Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri va uning o'zbekistondagi xususiyatlari



Download 305.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana13.05.2020
Hajmi305.2 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
tamovili.  Bu  tamoyil,  awalo,  umumbashariy  qadriyatlardan  kelib  chiqadi. 

Zero,  I.  Karimov  «O'zbekiston  bozor  munosabatlariga  o'tishning  o'ziga  xos 

yo'li»  nomli  risolasida  yozganidek,  jahon  tajribasi  iqtisodiyotni  davlat  yo'li 

bilan  tartibga  solib  turish  zarurh'gini  ko'rsatdi;  buning  ustiga  torn  ma'noda 

o'zini  o'zi  tartibga  solib  turadigan  bozor  yo'q,  hamma  davrlarda  davlat  o'z 



mavqeyiga  ko'ra  iqtisodiyotga  ta'sir  etib  kelgan.  Ammo  bozor  iqtisodiyotiga 

o'tish  barcha  mamlakatlarda  bir  xil  kechmaganidek,  davlatning  yetakchilik 

roli  ham  har  xil  kechadi.  O'zbekiston  ijtimoiy  jihatdan  yo'naltirilgan  bozor 

iqtisodiyotini  quradi,  bunda  davlat  tartibga  solib  turuvchi  rol  o'ynashi 

muqarrardir. 

Xo'sh,  davlatning  bosh  islohotchi  va  iqtisodiyotni  tartiblashtirib 

turuvchi bo'lishini nimalar taqozo etadi? 

Bu  savolga  Prezidentimizning  bir  qator  asarlari  va  chiqishlarida  aniq 

javoblar  mavjud.  Birinchidan,  eski  tuzum  parchalangan,  yangi  jamiyat  hali 

to'la  qurilmagan  bir  sharoitda  «iqtisodiyotni  boshqarishni  qo'ldan  chiqarib 

yuborish,  uning  taraqqiyotini  o'z  holiga  tashlab  qo'yish  mumkin  emas»; 

ikkinchidan,  bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  boshlangan  davrda  respublikamiz 

aholisining turmush darajasi nisbatan past, u o'zini o'zi himoya qila olmaydi. 

Bunday  sharoitida  davlat  kerak,  u  o'tish  davrida  aholi  manfaatlarini  himoya 

qilish  uchun  milliy  daromadni  qayta  taqsimlash  vositasida  unga  tayanch 

bo'ladi; uchinchidan,  bozor iqtisodiyotini qurish  g'oyat  qiyin vazifa,  ayniqsa, 

iqtisodiyoti nochor va tarkibiy tuzilmasi biryoqlama bo'lgan mamlakatda. 

Bozor  munosabatlarining  qaror  topishi  davrida  «davlat  islohotlar 

jarayonida faol ishtirok etishi, uning tashabbuskori bo'lishi, islohotni izchillik 

va qat'iylik bilan amalga oshirish shart». Davlatning bu boradagi yetakchiligi 

shundaki,  u  yangi  iqtisodiyotga  tezroq  va  katta  qiyinchiliklarsiz  o'tishga 

yordam  beradi,  islohotlarning  asosiy  yo'nalishlarini  ishlab  chiqadi, 

islohotlarni  amalga  oshirish  dasturini  tuzadi  va  ularni  amalga  oshirishning 

iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy  vositalarini  belgilaydi.  Islohotlar  konsepsiyasi 

muallifi  Islom  Karimov bu  masalada  shunday  qat'iy  fikrni  aytadi:  «. .  davlat 

islohot  jarayonining  barcha  bosqichlarida  yetakchi  o'rinda  turishi,  bu 

jarayonning  markazida  bo'lishi  shart».  Darvoqe,  bugun  bu  tamoyilning 

naqadar  to'g'ri  ekani  MDH  davlatlaridagina  emas,  butun  dunyo  miqyosida 

e'tirof etilmoqda. 




Download 305.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik