Boshqaruv qonunlari va tamoyillari. R e j a



Download 30,46 Kb.
Sana07.02.2017
Hajmi30,46 Kb.
#2049

Boshqaruv qonunlari va tamoyillari.

R E J A:

4.1. Iqtisodiy qonunlarni bilishning axamiyati.

4.2. Menejment printsiplari (tamoyillari).

4.3. Ma‘muriy – buyruqbozlik tizimi sharoitidagi boshqarish tamoyillari.

4.4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari.

4.o’. O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili.



Tayanch so’z va iboralar:

Qonun. Iqtisodiy qonunlar tizimida foydalanishning asosiy unsurlari va bosqichlari, Qiymat qonuni. Talab. Taklif. Raqobat. Naflilik. Tamoyil. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekiston davlatini boshqarish printsiplari.


4.1. Iqtisodiy qonunlarni bilishning axamiyati

Qonun falsafa kategoriyasi bo’lib, borliq voqealarning barqaror, takrorlanuvchan aloqasi va munosabatini, xodisalar yuz berishining muayyan tartibda bo’lishiga olib keluvchi tomonlarini aks ettiradi. Qonunlarni bilish rivojlanishning ob‘ektiv yo’nalishlarini aniqlash, amaliy vazifalarni xal etish imkonini beradi. Shu sababli iqtisodiyotni boshqarish qonunlarini bilish, ularni amalga moxirona k°llay olishga asoslanishi kerak.

Iktisodiyotni boshkarishda konunlardan kanchalik t°lik va izchil foydalanilsa, mexnat sarfi shunchalik samarali b°ladi. Va, aksincha, boshkarish jarayonida iktisodiy konunlarni xisobga olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy okibatlarga olib keladi. Shu sababli boshkaruv konunlarini o’rganishda ularga fakat amal kilishni emas, balki boshkaruv jarayonida ongli ravishda foydalanish ko’p jixatdan ularni o’rganish bilan boglik. Konunlar kanchalik chukur o’rganilsa, ulardan amalda to’gri foydalanish imkoniyatlari shunchalik ortadi.

Iktisodiy konunlar tizimida foydalanishning asosiy unsurlari va bosqichlari kuyidagi 11 - chizmada aks ettirilgan.



Xo’jalik faolyat-ini tashkil etish

qaror qabul qilish

Maqsad-larni belgilash va ularga erishish yo’llarini ani±lash

Iqtiso-diy qonun-larni bilish


Iqtiso-diy qonunlar tizimi



11-chizma. Iktisodiy konunlardan foydalanish tizimi.

Ko’rastilgan shaklni taxlil etish jarayonida uchta o’zaro boglik va ketma-ket, iktisodiy konunlar tizimidan foydalanilgan xolda yechiladigan masalalarni ko’rib o’tish zarur:



  • mavjud konunlarni ularning u yoki bu boskichda namoyon bo’lish xususiyatlarini xisobga olgan xolda chukur va xar tamonlama bilish;

  • iktisodiy va ijtimoiy rivojlanish maksadlarini belgilash va ularni xal etish yo’llarini aniklash;

  • xo’jalik yuritishning bozor iktisodiyoti sharoitida rivojlantirish va unga mos shakl va uslublarni ko’llash.

Iktisodiyotni boshkarish tizimida iktisodiy konunlar yetakchilik kiladi. Insonlar mexnatini erkin birlashtiruvchi va tartibga soluvchi boshkaruv tizimi maksadlarini anik belgilash, ularni amalga oshirish yo’llarini izlash, erishilgan natijalarga baxo berish, iktisodiy samaradorlikda aks etuvchi iqtisodiy konunlarning talablarini aniq xisobga olish lozim.

1. Jamiyat extiyojlarini mumkin qadar resurslarni kam sarflab, extiyojni iloji boricha to’lik qondirish qonuni. Jamiyatdagi barcha iktisodiy va ijtimoiy jarayonlar, ularni amalga oshrishda shu qonunga amal qilinadi, chunki u kuyidagilarni ifodalaydi:

  • ishlab chikarishning obektiv yo’nalishi, uning xalq farovonligini oshirish, xar tamonlama shaxsiy rivojlantirishga qaratilganligini;

  • insonlarning xo’jalik faoliyati asosiy sabablarini umumxalk iktisodiy mafaatlarining ustivorligini;

  • ishlab chiqarish samaradorligining ijtimoiy-iktisodiy moxiyatini.

Bozor munosabatlari sharoitida bu konunning mazmuni xar tomonlama boyib boradi.

2. Qiymat qonuni yoki narx konuni. Tovarlarning pulda ifodalangan kiymati narx deb ataladi. Narx esa talab va taklifga boglik ravishda aniklanadi. Narx bozor barometridir: agar talab va narx yukori bolsa, ishlab chikarish kengayadi. Talab va narx pasayganda ishlab chikarish kiskaradi. Talab xajmi va tarkibi taklif xajmi va tarkibiga teng bo’lgan xoldagi narx muvozanat narxi deyiladi.

Ishlab chikariladigan xar bir tovar turi, xajmi ularga bo’lgan ijtimoiy extiyojlarga teng bo’lishi, ya‘ni to’lov kobilyatiga ega talabga teng bo’lishi kerak.



3. Talab konuni. Uning mazmuni shundan iboratki narx kancha yukori bo’lsa, talab shunchalik kam bo’ladi. Talab xaridorning to’lov imkoni ifodalaydi. Bunda talab elastikligi koeffitsienti kanday aniklanishini ko’rib chikamiz:

talab xajmining o’sishi %

Кталаб элас.=______________________________________________

narxlarning pasayishi %


4. Taklif konuni. U narx ortishi bilan taklif ortishini ifodalaydi. Talkif – tovar va xizmatlarning narxdagi kiymatidir. Bunda taklif elastikligi koeffitsienti kuyidagiga teng:
taklif o’sishi xajmi %

Кталаб элас.=______________________________________________

narxning o’sishi %
o’. Rakobat konunining moxiyati shundan iboratki, rakobat sharoitida zarar ko’rmay, eng yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi, chunki barcha tovar ishlab chikaruvchilar daromadining oshish tartibini o’rnatib bo’lmaydi.

6. Istemolchi nuktai nazaridan naflilik konuni. Naflik-tovar va xizmatlar iste‘molidan konikishni bildiradi. Umumiy naflilik ma‘lum tovar va xizmat birligidan qonikishni bildiradi; so’nggi naflik – shu tovar va xizmatning yana sotib olishdan qonikishni bildiradi.

SHunday kilib, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda iktisodiy qonunlardan foydalanish imkoniyatlari xar tomonlama kengayib boradi.
4.2 Menejment printsiplari (tamoyillari)

Tamoyil faoliyat yuritish, xalkning asosiy koidasi, yetakchi goyadir. Ilmiy adabiyotlarda odatda boshqaruv tamoyillari deganda iktisodiyotga raxbarlik kilishda asoslanadigan asosiy koida, yo’l – yo’rik, xulq-me‘yorlari tushuniladi. Boshkaruv tamoyillari iktisodiyot qonunlari ta‘siri natijasida boshqaruv usullariga boғlik xodisalar moxiyatini aks ettiradi. Boshkaruv mexanizmi shaklini kuyidagicha ifodalash mumkin:

qonunlar tamoyillar uslublar usullar

Boshqaruv tamoyillari o’zaro boғlik va birgalikda ko’llanilishi lozim.

Asosiy tamoyillarga kuyidagilar kiradi:


  1. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. Yakkaboshchilik tamoyili bevosita ishlab chikarishda ishlab chiqarish personali a‘zolarining yagona raxbar buyruklariga kat‘iy bo’ysunishini talab kiladi. Yuqori darajadagi raxbar kuyi bo’gin raxbari vakolatiga kiruvchi masalalarni xal etmasligi lozim.

  2. Ilmiy tamoyili. Boshkaruvda volyuntarizmni inkor kiluvchi iktisodiy qonunlar, jamiyat rivojlanishining obektiv yo’nalishlarini, bu soxada milliy va chet el tajribasi ko’llanilishini takozo kiladi.

  3. Rejalilik tamoyili. Bozor iktisodiyoti sharoitida ishlab chikarishni rejali boshkarish, biznes va strategik rejasini tuzish iktisodiy siyosatlarni amalga oshirishning muxim shartidir. Bu tamoyil ishlab chikarish rivojlanishining uzoq muddatga mo’ljallangan yo’nalishlari, sur‘atlari va nisbatlarini, belgilashni ifodalaydi.

  4. Boshkaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili. Bozor iktisodiyoti sharoitida boshkaruvning uch shakli mavjud. Xususiy, jamoa, davlat boshkaruvi. Boshkaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o’zi karor kabul kiladi va butun ish uchun javobgar bo’ladi.

  5. Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili. Bozor iktisodiyoti sharoitida kadrlarni tanlash va joy-joyiga ko’yish muxim axamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshkaruv kadrlariga kat‘iy talablar ko’yadi, ularning ishbilarmonlik sifatlari, ishlab chikarish oldida turgan masalalarni belgilaydi.

  6. Agentlar mustakilligi va erkinligi tamoyili. Bozorda agentlar faoliyati iktisodiy javobgarlik bilan birgalikda amalga oshishi kerak.

  7. SHaxsiy tashabbus tamoyili. Bozorda ishbilarmon, omilkor, shaxsiy foyda uchun xarakat kiluvchi tadbirli kishilar faoliyat yuritishi kerak.

  8. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili. Tadbirkor o’z faoliyati uchun javobgar bo’ladi, bunda ma‘lum tavakkalchilik xam xisobga olinadi, ya‘ni tadbirkorning o’z xukuk majburiyatlari bo’lishi kerak.

4.3. Ma‘muriy–buyrukbozlik tizim sharoitidagi boshkarish tamoyillari.

Ma‘muriy–buyrukbozlik tizim sharoitidagi boshkarish ishlari kuyidagi pirintsiplar asosida amalga oshirilgan (3-jadval).



5-jadval. Ma‘muriy buyrukbozlik tizimi sharoitidagi boshkarish printsiplari.



Printsiplar

Izox

1

2

3

1.

Byurokratlarcha markazlashuv

  • Boshkarish obektiga nisbatan bo’lgan munosabat maksimal ravishda, kat‘iy darajada buyruklashgan. Bu tamoyil demokratiyaga o’ta yotdir.

2.

Nomenklatura

  • Lavozimlarga fakat yukori tashkilotlar tomonidan katiy ravishda oldindan ro’yxatga kiritilgan kishilar tayinlanadi. Aynan shu tartib shaxsga siginishni vujudga keltiradi.

3.

uz-o’ziga xizmat ki-lish, shaxsiy man-faatni ustun k°yish

  • Garchi sotsializm – bu inson manfaatini ximoya kiluvchi, uning farovonligini oshiruvchi tuzum deb ta‘lim berilgan bo’lsa-da, aslida bu tuzumning konun-koidalari, printsiplar amaldorlarning manfaatlari uchun xizmat kiladi.

4.

Demokratiyani tan olmaslik

  • Demokratiyani tan olish degan so’z lar uchun xokimiyatni yo’kotish bilan baravar edi. Ma‘muriy buyrukbozlik tizimi uchun demokratiya bu «tabiiy dushman».

5.

Buyrukbozlik

  • Boshkacha bo’lishi mumkin emas. Fakat shundagina kuch ishlatish, kupol ravishda majburlash kabilar o’z ijrosini topishi mumkin. «Gilam usti»ga chakirish, tezkor tashkiliy xulosalarni yasash, daxshatli karorlar chikarish kabilar buyrukbozlikning o’ta ayovsiz ko’rinishidir.

6.

Formalizm, rasmiyatchilik

  • Formalizm kogozbozlikning «ota»si, to’rachilik muxitini yaratuvchi daxshatli tamoyildir. xar kanday ko’llanmani pesh kilib, uning orkasida konuniy narsalarni tan olmaslik, munosabatlarda rasmiyatchilik bilan yondashish bu tamoyilning bosh maksadi bo’lib xisoblanadi.

7.

Maxdudlik

  • Ma‘muriy-buyrukbozlik tizimi °zining sir-asrorlarini yashirishga, maxfiy tutishga xarakat kiladi. To’ralarni oshkoralik va dekmokratiyaning xujumidan aynan shu maxdudlik ximoya kiladi, maxfiy ma‘lumotlarga yetib borishga xalakit beruvchi kalkon vazifasini bajaradi.

8.

Konservatizm

  • Yangilikka nisbatan ayovsiz tamoyil. Garchi biror-bir yangilik u yoki bu faoliyatni yaxshilashga olib kelishini bilsa-da, bu yangilikni iloji boricha kechiktirib yoki chala-chulpa joriy kilishga tarafdor.

Bu printsiplarning ustuvorligi sobik ittifokni tanazzulga olib keldi. Partiya, davlat nomenklaturasining kattik iskanjasi iktisodiyot, siyosat, ma‘naviyat va ma‘rifat ezib tashladi. Muxim karorlarni partiya tor doirada kabul kilar va bu karor butun mamlakat chun majburiy bo’lib kolar edi. Joylarda tashabbus bo’gilar edi. Demokratiyani bo’gish Konstitutsiyada e‘lon kilingan xak-xukuklarni xam ommaviy ravishda buzishga olib keldi. natijada sobik ittifok parchalanib ketdi.



4.4. Bozor iktisodiyoti sharoitda uzbekiston davlat boshkarish tamoyillari

Bozor iktisodiyoti sharoitda uzbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iktisodiy istikbolga erishishining asosiy yo’llari Prezidentimiz I.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi majlisidagi ma‘ruzasida (23.02.9o’) kuyidagicha yoritilgan (6- jadval).



O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li Islom Karimovning bozor munosabatlariga o’tish yuzasidan olga surgan besh tamoyilga asoslanadi. Ularning moxiyati kuyidagicha (7-jadval).

6- jadval. Bozor iktisodiyoti sharoitida O’zbekiston davlatni boshkarish printsiplari



Printsiplar

Izox

1.

Demokratiya

  • insonning o’z xoxish-irodasini erkin bildirishi xamda uni amalga oshirish;

  • ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi;

  • barcha fukarolarning teng xukukliligi;

  • davlat va jamiyat boshkaruvida konun ustuvorligi;

  • davlatning asosiy organlari saylanishi, ularni saylovchilar oldida xisob berishi;

  • tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va b.

2.

Iktisodiy munosabatlarni demokratiyalash

  • monopollashgan iktisodiyotdan erkin iktisodiyotga;

  • sotsialistik musobakadan erkin rakobatga;

  • kat‘iy belgilangan narxlardan erkin narxlarga;

  • davlat mulkidan mulkchilikning turli shakllariga tayangan iktisodiyotga o’tish.

3.

Yuksak ma‘naviyat

  • Mustakillik tafakkurini kengrok tushunish, ya‘ni:

  • O’zbekistonning istikboli va istikloli xakida kaygurish;

  • o’zining va o’z xalkining, vatanning kadru kimmati, or-nomusini anglab, uni ximoya kilish;

  • yuksak goyalar, yangi fikriy kashfiyotlar, niyatlar ogushida mexnat kilib, iste‘dodli, bor imkoniyatini, kerak bo’lsa, jonini yurt istikboli, eliga baxshida etishdir.

4.

Milliy xavfsizlikni ta‘minlash

  • respublika dunyo xamjamiyatiga kirish sur‘atlarini tezlashtirish;

  • turli xalkaro davlat va nodavlat tashkilotlari, birinchi galda, BMT, NATO, Yevropa xavfsizlik va xamkorlik tashkiloti ishlariga faol ishtirok etishni ta‘minlash.


4.5. O’zbekiston Respublikasi bozor iktisodiyotiga o’tishning besh tamoyili

7- jadval. Beshta asosiy tamoyil



Tamoyillar

Tamoyillarning moxiyati

1

2

3

1.

Iktisodiyotning siyosatdan ustunligi


Iktisodiy isloxotlar xech kachon siyosat ortida kolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo’ysundirilishi mumkin emas. Buning ma‘nosi shuki, iktisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak;

xam ichki, xam tashki iktisodiy munosabatlarni mafku-



radan xoli kilish zarur.

2.

Davlat asosiy isloxotchi

  • Davlat bosh isloxotchi bo’lishi lozim. U isloxotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgartirish siyosatini ishlab chikishi va uni izchillik bilan o’tkazishi, jaxolatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar karshiligini bartaraf etish shart.

1

2

3

3.

Konunlar va ularga rioya kilish ustuvorligi

  • Konun va konunlarga rioya etish ustuvor bo’lishi lozim. Buning ma‘nosi shuki, demokratik yo’l bilan kabul kilingan Konstitutsiya va konunlarni xech istisnosiz xamma xurmat kilishi va ularga ogishmay rioya etishi lozim.

4.

Kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish

  • Axolining demografik tarkibini xisobga olgan xolda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish. Bozor munosabat-larini joriy etish bilan bir vaktda axolini ijtimoiy ximoyalash yuzasidan oldindan ta‘sirchan choralar ko’rilishi lozim. Bu bozor iktisodiyoti sharoitida eng dalzarb vazifa bo’lib kelgan va bundan keyin xam shunday bo’lib koladi.

5.

Bozor iktisodiyotiga sekin-asta, boskichma-boskich o’tib borish.

  • Bozor iktisodiyotiga °tish obektiv iktisodiy konunlarning talablarini xisobga olgan xolda, o’tmishdagi «inkilobiy sakrashlar» siz ya‘ni evalyutsion yo’l bilan, puxta o’ylab, boskichma-boskich amalga oshirilishi kerak.

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Konun nima?

  2. Iktisodiyotni boshkarishda konunlarni o’rni nimalardan iborat?

  3. Iktisodiy konunlardan foydalanish tizimi kanday?

  4. Kiymat yoki narx konunining moxiyatini ayting?

  5. Talab va taklif konunining moxiyati nimadan iborat?

  6. Menejmentning asosiy tamoyillarini ayting?

  7. Ma‘muriy–buyrukbozlik tizimi sharoitida boshkarish printsiplari nimalardan iborat?

  8. Bozor iktisodiyoti sharoitida uzbekiston davlatini boshkarish tamoyillari kanday?

  9. Demokratiya deganda nimani tushunasiz?

  10. O’zbekiston Respublikasida bozor iktisodiyotiga o’tishning besh tamoyili nimalardan iborat?

Download 30,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish