Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2.1 Mb.
bet16/413
Sana07.09.2021
Hajmi2.1 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   413
AL va KHK darsligidan:

O‘zbek tili va uning taraqqiyot bosqichlari

Qadimgi turkiy til. Jamiyat oilalardan tashkil topganidek, tillar ham turli-tuman oilalarga bo‘linadi.Til oilalari shu oilaga asos bo‘lgan til nomi bilan yuritiladi. O‘zbek, uyg‘ur, qirg‘iz, qozoq kabi tillarning turkiy til deyilishiga sabab shuki, ularning hammasi qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan.

Demak, hozirgi barcha turkiy tillar (o‘zbek, uyg‘ur, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq, turk, turkman, ozarbayjon, usmonli turk, tatar, xakas, yoqut va boshq.) uchun qadimgi turkiy til umumiy til (bobo til) sanaladi.

Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko‘pchilik olimlar bir necha davrlarga bo‘ladilar. 1. Oltoy davri. 2. Eng qadimgi turk davri. 3. Qadimgi turk davri. 4. O‘rta turk davri (hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanishi hamda rivojlanishi davri) va boshqalar.

Mutaxassislarning fikricha, turkiy tillar qadimda mo‘g‘ul va tungus-manjur tillari bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb atalgan. Keyinchalik oltoy tili tarmoqlanib ketgan.

Qadimgi turkiy til davriga oid yozma manbalarga o‘rxun-enasoy, uyg‘ur (qisman moniy) sug‘d yozuvlarida yozilgan asarlar mansub bo‘lib, mazkur yozuvlar hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi. “Kultegin”, “Bilga xoqon”, “To‘nyuquq bahodir” kabi yodgorliklar tili shu davrga mansub.

O‘rxun-Enasoy yodgorliklarida uchraydigan ba’zi so‘zlar va gaplarga e’tibor bering:

budun – xalq ko‘ch – urug‘, zot

bilig – bilim o‘kush – ko‘p

ingek – sigir o‘z – jon, vujud

yag‘i – yov, dushman art – tepa, dovon

batsiq – g‘arb erik – mard, botir, erkin

Biz qo‘rqmadimiz, sungusdimiz – Biz qo‘rqmadik, jang qildik. Neke qorqurbiz – Nimadan qo‘rqamiz. Turk budun yoq bo‘lmazun! Budun bo‘lsun! – Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin! Xalq bo‘lsin!

Ko‘rinyaptiki, bu davrdagi so‘zlarning tushunilishi ancha qiyin.

Urxun-enasoy yozuvi haqidagi dastlabki xabarlar N.K.Vidzen, S.U.Remezov, I.Tabbet-Stralenberg, D.G.Messershmidt, M.A.Kastren kabi tadqiqotchilar tomonidan e’lon qilingan.

1889-yili N.M.Yadrinsev Mongoliyadagi Qoraqurum shahristoni xarobalaridan ikkita katta bitiktosh topib oldi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu toshlar Kultegin va Bilga xoqonlar sharafiga qo‘yilgan bitiktoshlar ekan.

V.V.Radlov, V.Tomsen, P.M.Melioranskiy kabi olimlar bu sirli yozuvlarni o‘qishga qattiq kirishganlar. 1893-yilning 25-noyabr kuni V.Tomsen birinchi bo‘lib bitiktoshlar sirini ochganligini e’lon qildi. Bu vaqtda V.V.Radlov 10 ta harfni o‘qib ulgurgan edi. Mazkur sirli yozuvlar turk xalqiga tegishli ekan. Enasoy hamda O‘rxun daryolari havzalaridan topilganligi uchun ular urxun-enasoy yozuvlari deb atala boshlandi. Hozirda ularning 700 ga yaqin namunalari fanga ma’lum.


Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat