Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2.1 Mb.
bet3/413
Sana07.09.2021
Hajmi2.1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   413
AL va KHK darsligidan:

Til millatning qalbi, uning o‘tmishi, buguni va kelajagi sanaladi. Shu ma’noda har bir millatning ona tilisida uning bebaho xazinasi, minglab so‘zlar saqlanadi. Bu so‘zlarni asrlar davomida xalq yaratadi, unga sayqal beradi, asrab-avaylaydi.

Har bir davrda yashagan xalq vakillari bu so‘zlarni e’zozlab, ularga ishlov berib, so‘zlar xazinasini boyitib, keyingi avlodlarga yetkazishga mas’uldirlar. Internet ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 6000 dan ortiq til bo‘lib, ularning so‘z boyligi, leksik-grammatik qurilishi, uslubiy imkoniyatlari darajasi bir xilda emas. Bu borada o‘zbek tili dunyodagi eng boy, shirali tillardan biri sanaladi. Bu tilda Mahmud Koshg‘ariy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodira, Ogahiy singari buyuk zotlar barakali ijod qilgan bo‘lishsa, Muqimiy, Furqat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriylar uni yangi pog‘onalarga olib chiqishdi.

O‘zbek tilining XX asr boshlaridan bugungi kungacha bo‘lgan davri “Hozirgi o‘zbek tili” deyiladi. Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili chuqur tarixiy ildizlarga ega. Ozarbayjon, usmonli turk, qozoq, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq, uyg‘ur, chuvash, tatar, boshqird, xakas, yoqut singari 30 dan ortiq turkiy tillardan biri sifatida u qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek tili singari uzoq taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan.



O‘zbek ma’rifatparvarlarining sa’y-harakatlari bilan XX asrning boshlarida shakllangan hozirgi o‘zbek adabiy tili bugun istiqlol sharofati bilan to‘lishib, go‘zallashib, butun borlig‘i bilan ko‘z oldimizda namoyon bo‘lmoqda. Hozirda u dunyodagi boshqa tillar bilan erkin muomala-munosabatga kirishib, ilm-fan, texnika, badiiy adabiyot, rasmiy qog‘ozlar tili sifatida tobora rivojlanib bormoqda.

Ma’lumki, “Hozirgi o‘zbek tili” va “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” tushunchalari mavjud. Ularning birinchisi ikkinchisiga nisbatan keng ma’noda ishlatiladi, oddiyligi, har doim ma’lum me’yorlarga amal qilavermasligi, erkinligi bilan ajralib turadi va amalda mavjud bo‘lgan barcha shevalarni, lahja hamda dialektlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Shu bois, og‘zaki so‘zlashuv tili deb ham yuritiladi. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” qoliplashtirilgan, me’yorga solingan, barcha uchun tushunarli va ular tomonidan amal qilishi shart bo‘lgan xalq tili shakli sanaladi.

Adabiy tilning nutq madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaki va yozma shakllari bor. O‘z fikrini chiroyli, tushunarli, sodda va lo‘nda qilib ifodalash uchun adabiy tilni bilish shartdir.

Tilshunos olimlarning ma’lumotiga qaraganda, buyuk bobomiz Alisher Navoiy o‘z asarlarida 26035 ta, rus shoiri Aleksandr Pushkin o‘z asarlarida 21193 ta, Uilyam Shekspir o‘z asarlarida 20000 dan ortiq, Migel de Servantes o‘z asarlarida 18000 dan ortiq, Abdurahmon Jomiy o‘z asarlarida 17600 ta, Abdulla To‘qay o‘z asarlarida 14000 dan ortiq so‘zdan foydalangan.




Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat