qildi. Uning maqsadi Xiva xoni Eltuzar yordamida oliy hokimiyatni egallash edi. Amir Haydar vohani suv bilan ta’minlab turgan Sultonobod to’g’onini buzdirib tasliladi. Suvsiz qolgan Marv turkmanlari jang qilmay shaharni tark etishga majbur bo’ldilar. Turkmanlarning qolgan qismi esa Zarafshon daryosi vodiysiga ko’chirildi. Dinnosirbek esa oilasi va 100 nafar odamini olib Eronga qochib ketdi.

1800- yilda Qarshi viloyatida va Kattaqo’rg’onda ham xalq qo’zg’olonlari bo’ldi.

Doimiy urushlar fuqaro gardaniga har xil soliqlar solinishini va majburiyatlarni yukladi. Bu esa fuqarolarni xonavayron qildi. Oqibatda, 1821- yili Miyonqolda ham qo’zg’olon ko’tarildi. Kattaqo’rg’on, Chelak, Yangiqo’rg’on qo’zg’olonchilar qo’liga o’tadi. Bu paytda Amir Haydar Xiva va Qo’qon xonlari hujumlarini qaytarish bilan ham band edi. Qo’zg’olonchilar amirning inisi Isoqbekni o’zlariga amir qilib olib, Samarqandni yana qamal qiladilar va Karmanaga qarshi yurish boshlaydilar. Amir Haydar Xiva qo’shinining amirlik yerlaridan olib chiqib ketilishiga erishadi. Shundan keyin u butun kuchini qo’zg’olonchilarga qarshi tashlash imkoniga ega bo’ladi. 1825- yilning bahorida Amir Haydar Yangiqo’rg’on va Chelakni egallaydi. Lekin qo’zg’olonchilarning kuchini sindirolmaydi va qo’zg’olonchilarga yon bosishga, ularning mulki daxlsizligi xususida yorliq berishga majbur bo’ladi.

Amir Nasrullo hukmronligi

1826-yilda amirlik taxtiga Nasrullo (1826-1860) o’tirdi. U Amir Haydarning uchinchi o’g’li edi. Nasrullo qisqa vaqt ichida taxtga da’vo qilishi mumkin bo’lgan barcha avlodlarining bahridan o’tadi. Ularning uy-joylarini talash, oila a’zolarini esa tahqirlashni lashkarlar ixtiyoriga topshiradi.

Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan beldiklarni yagona davlatga birlashtirish yo’lida qat’iyat bilan kurash olib bordi. U Buxoroda birinchi bor 40 mingga yaqin sarbozdan iborat muntazam piyoda qo’shin tuzdi. U zamonaviy to’pchilar qismini tuzish niyatida chetdan to’p quyuvchi ustalarni, to’p quyish ilmiga o’rgatuvchi mutaxassislarni jalb etdi.

Amir Nasrullo qanchalik qattiqqo’l bo’lmasin, uning davrida ham bekliklarning mustaqillik uchun kurashiga to’la chek qo’yishning iloji bo’lmadi. Masalan, Shahrisabz bekligi (bu yerda kenagas qabilasi istiqomat qilar edi) mang’itlarning o’zaro qirg’inlaridan foydalanib, amirlikdan ajralib chiqqan va o’zini mustaqil deb e’lon qilgan. Bundan darg’azab bo’lgan Amir Nasrullo „o’zboshimcha” kenagaslarga qarshi kurash boshladi. Bu kurash 30 yil davom etdi. Shu davr mobaynida u Shahrisabzga 32 marta yurish qilgan. Va nihoyat, 1856- yildagina u Shahrisabz va Kitobni o’ziga bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi.

Amirlikning qurolli kuchlari

XVIII asrda amirlik qo’shini asosan otliq askarlardan iborat edi. Otliq qo’shin navkarlar va qoracherikdan tuzilgandi. Qo’shinlar to’p, qilich, pilta miltiq, nayza va o’q-yoy bilan qurollangan edi.

1837-yilda Amir Nasrullo muntazam piyoda askarlar qo’shini tuzib, ular uchun maxsus kiyim (qizil kurtka, oq shalvor va qalpoq) joriy etildi. XIX asrning o’rtalariga kelib 2500 nafarli sarbozning har biri nayzali miltiq, qilich va to’pponcha bilan qurollangan edi. Xizmatdan bo’sh kunlari ular oddiy xalat kiyib yurishgan. Buxoro qo’shinlariga rus zobitlari ta’lim berib, mashq qildirganlar. Mashq, urush va kiyinish nizomlari ishlab chiqilgan.

1837-yilda Amir Nasrullo to’pchilar qo’shinini ham tuzadi. Askar oyiga uch so’m kumush tanga moyana olgan. Har qabila o’z qo’shini bilan xizmatda bo’lgan. Askar va to’pchilar umr bo’yi xizmat qilganlar.

Ichki siyosat

Mang’it hukmdorlari ichki siyosatining asosiy maqsadi markaziy hokimiyatni mustahkamlash, xalq ommasini qattiq itoatda tutishdan iborat bo’lgan.

Ayni paytda mang’it hukmdorlari yirik zodagonlarning nufuzini kamaytirishga imkon beruvchi tayanch kuchlarni vujudga keltirish siyosatini tutdilar. Bunday ijtimoiy tayanch davlatga xizmat qiluvchi amaldorlar tabaqasi bo’lishi mumkin edi. Mang’it hukmdorlari ana shunday amaldor xizmatkorlar tabaqasini yarata oldilar. Amir saroyida xizmat qiluvchi 300 ga yaqin yuqori amaldorlik lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, mang’it amirlari markazlashgan mutlaq hokimiyatni barpo etishni o’zlarining bosh vazifalaridan biri deb hisoblaganlar. Shu maqsadda ular amir shaxsiga sig’inish siyosatini yuritganlar. Amir shu darajada oliy hokimiyat mavqeyiga ko’tarilganki, jazoga tortilishdan qo’rqqan fuqaro uning nomini baland ovoz bilan ayta olmas edi. Hukmron tabaqalar amirga xushomadgo’ylik qilardilar. Amaldorlar amirdan ko’rsatma kutib o’tirmasdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Наr bir amaldor amirning, kichik amaldor o’zidan katta amaldorning qahriga uchrab qolishidan qo’rqib yashardi. O’zining bugungi mavqeyi, mulki, hayoti, oilasining omonligi uchun shunday bir qo’rquv muhiti vujudga keltirilgan ediki, natijada hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor bo’la olmay qolgan edi.

Amirlar mang’it qabilasidan bo’lganliklari uchun bu qabilani o’zlarining asosiy siyosiy va ijtimoiy tayanchlariga aylantirgan edilar. Davlat muassasalari asosan ulardan tashkil etilgan. Buxoro amirlari o’zbek qabilalari boshliqlarining o’z qabiladoshlariga ta’sirini juda yaxshi bilar edilar. Qabila boshliqlari bilan o’zaro til topa olish — bu mamlakat xavfsizligining asosiy kafolatlaridan biri edi. Shuning uchun ham mang’it amirlari boshqa o’zbek qabilalari boshliqlarini o’z xizmatlariga olar edilar.



Amirlikda ayniqsa yahudiylarning ahvoli og’ir va ayanchli edi. Garchand ular o’z diniy e’tiqodlarini saqlab qolgan, amirlikdagi deyarli butun savdo-sotiqni o’z qo’llariga olib, ma’lum ijtimoiy mavqega ega bo’lib olgan bo’lsalar-da, ularga nisbatan inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, xo’rlovchi tartiblar joriy etilgan edi. Xususan, yahudiylarga ot minib yurish man etilgan edi. Ular eshak minishlari mumkin edi, xolos. Bellariga kamar emas, chilvir bog’lab yurishlari shart edi.

Buxoro amirligi — Buxoro xonligini 1753 y.dan keyingi nomi; ashtarxoniylar o‘rniga kelgan mang‘itlar sulolasi vakillari o‘zlarini amir deb atashgan. Shunga ko‘ra, davlat B.a. deb atala boshlangan. 1920 y. Buxoro boskini natijasida tugatilgan.

1758-yil Rahimbiy vafotidan soʻng mangʻitlar amirlik taxtiga uning amakisi Miyonkoʻl hokimi Doniyorbiy (1758-1785-yy.) nomzodini surishadi. Lekin u qatʼiy markaziy hokimiyatni saqlab qololmadi. Mangʻitlarning tarafdorlari va gʻanimlari oʻrtasidagi oʻzaro janjallar, joylardagi hokimlarning mustaqillikka boʻlgan intilishlari oʻn yillarga choʻzilib ketdi. 1784-yili Doniyorbiyning boʻshligidan norozi boʻlgan Buxoro ahli qoʻzgʻolon koʻtardi va amir hokimiyatni oʻgʻli Shohmurodga (1785-1800-yy.) topshirdi. Shohmurod yangiliklarni Arkda saroy ahli guvohligida ikkita yirik amaldor - Davlat qushbegi va Nizomiddin qozikalonni qatl etishdan boshladi. Shundan soʻng Shohmurod Buxoro ahliga ularni bir necha soliqdan ozod etuvchi imtiyozli hujjatni tantanali tarzda topshirdi. Hujjatning matni tosh lavhada kesilgan boʻlib, u katta jomeʼ masjidining ayvoniga oʻrnatildi. Shohmurod „joʻl“(„jul“) deb nomlangan va urush holatida qoʻshin saqlash maqsadida foydalaniladigan yangi soliq turini joriy qildi. Hokimiyatni oʻz qoʻlida jamlab olgach, u xonlik unvonidan voz kechdi va amirlik darajasida qoldi. Taxtga esa Shohmurod Chingizxon avlodlaridan boʻlgan Donishmandchini, keyinroq esa Abulgʻozini koʻtardi, lekin ular amalda hokimiyatga ega emasdilar. 1785-yili Shohmurod pul islohotini oʻtkazdi hamda 0,7 misqollik (3,36 g) toʻla qimmatli kumush tangalar va bir xil shakldagi oltin tangalarni zarb etishni yoʻlga qoʻydi. U sud mahkamasiga ham shaxsan rahbarlik qildi. Shohmurod Buxoro amirligi tarkibiga Amudaryoning chap sohilidagi hududlarni, jumladan, Balx va Marvni qaytardi. 1786-yili u Karmanada xalq qoʻzgʻolonini bosdirdi, keyin Shahrisabz va Xoʻjandga muvaffaqiyatli yurishlarni amalga oshirdi. Shohmurod afgʻon hukmdori Temurshohdan ustun kelib, asosan o`zbeklar va tojiklar yashaydigan janubiy Turkistonni oʻz qaramogʻida saqlab qolishga erishdi. Amir Haydar (1800-1826-yy.) otasidan soʻng taxtga oʻtirgan vaqtda butun Mavorounnahr uning hukmiga boʻysinar edi. Haydarning taxtga koʻtarilishi ommaviy qoʻzgʻolonlar va qatllar bilan toʻgʻri keldi. 1800-yili Marv turkmanlari bosh koʻtarishdi. Ichki janjallarga koʻp oʻtmasdan Qoʻqon bilan Oʻratepa uchun urush qoʻshildi. Haydar ushbu shaharni tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq boʻldi. Amir Haydar davrida siyosiy tizim yakka hokimiyatchilik tomon intilayotgan markazlashgan monarxiyadan tashkil topgan edi. Amirga 4 ming kishigacha yetadigan byurokratik mahkama xizmat qilardi. Armiyaning miqdori oshdi. Faqat Buxoroning oʻzida 12 ming harbiydan iborat qoʻshin turardi. Ahmad Donishning yozib qoldirishicha, Amir Haydar boshqaruv vaqtiga „har 3-6 oyda yuzaga keladigan toʻxtovsiz feodal urushlar davri“ deya baho berish mumkin. Haydardan soʻng taxtga uning oʻgʻli Nasrullo (1826-1860-yy.) oʻtirdi. Unga hokimiyat sari yoʻl ochish maqsadida akalari Husayn va Umar oʻldirildi. Armiya va ruxoniylarga suyangan Nasrullo zodagonlarni jilovlash maqsadida feodal tarqoqlikka qarshi qatʼiy kurash olib bordi. Hukmronligining birinchi oyida u har kuni 50-60 tadan kishini qatl qildi. Nasrullo shu paytgacha amirlik tarkibiga faqat nomigagina kirgan viloyatlarni birlashtirishga erishdi. Viloyatlarni boshqarishga oʻziga muteʼ boʻlgan „nasl-nasabsiz“ kishilarni tayinladi. Nasrullo amirligi chogʻida Xiva va Qoʻqon xonliklari bilan Marv, Chorjoʻy, Oʻratepa, Xoʻjand kabi chegarada joylashgan alohida hududlar uchun boʻlgan tinimsiz urushlar davom etib turdi. Shahrisabz va Kitob hukmdorlarining qarshiligi, ayniqsa kuchli boʻldi. Bir necha harbiy yurishlardan soʻng 1853-yilga kelib ular Buxoroga boʻysindirildi. Amirlik tarkibiga faqat Zarafsxon daryosining oʻrta va quyi oqimidagi vohagina barqaror kirgan edi.
Download 19,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish