(O'yinlar) Bolalar uchun tavsiya etilgan sport turlari (NEW)
Bizning bir ishtirokchimiz bolalar uchun qanday sport turini tanlash mumkin ekan degan savol bilan murojaat etganlar. Marhamat, ushbu maqolani o'qib bolangiz uchun qanday sport turi uning fe'l-atvori va tabiatiga to'g'ri kelishini taqqoslab tanlashingizda biroz yengillik yaratib beradi deb o'ylaymiz.
Sport turlari nihoyat xilma xildir. Ularni qay birini bolangiz uchun tanlashga kelganda esa boshingiz qotadi. Yengil atletika, suzish, kon'kilarda uchish, chang'i sporti, velosport, futbol, koptokli o'yinlar, dzyudo, gimnastika, ritmika... va h. Bular bolaning qay bir yoshidan boshlab shug'ullanish mumkin va ularning qay birining ustun taraflari mavjud, shu haqda alohida-alohida to'xtalib o'tishga harakat qilamiz.
Yengil atletika
Yengil atletika o'g'il va qiz bolalar uchun 10 yoshdan boshlab tavsiya etiladi. Ushbu sport turi ko'krak qafasini rivojlantiradi, to'g'ri nafas olishni o'rgatadi, organizmni kislorod bilan ta'minlanishiga ko'maklashadi. Ushbu sport turi bilan shug'ullangan bola egiluvchan, epchil va bosiq fe'l-atvorli bo'ladi. Yengil atletika bilan shug'ullanadigan qizlarning qaddi-qomati chiroyli, oyoqlari uzun va chiroyli ko'rinishda bo'ladi. Albatta uning turini ham mustaqil farzandingiz bilan birgalikda tanlash lozim. Uning turi murakkab ko'rinishda bo'lishi shart emas.
O'g'il bolalar uchun ham yengil atletika foydali sport turidan biri hisoblanadi. Bola uchun bodibilding mashqlaridan, ayniqsa trenajerlarda mashq qilish mumkin emas, ular bolalar uchun, ularning sog'liklari uchun erta bo'lganligi sababli katta ziyon yetkazadi.
Suzish
Suzish bolalarga 5-6 yoshdan tavsiya etiladi. Badanning barcha mushaklarini to'g'ri rivojlanishigi ko'mak beradi, bolaning to'g'ri nafas olishi uchun a'lo darajadagi imkoniyatni yaratib beradi: ko'krak qafasiga bo'lgan suvning bosimi to'liq nafas chiqarishiga sabab bo'ladi, bu esa o'pkalarning ish faoliyatini faollashtiradi, qomatni to'g'ri va tik bo'lishida o'z hissasini qo'shadi. Suzish qomatni chiroyli qiladi, bola to'g'ri bukirlanmasdan yuradi. Orqada amalga oshirilgan "brass" - umurtqa pog'onasining qiyshashidagi davolashda a'lo vosita hisoblanadi.
Suzishga qatnashgan o'g'il bolalarning yelkalari keng bo'ladi, qiz bolalarning esa ko'kraklari baquvvat va yaxshi rivojlanadi.
Basseyn suvining tozaligiga sanitar-gigiyenik xizmatlari amalga oshirilganligi sababli suv doim tekshiruv ostida bo'ladi. Nozik holat bu bolaning ko'zlaridir, agar ular dezinfeksiya vositalarini ko'tarolmasalar, bola uchun maxsus suzish uchun mo'ljallangan ko'zoynaklarni xarid qilib bering.
- 1-bet -
Do'stlaringiz bilan baham: |