Boshlang’ich matematika kursida nazariya rolining kuchaytirilishi o’qitish (ta’lim) mazmuni va metodlarinigina emas, balki har XIL ko’rgazmali vositalardan foydalanish mazmuni xarakterini ham qayta ko’rishni talab qildi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana28.08.2021
Hajmi0,59 Mb.
#158174
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
boshlangich sinflarda ijodiy harakterdagi masalalar bilan ishlash

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                 

11

 M. Axmedov, N. Abduraxmonova, M. Jumayev, R. Ibragimov 1- sinfda matematika  darslari.  Toshkent, “ 



Uzumkomsentr” 2003, 55- bet. 


 

43 


2.3. Rasm-tasvir, animatsion tasvirlar  orqali  masala  yechishning  afzalligi. 

 

 

Miqdorlarning    geometrik    tasviri    va  ularning  munosabatlarini    qo’llanish  

bilan  o’qituvchi    o’quvchilarda  faqat    grafik    tasvirlash    malakasini    oshiribgina 

qolmay, balki  ularni ba’zi  arifmetik  masalalarni  yechishni  osonlashtiruvchi  va  

fazoviy    tasavvurlarini,  mantiqiy    tafakkurini    aktivlashtiruvchi      juda  foydali  

vosita  bilan tanishtiradi.  

       Agar    bir    qator    arifmetik  masalalarni    yechishda  chizma  va  sxemalar  

qo’llanilmasa,  unda  boshlang’ich    maktabda    bunday    masalalarni    yechishda  

o’quvchilar  ancha  qiynalishadi.  

     Masalan,  quyidagi  masalani ko’raylik:  

   Baliqchi    baliq  tutdi  .  Baliqchidan    tutgan  balig’ining    og’irligi    qancha,    deb 

so’ralganda  u  bunday javob berdi:  “Uning  dumi 1 kg, boshi  esa  dumi  qancha  

kelsa  shuncha-yu,  yana  tanasining    yarmicha,  tanasi    esa    boshi    bilan      dumi  

og’irliklari  yig’indisiga teng”. Bu masalaning shartlari  chizma  yordamida  grafik  

tasvirlansa,  yechim ancha yengillashadi.  

Murakkabroq, ammo birinchi o’quvchilarining kuchlari  yetadigan topshiriq: 

“masalani  har  biri  qilganini  bildirishi  aytishi  tayyor  bo’ling  “Murakkabrog’u, 

ammo  favqulodda  foydali  topshiriqqa  yana  bir  misol:  “Masalani  tinglang  va  uni 

qanday  qilib  qisqacha  tarzda  yaxshi  yozish  mumkinligini  ayting”.  Bu    holda 

o’quvchilar masala sharti va savolini eslab qolishgina emas, balki  berilganlar bilan 

izlanayotgan miqdorlar orasidagi mavjud bog’lanishlarni tushinib olishlari kerak. 

              Masalani    daslabki  analiz  qilish    (Ma’lumni  noma’lumdan  ajrata  olish 

malakasi).  Ma’lumni  noma’lumdan,  muhimni  nomuhimdan  ajratish,  masalada 

berilganlar  bilan  izlanayotganlar  orasidagi  bog’lanishni  ochish  –  bu  eng  muhim 

malakalardan  biri,  bunday  malakaga  ega  bo’lmay  turib,  masalalarni  mustaqil 

yechishga o’rganib bo’lmaydi. 

               Masalani qisqa yozish malakasi. Masala matni ustida og’zaki ishlagandan 

keyin,  uning  mazmunini  matematik  terminlar  tiliga  o’tkazish  va  qisqa  yozuv 




 

44 


shaklidagi  matematik  strukturasini  belgilash  kerak  (Rasmlar,  chizmalar,  sxemalar 

jadvallar). 

                Masalan,  qisqa  yozish  malakasiga  birinchi  sinfdan  boshlamoq  katta 

ahamiyat  beriladi.  Bu  ish  bolalar  uchun  ancha  qiyinchilikdir, shu  sababli  birinchi 

sinfda masalalarni qisqa yozish asosan o’qituvchi raxbarligida bajariladi, ikkinchi 

sinfdan boshlab,  bolalarni masalalarni mustaqil ravishda qisqa yozishga o’rgatish 

masalasi qiyinlashadi. 

                   Masala  sharti  mantiqiy  bo’lgan  holda,  berilganlar  orasidagi 

munosabatlarni  tushunib  olish  qiyin  bo’lgan  hollarda,  shuningdek,  yangi  xil 

masalalarni yechishda qisqa yozishda foydalanish muvofiqdir. 

                 Shuni  nazarda  tutishi  kerakki,  barcha  holllarda  ham  qisqa  yozuvni 

bajarish  bilan  bir  vaqtda  masala  shartining  ana  shu  hali  amalga  oshiriladi.  Aslini 

aytgancha  qisqa  yozuvning  vazifasi  shundan  iborat.  Haqiqatdan  ham,  masala 

shartining  qisqa  yozuvi  o’quvchilar  xotirasiga  tayanch  bo’lib  son  ma’lumotlarini 

tushirish  va  ajratish  imkonini  beradi,  shu  bilan  birga  ularning  ratsional  yozilishi 

masalada nima beradigan va nimani izlash kerakligini ayyoni tushuntirish imkonini 

yaratadi . 

                 Quyidagi  sodda  masala  namunasida  qisqa  yozishga  o’rgatish  ishini 

qanday o’tqazish mumkinligini ko’rib chiqamiz: “birinchi likopchada 3ta nok bor,               

2 – likopchada esa 2 ta nok bor. Hammasi bo’lib nechta nok bo’ldi?” 

-  Masalada nima haqida gapiriladi ? ( birinchi va ikkinchi likopchadagi noklar 

haqida ). 

-  Shuni qisqa qilib yozamiz. Doskada va o’quvchilar daftarlarida qisqa yozuvning 

birinchi elementi paydo bo’ladi : B - ?U -?  

-  Birinchi likopdagi noklar haqida masalada nima ma’lum ? 

-    (Birinchi likopchada 3 ta nok bor) 

Shuni yozamiz: B -3 ta nok           

- ikkinchi likopchadagi noklari haqida masalada nima ma’lum ? 

( ikkinchi  likopchada 2 ta nok bor). 

Uni ham yozing: B - 3ta nok  




 

45 


                       I -2 ta nok 

Jami  noklar  nechta  ekanligi  ma’lummi  ?  (yo’q).  Buni  savol    belgisi  bilan 

belgilaymiz . Buni quydagicha yozamiz:  

          B -3 ta nok  

          I -2 ta nok  

          J - ? 

            Endi  shu  masala  namunasida  shartli  rasm  chizishi,  chizma  va  sxematik 

chizma chizish jarayonlarini amalga oshirish mumkin.  

          Predmet  rasmi,  shartli  rasm,  masala  shartining  qisqa  yozuvi  chizma, 

aniqlikdan    sekin  –  asta  mavjudlikka  o’tishdagi    ketma  –ket  bosqichlarni 

ifodalaydi. 

         Masalalarni  yechishda  amal  tanlashni  asoslab  berishi    mantiqiy  masala 

tahlilini  amalga  oshirish,  so’ngra  yechish  rejasini  tuzish  malakasi.  Oldin  sodda 

masalani  yechishda  amal  tanlash  malakasini  qarab  chiqishga  to’xtalamiz.  Bu 

malaka birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshladi,  ikkinchi va uchinchi o’quv 

yillarida  yanada  rivoj  toptiriladi,  ya’ni  ba’zi  tanish  masalalarga  nisbatan  amal 

tanlash  ishini  bajarish  asosi  o’zgartiriladi.  Masalan,  ushbu  “  daraxtda  5  ta  qush 

o’tirgan edi”, 2 ta qush uchib ketdi. Daraxtda nechta qush qoldi ? – degan masalani 

yechishda birinchi sinf o’quvchisi masalani yechish uchun  5dan 2 ni ayrish kerak, 

chunki  qushlar  oldingisidan  kamaydi,  deb  javob  beradi.  Ikkinchi  sinf  o’quvchisi 

shu masalani yechishda bunday mulohaza yuritishi mumkin: 

“Bu qoldiqni topishga doir masala bunday masalalar ayrish bilan yyechiladi 5dan 2 

ni ayrisak, daraxtda qancha qush qolganini bilamiz”

12



              1-  sinfda  berilgan  sonni  bir  necha  birlik  orttirishga  doir  masalani 

yechishda o’quvchi  taxminan bunday  mulohaza  yuritadi:  “Masalada  birinchi  kuni 

do’konda 24 ta ko`p karto’shka sotilgani  ikkinchi kuni esa undan 8 ta ko`p ortiq 

sotilgani  haqida  gapiriladi.  Demak,  ikkinchi  kuni  birinchi  kundagidan  8  ta  ko`p 

ortiq sotilgani ma’lum, bu birinchi kuni qancha sotilgan bo’lsa, shuncha va yana 8 

                                                 

12

 Ta'lim taraqqiyoti. O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi Vazirligining a x b o r o t n o m a s i. 7-maxsus 



son.1999 yil. 136-178 bеtlar 


 

46 


ta  ko`p  sotilganini  bildiradi,  shuning  uchun  24  ga  8  ni  qo’shish  kerak,  shunda 

ikkinchi kuni necha ko`p kartoshka sotilganini bilamiz”. 

             II  va    III  sinflarda  o’quvchilar  bir  muncha  boshqacha  mulohaza  yuritishi 

mumkin:  “Masala  shartidan,  ikkinchi  kuni  birinchi  kundagiga  qaraganda  ortiq 

sotilgani  ma’lum:  ikkinchi  kuni  nechta  ko`p  kartoshka  sotilganini  bilish  kerak. 

Demak,  masalada  katta  sonni  topish  talab  qilinadi  va  u  qancha  kattaligi 

ko’rsatilgan, masala qo’shish bilan yechiladi”

13

.



 

         Keltirilgan  misollardan  sodda  masalalarni  yechish  malakasini  egallab 

olishlariga  qarab,  o’quvchilar  umumlashtirishning  yuqoriroq  darajalariga 

ko’taradilar.  Ammo  bu  jihatdan  ham  o’qitishning  har  bir  bosqichidan 

umumlashtirishning  har  xil  darajalari,  tanish  masala  yoki  yangi  xil  masala 

yyechilayotganiga  qarab,  amal  tanlashni  asoslashga  har  xil  yaqinlashishlar 

kuzatiladi, albatta.  

            Murakkab  masalani  yechishda  masalani  isbot  qilish  malakasi  asosiy 

ahamiyatga ega. 

             5- yechimni bajarish, uni o’qituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish va 

masala  savoliga  javob  berish  malakasi.  Sodda  masalalardan  boshlaymiz.  Sodda 

masalani arifmetik usul bilan ham, algebraik usul bilan ham  yechish mumkin. Bu 

o’rinda masalalarni arifmetik usul bilan  yechish haqidagina so’z boradi, masalani 

algebraik usulda yechish keyiroq alohida qaraladi . 

            Sodda masalani arifmetik usulda yechishda ifoda tuziladi va uning qiymati 

topiladi. Masalan, “o’quvchi qiz birinchi kuni kitobning 9 betini, ikkinchi kuni esa 

birinchi kundagidan 2 marta ortiq o’qidi o’quvchi qiz ikkinchi kuni necha bet kitob 

o’qigan?” degan masala yechilishni bunday yozish mumkin: 9×2=18 ( bet ) Bunda 

18  soni  yonidagi  ismni  yozmasa  ham  bo’ladi.  U  holda  masala  yyechilishning 

yozilishi misol yechilishning yozilishi bilan hech bir farq qilmaydi.  

          Javob: O’quvchi qiz ikkinchi kuni 18 bet o’qigan. 

                                                 

13

 M. Axmedov, N. Abduraxmonova, M. Jumayev, R. Ibragimov 1- sinfda matematika  darslari.  Toshkent, “ 



Uzumkomsentr” 2003, 55- bet. 


 

47 


          Murakkab masalaning arifmetik usul bilan yechilishini har xil usulda yozish 

mumkin. 


         O’qituvchining  u  yoki  bu  topshirig’iga  binoan  yechimlarning  yozilishi 

namunalarini quyidagi masala misolida keltiramiz:  

  “ 4 ta daftar 20 so`m turadi ,  xuddi shunday  6 ta daftar qancha turadi?”. 

             Masala sharti jadval tarzda bunday yoziladi:    

 

Baxosi 


Miqdori 

Jami pul 

Bir 

4 ta daftar 



20 so’m 

Xil 


6 ta daftar 

 



1.  Yechimning ifoda ko’rinishida yozish. 

       a) Ifodaning sekin – asta izoxlar bilan yozilishi  

       20 : 4 – daftar baxosi,  

       ( 20 : 4 ) · 6 ( so’m ) – 6 ta daftarning puli. 

       ( 20: 4 ) · 6 = 30 ( so’m ) 

        Javob: 6 ta daftar 30 so’m turadi. 

       b) yechilishning alohida amallarsiz va izohlarsiz yozilishi:  

           ( 20 : 4 ) · 6 = 30 ( so’m ) 

           Javob : 6 ta daftar 30 so’m turadi. 

2.  Yechimni alohida amallar shaklida yozish. 

         a) Izohlar bilan yozing:  

         1) 20 : 4 = 5 ( so’m ) – daftar baxosi . 

         2) 6·5 = 30 ( so’m ) -6 ta daftar puli. 

         Javob : 60 ta daftar 30 so’m turadi  

      Izohlar bilan yozish boshqacharoq  ko’rinishda ham bo’lishi mumkin:  

1)  Bitta daftar  : 20 : 4 = 5  ( so’m ) turadi:  

2)  6 ta daftar : 5· 6= 30 (so’m ) turadi  



 

48 


     

Yozuvlardan birinchisi ( tushuntirishlarni amal bajarilgandan keyin yozish )  

berilgan amal bilan nimani bildik, degan savolga javob bo’ladi, ikkinchi yozuv esa 

berilgan amal bilan nimani bilib olishimizni bildiradi. 

         b) izohlarsiz yozish:  

         1) 20 : 4 = 5  (so’m) 

         2) 5· 6 = 30 (so’m)  

         Javob : 6 ta  daftar 30 (so’m) turadi. 

         v)  Amallarni  tushuntirishni  tasdiq  shaklidagina  emas,  balki  savol  shaklida 

ham berish mumkin. 

         1) 1 ta daftar qancha turadi?  

              20 : 4= 5 (so’m)  

         2)  6 ta daftar qancha turadi?  

               5 · 6 = 30 (so’m) 

 Javob: 6 ta daftar 30 (so’m) turadi. 

           Shuni  aytib  o’tish  kerakki,  birinchi  sinfda  yechishni  yozishning  ushbu 

shakllaridan  foydalanishni  tavsiya  qilish  mumkin:  yechimni  ifoda  ko’rinishida 

yozish va yechimni alohida amallar bilan izohlarsiz yozish:   



 

Har  qanday  matematik  masalaning  asosiy  elementlaridan  biri uning  savolidir. 

U  yoki  bu  bu  masalaning  shartiga  qo’yilgan  har  qanday  savol  muammo  hosil 

qilavermaydi.  Agar  masalaning  savoli  o’quvchidan  reproduktiv  faoliyatni  

(Eslamaslikni)  talab  qilsa,  u  holda  masala  muammoli  harakterda  bo’lmaydi    va 

bolalar  tafakkurining  rivojlanishiga    ham  imkoniyat  beradi.  Agar  matnli  masala 

o’quvchini  ma’lum  yechimga  olib  keladigan  fikrlash  operatsiyalarini  bajarishda 

aqliy zo’riqishni talab qiladigan qiyinchiliklarga  duch keltirsa, bu masala mantiqiy 

masala bo’ladi. 

         Mantiqiy  savol  qancha  so’zi  bilan  boshlanishi  mumkin,  ko’pincha  uning 

boshqacha qo’yilishi talab qiladi. 

          Buni III  sinf darligida berilgan masalalar misolida ko’ramiz. 

           490- masala.  



 

49 


          Bir  oyda  tovuqlar  uchun  27  kg,  o’rdaqlar  uchun  40  kg  don  sarflandi.  Bitta 

tovuqqa  bir  oyda  3  kg,  bitta  o’rdakka  5  kg  don  sarflandi.  qaysi  biri  ortiq? 

tovuqlarmi yoki o’rdaklarmi ? nechta ortiq?  

            Yechilishi:  tovuqlar uchun  bir oyda  27 kg  don  sarflangan, bitta tovuqqa 3 

kg  don  sarflangan  bo’lsa,  tovuqlar  nechta  ekanligini  hisoblash  uchun  27  ni  3  ga 

bo’lamiz:  

          27 : 3 = 9  Tovuqlar soni 9 ta o’rdaklar uchun bir oyda 40 kg dan sarflangan. 

Bitta  o’rdakka  bir  oyda  5  kg  dan  sariflangan  bo’lsa,  o’rdaklar  nechta  ekanligini 

topish  uchun  40  ni  5  ga  bo’lamiz:  40  :  5  =  8  o’rdaqlar  soni  sakkizta.  Qaysi  biri 

ortiq ekanligini topamiz:  

        9 > 8 nechta ortiqligini topamiz 9-8 = 1 

        Javob : tovuqlar soni ortiq tovuqlar o’rdaklardan 1 ta ortiq  

5- masala 

       Bir  to’pda  25  m  chit  bor  har  bir  ko’ylakka  3  m  chit  ketsa  to’pdagi  chit  8  ta 

ko’ylakka yetadimi? 

         yechilishi: Bitta ko’ylakka necha m chit ketishini hisoblaymiz. 

         3 · 8 = 24 m chit ketadi. 

         Bir to’pda esa 25 m chit bor 25 > 24 

         Demaq : To’pdagi chit 8 ta ko’ylakka yetadi. 

          Sut sog’uvchi 6 ta sigirning har biridan 12 L dan sut sog’ib oldi. Shuncha sut 

har  birining  sig’imi  32  l  dan  bo’lgan  2  ta  bitonga  sig’adimi?  yechilishi:  Sut 

sog’uvchi 6 ta sigirdan har biridan 12 l dan sut sog’ib olgan bo’lsa, jami necha l sut 

sog’ib olganini topamiz.  

12· 6 = 72 (l) –sog’uvchi  6 ta sigirdan sog’ib olgan sut. 

        Bitonning sig’imi 32 l 2 ta bitonga necha l sut sig’ishini topamiz:  

   32· 2 = 64 ( l )  - 2ta bitonga shuncha sut sig’adi . Sog’uvchi sog’ib olgan sut 72 l    

   72 l > 64 l    Javob : sog’ib olingan sut 2 ta bitonga sig’maydi . 

 

 



 


 

50 


655- masala. 

      Tikuvchilik usta xonasida har birida 21 m dan 3 to’p va uzunligi 15 m yig`ilgan 

1 to’p gazlama  bor edi. Agar bir pardaga 11 m gazlama ketsa,  bu gazlamalar 7 ta 

parda tikish uchun yetadimi?  

         yechilishi:  Tikuvchilik  ustaxonasidagi  3  ta  to’dagi  gazlamalar  jami  qancha 

ekanligini hisoblaymiz:  

    21·  3  =  63  (  m  )  -3  ta  to’pdagi  gazlama  ,  1  ta  to’pdagi  gazlamani  qo’shamiz:                      

63 + 15 = 78 ( M ) jami gazlama  

      Bitta pardaga 11 m gazlama ketsa, 7 ta pardaga qancha gazlama ketishini 

hisoblaymiz:  

11 · 7=7 7 (l) 

      Jami: gazlama 78 m edi. 

78m>  77 m. 

Javob: Tikuvchilik ustaxonasidagi gazlama 7 ta parda  tikish uchun yetadi. 

          Yuqoridagi  masalalardan  ko’rinib  turibdiki,  bunday  masalalarni  qarashda 

tengsizlik  belgilari  o’z  tadbiqini,  bunday  belgilar  sonli  misollarning  yozishda 

ishlatilar  edi.  Eng  asosiysi,  hisoblashlarni  bajarishnigina  emas,  balki  isbotlash, 

qonuniyatni, yyetarliliqni,imkoniyatni aniqlash ta’lab qilinadi. 

          Mantiqiy  masalalar  yechish  bolalar  tafakkurining  rivojlanishida  muhim 

ahamiyatga ega. Masalalarning shartiga qo`yilgan har qanday savol ham muammo 

bo`lavermaydi.  Agar  matinli  masala  o`quvchini  ma’lum  yechimga  olib  keladigan 

fikrlash operatsiyalarini bajarishda aqliy zuriqishni talab qiladigan qiyinchiliklarga  

duch keltirsagina bunday masala bo`ladi. 

             Demak,  mantiqiy  masalalar  o’quvchilarni  fikrlashga,  aqliy  saloxiyatini 

ishga solishga chorlaydi. Buning natijasida  o’quvchilar tafakkuri rivojlanadi, aqli 

charxlanadi. 

              Masalalar  tuzish  va  ularni  almashtirishga  doir  topshiriqlar.  O’quvchilar 

tomonidan  mantiqiy  masalalar  tuzishning  matematika  o’qitishning  turmush  bilan 

bog’lashda,  bolalarda  umumlashtirish  malakasini  rivojlantirishda  bir  qator 



 

51 


matematik  tushuntirishlarni chuqur o’zlashtirishda miqdorlar orasidagi funqsiyani 

aloqa va bog’lanishlarni yaxshi tushuntirishni ahamiyati katta.  

             Boshlang’ich  sinflarda  o’quvchilarning  mustaqil  tuzishlarga  oid  har  xil 

topshiriqlardan  foydalaniladi,  chunonchi:  rasm,  chizish  bo’yicha:  harf  va  sonli 

ma’lumotlar bo’yicha: ko’rsatilgan amallarga ko`ra va hokazolarga ko’ra masalalar 

tuzish. 


Misol uchun bunday topshiriqni qaraymiz: ”Yechilishga  ko’ra masalalar  tuzish”! 

             1) 120 : 2   60 (s) –seshanba kuni yig’ishgan. 

             2) 60 + 25 = 85 (s)- chorshanba kuni  yig’ilishgan. 

              Izoxlari bilan belgilangan yechim bo’yicha, masala, bunday masala tuzish 

mumkin:  “Dushanba  kuni  120  s  meva  seshanba  kuni  undan  ikki  martda  kam, 

chorshanba kuni seshanba kuni terilgandan 25 s ortiq meva yig’ishdi. Chorshanba 

kuni qancha meva yig’ishgan?”. 

              Bu  topshiriq  ustidagi  shuni  davom  ettirib,  unga  ijodiy  harakter  berish 

ya’ni  berilganlarni  almashtirishi  yo’li  bilan  yangi  masalalar  tuzishga    oid  ish 

o’tkazish  mumkin.  Chunonchi,  topshiriq  bajarilganidan  keyin  o’quvchi  masalan, 

birinchi amal belgisini o’zgartiradi (120  · 2,  120 + 2,  120-2), o’quvchilarga esa 

masala shartiga tegishli o’zgartirishlarni kiritishni taklif qiladi. 

              Berilgan  masalani  almashtirishga  doir  ish  boshqacha  o’tkazilishi  ham 

mumkin  .  Masalan,  ikkinchi  amal  ishorasini  o’zgartirish  mumkin    (qo’shishni 

ayrish  bilan  almashtirish  mumkin),  bolalarga  esa  masala  shartiga  o’zgartirishlar 

kiritishni  taklif  qilish  yoki  bolalarga  masalaning  savolini  u  uch  amal  bilan 

yechadigan qilib almashtirishni taklif qilish mumkin va hokazo. 

Qiyinroq  masalalarni yechish  ma’lumoti ortiqcha bo`lgan harakterdagi mashqlar 

jumlasiga kiradi. 

             Oxirda  shuni  takidlab  o’tamizki,  matematik  masala  ustida  ishlash 

protsessida  shunga  intilish  kerakki,  har  bir  masala  bolalar  uchun  haqiqiy  bilim 

manbai  bo’lib  qolsin.  Buning  uchun  o’quvchining  diqqatini  masala  shartidan 

tafakkurini va bilish qobiliyatlarini rivojlantiradigan darajada  maksimum axborot 

olishiga yo’naltirish kerak. 




 

52 


    

XULOSA 

   Mavjud  ta'lim-tarbiya  tizimini  tubdan  isloh  qilish,  uni  zamon  talablari 

darajasiga  ko’tarish,  milliy  kadrlar  tayyorlashning  yangi  tizimini  barpo  etish, 

kеlajak uchun barkamol,  salohiyatli  avlodni tarbiyalash  maqsadida ushbu  farmon 

bilan “Ta'lim-to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga 

tatbi? etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi etib bеlgilandi. 

“Ta'lim  to’g’risida”gi  Qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  qabul 

qilingandan  so’ng  rеspublikamiz  butun  ta'lim  tizimi,  jumladan,  oliy  ma'lumotli 

kadrlar tayyorlash yo’nalishini ham tubdan isloh qilishning aniq stratеgik dasturiga 

ega  bo’ldi. 

“Ta'lim  to’g’risida”gi  Qonun  hamda  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturining 

mohiyati barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, unda quyidagi vazifalar 

bеlgilab qo’yilgan. Xususan, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yosh 

avlodni  ma'naviy-axloqiy  tarbiya  asosida  yеtuk  qilib  tarbiyalash,  talabalarning 

ma'naviyatini  milliy  istiqlol  g’oyasi  asosida  tarbiyalash  va  shakllantirishda 

ommaviy  axborot  vositalari  imkoniyatlaridan  kеng  va  samarali  foydalanish, 

yoshlarda  Vatanga  va  xalqqa  muhabbat,  yurt  farovonligi  uchun  kurashish, 

insonparvarlik, o’zlikni anglash, milliy qurur, milliy iftihor, o’zga millat kishilari 

va  ularning  sadriyatlarini  xurmat  qilish  kabi  fazilatlarni  tarbiyalash,  yoshlarda 

vijdon  erkinligi,  ta'lim-tarbiya  masalalari  ustuvor  vazifa  sifatida  amalga 

oshirilmoqda.  

Yurtboshimiz  “Yuqori  malakali,  zamonaviy  bilimlarga  ega  bo’lgan,  hozirgi 

kun  talablari  asosida  fikrlay  oladigan  еtuk  kadrlarni  tayyorlash  ham  ijtimoiy-

siyosiy,  ham  iqtisodiy  muammolarimizni  hal  etishning  kaliti  hisoblanadi”  dеgan 

edi. 

Bugungi  kunda  boshlang’ich  sinf  o’qutuvchilaridan  o’quvchilariga  ta’lim 



berish  jarayonida  juda  katta  mahorat,  mas’uliyat,  izlanish  talab  qilinmoqda. 

Bunday  izlanishlarni  amaliyotga  tadbiq  qilish  jarayonida  o’qituvchilar  nafaqat 

o’zlari faoliyat yuritmoqdalar, balki o’quvchilarning ham bunga jalb qilmoqdalar. 

Boshlang’ich  sinf  matematika  darslarida  «Muammoli  vaziyatlar»  yaratish, 




 

53 


muammoli  masalalar  yechish  o’quvchilarning  mantiqiy  tafakkurini  rivojlanishini, 

ongini  o’sishini  ta’minlaydi.  O’quvchilar  muammoning  yechimini  topish 

jarayonida  mustaqil  fikrlay  olish,  o’z  fikriga  ega  bo’lish  kabi  qobiliyatlarni 

egallaydilar. 

Boshlang’ich   sinflarda  matematika  darslarini  kuzatish  va  uni  tahlil  

qilish  shuni  ko’rsatdiki,  ko’pgina  o’quvchilar   manli  masalalar   echishda,  uni  

echish  uchun  zarur  bo’lgan  kerakli  amalni  tanlashda  adashadilar.   Buning  

sababi      o’quvchilar    arifmetik    amallarning,    xususan,    ayirish    amalining   

ma’nosini  to’la  anglab  etmaganlar.  Bundan  tashqari  ular  taqqoslash  usulidan  

foydalanish    ko’nikma    va    malakalarini    mukammal    egallamaganliklari  

aniqlandi. 

 

Men bu bitiruv malakali ish mavzusini yoritib berish jarayonida matematika 



darslarida  o’quvchilarining  matematik  masalalar  bilan  tanishtirish,  muammoli 

masalalar  yechishga  o’rgatish,  muammoli  masalalarning  ahamiyati  haqida  fikr 

yuritib o’tdim.  

  

Boshlang’ich  sinf  o’qituvchilarining  matematika  darslarini  kuzatish 



jarayonida  muammoli  masalalar  yechishning  dolzarbligiga,  bu  metodning 

o’quvchilar  bilim  saviyasining  oshirishda  yaxshi  samara  berishga  ishonch  hosil 

qildim. 

 


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish