Boshqaruvning tashkiliy strukturasi va boshqaruv usullari



Download 1,69 Mb.
Sana17.01.2020
Hajmi1,69 Mb.
#35033
Bog'liq
Boshqaruvning tashkiliy strukturasi va boshqaruv usullari

Boshqaruvning tashkiliy strukturasi va boshqaruv usullari

Boshqaruvning tashkiliy strukturasi va boshqaruv usullari

      • Reja:
  • 1.Mеnеjmеnt tashkiliy tuzulishi haqida tushunchа
  • 2.Tashkiliy tuzilmаlаr turlаri
  • 3.Boshqaruv usullari.

Boshqaruvning tashkiliy strukturasi va boshqaruv usullari

  • “Struktura” lotincha so’z bo’lib, tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liq ravishda joylashishini va tuzilishini bildiradi.
  • Boshqaruv strukturasi – bu boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
  • Bo’linma – o’zaro ma’lum bir tarkibga ega bo’lgan ma’lum bir maqsad uchun tashkil etilgan va korxona ishlab chiqarish tizimini bir yaxlit vazifasini bajaruvchi bo’lim hisoblanadi.
  • Boshqaruv bo’g’ini boshqarishni aniq, ayrim funksiyalarini bajaruvchi strukturaning mustaqil bo’limidir. Boshqaruv bosqichi iyerarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo’limi.
  • Boshqaruv strukturasi miqyosiga qarab unsurlari turlicha bo’lishi mumkin.

Boshqaruv strukturasiga ta’sir etuvchi omillar 3 ta katta guruhga ajratiladi:

  • Strukturani aniqlovchi omillar:
    • boshqaruv strukturasi maqsadi;
    • boshqaruv strukturasi funksiyalari va vazifalari;
    • xizmat qilinadigan mintaqalar va iste’molchilar soni;
    • korxonaning ish vaqti, rejimi, intervali.
  • Strukturaga ta’sir qiluvchi omillar:
    • tashqi muhit;
    • texnologiya;
    • korxona hajmi;
    • biznes strategiyasi;
    • xodimlar soni;
    • qabul qilinadigan qarorlar tizimi;
    • shakllangan struktura.
  • Strukturani optimallashtiruvchi omillar:
    • malakali xodimlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
    • bo’g’in va bosqichlar soni;
    • unumdorlikka erishish uchun tizimni o’zgartirish imkoniyati;
    • ish rejimini iste’molchilarga moslashtirish.

Korxonani boshqarishni 5ta tashkiliy strukturasi bor:

  • Chiziqli struktura
  • Chiziqli-shtabli struktura
  • Funksional struktura
  • Chiziqli-funksional struktura
  • Dasturli-maqsadli struktura
  • ishchi→brigadir→sex boshlig’i→rahbar

Chiziqli boshqaruv tizimini afzalliklari:

  • Tashkiliy tizimdagi bo’lim va bosqichlar soni kam bo’ladi;
  • Yakkaboshchilik prinsipida boshqariladi;
  • Nazorat qat’iy bo’ladi;
  • Shaxsiy javobgarlik hissi yuqori bo’ladi;
  • Bir-biriga zid topshiriqlar berilmaydi.
  • Salbiy tomonlari:
  • Bunday tizimda faqatgina barqaror masalalar hal etilishi mumkin;
  • Rahbarni tezkor masalalarni hal etish uchun imkoniyati chegaralangan bo’ladi;
  • Rasmiyatchilik nisbatan ko’proq bo’ladi.

Boshqarishning chiziqli-shtabli strukturasida ixtisoslashgan guruh rahbarga qaror qabul qilishda ko’maklashish uchun tashkil etiladi. Bu struktura murakkab muammolarni bartaraf etish uchun o’z dasturini ishlab chiqib, rahbarga tavsiya etadilar. Rahbar bu tavsiya asosida o’z qarorini qabul qiladi.

  • Boshqarishning chiziqli-shtabli strukturasida ixtisoslashgan guruh rahbarga qaror qabul qilishda ko’maklashish uchun tashkil etiladi. Bu struktura murakkab muammolarni bartaraf etish uchun o’z dasturini ishlab chiqib, rahbarga tavsiya etadilar. Rahbar bu tavsiya asosida o’z qarorini qabul qiladi.
  • Bu strukturasining afzalligi: qabul qilingan qarorlar yuqori samara keltiradi. Kamchiligi: chiziqli boshqarishning yakkaboshchilik prinsipi buziladi.
  • Funksional strukturada boshqaruv apparati ixtisoslashgan funksional bo’limlardan tashkil topadi va har bir yo’nalishdagi qarorni mustaqil amalga oshiradi. Sof holatda funksional struktura uchramaydi.

Chiziqli-funksional strukturaning ijobiy tomonlari:

  • 1) boshqaruv faoliyatining ixtisoslashuvi mutaxassislarni yuqori darajada malakali bo’lishini ta’minlaydi;
  • 2) funksional rahbarlar boshqarish samaradorligini yuqoriroq bo’lishiga erishiladi;
  • 3) boshqaruv qarorlarini takrorlanishi kamayadi.
  • Salbiy tomonlari:
  • 1) boshqarishning yakkaboshchilik tamoyili buziladi;
  • 2) boshqarish bo’yicha o’z manfaatdorligi yuzasidan umumiy samaradorlikka erishmaslik;
  • 3) mas’uliyatni susayishi.

Dasturli-maqsadli boshqarish strukturasi quyidagi 3 ko’rinishda bo’ladi:

  • Loyiha bo’yicha boshqaruv.
  • Mahsulotga ko’ra boshqaruv.
  • Matritsali struktura.
  • Loyiha bo’yicha boshqaruvdan yangi texnika va texnologiyani qisqa muddatda joriy qilish zaruriyati tug’ilgan paytlarda qo’llaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus xizmat bo’limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo’lim loyiha tayyorlaydi va uning ijro etilishini nazorat qiladi. Ish bitgach loyihali struktura tugatiladi. Loyiha bo’yicha boshqarish muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi. Kichik bo’limlarga ajratiladi yoki to’ldiriladi.

Mahsulotga ko’ra boshqaruv bu bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulot to’liq bozor talabiga javob berishi uchun rahbar qarorlarni mahsulot sotish hajmiga qarab qabul qiladi.

  • Mahsulotga ko’ra boshqaruv bu bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulot to’liq bozor talabiga javob berishi uchun rahbar qarorlarni mahsulot sotish hajmiga qarab qabul qiladi.
  • 1. Yangi mahsulotni yaratish.
  • 2. Reklama qilish.
  • 3. Bozorni o’rganish.
  • 4. Sotish.
  • 5. Moliya.
  • 6. Ishlab chiqarish.

Matritsaviy boshqarish tizimi quyidagi afzalliklarga ega:

  • Gorizontal aloqalarning davomiyligi qisqaradi.
  • Qaror qabul qilish tezlashadi va menejerlarning mas’uliyati yuqori bo’ladi.
  • Ishlab chiqarish ichki tashqi sharoitlarga tez moslashadi.
  • Bo’ysunish asosida boshqariladi va yakkaboshchilik prinsipi amalga oshiriladi.

Boshqaruv usullari.

  • Boshqarish usullari haqida tushuncha
  • Boshqarishni iqtisоdiy usullаri.
  • Boshqarishni tashkiliy fаrmоyish usuli.
  • Boshqarishni ijtimоiy-psiхоlоgik usullаri.
  • Usul – bu tadqiqot qilish, ta’sir ko’rsatish yo’li. Boshqaruv usuli – bu xodimlarga va jamoa ishlab chiqarishiga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun ta’sir etish usuli.
  • Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullariga quyidagi funksiyalarni bajarish kiradi:
  • - boshqarish apparatini muayyan strukturasini yaratish;
  • - har bir bo’g’inning funksiyasini belgilash;
  • - buyruqlar, farmoyishlar chiqarish va ularni bajarilishi nazorat qilish;
  • - topshiriqlar va direktiv ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga nisbatan chora ko’rish .

Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usuli 2 ko’rinishda bo’ladi:

  • Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usuli 2 ko’rinishda bo’ladi:
  • - tashkiliy ta’sir ko’rsatish;
  • - farmoyish berish.
  • Tashkiliy ta’sir ko’rsatish shakllarini amalga oshirish yo’llari:
  • 1. Loyihalash;
  • 2. Reglamentlash;
  • 3. Normalash;
  • 4.Qo’llanma tayyorlash.
  • Boshqarish-farmoyishli ta’sir o’tkazish shakllarini amalga oshirish yo’llari quyidagilar: direktiva, buyruq, farmoyish, realizatsiya, yo’l-yo’riq.

Direktiva – bu usul har bir ijrochining va boshqaruvchi organning burch mas’uliyati va huquqlarini aniq bajarish asosida funksiyalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Direktivani bajarish uchun mas’ul shaxs javobgar bo’ladi.

  • Direktiva – bu usul har bir ijrochining va boshqaruvchi organning burch mas’uliyati va huquqlarini aniq bajarish asosida funksiyalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Direktivani bajarish uchun mas’ul shaxs javobgar bo’ladi.
  • Tashkiliy-ma’muriy boshqarishning huquqiy vositalari deganda ijtimoiy munosabatlarda yuridik qonuniy ta’sir o’tkazish jarayonida qo’llaniladigan huquqiy normalar tushuniladi. Huquqiy normalar sanksiyalar orqali amalga oshiriladi. Huquqiy sanksiyaning 4 turi bor:
  • 1. Intizomiy javobgarlik
  • 2. Moddiy javobgarlik
  • 3. Ma’muriy javobgarlik
  • 4. Jinoiy javobgarlik

Boshqarishning iqtisodiy usuli.

  • Boshqarishning iqtisodiy usuli.
  • Boshqarishning iqtisodiy usullari umumjamiyat manfaatlarini, jamoa manfaatlarini va shaxsiy manfaatlarni birlashtirishga asoslanadi. Davlat tomonidan umumjamiyat manfaatlarini boshqarish uchun quyidagi usullar qo’llaniladi:
  • 1. Kredit va foiz stavkasi.
  • 2. Soliq va soliq yuki.
  • 3. Boj to’lovlari.
  • 4. Subsidiya va sanatsiyalar.
  • 5. Litsenziyalar.
  • 6. Transfer to’lovlari.
  • 7. Narx-navoni shakllanishi va boshqalar.
  • Davlat kredit tizimi orqali iqtisodiyotga faol ta’sir etadi. Davlat qaysi tarmoqni ustun rivojlanishiga erishishini hohlasa shu tarmoq uchun kredit foizlarini pasaytiradi. Kredit berish uchun ajratgan pulini 2ga bo’ladi. 1. Qarz berish uchun. 2. Zaxira kredit rezervi uchun.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish