Boshlang’ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, she’r, ertak, masal, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o’rganiladi



Download 45 Kb.
Sana28.08.2021
Hajmi45 Kb.

Mavzu: Hikoya matni tahlili

Reja:

1.Hikoya haqida tushuncha

2.Hikoyaning mazmuniga ko’ra turlari

3.Xulosa


4.Foydalanilgan adabiyotlar

Hikoya — badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida hikoya qadim an’analarga ega. O’tmishda hikoya folklor asarlari tarkibida bayon unsuri bo’lib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida Hikoyachilikning rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho "Dekameron" asari bilan katta hissa qo’shgan. Asarda’ 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (Fransuz), O.Tenri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Cho’lpon (o’zbek) H. janrining asoschilari hisoblanadi. Yev-ropa adabiyotida hikoya novella deb ham ataladi.

O’zbek adabiyotida Hikoya juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar — Kultegin va To’nyuquq bitiktoshlarida bayon qilingan voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Nosiriddin Rabg’u-zmyning "Qisasi Rabg’uziy" asarida ham axloqiy xarakterdagi Hikoyaning yaxshi namunalari bor. Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror" dostonining 5-maqolotidagi "Hotami Toy hikoya-ti", 20-maqolatidagi "Ul qul hikoyati", "Sab’ai sayyor" dostonidagi yetti musofir hikoyalari ham bu janrning ilk namunalari hisoblanadi. 16-asrda yaratilgan Poshshoxojaning "Gulzor" va "Miftoh ul-adl" asarlari o’zbek Hikoya chiligining rivojlanishiga asos bo’lgan.

O’zbek adabiyotida realistik Hikoya janri 20-asr boshlarida shakllandi (Cho’lpon, "Qurboni jaholat", "Do’xtur Muhammadyor, 1914; A.Qodiriy, "Uloqda", 1915 va boshqalar). 20-yillarda G’.G’ulom, A.Qahhor, Oydin va boshqa bu janrda barakali ijod qildilar. 30-yillarda A.Qahhor H. ustasi sifatida tanildi. 50—60-yillarda S.Ahmad, 60 —70-yillarda O’.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyo-tiga salmoqli hissa qo’shdilar.

"Hikoya" atamasi kengroq ma’noda biror voqeani gapirib berishni ham anglatadi. So’zlab berilgan bunday voqelik o’z qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga xos bo’lishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr ma’nosida tushunilmaydi. Mas, O’.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani 9 personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan. Sh.Xolmirzayev "Olabo’ji" asarini "romandan katta hikoya" deb ataydi. Hozirgi o’zbek Hikoyachiligi O.Muxtor, N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.A’zamov, N.Eshonqulov, Sh. Bo’tayev va boshqa yozuvchilar bilan boyidi.

Hikoya inson hayotida yuz bergan ixcham voqeani lo’nda ifodalashga mo’ljallangan. Unda shu voqeaga qadar per-sonaj hayotida nima bo’lgan, qanday ro’y bergan, kim bilan — bular to’g’risida ma’lumot berish shart emas. Juda zarur bo’lsa, ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Mas, A.Qahhorning "O’g’ri" hikoyasida Qobil boboning kechagi kuni haqida lom-mim deyilmaydi. Egamberdi paxta-furushdan kichkina shart evaziga ikkita ho’kiz olgan Qobil boboning ertasi to’g’risida "Bu shart kuzda ma’lum bo’ladi", deb xabar beradi, xolos. G’.G’ulom esa "Mening o’g’rigina bolam" Hikoyasidagi o’g’rining kechagi kunini lo’nda detallar orqali to’ldi-radi. Uydan biron narsa olmay chiqib ketgan yigitning ertangi kuni haqida hech qanaqa ma’lumot bermaydi.

Ixchamlik hikoyaning muhim belgisi, lekin unda personaj hayotidan birgina lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr yo’li, bir emas, bir necha odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat bo’lib qolishi mumkin. Biroq har qanday ko’rinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi.

Hikoya mazmuniga ko’ra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy-fantastik, satirik, yumoristik yo’nalishlarda bo’lishi mumkin. Shuningdek, ocherkka yaqin voqeiy hikoyalar (N.Fozilovning "Ustozlar davrasida") ham bo’ladi. O’zbek adabiyotida bir mavzu, bitta qahramon hayoti bilan bog’liq bir necha yozuvchi tomonidan yozilgan "hashar hikoyalar" ham uchraydi.

Boshlang’ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, she’r, ertak, masal, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o’rganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop maqolalar ham o’qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari jihatidan o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lib, o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Shunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchi unga mos metodlar tanlashi talab etiladi.

Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir”2.

Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog’lab olib boriladi.

Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli o’qish darslarida o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan matnni qayta hikoyalash asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni, odatda, savollar asosida tahlil qilinadi. Bunda savollar qatnashuvchi shaxsning xatti-harakati va xarakterini tahlil qilishga qaratilgan bo’ladi. So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda faktlar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi.

Hikoyani o’qish darsida o’quvchilar ma’nosini tushunmaydigan so’z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda, ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. So’z ma’nosini tushuntirishga ko’p vaqt sarflamay, asar mazmunini tushunishda eng zarur bo’lgan so’zni qisqa izoh berish bilan tushuntiriladi.

Hikoyani o’qishda hikoya mazmunini tahlil qilish va shu asosda o’quvchilar nutqini o’stirish markaziy o’rin egallaydi. Hikoya o’qilgach, o’quvchilar o’ylashi, o’z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish talab etiladi. O’qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmagani, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etgani, bolalar kim yoki nima haqida hikoya qilib berishni istashini bilishdan iborat. SHundan keyingina hikoya xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g’oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.

Hikoyani o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishlari, unda ilgari surilgan g’oyani bilib olishlari uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab o’qish, savollarga javob berish, hikoya qismiga o’zlari savol tuzishi, so’z bilan va grafik rasm chizish, reja tuzish, qayta hikoyalashning barcha turlaridan, ifodali o’qishga tayyorlanish kabi ish turlaridan foydalaniladi.

Kichik badiiy hikoyani izohli o’qish darsini uyushtirishda quyidagi reja varianti sxemasi e’tiborga olinadi:

1) hikoyani o’qishga tayyorlash (hikoyada tasvirlangani kabi kishilar hayoti, davrga qisqa xarakteristika...);

2) hikoyani (to’liq yoki mantiqiy tugallangan qismlarini) o’qituvchi yoki oldindan tayyorlangan o’quvchining ifodali o’qishi;

3) idrok etishni tekshirish (qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari, shaxslar va voqealar o’rtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suhbat);

4) hikoyani qayta o’qish (hikoyani qismlarga bo’lish, o’quvchilarga o’qitish, ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish);

5) hikoyaning har bir bo’limi yuzasidan suhbat o’tkazish va sarlavha topish;

6) hikoyaning ayrim bo’limlarini ifodali o’qish;

7) reja asosida qayta hikoyalash;

8) hikoyani ifodali o’qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki uyda);

9) hikoyani ifodali o’qish va ifodali qayta hikoyalash.

Bu hikoyani o’qish darsi rejasining varianti bo’lib, o’zgarishi ham mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, badiiy hikoyani o’qish darsida uning mazmunini, asosiy fikrini bilish bilan birga, asarning tarbiyaviy (badiiy asar misolida o’quvchilarni tarbiyalash), xususan, estetik ta’siri ham ko’zda tutiladi va ifodali qayta hikoyalashga katta ahamiyat beriladi.




Foydalanilgan adabiyotlar

Vladimirova N., Sultonova M., Uzbekskiy rasskaz, T., 1968;

Normatov U., Janr imkoniyatlari, T., 1970;

Adabiyot nazariyasi, 2 j.li, T., 1978—79;

Adabiyot nazariyasi [Darslik], T., 1986;

Adabiy turlar va janrlar, 3 j.li, T., 1991—92..



 O’zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) 
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat