Boshlang’ich sinf o’quvchilarida diqqatning kuchi va barqarorligini oshirish. Tezkorlikka o’rgatish



Download 43.5 Kb.
Sana27.02.2021
Hajmi43.5 Kb.

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA DIQQATNING KUCHI VA BARQARORLIGINI OSHIRISH. TEZKORLIKKA O’RGATISH.

Qodirova Zulxumor Toshmirzayevna

Namangan viloyati Norin tumani 10-umumta’lim maktabi

oliy toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Telefon:+998(99) 396 19 75

1qodirovazulxumor@gmail.com

Anotatsiya: Ma’ruza hozirgi kunda dolzarb bo’lgan mavzuda yozilgan. Har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalash har bir pedagogning vazifasi. O’qituvchi bilimli bo’lish bilan birga ruhshunos ham bo’lishi kerak.

Kalit so’zlar: ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqatdan so’nggi diqqat, ob’yekt, mimika.

Ta’lim va tarbiya murakkab va mashaqqatli jarayongina bo’lib qolmay, hamisha dolzarb masaladir. Prezidentimiz va hukumatimizning xalq ta’limiga jiddiy e’tibori va g’amxo’rligi bejiz emas. Zero ta’lim va tarbiyaning birligi va ustivorligi kelajagimiz ravnaqining asosidir. Prezidentimizning xalq ta’limini rivojlantirish maqsadida qabul qilinayotgan qator farmon va qarorlari har bir pedagog oldiga burch va mas’uliyat yuklaydi. Boshlang’ich ta’limni ta’lim va tarbiyaning poydevori deyish mumkin. Zero tagzamini mustahkam imorat umrboqiy bo’lganidek, boshlang’ich ta’limni puxta egallagan o’quvchi kelajakda komil inson bo’lib etishadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi jiddiy e’tibor berish kerak bo’lgan narsa o’quvchilar diqqatining kuchi va barqarorligini oshirishdir.

Diqqat aqliy faoliyatini muayyan bir ob’yektga yo’naltirish va ana shu ob’yektda ma’lum muddat ushlab turishdir. Aqliy faoliyatini barcha turlarida diqqat ishtirok etadi. Agar odam diqqatini o’zi idrok etayotgan narsaga qaratmasa, hech bir ish – harakat sifatli bo’lmaydi.

O’quvchi biror bir predmetga qarab tursa ham uni ko’rmasligi mumkin. Diqqatni qaratish orqali sezgilar kuchaytiriladi. Diqqat – bilim faoliyatining zaruriy shartidir. Eng oddiy ishlardan tortib, o’ta jiddiy, murakkab ishlarni diqqatning ishtirokisiz bajarib bo’lmaydi. Diqqat mimikada, tashqi qiyofada aks etadi. Lekin aytim hollarda bu qiyofa chalg’ituvchi bo’lishi ham mumkin.

Diqqat 3 turli bo’ladi:



  1. Ixtiyoriy diqqat.

  2. Ixtiyorsiz diqqat.

  3. Ixtiyoriy diqqatdan so’nggi diqqat.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ixtiorsiz diqqat kuchli bo’ladi. Xonaga eshitilgan biror bir tovush, nur, o’rtog’ining past ovozdagi so’zi o’quvchi diqqatini tez bo’ladi. O’quvchilarda ixtiyoriy diqqatni shakllantirish uchun o’qituvchi o’quvchilarni, yoshini, individual xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ayrim hollarda biror narsani boshlash qiyin bo’ladi. Ixtiyoriy tashkil qilingan diqqatni ixtiyorsiz holatga o’tishi, ixtiyoriy diqqatdan so’nggi diqqat deyiladi. Diqqatning barqarorligi aqliy faoliyatni tegishli ob’ektga qancha muddat ushlab turilishi bilan belgilanadi. Diqqat beqaror va barqaror bo’ladi. Diqqatning ko’chishi deganda biz uni 1 narsadan 2-narsaga yoki faoliyatini 1-turidan 2-siga o’tishini tushunamiz. Diqqatning bo’linishi bir vaqtning o’zida diqqatni 1 dan ortiq ob’ektga taqsimlashdir. O’qituvchi sinfdagi har bir o’qituvchini nazoratsiz, e’tiborsiz qoldirmasligi kerak. Masalan o’quvchi ona tili darsida doskadagi yozuvni o’qiydi, aytib turib yozadi. U birdaniga 3 ta faoliyatni bajaradi.

Boshlang’ich sinf o’quvchisi diqqatni kuchli, ko’lami keng va barqaror bo’lish uchun o’qituvchi nimalarga e’tibor berish zarur?

Avvalo o’qituvchi bolalar psixologiyasini yaxshi bilishi, yosh va individual xususiyatlarga e’tiborli bo’lish kerak. O’zi har tomonlama namunali, nutqi, tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lish kerak. O’qituvchilar diqqatni o’zi xoxlagan tomonga yo’naltira olish, faoliyat turini o’zgartirgan holda o’quvchilar zerikishi, charchashini oldini olishi kerak. O’quvchilar diqqatni ko’lami va e’tiborini oshirish uchun o’qituvchi ona tili va o’qish darslarida 1 qator usullardan foydalanish mumkin. 1-matnli topshiriqlar, suratli topshiriqlar.


  1. O’qituvchi o’tgan mavzuni umumlashtirayotganda bu matnga mutlaqo aloqasiz darslarni qo’shib ketadi. O’quvchilar sezgirlik bilan bu jumlalarni farqlay bilishi kerak.

  2. “Olaparni toping” kabi topshiriqlar. Bunda o’quvchi matnning har bir jumlasiga diqqat qilishi kerak bo’ladi.

  3. “Kim ko’p so’z topadi?” o’yini ham o’quvchidan diqqat va sezgirlik talab etadi. Bunda o’quvchi bir vaqtning o’zida 2 xil so’zni hosil qiladi.

Suratli topshiriqlar. Bularga “Rasmdagi farqni toping?”, “Rassom xatosini toping?” kabi topshiriqlarni kiritish mumkin. 2 ta bir xil ko’ringan rasmda aslida bir nechta farq berilgan bo’ladi. O’quvchi esa sezgirlik bilan bu farqlarni topishi kerak. “Rassom xatosini toping?” topshirig’ida o’quvchi rassom atayin yo’l qo’ygan topshiriqlar qovun-tarvuzlarning daraxtda o’sishi, tovuqlarning, mushuklarning suvda suzishi, kuchuklarni o’t yeyishi va h.k.larni aniqlashi kerak.

O’qituvchi yangi mavzuni boshlashdan oldin o’quvchilar diqqatini jamlab olishi kerak. O’qituvchi matnni o’qib beradi. O’quvchilarga matn mazmunini so’zlatish ularni matnni diqqat bilan eshitishini talab qiladi. Matn mazmunini so’ralganda har bir o’quvchi o’ziga xos hikoya qiladi. Bir o’quvchi matndagi asosiy o’rinlarga e’tibor bersa, boshqasi ikir-chikirlarigacha aytib o’tadi. Yana biri esa mayda elementlarga e’tibor berib asosiylariga diqqat qaratmaydi. O’qituvchi qayta hikoya qilish jarayonida muhim element va o’rinlarni ta’kidlab o’tishi kerak. Hozirgi shiddatkor zamonda informatsiyalar shunchalik ko’pki u insondan diqqat va tezkorlikni talab etmoqda. O’quvchilar intellektual saloxiyatini oshirish, bilimli hozirjavob bo’lib yetishish uchun boshlang’ich sinfligidanoq tarbiyalab borish zarur. Darslarda yangi pedagogik-texnologiyadan foydalanish, tezkor savol-javoblar o’tkazish orqali bu orada bir muncha yutuqlarni qo’lga kiritish mumkin. Shunday o’quvchilar doskadagi yozuvni yozib bo’lishsa ular endi yozishga tushadi. Bunday o’quvchilar bilan alohida shug’ullanib ulardagi bu kamchiliklarni tugatish lozim. O’qituvchi darsda musobaqa o’tkazganda o’quvchi har yo’qlama ishlaydi. O’rtog’ini bajargan ishini kuzatadi, ishning davomini ongida ishlab chiqadi, to’g’ri va noto’g’ri javobni farqlaydi. O’quvchi ko’p narsani bilish mumkin, lekin u javob berishda qiynaladi. Chunki unda tezkorlik yetishmaydi. Tezkor savol-javoblar, kubiklardan shakl va tasvir hosil qilish o’quvchini faolroq bo’lishga tezkorlikka o’rgatadi. Bunda o’quvchilarni guruhlarga bo’linadi va qiyinlik darajasi bir xil bo’lgan topshiriqlar beriladi. Bunday topshriqlar o’quvchilarni nafaqat tezkorlik, balki jamoa bo’lib ishlashga ham o’rgatadi.

O’qituvchining vazifasi har tomonlama yetuk, bilimli, komil insonni tarbiyalashdir. Bu o’qituvchidan bilim, izlanuvchanlik va pedagogik mahorat talab qiladi. O’qituvchi darsning har bir daqiqasidan shunday unumli foydalanishi kerakki 1 soatlik darsni “Yirik bir asar” darajasiga yetkaza olishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.M.Voxidov “Bolalar psixologiyasi” Toshkent 1982 yil.

2.E.G’oziyev “Psixologiyada shaxs tushunchasi” Toshkent 2000 yil.

3. S.Matchonov, A.Shojalilov 4-sinf “O’qish kitobi” 2017-yil.



4.”G’uncha”,”Bilimdon” jurnallari.
Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat