Bugun mmmda Mudofaa vazirligi mutsaddilari va oav ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi



Download 0,6 Mb.
Sana13.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#117754
Bog'liq
hg


Bugun MMMda Mudofaa vazirligi mutsaddilari va OAV ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5614-son farmoyishiga bag‘ishlangan ishlar muhokama qilindi.

Ayniqsa, matbuot anjumanida farmoyishda 2020 yilning 18 dekabridan 2021 yilning 18 yanvariga qadar yurtimizda keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni jalb qilingan holda “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” degan ustuvor g‘oya ostida vatanparvarlik oyligini o‘tkazish belgilangani borasidagi vazifalar sarhisobiga keng to‘xtanildi.

Mazkur oylikni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroga va har bir oilaga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining o‘rni va ahamiyatini yetkazish, ma’naviyatli va fidoyi, ajdodlarimizning bebaho merosiga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – bo‘lajak Vatan himoyachilarini tarbiyalash, ularning dunyoqarashi, mantiqiy, ijodiy va tahliliy fikrlash doirasini kengaytirish, ona Vatan taqdiri uchun yuksak mas’uliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘lib, “Xalq va armiya - yakdil” ekanligini xalqimizga amalda namoyon etishga qaratilgan.

“O‘zbekiston Respublikasida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayramini keng nishonlashga tayyorgarlik jarayonlari” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida spikerlar mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi polkovnik Bahrom Zulfiqorov, Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Hasan Xalilov, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tarbiyaviy va mafkuraviy boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sobirjon Isakov, Milliy gvardiya  tarbiyaviy va mafkuraviy boshqarma boshlig‘i polkovnik Zafarjon Abdullayevlar ishtirok etishdi.



Mas’ullar tomonidan joylarda tegishli vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda bayram kuniga bag‘ishlangan ma’naviy, ma’rifiy va madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun targ‘ibot-tashviqot va ijodiy guruhlar tuzilganligi, shahar, tuman, qishloq va chekka ovullarda, shuningdek madaniyat va istirohat bog‘larida harbiy orkestrlar va badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokida “Armiya - yoshlar nigohida!” shiori ostida “Harbiy-vatanparvarlik festivallari”, noan’anaviy “fleshmob”lar, harbiy xizmatchilar va boshqa soha vakillarining ota-onalari ishtirokida “Mening farzandim yurt himoyachisi” va “Armiyaning ilg‘ori – mahallamiz iftixori” mavzularida onlayn ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, qo‘shinlar qo‘mondonlari rahbarligida va yoshlar ishtirokida “Viloyatdagi tengdoshim” mavzusida videomuloqotlar kabi tadbirlar o‘tkazilishi, shuningdek, Vatan himoyachilari kunini nishonlash arafasida, xususan 2021 yilning 10-18 yanvar kunlari talaba va o‘quvchi yoshlar uchun Qurolli Kuchlar Davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga bepul tashriflar tashkil etilishi haqida ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlanishicha, dasturda ko‘rsatilgan barcha ommaviy tadbirlar O‘zbekiston Respublikasiga karonavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiya tavsiyalari asosida amalga oshirilishi belgilangan ekan.

 

Yurtimizda joriy yilning 15 dekabridan 2021 yilning 15 yanvariga qadar o‘tkaziladigan "Vatanparvarlik oyligi" targ‘ibot tadbirlari ushbu shior ostida tashkil etilmoqda.



Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholiga mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yetkazish, Qurolli Kuchlarning salohiyatini namoyish etish maqsadida o‘tkazilayotgan oylikning viloyatimizdagi tadbirlari boshlandi.

Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizonidagi harbiy qismda o‘tkazilgan tadbirda qism komandirlari, harbiy xizmatchilar, faxriy harbiylar va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

- Bu yilgi "Vatanparvarlik oyligi" doirasidagi tadbirlarda buyuk bobomiz Jaloliddin Manguberdining Vatan himoyasidagi jasorati, jangu jadallardagi harbiy mahorati bosh g‘oya sifatida belgilangan, - deydi harbiy qism komandirining o‘rinbosari, podpolkovnik Shavkat Abdurahimov.   – Jaloliddin Manguberdi harbiy san’at bobida o‘z davrida dovrug‘i yetti iqlimga ketgan bahodir bo‘lgan. Bu yilgi targ‘ibot tadbirlarimizda buyuk bobomizning ko‘rsatgan qahramonliklarni yoshlar ongiga singdirish orqali ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, harbiylikka qiziqtirish, yurt oldidagi farzandlik burchini anglatishni maqsad qilganmiz.

Tadbir davomida qism harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan Jaloliddin Manguberdi jang sahnasi, qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishi namoyish etildi. Tadbirga tashrif buyurgan yoshlar qurol-aslahalar, harbiy texnikalar bilan bevosita tanishdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi harbiy bo‘lim boshlig‘i Husan G‘oziyevning ta’kidlashicha, bu galgi "Vatanparvarlik oyligi" faqatgina tuman va shaharlar markazlarida emas, balki chekka hududlarda ham o‘tkaziladi. Shu bois Vatanparvarlik karvonlari tashkil etilib, chekka hududlarda harbiy texnikalar, qurol-aslahalar, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etiladi. Shuningdek, oylik doirasida harbiylar va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlari, sport musobaqalari o‘tkaziladi.



Vatanparvarlik karvoni Samarqand garnizonidagi harbiy shaharchada yo‘lga chiqdi. Ilk manzil Jomboy tumanining olis hududlari bo‘ladi. Bir oy mobaynida viloyatning eng chekka hududlarida ham targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish