Buxgalteriya hisobi



Download 365 Kb.
Sana16.09.2021
Hajmi365 Kb.
#175711
Bog'liq
МБХ Бахриддинов Н.Ш.


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ

ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ

Молия” таълим йўналиши

2-босқич ММ-55-2 гуруҳ талабаси
Бахриддинов Нодирбек Шавкат ўглининг
BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI
MOLIYAVIY VA BOSHQARUV HISOBI”

FANIDAN
YAKUNIY NAZORAT ИШИ




Тошкент -2021

17-variant

  1. Inventarizatsiya turlari va uni o‘tkazish tartibi.

  2. Kassir hisobotini tushuntirib bering?

  3. Ish haqidan ushlanmalar hisobi qanday amalga oshiriladi?

  4. Bankdagi valyuta schyoti bo’yicha sodir bo’lgan muammolar qanday aks ettiriladi?


Javoblar:

1. Inventarizatsiya qilish xo’jalik mablag’larining qanday qismini qamrab olishi va o’tkazilish tartibiga qarab bir necha turga bo’linadi: 

  1. xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning hammasini inventarizatsiya qilish; 

  2. xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning ma’lum bir qismini inventarizatsiya qilish. 


Хo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning hammasi har yili kamida bir marta to’la inventarizatsiya qilinadi. Bunday inventarizatsiya qilish yillik hisobot tuzishdan avval o’tkaziladi. Bu bo’lsa balansda ko’rsatilgan xo’jalik mablag’lari to’g’risidagi ma’lumotlarning realligini ta’minlaydi. Тo’la inventarizatsiya qilishni yanvarda o’tkazish yillik hisobot tuzishni bir qancha muddatga kechiktirib yuborishga olib keladi.

Shuning uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektiga tegishli mol-mulkning ayrim qismlarini inventarizatsiya qilish 1 yanvargacha tugatiladi. Shuni aytib o’tmoq kerakki, to’la inventarizatsiya qilish o’tkazilgan vaqtda xo’jalik yurituvchi sub’ektning hamma moddiy qiymatliklari, pul mablag’lari, boshqa ho’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan hisob-kitoblarning holati va balansining hamma moddalari inventarizatsiya qilinadi.

Buxgalteriya balansi va hisobotlari to’g’risidagi me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining haqiqatga to’g’ri kelishini ta’minlash uchun ba’zi bir xo’jalik mablag’lari bir yilda bir necha martda inventarizatsiya qilinadi. Хo’jalik mablag’larining ayrim turlarini inventarizatsiya qilish xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning qismini ro’yxatga olish deb ataladi. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’lari har oyda kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Biror ombor mudiri ishdan bo’shab, boshqa kishiga topshiradigan bo’lganda ham uning javobgarligida bo’lgan moddiy qiymatliklar inventarizatsiya qilinadi.

Mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda hamda yillik moliyaviy hisobot tuzish oldidan, shu yilning 1 oktabrida inventarizatsiya qilingan mol-mulkdan tashqari, inventarizatsiya o’tkazilishi shartdir. Moddiy zaxiralar yiliga eng kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Asosiy vositalar ikki yilda eng kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda eng kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Pul mablag’lari, pul hujjatlari,qiymatliklari va qat’iy hisobotdagi blanklar oyiga bir marta, yoqilg’i-moylash materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari har chorakda, qimmatbaho metallar tegishli tarmoq me’yoriy hujjatlariga ko’ra inventarizatsiya kilinadi. Shuningdek, asosiy vositalar va qiymatliklar qayta baholanganda, moddiy-javobgar shaxslar almashganda, o’g’irlash yoki suiste’mol hamda qiymatliklarning buzilishi aniqlanganda, tabiy ofatlar, yong’in, avariya yoki ekstremal sharoitlar keltirib chiqargan boshqa favqulodda hodisalar sodir bo’lganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganda (qayta tashkil qilinganda) tugatish (bo’lish) balansini tuzish oldidan va qonunda ko’zda tutilgan boshqa holatlarda inventarizatsiya o’tkaziladi. Jamoaviy moddiy javobgarlikda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari almashganda ham inventarizatsiya o’tkaziladi.

Inventarizatsiya qilishning o’tkazilish tartibiga qarab rejali va to’satdan amalga oshirilgan inventarizatsiya qilishlarga bo’linadi.

Yuqorida ko’rsatilgan inventarizatsiya qilish muddatlariga qarab xo’jalik yurituvchi sub’ektda bir yilda o’tkazilgan inventarizatsiya qilishlar rejasi tuziladi. Shu rejaga asosan xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli barcha qiymatliklar inventarizatsiya qilinadiva bu ma’lumotlar buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Ana shu yo’l bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining realligi ta’minlanib briladi. Moddiy javobgar shaxslar almashgan vaqtda almashish kuni inventarizatsiya o’tkazilishi shart. Rejali inventarizatsiya qilishni o’tkazish uchun bir qancha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Rejali inventarizatsiya qilishdan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda to’satdan ham inventarizatsiya qilish o’tkaziladi. Bunday inventarizatsiya qilishlar xo’jalik yurituvchi sub’ekti rahbari ga yoki yuqori tashkilot va idoralarga tegishli ob’ektdagi javobgar shaxsning nojo’ya harakatlari haqida biror xabar kelganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati taftish qilinishi davrida, o’t olish, suv toshishi va boshqa ba’zi sabablarga ko’ra amalga oshiriladi.

Har qanday inventarizatsiya qilish xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Bu buyruqda inventarizatsiya qilish xarakteri, nimalarni inventarizatsiya qilish, inventarizatsiya qilishni o’tkazish muddati va inventarizatsiya qilishni o’tkazadigan komissiya a’zolarining ro’yxati ko’rsatiladi.

Inventarizatsiya qilish O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobining “Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish” degan 9-son milliy standartida ko’rsatilgan muddatlarda; moddiy javobgar shaxslar almashganda; talon-tarojlik, o’g’rilik yoki suiste’mollik aniqlanganda; o’t olganda yoki tabiiy ofatdan keyin; asosiy vosita va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda va boshqa holatlarda o’tkaziladi. Jamoa (brigada) moddiy javobgarligi sharoitida agar uning birgadiri (rahbari) almashsa, jamoa (brigada)dan uning a’zolarining 50 foizdan ko’pi ketib qolsa hamda jamoa a’zolarining biri yoki bir nechtasi talab qilsa ham inventarizatsiya o’tkaziladi.

Qiymatliklarning butligini ta’minlaydigan tadbiriy choralarni amalga oshirish kerak bo’lib qolsa, inventarizatsiya o’tkazishni tashkil qilish, ishchi inventarizatsiya qilish komissiyalarining a’zolariga yo’l-yo’riq berish, inventarizatsiya qilishning to’g’ri o’tkazilishini tekshirish, inventarizatsiya qilish natijalarining to’g’ri chiqarilishini tekshirish, navlar almashuvi natijasida sodir bo’lgan kamomad va ortiqchaliklarni o’zaro berkitish haqida qilingan takliflarning asosliligini tekshirish kerak bo’lib qolgan hollarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining topshirig’i bilan qayta to’la inventarizatsiya o’tkazish, kamomad yoki qiymatliklar buzilishiga yo’l qo’ygan shaxslardan olingan tushuntirish xatlarini ko’rib chiqish va aniqlangan kamomad va qiymatltiliklarning buzilishidan ko’rilgan yo’qotishni tartibga solish haqida takliflar berish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektda doimiy xarakat qiluvchi inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiyani raisi shu xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbari yoki uning o’rinbosari bo’ladi. Komissiya tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bosh buxgalteri, bo’linmalarning rahbarlari va mutaxassislar hamda kasaba uyushmasining vakillari kiritiladi.

Joylarda qiymatlik va pul mablag’larini inventarizatsiya qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya qilish natijalarini aniqlashda qatnashish, navlar almashuvi natijasida sodir bo’lgan kamomad bilan ortiqchaliklarni o’zaro berkitish hamda tabiiy kamayish me’yorlari chegarasida kamomadlarni hisobdan chiqarish masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqish, mol-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va chiqarish, ularning hisobi va butligi ustidan nazoratni yaxshilash masalalari hamda me’yordan ortiq va foydalanilmayotgan moddiy qiymatliklarni sotish haqida takliflar qilish, inventarizatsiya qilishni xo’jalik yurituvchi sub’ekt buyrug’ida ko’rsatilgan muddatda o’tkazish va uni o’tkazish tartibini saqlash, xatlashga yozilgan ma’lumotlarning haqiqatga to’g’ri kelishini ta’minlash va inventarizatsiya qilish materiallarini to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektda qiymatliklarni inventarizatsiya qiluvchi ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiyaning raisi shu xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining vakili bo’ladi. Komissiya tarkibiga mutaxassis, muhandis, texnolog, mexanik, ishni amalga oshiruvchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar kiritiladi. Komissiyaga qiymatliklarni inventarizatsiya qilish, baholarni va boshlang’ich hujjatlarni yaxshi biladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning xizmatchilari qo’shilishi kerak.

Bir moddiy javobgar shaxsni inventarizatsiya qilish uchun bir shaxsni birin-ketin ikki marta ishchi inventarizatsiya qilish kosissiyasiga rais qilib tayinlash mumkin emas.

Yil davomida inventarizatsiya qilishlar o’rtasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda muntazam ravishda tovar-moddiy qiymatliklarni ularni saqlanish joylarida tekshirish turish va saralab inventarizatsiya qilish kerak. Buning uchun xo’jalik brituvchi sub’ektlarda tekshirish va saralab inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiya inventarizatsiya qilish davrlari o’rtasida qiymatliklarning butligi, ularni saqlash qoidalarining bajarilishi va moddiy javobgar shaxslar tomonidan o’rnatilgan boshlang’ich hisob yuritish tartibining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi.

Doimiy harakat qiluvchi inventarizatsiya qilish komissiyasi, ishchi inventarizatsiya qilish komissiyalari, tekshirish va saralab inventarizatsiya qilish komissiyalarining tarkibi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyruhi bilan tasdiqlanadi.

Inventarizatsiya qilish boshlanishi oldidan ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasining a’zolariga inventarizatsiya qilishni o’tkazish haqida chiqarilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i, komissiyalarning raislariga esa nazorat plombasi ham beriladi. Хo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’ida inventarizatsiya qilishni o’tkazish bo’yicha ishlarni boshlash va tamomlash muddatlari ko’rsatiladi. Agar inventarizatsiya qilish komissiyasi a’zolarining hammasi bo’lmasa qiymatliklarni inventarizatsiya qilish mumkin emas. Ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasining ishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada inventarizatsiya qilish natijalari, ombor xo’jaligining holati va tovar-moddiy qiymatliklar butligining ta’minlanishini tekshirish natijalari qayd qilinadi.

Rejali inventarizatsiya qilish o’tkazilganda moddiy qiymatliklar saqlanadigan omborlar inventarizatsiya qilishga tayyorlanadi. Ombordagi har bir moddiy qiymatlik alohida qilib qo’yiladi va ularning oldiga yorliqlar osiladi. Yorliqlarda moddiy qiymatliklarning nominomenklatura raqami, boshqa rekvizit va ko’rsatkichlar ko’rsatilgan bo’ladi.

Inventarizatsiya qilish asosan oyning birinchi kuniga to’g’rilanadi. Agarda biror sabablarga ko’ra inventarizatsiya qilish oyning o’rtalarida boshlab yuborilsa, u holda buxgalteriya hisobining shu oyning boshidagi ma’lumotlari olinadi va inventarizatsiya qilish boshlangunga qadar amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari hisobda aks ettirilib olinadi.

Inventarizatsiya qilish boshlangunga qadar hamma hujjatlar rasmiylashtirilgan va buxgalteriya hisobining daftarlariga o’tkazilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun ham moddiy javobgar shaxslar o’zlarining qo’llaridagi barcha boshlang’ich hujjatlarni buxgalteriyaga topshirishlari zarur. Inventarizatsiya qilish komissiyasi moddiy javobgar shaxsdan “Hamma xujjatlarni buxgalteriyaga topshirdim va menda hech qanday isbotlovchi hujjat qolmadi ” degan tilxat oladi.

Inventarizatsiya qilish davrida moddiy qiymatliklarning har biri o’lchash, sanash, tortish va boshqa usullar bilan hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijasi inventarizatsiya qilish xatlashiga yoziladi. Masalan, biror moddiy javobgar shaxsning hisobidagi moddiy qiymatliklar inventarizatsiya qilinayotgan bo’lsa, inventarizatsiya qilish tugashi bilan inventarizatsiya qilish xatlashi oxiriga komissiya a’zolarining imzosidan so’ng moddiy javobgar shaxs “Ushbu inventarizatsiya qilish xatlashida ko’rsatilgan moddiy qiymatliklar mening ko’z oldimda hisoblab chiqilgan va shu moddiyqiymatliklarni o’z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim hamda inventarizatsiya qilish komissiyasiga mening hech qanday da’vom yo’q” deb imzo chekadi.

Inventarizatsiya qilish xatlashi rasmiylashtirilgandan so’ng u xo’jalik yurituvchi sub’ekti buxgalteriyasiga topshiriladi


2. Kassirning hisoboti


Tashkilot pulining harakati har doim aniq va to'g'ri bajarilishi kerak. Kassir tomonidan tuzilgan hisobot buxgalteriya bo'limiga yuboriladi. Ba'zi tashkilotlar barcha hisob-kitoblarni bosh hisobchiga ishonishni afzal ko'radilar, shuning uchun u erda kassir hisoboti mavjud. Naqd intizom barcha hisob-kitob va hujjatlarni to'g'ri ro'yxatga olishni talab qiladi.

Kassir hisoboti kassada har qanday harakatlanish vaqtida hosil qilinadi: ish haqi, sayohat pensiyasi, boj to'lash va boshqalar. Hisobot va kassaning bo'sh varaqlari bir xil bo'lishi kerak. Odatda buxgalteriya dasturlari ma'lumotlaringizni kiritishda avtomatik tarzda tuziladigan shakllarni o'z ichiga oladi. Buxgalterlik hisobini yuritish uchun kassir hisoboti ham bo'sh varaqlarning nusxasi. Kerakli ma'lumotlarga hujjatning raqami, operatsiya miqdori, uning nomi, operatsiya sanasi kiritilgan. Pulning harakatlanishini ko'rsatadigan barcha hujjatlar ilova qilinadi. Hisobotni chop etishda kassa buyurtmalari ilova qilinadi (F № KO-2). Naqd pul olganda, naqd buyurtmalar ilova qilinadi (FN KO-1). Ish haqini berish ish haqi (F № T-53) bilan belgilanadi.

Kassir hisoboti alohida jurnalda yoki papkada saqlanishi kerak. Ma'lumotlar xronologik tartibda qo'shiladi. Davrning har bir oxiri (yil, oy, chorak) varaqlari raqamlangan, tikilgan va imzolangan. Plastmassalar sonini, shu jumladan. barcha bayonotlar, sertifikatlar, kafolatlar.

Kassir hisoboti bo'sh qoldirilgan bargning "oynasi" dir, lekin chuqurroq, kengaytirilgan ma'lumotlarga ega. Hisobotda kassir naqd pulda - direktor (bosh) yoki bosh buxgalterga ishora qiladi.

Kassir-operator kassa-kassa hisoblagichlarini o'qish ko'rsatkichlari, bir smenaga tushadigan daromad miqdori (ish kuni) ko'rsatilganda F KM-6 hisobotlarini ishlab chiqishi shart.

Kassir-operatorning yordam hisoboti qanday to'ldiriladi? Birinchisi, tafsilotlar ko'rsatiladi:

1) nomi;

2) identifikatsiya raqami (TIN);

3) nomi Strukturaviy birlik manzili bilan;

4) kassa apparati (model, raqam (ro'yxatga olish, zavod)).

Quyida kassa kompyuterini kompyuter bilan ulaydigan dastur mavjud (agar mavjud bo'lsa). Zikrnomalar ketma-ketligi Z-hisobotlarining raqamlariga mos kelishi kerak.

Birinchi ustun Z-xabarlar sonini (smena yoki ish kuni oxirida) o'z ichiga oladi. Kuniga bir necha Z-hisobotlarni olib tashlanganda (yoki smenada), yozuvlar tartibda amalga oshiriladi.

Ikkinchi ustunda bo'lim raqamlari, keyin esa bo'limlar mavjud. To'rtinchi ustun bo'sh qoladi. Beshinchi ustunda pul hisoblagichlarining o'qilishi (summasi), oltinchi - smena oxirida o'qish (ish kuni) aks ettirilishi kerak.

Ettinchi so'zi ostida hisoblagichni aks ettiradigan summani (rubl, pennies) yozing. Bu ko'rsatkich 6 va 5 grafasiga to'g'ri kelishi kerak. Bu sakkizinchi ustunlikda (qaytib kelmasa, tirgaklar qo'yiladi) alohida ko'rsatiluvchi qaytib (noto'g'ri tekshiruvlar) o'z ichiga oladi.

To'qqizinchi va o'ninchi ustunlar bo'lim boshlig'i va uning imzosi uchun taqdim etiladi. Agar davlatda kassir bo'lmasa, imzoning pulni topshiruvchi kassir tomonidan berilishi kerak.

"Jami" ustuni ettinchi va sakkizinchi ustunlarda ko'rsatilgan ma'lumotlarni takrorlashi shart. Keyinchalik, daromadning haqiqiy miqdori ko'rsatiladi (faqat so'zlar bilan) (bu ettinchi va sakkizinchi ustunlardan ko'rsatkichlar orasidagi farq). Shundan so'ng, pul mablag'larini etkazib berish kunida berilgan kassa buyurtmasi (kvitansiyasi) ma'lumotlari (raqami, sanasi) sertifikatga kiritiladi. Keyin bank tomonidan berilgan kvitansiya raqami ko'rsatiladi (pul olgandan keyin).

KM-6 yordami rahbarning imzosi, asosiy kassir va operator tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Xizmat ko'rsatuvchi bank istalgan vaqtda hujjatlar to'plamini tekshirishni talab qiladigan pul hisobini yuritishni nazorat qilishi mumkin. Bankda kassir hisoboti bilan kassa kitobi mavjud.



3. Korxonalarda ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan budjet va budjetdan tashqari to’lovlar uchun ma’lum majburiy soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar amalga oshiriladi.

Ayrim holatlarda O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan umumiy qoidaga ko’ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo’lmagan taqdirda esa - sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi mumkin. Bunda quyidagi holatlarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:

a) O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish uchun;

b) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;

v) ish haqi hisobidan berilgan avansni ushlab qolish uchun xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to’langan summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to’lash uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan yohud haq to’lash noto’g’ri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirilmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o’tib ketgan bo’lsa yoki xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoxud boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki miqdorini noto’g’ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi;

g) o’z hisobidan xodim ta’til olib bo’lgan, ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun haq xodimning o’qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi;

d) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o’rtacha oylik ish haqidan ortiq bo’lmasa;

e) mehnat intizomini buzganligi uchun o’rtacha oylik ish haqining 20 % idan oshmagan miqdorda jarima.

Ish haqini to’lash vaqtida ushlab qolinadigan ushlanmalarning umumiy miqdori xodimga tegishli bo’lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi kerak.

Ishchi va xizmatchilardan ushlanadigan daromad solig’i amaldagi yo’riqnomada3 belgilangan tartibda ushlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromadidan ushlanadi:

* har bir fuqaroning soliq majburiyatining bazasi bo’lib o’tgan yili barcha manbalardan yig’ilgan daromad summasi hisoblanadi; 

* oylik daromad oraliq daromad deb hisoblanadi; 

* daromadlar miqdoridan qat’iy nazar soliqdan butunlay ozod qilinadigan fuqarolar kategoriyasi nazarda tutilmagan. Daromad miqdoridan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasining barcha fuqorolari, chet el fuqarolari va fuqarosi bo’lmagan shaxslar soliqqa tortiladi; 

* agar fuqoroning korxonasidan oladigan ish haqidan tashqari chetdan yana boshqa daromadlari bo’lsa, har yili ish haqisini ham qo’shgan holda olingan daromadlarining umumiy summasi to’g’risida soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirishi kerak. 


Shuningdek, ushbu yo’riqnomaga muvofiq soliq to’lovchining asosiy ish joyidan olingan soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi. Jismoniy shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromaddan quyidagi jadval bo’yicha ushlanadi.4 

Soliqqa tortiladigan daromad miqdori 


Soliq summasi 


Eng kam ish haqining 5 baravari miqdorigacha 


Daromad summasining 13 % 


Eng kam ish haqining 5 baravaridan (+1 so’m) 10 baravari miqdorigacha 


Eng kam ish haqining besh baravari miqdorida olinadigan soliq + besh baravaridan oshadigan summaning 18 % 


Eng kam ish haqining 10 baravaridan (+1 so’m) va undan yuqori miqdoridan 


Eng kam ish haqining o’n baravari miqdorida olinadigan soliq + o’n baravaridan oshadigan summaning 25 % 



Daromad solig’i hisoblangan ish haqining butun sonidan hisoblab topiladi. Jismoniy shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad solig’i summasi korxona tomonidan budjetga o’z vaqtida va to’liq o’tkazib berilishi kerak.

Fuqarolarning daromadlaridan davlat budjeti foydasiga ushlangan soliq summalarini hisobga olish uchun 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» passiv schyoti qo’llaniladi. Bu schyotning kredit qoldig’i korxonaning budjetdan bo’lgan qarzini ko’rsatadi, debet oboroti – budjetga o’tkazib berilgan summani ko’rsatadi; kredit oboroti – ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliq summasini ko’rsatadi.

Masalan, ishchiga yanvar oyida 300000 so’m ish haqi hisoblandi. Ushlanadigan daromad solig’i miqdori quyidagicha bo’ladi: Minimal ish haqi 12420 so’m. 1) 12420 x 5 = 62100 so’m. x 13% / 100% = 8073 so’m

2) 5 baravaridan oshgan summa 62100 so’m x 18% /100% = 11178 so’m

3) 10 baravaridan oshgan summa 175800 so’m x 25% / 100% = 43950 so’m

4) jami ushlanadigan daromad solig’i miqdori 63201 so’m (8073+11178+43950) ni tashkil etadi. Ushbu summaga quyidagicha buxgalteriya hisobi yozuvi amalga oshiriladi: Dt 6710 «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» schyoti -63201 so’m, Kt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schyoti -63201 so’m. Mablag’ o’tkazib berilganda, Dt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schyoti -63201 so’m., Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -63201 so’m.

Ish haqidan Pensiya fondiga 2,5 % miqdorda ajratma hisoblanganda, Dt 6710 «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» schyoti -7500 so’m, Kt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to’lovlar» schyoti -7500 so’m.

Mablag’ o’tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to’lovlar» schyoti -7500 so’m, Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -7500 so’m. tarzida buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.

Ijro varaqalari aliment summalarini ushlash va o’tkazib berish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Olingan ijro varaqalarini buxgalteriyada maxsus jurnal yoki kartochkada ro’yxatga oladi. Хodimlarning arizasiga muvofiq alimentlar quyidagi hollarda ushlanadi: agar ushlanmalarning umumiy summasi 50 % dan oshsa, shuningdek agar sud qarori bilan boshqa onadan bo’lgan bolalar foydasiga, mehnatga layoqatsiz ota-onalar foydasiga, xotini (xotinlari) foydasiga.

Ijro varaqalari bo’yicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyotining 1-«Ijro hujjatlari bo’yicha tashkilot va shaxslar bilan hisob - kitoblar» analitik schyotida yuritiladi.

Aliment hisobot oyi bo’yicha hisoblangan ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgan davrida hisoblangan nafaqa summasidan soliqlar ushlangandan keyin, shuningdek, hisoblangan pensiya va stipendiya summasidan ushlanadi. Bu vaqtda buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi: Dt 6710 «Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar», Kt 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyoti.

Ish haqi, pensiya va stipendiyalar to’lash uchun belgilangan uch kunlik muddat ichida aliment summalari to’lanishi yoki aliment oluvchilar hisobidan pochta orqali o’tkazib berilishi kerak. Bunda 6990- schyoti debetlanib 5010- schyoti kreditlanadi.

Moddiy yordam, ixtirochilik, ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan rag’batlantirish va shu kabi summalaridan aliment summasi ushlanmaydi. Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha ariza-majburiyatlarning hamma summasini korxona bank krediti hisobidan savdo tashkilotlariga o’tkazib berganda kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha ushlanma operatsiyalar sodir bo’ladi.

Shunday qilib, qisman ushlanmalarni o’nlab savdo tashkilotlariga o’tkazib berish uchun bankka to’lov-topshiriqlari yozish vaqti qisqaradi. Bu shakldagi hisoblashishlar uchun schyotlar rejasida 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi» schyoti tayinlangan. Bu schyot aktiv bo’lib uning qoldig’i korxonaga qaytarilmagan kredit bo’yicha ishchi va xizmatchilarning qarzini ko’rsatadi; debet oboroti – bank krediti hisobidan korxonaning yana bergan topshiriq-majburiyat summasini ko’rsatadi; kredit oboroti – qarzni qoplash uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan summani ko’rsatadi.

Basharti xodim majburiyat summasini to’liq qoplamasdan boshqa korxonaga ishga o’tsa, korxona savdo tashkilotiga xodimning yangi ish joyini ko’rsatib xabar beradi. Korxona shuningdek ssuda bo’yicha bank bilan to’liq hisoblashadi. Agar korxona o’z xodimlarining kreditga sotib olgan tovarlari bo’yicha bank kreditidan foydalanadigan bo’lsa, 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotida savdo korxonalari bo’yicha shaxsiy schyotlar ochadi.

Ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlanadigan majburiy ushlanmalardan tashqari ularning yozma arizalariga muvofiq ixtiyoriy ushlanmalar ham bo’lishi mumkin: ish haqini Хalq bankiga, sug’urta tashkilotlariga o’tkazib berish, kasaba uyushmalar badallarini to’lash, dalabog’ uy va uchastkalarni qurish va obodonlashtirish uchun olingan ssudani qaytarish. Bunday hisoblashish muomalalari 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi» va 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotlarda hisobga olinadi. 



4. Korxonalar bank bo‘limida hisob-kitob schyotidan tashqari.

5500-«Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar»,

5600-«Pul ekvivalentlarini hisobgaoluvchi schyotlar»,

5700-«Yo‘ldagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar»,

5800-«Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarini respublika hududida hamda xorijda so‘mda va chet el valyutasi sifatida saqlanayotgan pul mablag‘larining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi mahlumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu schyotlarda akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa to‘lov hujjatlari (veksellardan tashqari), alohida joriy va boshqa maxsus schyotlardagi pul mablag‘lari, shuningdek, alohida holda saqlanishi lozim bo‘lgan maqsadli moliyalashga aloqador pul mablag‘lari harkati hisobga olinadi.

5510-«Akkreditivlar» schyotida akkreditivlardagi pul mablag‘larining harakati hisobga olinadi. Akkreditivlar boshqa shahardagi mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashish uchun korxonaning topshirig‘igsha asosan bankdagi hisoblashuv schyotidagi o‘z mablag‘lari hisobidan, ayrim paytlarda bankning ssudasi hisobidan ochiladi. Bunda 5510-«Akkreditivlar» schyoti debetlanadi va akkreditiv qasi schyotdan qo‘yilgan bo‘lsa, shu schyot (5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti», 5220-«Chet eldagi valyuta schyotilari», 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» va boshqa schyotlar) kreditlanadi. Akkreditiv va maxsus schyotlarga qabul qilingan summalar ularning foydalanishiga qarab (bank ko‘chirmasiga asosan) odatda 5500 schyot kreditidan 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyotining debetiga yoziladi. Foydalanilmay qolgan akkreditiv va maxsus schyotlardagi pul mablag‘lari qaysi schyotlan ochilgan bo‘lsa (5110, 5210,

5220, 7810 va boshqa schyotlar) shunga qaytariladi. Har bir ochilgan akkreditivga alohida analitik schyot ochiladi. Bankdan olingan limitlangan chek daftarchalaridagi pul mablag‘lari 5520-«Chek

daftarchalari» schyotida hisobga olinadi. Olingan chek daftarchalarining summasiga 5520 schyot debetlanadi va pul qaysi schyotdan hisoblab o‘tkazilganligiga qarab 5110, 5210, 5220, va 7810 schyotlar kreditalnadi.

5500-«Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar»da bankda alohida saqalanadigan, operatsion xarajatlar uchun yuqori tashkilotlardan tushadigan, madaniy v boshqa tashkilotlarni, maktab o‘quvchilari oromgohlarini asrash uchun kasaba uyushma va boshqa tashkilotlardan tushadigan va maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida otaonalarning farzandlarini asrash uchun ulardan olingan mablag‘lar harakati; kengaytirilgan takror

ishlab chiqarishni tahminlash uchun o‘z aylanma mablag‘lari yetishmaydigan jamoa xo‘jaliklari yo‘l qurilishi, yerlarni melioratsiya qilish, tabiatni muhofazaqilish, uy-joy qurilishi, maktabgacha bolalar muassasalari va boshqa madaniy-maishiy ahamiyatga ega inventar va qurilmalar sotib olish, ommaviy-moddiy tadbirlar o‘tkazish, sug‘urta to‘lovlari va boshqa tadbirlarni bajarish xarajatlarini moliyalash uchun ajratilgan byudjet mablag‘larining harakatini alohida schyot ochib hisobga olinadi. Yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun olingan byudjet mablag‘larining summasiga 5500 schyot debetlanadi va 8800-«Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar» (8810-8890) schyoti

kreditladi. Chek daftarchasidagi summalar korxona tomonidan berilgan cheklarning to‘lanishiga qarab hisobdan chiqariladi, yahni transport va boshqa tashkilotlarga bankdan pul o‘tkazhilsa (bank ko‘chirmasiga muvofiq). Bunda 6010-«Mol yetkazib beruvchilarva pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti debetlanadi va 5500-Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga

oluvchi schyotlar» schyoti kreditlanadi. Chek berilgan bo‘lsa, ammo puli bankdan to‘lanmasa (to‘lash uchun ko‘rsatilmagan bo‘lsa), chek summasi 5520-«Chek daftarchalari»schyotida hisobga olinadi. Maxsus schyotlar, akkreditivlar va limitlangan chek daftarchalaridagi cheklar bo‘yicha barcha muomalalar maxsus joriy schyotlar, akkreditivlar va limitlangan chek daftarchalarining shaxsiy

schyotlari bo‘yicha bank ko‘chimalarida aks ettiriladi.

5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha)» schyotida korxona kassasida saqlanadigan pochta markalari, davlat bojxonasi markalari, veksel markalari, puli to‘langan aviachiptalar, puli to‘langan dam olish uylari va sanatoriya yo‘llanmalari va boshqa shunga o‘xshash pul ekvivalentlarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Pul ekvivalentlari 5600-«Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha)» schyotida nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Ularning analitik hisobi pul hujjatlarining turlari bo‘yicha yuritiladi. Pul ekvivalentlari kirimga olinganda 5610 schyot debetlanadi va naqd pulga sotib olanganda 5010 va 5020 schyotlar; hisob-kitob schyotidan pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olinganda 5110 schyot,

hisobdor shaxslar orqali sotib olinganda 4220-4290, 6970 schyotlar, turli shaxslardan sotib olinganda 6990 schyot kreditlanadi.

5710-«Yo‘ldagi pul mablag‘(o‘tkazma)lari» schyotida so‘m va chet el valyutasidagi mablag‘larning yo‘ldagi harakati (mahsulotlarni naqd pulga sotishdan tushum va pul o‘tkazmalari) to‘g‘risidagi axborotlar umumlashtiriladi. Bunda banklarning kassalariga tushadigan pul mablag‘lari, korxonalarning hisob-kitob schyotiga yoki boshqa o‘tkazib ulgurilmagan omonat kassalariga yoki

pochta bo‘limlarining kassalariga topshirgan mablag‘lar kiradi. 5710 schyot tranzit schyot bo‘lib, pul mablag‘larining harakati ustidan uzluksiz nazorat o‘rnatish uchun bog‘lovchi bo‘g‘in funktsiyasini

bajaradi. 5710-«Yo‘ldagi pul mablag‘(o‘tkazma)lari» schyotining debetida pulning inkassator tomonidan topshirilishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan korrespondentsiyalangan holda aks ettiriladi. Pul mablag‘lari hisobga o‘tkazilganidan so‘ng 5710 schyot kreditlanadi va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5010-5020, 5110-5530) debetlanadi. Yo‘ldagi pul

mablag‘(o‘tkazma)larining analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi.

5500-«Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar»,

5600- «Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar»,

5700-«Yo‘ldagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi

schyotlar»

5800-«Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar»i bo‘yicha muomalalarning sintetik hisobi ushbu schyotlar krediti bo‘yicha 3-ASK jurnal orderda, debeti bo‘yicha esa 24-ASK vedomostda, tekshirilgan va tegishli ishlov berilgan bank ko‘chirmalariga asosan yuritiladi.

3-ASK jurnal-order va 25-ASK jurnal-orderning kredit oborotlari, 25-ASK vedomostining debet oborotlari jamlanadi va har bir sintetik va analitik schyot bo‘yicha oy oxiriga qoldiq chiqariladi.

5500, 5600, 5700 va 5800 schyotlar bo‘yicha kredit oborotlarining jami yozuvlari tekshirilib, boshqa tegishli hisob registrlari bilan taqqoslanganidan so‘ng Bosh daftarga o‘tkaziladi.





Download 365 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish