btsti ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 2-guruh talabasi Aminova Shohidaning


Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi –



Download 351.5 Kb.
bet7/24
Sana08.09.2021
Hajmi351.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi – Prezidentning asarlari, O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, umumiy o’rta ta’lim DTS va o’quv dasturlari.

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati - Boshlang‘ich maktabda matematika ta’limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olishga egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llashga tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Boshlang‘ich matematika kursining asosini natural son nol, butun musbat sonlar ustida to‘rt arifmetik amal hamda ularni xossalari haqidagi puxta o‘zlashtirishni tashkil etishni malakalarni avtomatizm darajasiga etkazishni tashkil etadi. Matematika kursi asosiy kattaliklar va geometriya elementlari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Matematika bolalarda tafakkur diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. SHuningdek matematika o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirish va ularning o‘z fikrlarini aniq, to‘g‘ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin xozirlaydi. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishda xaftasiga besh soatdan vaqt ajratiladi. Birinchi sinfda o‘quvchilar ikki o‘nlik ichidagi ya’ni 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarning nomlari bilan tanishadilar. 1-sinfdan matematika o‘qitishdan o‘quvchilarga og‘zaki xisoblashlarning puxta ko‘nikmalarini shakllantirishga katta axamiyat beriladi.

Ko‘paytirish va bo‘lishni o‘rganishga tayyorgarlik ishlari 2-sinfda 1-yarim yillikdan boshlanadi.Ko‘paytirish jadvalini tuzishda qadar ko‘paytirish bilan bo‘lish orasidagi bog‘lanish ochib beriladi.

3-sinfda 1000 ichida sonlarni qo‘shish va ayrishni o‘rganishida o‘quvchilar oldin yig‘indini songa, sonni yig‘indiga qo‘shishning turli usullarini qo‘llab og‘zaki hisoblash usullari bilan tanishadilar.

Matematika fanining buyuk kuchi shundaki, u moddiy dunyo obektlarining eng umumiy xossalarini o‘rganadi. Masalan, qandaydir obektlardan tashkil topgan biror to‘plamni olsak, bu to‘plam elementlari nimalardan tashkil bo‘lsa ham uning umumiy xossasi, undagi elementlar sonidir. Matematikani o‘qitish bolalarga bilim berishdangina iborat bo‘lmay, balki ularda idrok, xotira, tafakkur tasavvur kabi qobiliyatlarni rivojlantirish ham nazarda tutadi. Ma’lumki, boshlang‘ich matematika kursida arifmetik material bilan birgalikda algebra va geometriya elementlari ham bayon qilinadi. Shu bilan birga dasturda bu materiallarni bir – biriga uzviy bog‘liq holda o‘rganish kerakligi ko‘rsatilgan.

Darsning maqsad va vazifalarini belgilab olgandan keyin o‘qituvchi, darsda qilinadigan ishlar mazmunini aniqlab olishi kerak.. Dars mazmunini aniqlash uchun o‘qituvchi yetakchi didaktik va metodistlar tomonidan ifodalangan xozirgi zamon dars mazmuni talablariga rioya qilish kerak. Xalq ta’limi rivojlanishidagi hozirgi davr muhim davrlardan bo‘lib, bu “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Vazirlar maxkamasining 1998 yil 13-may “Umumiy ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi 203-qarorini hayotga tadbiq etish va singdirishdan iboratdir. Bu xujjatlar ta’lim sohasida jamiyat ehtiyojini to‘la qondirishi nazarda tutadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan tadbirlar tizimida matematika ta’limining Davlat standartlarini joriy etish katta ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, matematika moddiy dunyoning obyektlarini o‘rganadi, lekin boshqa fanlardan farqli o‘laroq uning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllari asosiy obyekt sifatida qaraladi. Matematika o‘sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o‘quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. U o‘quvchi tafakkurini rivojlantirib, ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, o‘quvchilarda maqsadga yo‘nalganlik mantiqiy fikrlash, topqirlik hislatlarini shakllantira boradi. SHu bilan birga mulohazalarni to‘g‘ri, go‘zal tuzilganligi, har xil narsalarning simmetrikligi haqida fikr yuritishga undaydi.


Download 351.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat