Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud


AL va KHK darsligidan(A. Rafiyev)



Download 2,1 Mb.
bet24/413
Sana07.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#167841
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   413
Bog'liq
HO'AT(20)
11 sinf kimyo fanidan topshiriqlar t, Mamadaliyeva N, BMI-1, 1-lab Kalorimetriya, paxta ishi uydurmasi yoxud jafokash xalq tarixidan bir lavha, tarix mus. ish 2, Yakuniy nazorat savollari, Yakuniy nazorat savollari, Yakuniy nazorat savollari, Yakuniy nazorat savollari, 1 5028330921682534615, 2- Маруза 2 курс, курс иши --, Инсон эмоцияси — копия, Инсон эмоцияси — копия
AL va KHK darsligidan(A. Rafiyev):

Til bilan nutqni farqlash lozim:

Til so‘zlashish vositasi, ya’ni nutq sifatida namoyon bo‘lgandagina ma’lum vazifani bajaradi. Nutq til materiali, unsurlaridan tuziladi va nutqiy faoliyat natijasida yuzaga chiqadi. Demak, til materiallari faoliyati uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin:

1. Til aloqa materiali bo‘lsa, nutq aloqa shaklidir.

2. Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.

3. Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog‘liq holda uzoq bo‘ladi, nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og‘zaki nutq so‘zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin.

4. Til nisbatan turg‘un, barqaror bo‘lsa, nutq doim harakatda bo‘lib, o‘zgaruvchan hodisa sanaladi.

5. Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq. U dialog, monolog, matn shaklida bo‘lishi mumkin.

Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatda, ya’ni nutq sifatida kishilar o‘rtasida aloqa, fikrlashish, so‘zlashishni amalga oshirishda yaqqol ko‘rinadi. Nutqiy faoliyat kishilarning bir-birlariga tushunarli bo‘lgan til vositasida o‘zaro fikr almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga oshadi: og‘zaki va yozma tarzda.

Og‘zaki nutqning ikki xil turi mavjud: oddiy so‘zlashuv nutqi va adabiy so‘zlashuv nutqi. Oddiy so‘zlashuv nutqi tabiiy nutq sifatida namoyon bolib, sheva ta’sirida bo‘lgan kundalik so‘zlashuv nutqining ko‘rinishlaridan iborat. Adabiy so‘zlashuv nutqi esa adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda gapirishni taqozo etadi.

Yozma nutq og‘zaki nutqdan so‘ng yozuv ta’sirida paydo bo‘lgan bo‘lib, adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo‘ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir. Yozma nutqning mazmuniy bo‘laklari, gaplar, ularning qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko‘rsatiladi. Yozma nutq og‘zaki nutq kabi kishilar o‘rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, u boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar bilan aloqa bog‘lash vositasidir. Yozma manbalar orqali biz o‘tmish tariximizni o‘rganamiz va bundan kelajak avlod foydalanishini ta’minlaymiz.

Nutqning bu shakllari turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Nutq ayrim shaxsga tegishli bo‘lishi (monologik), ikki kishi o‘rtasida yuz berishi (dialogik) va bir necha shaxslar orasida (polilogik) bo‘lishi mumkin. Nutq ko‘rinishlari ifoda maqsadi, qurilishi, hissiy-ta’siriy vositalari bilan farqlanadi. Yozma nutq uslubiy turlari (so‘zlashuv, ilmiy, badiiy, ommabop, rasmiy-idoraviy) bilan o‘ziga xos nutq ko‘rinishlarini yaratadi.


Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash