Bu sahifa navigatsiya: Adibning hayot va ijod yo‘li


Oybekning she’riy asarlari



Download 95.08 Kb.
bet3/7
Sana27.09.2021
Hajmi95.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7
Oybekning she’riy asarlari

Ishqiy lirika. Oybek, o‘zi mansub bo‘lgan adabiy avlod vakillaridan farqli o‘laroq, 20-yillar she’riyatida, ba’zi bir istisnolardan qat’iy nazar, davrning o‘tkinchi ijtimoiy mavzulari emas, balki lirik tuyg‘u va kechinmalar tasviriga katta e’tibor berdi. Uning 1926-yilda nashr etilgan dastlabki she’rlar to‘plamining «Tuyg‘ular» deb atalgani bejiz emas. Agar ana shu to‘plamni varaqlaydigan bo‘lsak, unda shoir qalbining lirik kundaligi bilan tanishgandek bo‘lamiz. Bu to‘plam va undagi aksar she’rlar yozilgan vaqtda Oybek yigirma-yigirma bir yoshli yigitcha bo‘lgan. Bu vaqtda odatda yigitlar-shoir, shoirlar esa sevgi va muhabbat kuychisi bo‘ladilar. Dunyoda muhabbat qo‘shig‘idan ham shirin va muqaddas qo‘shiq bo‘lmaydi, yoshlikning oltin faslida Oybekning ham qalbi shu yillarda muhabbatning muattar shamolidan to‘lqinga kelib, sevgi taronalarini kuylay boshladi.

Oybekning shunday she’rlaridan bin «Orqangdan yig‘lab qoldim...» deb ataladi. 1926-yilda yozilgan bu she’r, barmoq vaznidagi an’anaviy she’rlardan farqli o‘laroq, besh satrli band va aabba, vvgga tartibidagi qofiya tizimidan foydalanilib yozilgan. Yana shuni aytish lozimki, har bir bandning birinchi satri band so‘ngida aynan takrorlanib, shu bandni qoliplab ham keladi.Bunday she’r shakli 20-yillar o‘zbek she’riyatida kam uchraydi, hatto uchramaydi, deyish ham mumkin. Bu hol Oybekning shu yillarda Cho‘lpon she’riyatidan tashqari, rus shoirlari ijodini ham diqqat-e’tibor bilan kuzatgani va ulardan saboq olganidan shahodat beradi:

Orqangdan yig‘lab qoldim, Ko‘ksimni tig‘lab qoldim.

Qiz, daryodan osharsan, Bilmam, qayda yasharsan,

Orqangdan yig‘lab qoldim.

Bu satrlarda tuyg‘uning samimiyligi va tiniqligi ham, lirik qahramonni qurshagan ishqiy hayajonning to‘lqini va musiqasi ham chinni piyoladek toza sado berib turadi.

Odatda, Oybek to‘g‘risida so‘z borganda, uning yuksak ma’naviyat va madaniyat sohibi, XX asrdagi buyuk insonlardan biri bo‘lganligi aytiladi. Oybekning har tomonlama yetuk insonligi yana shunda ham ko‘rinadiki, shoirning ilk she’ridan so‘nggi satrlarigacha barcha ishqiy she’rlari faqat bir ayolga-uning xotini Zarifa Saidnosirovaga bag‘ishlangan.

Shoirning Zarifaxonimga bag‘ishlangan lirik she’rlari orasida shundaylari borki, ularni o‘zbek lirikasining durdonalari sifatida baholash va bu she’rlarni jahon ishqiy lirikasining sara asarlari qatoriga bemalol kiritish mumkin.

Shunday she’rlardan biri «Uzoqdan turib...» deb atalgan. Bu she’r 1928-yil 26-oktabrda Leningradda yozilgan. (Oybek shu yili o‘qishini Leningraddagi Plexanov nomli Xalq xo‘jaligi institutiga ko‘chirib olgan edi.)

Zarifaxonim Oybekning Neva bo‘ylaridagi shaharga ketgan kunlarini eslab, «Oybegim mening» kitobida bunday yozgan:

« Oradan birmuncha fursat o‘tgach, Oybekdan sog‘inch tuyg‘ulari bilan to‘la xatlar kela boshladi. Mening ko‘nglimda paydo bo‘lgan bo‘shliqni uning maktublaridagi toshqin tuyg‘ular to‘ldirib yubordi.

U Leningradga yetib borar-bormas, quyidagi she’rni yozib yubordi:

UZOQDAN TURIB...

Ko‘zlari cho‘lpondek nozli sevgilim,

Bir qarash tashlading, men sevdim seni.

Xayoling eslarkan, qonaydir dilim,

Yolboray, go‘zalim, unutma meni!

Daryolar singari ko‘nglim jo‘shqindi,

Bir tola soching-la bog‘lanib qoldi.

Ko‘ksingda yotganim na go‘zal kundi,

Ayriliq siynamga yong‘inlar soldi.

Xayoldek yo‘qoldi yayragan choqlar...

Darding-la so‘narkan qora, sho‘x ko‘zim.

Seni erkalaydi dengiz, qirg‘oqlar,

Ko‘zlari cho‘lpondek nozli sevgilim!

...Men uchun nihoyat aziz satrlar... Bu she’r menga bag‘ishlangani uchungina emas, balki ulug‘ shoirning buloq suvlaridek musaffo qalbi mavj etib turgani uchun ham sevaman uni. Bu she’rni o‘qib, hasratlarim, dardlarim, tashvishlarim erib yo‘qolgandek bo‘ladi».

Endi bu she’rning Zarifaxonimni ham, bizni ham to‘lqinlantirishi sabablarini axtarib ko‘raylik. She’rning ilk satridan so‘nggisigacha bir tuyg‘u va kechinma tasvir etiladi va muhabbatning shoir qalbidan nay kuylari o‘laroq oqib turgan kuylari mayin sado berib turadi. Bu tuyg‘u va kechinmada ham, uning «erib oqayotgan» kuylarida ham tiniqlik, musaffolik bilan birga, tinimsizlik, to‘xtovsizlik, abadiylik belgilari ham bor. «Ko‘zlari cho‘lpondek, nozli sevgilim» satridagi 1 nafaqat shu satrga, balki butun she’rga nafis va mayin she’riy musiqaning kumush jilolarini sochib turadi. Shoir she’rda original o‘xshatish («ko‘zlari cho‘lpondek», «Daryolar singari ko‘nglim jo‘shqindir»), istiora («Xayoling eslarkan, qonaydir dilim»), mubolag‘a («Bir tola soching-la bog‘lanib qoldi», «Ayriliq siynamga yong‘inlar soldi») va tahayyum («Seni erkalaydi dengiz, qirg‘oqlar») san’atlaridan juda o‘rinli va mohirlik bilan foydalanib, she’rni yanada mavjlantirib turadi. She’rdagi ana shu to‘lqin, mavj shoir (lirik qahramon)ning samimiy va buyuk muhabbatidan kuch oladi. She’rning, yuqorida tilga olingan she’rdagidek, qoliplangan holda «Ko‘zlari cho‘l-pondek, nozli sevgilim» so‘zlari bilan boshlanishi va tugallanishi unga yanada poeti kjoziba bag‘ishlaydi.

Oybekning lirik qahramoniga xos otashin muhabbat tuyg‘ulari shoirning ko‘plab she’rlaridan favvoradek otilib turadi.


Download 95.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat