Bronxo obstruktiv sindrom Bronxial astma



Download 128 Kb.
Sana23.02.2022
Hajmi128 Kb.
#141791
Bog'liq
05. Bronxial obstruksiya sindromi
Оператив жарроҳлик (Шомирзаев Н.Ҳ.) - 1994 й., Jaxon sivilizasiyasi va taraqqiyotning o, Инсон ҳуқуқлари Ўқув курс, 1-Растворы, Tibbiy profilaktika yonalishi 251-a guruh talabasi Abdullayev Ahrorning, 2 5204044055306046047, english relative clauses, tibbiy bio, Фотодинамическая терапия, calendar-thematic plan, Atajonov S, Bio Presentation 1, дерма 626, 11tarix uz



Режа :



  1. Bronxo obstruktiv sindrom

  2. Bronxial astma

  3. Уткир Респиратор Касалликлар (Урк)

  4. Дифференциал Диагностикаси

Bronxoobstruktiv sindrom – bu yig’ma termin bo’lib, asosida nafas yo’llari torayishi yoki okklyuziyasi yotuvchi bronxial o’tkazuvchanlik buzilishi bilan ifodalanuvchi o’ziga xos simptomakompleks.


Bolalarda asosan erta yoshlarda nafas yo’llari obstruktsiyasi sindromi klinik yaqqol xolda yetarlicha ko’p uchraydi. Bu sindrom paydo bo’lishida va rivojlanishida turli xil faktorlar ta’sir qiladi, va eng asosan respirator virusli infektsiya rol o’ynaydi.
Obstruktiv sindromni nisbatan ko’p chaqiruvchi viruslar qatoriga t respirator-sintsitsial virus (50% atrofida), keyin paragripp virusi, mikoplazma, kamroq- gripp va adenovirus.
Bronxial obstruktsiya rivojlanishida yoshga bog’liq, asosan bolalar xayotining birinchi uch yilida. Bolalarda bronxlar diametri kattalarnikiga nisbatan kichkina. Bronxlar va umuman nafas yo’llarining torligi aerodinamik qarshilikni sezilarli oshiradi., masalan, bronx shilliq qavatining 1mmga shishi traxeyadagi xavo oqimiga 50%dan ko’proq ta’sir qiladi.
Erta yoshdagi bolalar uchun bronxial trakt tog’ayining yumshoqligi, ko’krak qafasi suyak tarkibining rigidligining yetarli emasligi, kobirga oraliklarining kengayishi , xamda diafragma xolati va tuzilganligi.
Kichik yoshdagi bolaning nisbatan uzoq vaqt uxlashi, tez tez yig’lash, xayotining birinchi oylarida asosan orqasi bilan yotishi shubxasiz uning nafas organlari ishi buzilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Erta bolalik davri immunologik mexanizmlarning yetilmaganligi xarakterli: yuqori nafas yo’llarida interferon, immunoglobulin A sekretor immunoglobulin A xosil bo’lishi past, xamda immunitetning T sistemasi funktsional aktivligi past. Ko’pchilik izlanuvchilar BOS rivojlanishida premorbid fonning ta’sirini tan oladilar. Bular: xomiladorlik toksikozi, asoratlangan tug’ruq, tug’ruq vaqtida gipoksiya, chala tug’ilish, cho’zilgan allergik anamnez, brronxlar giperreaktivligi, raxit, distrofiya, timus giperplaziyasi, perinatal entsefalopatiya, erta sun’iy oziqlantirish, 6-12 oylikda o’tkazilgan respirator kasallik.

BOs rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan tashqi muxit faktorlari orasida asosiy o’rinni oiladagi passiv chekish egallaydi. Sigaret tutuni ta’siri ostida bronxial shilliq bezlarning gipertrofiyasi rivojlanadi, mukotsiliar klirens buziladi, shilliq xarakati sekinlashadi. Passiv chekish bronxlar epiteliysi destruktsiyasini rivojlantiradi. Sigaret tutunining uzoq vaqt ta’siri natijasida immun sistema aktivligi pasayadi, T-limfotsitlar aktivligi pasayadi, asosiy sinf antitelalari sintezi pasayadi, immunoglobulin Ye sintezi stimullanadi, bu o’z navbatida adashgan nerv aktivligini oshiradi. Asosan 1 yoshgacha bo’lgan bolalar bu ta’sirlarga ko’proq jaroxatlanadilar


Ota onalardagi alkogolizm xam sezilarli rol o’ynaydi. Alkogol ta’sirida mikroblar chiqarilishi sekinlashishi, bronxlar atoniyasini chaqirishi, ximoya yallig’lanish reaktsiyasi rivojlanishini tormozlashi isbotlangan.
Boshqa muxim noqulay omillarga6 ammiak, xlor, xar xil kislotalar, karbonat angidrid, ozon, fosgen va boshqalar. Noorganik chang(ko’mir, kvarts, tsement) va organik chang9paxta).
Bronxial obstruktsiya rivojlanishi asosida xar xil mexanizmlar yotadi:
a) distoniya
b) muskul to’qimasi gipertrofiya
v) diskriniya
g) giperkriniya
d) mukotsiliar klirens buzilishi
e) shish
j) yallig’lanish infiltratsiyasi
z) shilliq qavat giperplaziyasi va metaplaziyasi
i) bosilish, bronxlar obturatsiyasi va deformatsiyasi
k) maxalliy va umumiy immunitet defekti, makrofagal sistema defekti
Adabiyotlar ma’lumotlariga asoslanib bronxial obstruktsiya bilan kechuvchi kasalliklarni quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin
1. Nafas organlari kasalliklari
1.1. Infektsion-yallig’lanish kasalliklari(bronxit, bronxiolit, pnevmoniya)
1.2. Allergik kasalliklar (astmatik bronxit, bronxial astma)
1.3. Bronxopulmonal displaziya
1.4. Bronxopulmonal sistema rivojlanish nuqsonlari
1.5. Traxeya va bronxlar o’smalari
2. Bronx, qizilo’ngachdagi yot modda
3. Aspiratsion genezli kasalliklar(yoki aspiratsion obstruktiv bronxit), gastroezofageal reflyuks, traxeoezofageal oqma, MIT rivojlanish nuqsonlari
4. tug’ma va orttirilgan yurak qon tomir kasalliklari. (TYuN kichik qon aylanish doirasi gipertenziyasi bilan. Tug’ma norevmatik karditlar va boshqalar)
5. markaziy va periferik nerv sistemasi kasalliklari
6. Irsiy almashinuv anomaliyalari
7. Tug’ma va orttirilgan immunotanqislik xolatlari
8. Kamyob kasalliklar: Pipers sindrom, Lourensa-Muna-Borde-Bidlya sindrom, Kartogener sindrom va boshqalar.
9. Boshqa kasalliklar
9.1. Kuyish va travmalar
9.2. Zaxarlanishlar
9.3. tashqi muxitning xar xil fizik va ximik omillari ta’siri
9.4. Traxeya va bronxlarning o’pkadan tashqari bosilishi
Obstruktsiya yaqqolligi rivojlanganiga ko’ra: yengil daraja (I daraja), o’rta og’ir daraja (II daraja), og’ir daraja (III daraja).

Bronxial astma


Bronxial astma(BA) – Butun dunyo zamonaviy tibbiyotining aktual muammosi. BA diagnostika va davosi shu qadar muximki 1992 yilda Xalqaro Yurak, o’pka, qon instituti olimlari xamkorligida 11ta mamlakatdan ekspertlar yig’ilib (AQSH) “BA diagnostika va davosi bo’yicha xalqaro Konsuens” o’tkazilgan.
Tarqalganligi.
Dunyo bo’yicha BA bilan 130mln odam kasallangan.
Oxirgi 10 yilda Yevropada astmatiklar soni ikki baravar ortdi. AQSHda 14,6mln odam astma bilan ro’yxatdan o’tkazilgan. Xar yili bronxial astmadan 5000 odam dunyodan o’tadi. Avstriyada xar 6 chi bola 16 yoshgacha BA bilan og’riydi.
VOZ pronoziga ko’ra rivojlangan mamlakatlarda yaqin yilda BA bilan o’lim ko’rsatkichi 100ming axoliga 9 taga yetadi. Axolining 40g’50ming vaqtidan oldin o’limga olib keladi. XX1 asr JSST tomonidan bronxopulmonal sistema allergik kasalliklari asri deb tan olingan. Ko’p mamlakatlarda BA muammosi shunchalik aktivki xatto astmatolog mutaxassisligi paydo bo’ldi.
BA – bronxial daraxtning surunkali yallig’lanishi bo’lib, unda turli xil xujayralar ishtirok etadi, bunda asosan- T- limfotsitlar, semiz xujayralar va eozinofillar, bular obstruktiv sindromga olib keladi, bu obstruktsiya yoki mustaqil, yoki dorilar yordamida qaytar jaryon. BAda yallig’lanish nospetsifik xarakterda, xech qanday infektsiya bilan bog’liq emas.


BA rivojlanishiga olib keluvchi faktorlar:
-atopiya
-irsiy omil
-bronxlar giperreaktivligi


Sabab omillar (sesibilizatsiyalovchi):
- maishiy allergenlar(uy changi)
-xayvonlar epidermal allergenlari, qushlar, xasharotlar.
-zamburug’lar allergenlari
-chang allergenlari
-ovqat allergenlari
-dori vositalari
-viruslar va vaktsinalar
-ximik moddalar


BA ga olib keluvchi sabablarni rivojlanishini chuqurlashtiruvchi omillar.
-virusli respirator infektsiyalar
-xomiladaor ayolning xomiladorligi patologik kechishi
-chala tug’ilganlik
-noratsional ovqatlanish
-atopik dermatit
-xar xil pollyutantlar
-sigaret tutuni


BA chaqiruvchi omillar triggerlar
-allergenlar
-virusli respirator infektsiyalar,
-psixik i fizik zo’riqish,
-meteonizatsiyaning o’zgarishlari,
-ekologik ta’sirlar (kinobiotiklar, sigaret tutuni)
-ovqat maxsulotlar, dori va vaktsinalar
Gormonal tizimdagi buzilishlar.
Buyrak usti bezi kortizol ishlab chiqaradi. Kortizolning 2 fraktsiyasi farqlanadi: erkin va bog’langan. Kortizol xujayra yadrosiga ta’sir qilib, bronxlar tonusini, bronxial daraxt barcha xujayralarini boshqaradi, yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi, bronxospazmni bartaraf etadi.
BA bemorlarda 2 ta tip GKS yetishmovchiligi.
1. Buyrak usti bezi – buyrak ustining antigen antitelo kompleksi bilan zararlanishi. GKSlarning noadekvat qo’llanilishi gipofizda AKTG ishlab chiqarilishini susaytiradi. Va buyrak usti bez stimulyatsiyasi yo’qoladi, buyrak ust bezi atrofiyasi rivojlanadi, va bevosita gormonga bog’liqlik rivojlanadi.
2. Buyrak usti beziga bog’liq bo’lmagan biologik defekt bilan bog’liq,- erkin aktiv kortizolnnigyo’qligi ya’ni uning effekti yo’qligi.
Jinsiy bezlar gormonlari – progesteron va testosteron kortizolni yaxshi o’zlashtirilishini ta’minlaydi. Va demak antiastmatik effekt ko’rsatadi.

Qalqonsimon bez gipertireozda barcha gormonlar metabolizmini kuchaytiradi, kortizol xam tez parchalanadi va o’z ta’sirini ko’rsatishga ulgurmaydi


Bolalarda BA tasnifi.
Xozirgi paytda umum qabul qilingan BA tasnifiga ko’ra (4 daraja) bemorlarni olib borish taktikasini belgilab beradi. BA og’irlik darajasi bronxial astma diagnostika va davolash konsensus tavsiyasiga mos keladi. 1.
1. xafta davomida tungi simptomlar miqdori.
2. kunduzgi simptomlar soni kuniga va xaftada.
3. qisqa ta’sirliV-2-agonistlarni ta’sir davomiyligio deystviya.
4. jismoniy aktivlik va uyqu buzilishi yaqqolligi.
5. nafaschikarish tezligi (PSV) va uning .
6. sutkali uzgarishlari PSV (monitoring).
Xurujlar ekvivalenti bo’lishi mumkin:
- xurujli yo’tal
- xushtaksimon nafas epizodlari
- ko’krak qafasida og’irlik

BA og’irlik darajasiga ko’ra tasnifi.


1 daraja – intermittirlovchi astma
- simptomlar xaftada bir martadan kam
- kasallik qisqa xurujlari(bir necha soatdan bir necha kungacha)
- tungi simptomlar xaftada 2 marta yoki undan kam
- xurujlar orasida simptomlar yo’q va o’pka funktsiyasi normal
- PSV yeki OFV1 kup, yeki =80% norma
- sutkali uzgarishlari PSV yeki OFV1 sutka davomida 20%
2 daraja – yengil persistirlovchi astma
- simptomlar xaftada 1martadan ko’p lekin xar kun emas
- xurujlar jismoniy aktivlik va uyquni buzadi.
- tungi simptomlar bir oyda ikki martadan ko’p
- PSV yeki OFV1 kup, libo =80% norma
- sutkali uzgarishlari PSV yeki OFV1 sutka davomida 20% - 30%
3 daraja – o’rta og’irlikda persistirlovchi astma
- xurujlar jismoniy aktivlik va uyquni buzadi
- tungi simptomlar xaftada 1martadan ko’p
- PSV yeki OFV1 60 dan 80 % gacha
-sutkali uzgarishlari PSV yeki OFV1 sutka davomida 30%kup
4 daraja – og’ir persistirlovchi astma
- simptomlar doimiy
- tez tez xurujlar
- tez tez tungi simptomlar
- jismoniy aktivlik va uyqu buzilgan, BA belgilari
- PSV yeki OFV1 sutka davomida 30% dan kup

BA etiologik tamoyillarini baholash bo’yicha tasnifi MKB 10 qabul qilingan (Jeneva 1992).


Astma.
1. Allergik astma ustunligi bilan
Allergik bronxit
Allergik bronxit astma bilan
Atopik astma
Ekzogen allergik astma
Sennaya lixoradka s astmoy
2. Noallergik astma
Idiosinkrazik astma
Endogen noallergik astma
3. Aralash astma
4. aniqlanmagan astma
Astmatik bronxit
Kech paydo bo’luvchi astma
5. Astmatik status
O’tkir og’ir astma
BAning yuqorida keltirilgan tasniflari vaqt davomida tekshiriladi, xozircha BAning molekulyar asoslangan tasnifi yaratilguncha aniq bir xalqaro tasnif qabul qilish qiyin.
BA diagnostikasi
BA tashxisi qo’yish uchun bemor anamnezi, shikoyatlari, ob’ektiv ko’rik ma’lumotlaridan tashqari FVD va pikfluometriya xam o’tkazish kerak. ushbu tekshiruvlar yordamida biz nafas sistemasi funktsional xolati xaqida to’liq ma’lumotga ega bo’lamiz.
Umumiy qon taxlili: bronxial astma bilan og’rigan bolalarda leykotsitlar soni kamaygan, xuruj vaqtida leykopeniya kuchayadi. BAda allergiya simptomi qonda va balg’amda eozinofiliya. Balg’amda Kurshman spirallari va SHarko Leyden kristallari aniqlanadi.
BA da qon bioximik taxlilida norma buziladi, albumin kamaygan, betta va gamma globulinlar fraktsiyasi oshgan , fibrinogen kontsentratsiyasi qonning geparinga tolerantligi oshgan. Bolalarda xuruj vaqtida qonda yaqqol giperkoagulyatsiya rivojlanadi, bunda qonda qon ivituvchi sistema aktivligi oshadi va ivishga qarshi sistema aktivligi pasayadi.
Bundan astmada geparinoterapiya o’tkazish zarurati kelib chiqadi.

Astmada funktsional labarator tekshiruvlar.


1.BA da bronx bo’shlig’i obstruktsiyasi va bronxospazm xisobiga tashqi nafas apparati funktsional xolatida nafaqat xuruj vaqtida balki xurujdan tashqari vaqtlarda xam sezilarli o’zgarishlar kuzatiladi. Bronxoskopiyada bronxlarda ekssudativ allergik o’zgarishlar kuzatiladi, bronx bo’shlig’ida yopishqoq sekret, bronx devorining sklerozlanishi kuzatiladi


2. Biopsion to’qimasining gistologik tekshiruvida shilliq qavat va muskul shishi kuzatiladi.
3. Og’ir astmatik xuruji YuQT tizimi xolatiga xam ta’sir qiladi. EKGda yurak elektrik o’qining og’ishi, S va T tishcha o’zgarishi, T tishcha pasaygan, 2 fazali yoki manfiy.
4. Instrumental va labarator tekshiruvlar nafaqat astma tashxisini tasdiqlab qolmay, balki og’irlik darajasini xam belgilab beradi.
5.Xozirgi paytda BA bemorlar xolatini monitoringini olib borish uchun pikfluometriya o’tkaziladi.
6. Taxmin qilingan sensibilizatsiya spektrini tasdiqlash uchun allergologik tekshiruv o’tkaziladi.
a) BA allergen identifikatsiyasi uchun teri skarifikatsion testi o’tkaziladi. Teri tekshiruvi faqat remissiya davrida o’tkaziladi.
7. BAda allergik yallig’lanishni eng zamonaviy diagnostik usullaridan biri chiqarilayotgan nafas xavosida azot miqdorini aniqlash. BAda azot molekulasi sezilarli oshadi.

Differentsial diagnoz


1. O’tkir obstruktiv bronxit


Ostrыy obstruktivnыy bronxit – bronxial obstruktsiya bilan kechuvchi bronxit, BOS- bronxil o’tkazuvchanlik buzilishini xarakterlovchi keng patofiziologik tushuncha. Asosiy etiologik omil infektsiya. Qo’zg’atuvchilari gripp, paragrip, TSMV, mikoplazma, xlamidiya, respirator viruslar bo’lishi mumkin.
Olib keluvchi faktorlar chekish, alkogolizm, allergik diatez
Retsidivlanuvchi bronxit uchun bronxlar nasliy giperreaktivligi yotadi.
Klinika: tana xaroratining ko’tarilishi, yuqori nafas yo’llarida kataral o’zgarishlar, umumiy xolat buzilishi.



  1. Retsidivlanuvchi obstruktiv bronxit

ROB – erta yoshli bolalarda o’tkir respirator infektsiyalar fonidav rivojlanadi. Bronxial astmadan farqli ravishda xurujsimon xarakterda emas va noinfektsion allergenlar bilan bog’liq emas.
Zamonaviy tasavvurlarga ko’ra ROB yallig’lanish bilan bog’liq, bunda bronxlar giperreaktivligiga bog’liq.
Yallig’lanish reaktsiyasi asosida infektsion va noinfektsion omillar yotadi. Bronxial obstruktsiya – xlamidiyali infektsiyaning tipik ko’rinishidir.

Klinik ko’rinishi


ROB odatda O’RVI fonida rivojlanadi. Isitma, produktiv yo’tal, limfatik tugunlar kattalashishi, asta sekin pasayib boradi, lekin bronxobstruktiv sindrom saqlanadi, xamda yo’tal qaytalanib turadi.
BA va ROB ni o’zaro differentsial diagnostika qilish ko’proq qiyinchilik tug’diradi. Faqatgina uzoq vaqt kuzatuvgina bolaga aniq tashxis qo’yishga yordam beradi.

3. yurak astmasi


Bronxial astmadan yurak astmasini farqlash lozim. Yurak astmasi bor bemorlar uchun tipik belgi yurak nisbiy chegaralarining kengayishi, yurak tonlarining bo’g’iqlashuvi, auskultatsiyada yurak shovqinlari, jigar kattalashishi, periferik shishlar, nam xirillashlar, rentgenda venoz dimlanish belgilari.
4. Mukovitsidoz
– ko’pincha bronxial obstruktsiya sindromi bilan kechadi, jismoniy rivojlanishdan orqada qolish, tez qaytalanuvchi pnevmoniyalar, diareya, koprogrammada ko’p miqdorda neytral yog’lar, ter suyuqligida ko’p miqdorda xlorid kislotasi mukovitsidoz tashhisini tasdiqlaydi
5. Yot modda aspiratsiyasi
Bolalarda nafas yo’llariga yot modda aspiratsiyasi o’tkir bo’g’ilish va yo’tal bilan kechadi. Ota onadan diqqat bilan yig’ilgan anamnez tashxis qo’yish uchun asosiy ma’lumotlarni beradi.

Bronxial astma klinikasi.


BAninng tayanch belgisi ekspirator xansirash xurujlari va azob beruvchi xushtaksimon nafas. Astma oldi xolatlarida xabarchi belgilar aksa urish, burun bitishi, teriyoki burunda qichishish, yo’tal. BA xuruji vaqtida tashqi nafas funktsiyasi buziladi, nafas chuqurligi kamayadi, o’pka tiriklik sig’imi pasayadi, to’qimalar gipoksiyasi rivojlanishiga olib keladi. (gipoksemiya, giperkapniya)
O’rta og’ir uzoq vaqt kechuvchi BAda organizmda KIm oson buziladi. Metabolik va aralash atsidoz tipida. Yurak qon tomir tizimi va boshqa sistemalar ishi xam gipoksiya xisobiga buziladi.
Astmatik status 3 bosqichda rivojlanadi.
1 stadiya – susaygan nafas fonida oqimtir tsianoz, ekspirator xansirash, kuchli yo’tal, nostabil xushtak chaluvchi xansirash xarakterli
2 stadiya – obstruktiv tipdagi o’sib boruvchi nafas yetishmovchiligi, bemorning o’ta og’ir xolati, yaqqol taxikardiya, taxipnoe.
3 stadiya astmatik status ning dekompensatsiyalashgan va metabolik atsidoz asoratlari rivojlanadi. Asfiksik sindrom rivojlanadi. Xush yo’qoladi, diffuz tsianoz, kollaps, bo’yin venalari shishi, gipoksik koma rivojlanadi. Letal asorat bilan yakunlanishi mumkin.

BAni davolash.


Davolash sxemasini tanlash kasallik og’irlik darajasi va davrini xisobga olgan xolda tanlanishi kerak. xar qrnday xolatda xam BA bilan og’rigan bolalarga individual yondashish lozim. Xalqaro ekspertlar gruppasi BAni davolashda asosiy maqsadlarni ishlab chiqqanlar:
- kasallik klinik belgilarini yo’qotish
- xurujlar chastotasi va yaqqoligini kamaytirish
- xayot uchun xavf solishi mumkin bo’lgan xolatlarni oldini olish
- tashqi nafas xolati ko’rsatkichlarini yaxshilash
-xayotiy sig’imlarni tiklash, ratsional jismoniy yuklama belgilash
- bronxolitik terapiyani unga talab bo’lmasa to’xtatish
-invalidlik rivojlanishini oldini olish
Xuruj davrida BA terapiya
xar qanday xurujda quyidagi savollarni xal qilish lozim:
- bemorni statsionarga yuborish uchun ko’rsatma bormi, yoki bemor ambuulator sharoitda xam tuzaladimi? agar gospitalizatsiyaga ko’rsatma bo’lsa qaysi bo’limga yuborish kerak?
-qanday dori vositasini tanlash lozim?
- bolaga regidratatsion terapiya kerakmi, kerak bo’lsa u qanday bo’lishi kerak?
- bolaga oksigenoterapiya, antibiotikoterapiya va boshqalar kerakmi?
uy sharoitida bolada astma xuruji bo’lib qolganda birinchi yordam ko’rsatishni ota onalarga va bolani parvarishlovchi odamlarga o’rgatish kerak. eng oldin bolani tozaa xavo bilan ta’minlash, siqib turgan kiyimlarini yechib tashlash, bolani tinchlantirish, nafas aktini normallashtirishga xarakat qilish(qisqa yuza nafas olib, yarim ochilgan labda chuqur va davomli nafas berish). oyoq qo’llar uchun issiq vanna qilish maqsadga muvofiq. bolaga eufillin poroshok 5mg\kg va 1 2marta nafasga salbutamolning dozalangan ingalyatoridan berish mumkin. boshqa tabletka shaklidagi adrenomimetiklardan berish mumkin (ventolina, ipradola, klenbutidola) .

Xuruj davrida BAni gospital etapda davolash algoritmi


og’irlik xolatini baholash; anamnez, fizikal tekshiruvlar, spirometriya, qon taxlili.

boshlang’ich terapiya; maska orqali kislorod, qisqa ta’sirli beta2 agonistlar ingalyatsiyasi 1-2 dozadan xar 20 minutda, bir soat davomida


simptomlarni qayta baholash


yaxshilanish
beta2 – agonistlarni davom ettirish 3-4 maxaldan 2 kundan keyin ichga eufillin. keyin bazis terapiya
yaxshilanishsiz
maska orqali kislorod; beta 2 agonist (brikolin) v/m, p/k yoki spayser orqali; eufellin v/v – 1mg/kg, adrenalin p/k, kortikosteroidы v/v xar 6 soatda.
simptomlarni qayta baholash
yaxshilanish

beta2 agonistni davom ettirish, uzoq ta’sirli ksantinlar, bazis terapiya.


yaxshilanishsiz


bemorni PITga yuborish; kislorod, kortikosteroidlar ichga, eufillin 1 mg/kg, IVL, davolovchi bronxoskopiya.
yaxshilanishda: glyukokortikoidlarni bir necha kun davomida parenteral yuborish, dozani kamaytirib borib, metilksantinlarga o’tish uzoq ta’sirli. BAda o’tkir bo’g’ilish xurujini davolash uchun quyidagi preparatlar ishlatiladi:
Beta 2 adrenomimetiklar (beta 2 agonistlar) quyidagi effektlarga ega: bronxlar silliq mushaklarini bo’shashtiradi, semiz xujayralar sekret ishlab chiqarilishini
bete 2 agonistlarning asosiy guruxlari:
1. qisqa ta’sirli Beta 2 agonistlar
Salьbutamol (ventalin) sut. doza 400
Terbutamol (brikanil) sut doza 1000
Fenoteril (berotek) sut doza 400
2. Uzoq ta’sirli Beta agonistlar
Salmeterol (sedevent) 100
Formoterol (foradil) 24

.


yo’qotilgan suyuqlik o’rnini xam to’ldiriladi.
pristupdan keyingi davrda bolaga bronxolitiklar yuborish lozim. bronxit belgilarini bartaraf qilish uchun semiz xujayra stabilizatorlari beriladi. pristupdan keyingi davrda bolalarga fizioterapiya buyuriladi

BA bazis davosi


Asosida kasallik xurujlari qaytalanishini oldini olishga qaratilgan yallig’lanishga qarshi davo. bunga quyidagilar kiradi:
- dori vositalarini kiritish yo’lini to’g’ri tanlash va ratsional ishlatish
-davolashga bosqtchma bosqich yondoshish
- 5 yoshdan katta bolalarga bazis davo pikfluometriya va FVD nazorati ostida o’tkaziladi.
- bazis davo ko’rik vaqtida qo’yilgan og’irlik darajasiga ko’ra o’tkazilishni boshlanadi, uzoq vaqt davom ettiriladi va doimiy remissiyaga o’tkandan keyin to’xtatiladi.
BA Profilaktikasi
BA birlamchi profilaktikasi maqsadi bola organizmiga ta’sir qilib kasallik rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan faktorlarni bartaraf qilish. Ikkilamchi profilaktika maqsadi astma xurujlari oldini olish va kasallik og’irlashmasligini oldini olish.

УТКИР РЕСПИРАТОР КАСАЛЛИКЛАР(УРК) ВА ГРИПП


УРКга грипп, парагрипп, аденовирусли, респиратор-синцитинал, риновирусли, микоплазматик инфекциялар реовирусли касалликлар киради
УРК полиэтиологик ва клиник белгилари бир-бирига ухшаш касалликлар хисобланади.
УРК вируслар, хламидиялар, микоплазмалар, бактериялар оркали чакирилади.
Вируслар оркали чакирилувчи УРКларга грипп, парагрипп, респиратор-синцитиал инфекция, аденовирусли ва риновирусли инфекциялар киради.
Айрим холларда ассоцирлангвн УРКлар хам учрайди,яъни вирус-вирусли,вирус-бактерияли,
вирус-микоплазмали.
Статистик маълумотларга караганда МДХ давлатларида йилига 40млн.одам УРК билан касалланадилар.
1 йилда катта ёшдагилар 2 маротаба, мактаб ёшдагилар 3 маротаба ва мактаб ёшигачалар 6 маротаба УРК билан касалланадилар.
ГРИПП
Грипп-вируслар оркали чакирилувчи УРК булиб, умумий интоксикация синдроми ва юкори нафас йуллари яллигланиши билан кечувчи касаллик хисобланади

Одатда бронхеолалар зарарланмайди.


Патологик анатомияси(давоми)
Кон томир девори тонуси,эластиклиги ва утказувчанлигининг бузилиши хисобига хар хил аъзо ва системаларда циркулятор узгаришларга сабабчи булади. Капиллярлардаги узгаришлар геморрагик синдромларга олиб келади.
Вегетатив нерв системаси регулятор механизмлари асоси жойлашган бош миянинг диэнцефал булаги зарарланишлари гриппга хосдир. Жараёнда симпатик хамда парасимпатик нерв системасининг иштирок этиши хисобига кон томир тонусининг узгариб туриши, гипертензия, гипотензия билан, тахикардия, брадикардия билан ок дермографизм пушти дермографизм билан алмаштирилиб туради.
Циркулятор бузилиш, мияда шиш менингиал ва менингоэнцефалитик узгаришларга олиб келади. Упка тукимасида хам кон томир тикилиши, кон куйилиши, шишлар кузатилади.
Грипп инфекцияси организмнинг химоя функциясини сусайтириб юборади ва сурункали бошка касалликларни хуружига сабаб булади.
Иммунитет.
Иммунитет грипп касаллигининг эрта давридаёк пайдо булла беради, шу сабабли уткир даври киска булади,сурункалига утмайди ва организм тезда вирусдан тозаланади.
Иммунитет гриппнинг А2 типида 2-3 йилгача, В типида 3-6 йилгача давом этади.
Интерферон ишлаб чикариш билан боглик булган жойли ва секретор иммуноглобулин А-дан ташкари грипп билан касалланганда ва вакцинация килинганларда гуморал иммунитет (Jg M ва JgG) хам ишлаб чикарилади.
ГРИППНИНГ КЛИНИК ТАСНИФИ
(С.Д.Носов,1972)
I. Типик: 1. Асоратсиз: 1).енгил
2).урта огир
3). огир
2. Асоратли : 1).енгил
2).урта огир
3) огир
II. Атипик: 1.Афебрил грипп (асоратли, асоратсиз).
2.Акатарал грипп (асоратли, асоратсиз).
3.Яшин тезлигида кечувчи грипп:
а). Геморрагик пневмония билан кечувчи грипп.
б). Пневмониясиз кечувчи грипп.

ДИФФЕРЕНЦИАЛ ДИАГНОСТИКАСИ


Эпидемик тошмали тиф, Брилл касаллиги;
Ич терлама ва паратиф А ва В;
Менингококкли инфекциялар;
Туберкулезли менингит;
Серозли менингит;
Канали энцефалит;
Полиомиелит;
Инфекцион мононуклез;
Вирусли гепатит А;
Бруцеллез;
Ку иситмаси;
Орнитоз;
Кизамик;
Скарлатина;
Безгак
АСОРАТЛАРИ:

- Грипнинг куп ва хавфли асоратларидан бири пневмония


(пневмлнияни гриппнинг хохлаган даврида кузатилиши мумкин);
Иккинчи урнида6 ринит, фарингит, ларингит, трахеобронхит, локуляр ва фолликуляр ангина, гайморит,
фронтит, этмоидит, отит ва хоказо;
- Асаб системаси томонидан менингоэнцефалит, арахноидит,
полиневрит, радикулит каби асоратлар кузатилади.

ДИАГНОСТИКАСИ (ТАШХИСОТИ)


- Ташхисотида клиник белгилари асосий уринда туради: касалликнинг уткир бошланиши, биринчи кунидан бошлаб
кучли интоксикация синдроми, юкори иситма, бош огриги (пешона, кош равоги, куз сохасида, суяк мушакларда огрик), касалликнинг 2-3 кунларидан кучли катарал узгаришлар
(бурун окиши, курук йутал,тамок кизариши)кузатилади.
Вирусли текширув.
Серологик текширув (РТГА,РСК (КБР), нейтранланиш реакцияси).
ИФА.

ДАВОЛАШ
Гриппни даволашда комплекс: этиотроп, патогенетик симптоматик усуллар кулланилади.


Беморлар асосан уй шароитида даволанидилар; касалликинг огир кечган ва асорат берган холларда касалхонага ёткизилади(уйда беморни бошка оила аъзоларидан ажратиш имкони йук вактда хам бемор шифохонага ёткизилади).
Уйда даволанган беморлар алохида хонада ёткизилиб, иситма тушгунча ва интоксикация аломатлари йуколгунча ёток режимига риоя килиш шарт(Хона иссик булиб, тез-тез шамоллатиб туриш шарт).
Беморга малина,лимон,асал кушилган иссик чой,иссик сут,осон хазм буладиган туйимли овкатлар тавсия этилади ва поливитаминлар буюрилади (ВитС,Вит Р).
ДАВОЛАШ (давоми)
Ремантадин биринчи куни 0,3 гр (0,2 гр эрталаб ва 0,1 гр кечкурун, иккинчи ва учунчи кунлари 3 махал 0,05 гр дан овкатдан сунг берилади).
Донорлар конидан таёрланган гриппга карши зардоб ва иммуноглобулинлар даволашда самара беради.
Иммуноглобулин болаларга 0,15-0,2мл/кг хисобида юборилади. Катталарга эса 3-6 мл м/о юборилади.
Этиотроп даволашда ремантадин, лейкоцитар интерферон гриппни даволашда кенг кулланилади. Интерферон канча эрта берилса шунча самараси яхши булади.
Антибиотик ва сульфаниламидлар факат гриппнинг асоратини даволашда ишлатилади.
ДАВОЛАШ (давоми)
Симптоматик даво сифатида6 анальгетиклар, нтигистамин препаратлар , антигриппин (0,5 ацетилсалицил кислота,0,3 аскорбинат кислота, 0,02 рутин,0,05 димедрол ва 0,1 гр кальций лактат)хам буюрилади Ишкор эритмалар билан инголяция килинади. Бронхларни кенгайтириш максадида эуфиллин,эфедрин ишлатилади.
Ута огир кечган холларда гаммаглобулин,антибиотиклар , дезинтоксикацион даво(гемодез,реополиглюкин) ва кортикостероидлар ва хакозалар утказилади.
Беморда мия шиши ва упка шиши аломатлари кузатилганда лазикс,маннитол томирга юборилади
ПРОФИЛАКТИКАСИ
1. Беморни изоляция килиш;
2. Идиш-тавокларини алохида килиш;
3. Грипп эпидемияси вактида бир жойга йигилишларни такидлаш;
4. 4 каватли марли никоб такиб юриш;
5. Специфик профилактикаси – эпидемиядан олдин ахолини вакцинация килиш (профилактика учун тирик инактивланган вакцина ишлатилади).
Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti