Bo'limning etakchi mutaxassisi
Viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi kengashi nomiga keladigan, birlashmadan jo'natiladigan hujjatlarni qayd etadi. Birlashma kengashi nomiga keladigan hujjatlarni o'z vaqtida qayd etib, tanishish uchun birlashma kengashi raisiga taqdim etadi. Rais munosabati bildirilgan hujjatlarni tegishli shaxs, tashkilot va manzillarga yuborishni tashkil etadi.
Fuqarolardan tushgan ariza va shikoyatlarni qayd etadi va ularning belgilangan muddatlarda tekshirilishini nazorat qiladi hamda ariza-shikoyatlar yuzasidan javoblar yuborishni amalga oshiradi.
Birlashma kengashiga ishga qabul qilinayotgan xodim bilan mehnat shartnomasi, lozim deb topilganda to'liq moddiy javobgarlik bo'yicha shartnomalar loyihasini tayyorlab birlashma kengashi raisiga taqdim etadi.
Birlashma kengashi xodimlari va tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyat bo'yicha mas'ul tashkilotchilari, birlashma kengashi tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy jildlarini tayyorlaydi va saqlaydi hamda ularga o'zgarish bo'lganda tegishli hujjatlarni kiritib boradi.
Xodimlarning mehnat daftarchalari bo'yicha ish olib boradi va ularga tegishli yozuvlarni o'z vaqtida kiritib boradi. Kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishgan holda xodimlarga beriladigan mehnat ta'tillari jadvalini tuzadi va ta'tillarni tasdiqlangan jadval asosida berilishini ta'minlaydi.
Kengash majlisida bildirilgan tanqidiy mulohazalar va takliflar bo'yicha tadbir tuzadi. Kengash majlisi va rayosati tomonidan qabul qilingan qarorlarni va boshqa hujjatlarni o'z vaqtida ijrochilarga etkazilishini hamda bajarilishini nazorat qilib boradi. Majlis va rayosat yig'ilishlari bayonini va hujjatlari yig'ma jildini tayyorlaydi.
Birlashma kengashi raisi va uning o'rinbosari huzurida o'tkazilgan yig'ilishlar bayonnomasini tuzadi, unda berilgan topshiriqlarning o'z vaqtida bajarilishini ta'minlaydi.
Xodimlar, ishlab chiqarish va xodimlarning xizmat safariga oid farmoyishlarni tayyorlaydi. Birlashma kengashi xodimlari va Respublika kengashlarining viloyat bo'yicha mas'ul tashkilotchilarining ishda bo'lishi va bo'lmasligini hisobga olib boradi va ularga tabel tuzadi.
Nodavlat sektoriga qarashli korxona, tashkilot, muassasa va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda ishlovchi xodimlarni kasaba uyushma harakatiga tortish, ularning kasaba uyushma tashkilotini tuzish bo'yicha ish olib boradi. Natijalari bo'yicha monitoring olib boradi va belgilangan muddatlarda O'zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi kengashiga ma'lumot topshiradi.
Viloyat bo'yicha kasaba uyushma tashkilotlari tuzilgan korxona va tashkilotlarning to'liq reestrini tuzadi, ro'y berayotgan o'zgarishlarni doimo monitoring qilib boradi.
O'zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi qurultoylari, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi konferensiyalari qarorlarini bajarish yuzasidan belgilangan tadbirlarning ijrosi yuzasidan ma'lumot tayyorlaydi va belgilangan muddatlarga O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashiga taqdim etadi.
Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining faoliyati yuzasidan choraklik, yillik hisobot tayyorlaydi va viloyat adliya boshqarmasiga topshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |