1.2 Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimiga rahbarlikning o’ziga xos jihatlari
O’zbekiston respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.
Vazirlik maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishtirish chora-tadbirlari to’g’risida ”gi 2017-yil 30-sentyabrdagi 5198-son farmoniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida ”gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ_3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.