Bolalar kelajagi yurtimiz poydevori



Download 20,83 Kb.
Sana10.10.2019
Hajmi20,83 Kb.
#23277
Bog'liq
bolalar kelajagi yurtimiz poydevori

bolalar kelajagi yurtimiz poydevori

Bolalik – hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir. Go‘daklarning bahor tongi misol beg‘ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Aslida, o‘sib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish zamirida hayotni, uning davomiyligini asrab-avaylash mohiyati yotadi. Ular to‘g‘risidagi har qanday g‘amxo‘rlik esa yurt ravnaqi uchun qo‘yilayotgan mustahkam poydevor demakdir. Donishmandlardan biri: “Millatning kelajagini bolalariga qarab anglash mumkin”, degan edi. Bugun ertamiz egalariga ko‘rsatilayotgan e’tibor kelajakda ularning Vataniga sadoqatli, jismonan va ma’nan barkamol bo‘lib yetishishida muhim omil hisoblanadi.

Davlatimiz rahbarining «Farzandla­rimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart!» degan so‘zlari xalqimiz uchun o‘ziga xos da’vatga aylanganini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Zotan, mamlakatimizda sog‘lom, aqlan va ma’nan yetuk yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlar zamirida avvalo ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan farzandlarimiz manfaati mujassam. Darhaqiqat, ayni vaqtda, bugungi shiddatli zamon, hayotning o‘zi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi-yangi, o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni qo‘yilmoqda. Ana shularning barchasini hisobga olgan holda, oldimizga qo‘ygan va­zifalarimizni izchil davom ettirishimiz dar­kor.

Farzand — oila quvonchi, hayotimizning mazmuni. Uning salomatligi ko‘ngli­mizning xotirjamligi, halovatidir. Azaldan xalqimiz bolaning dunyoga kelishi, uning parvarishi va ta’lim-tarbiyasiga yuksak e’tibor qaratgan.

O‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish, el ishiga kamarbasta, vatanparvar, jismonan chiniqqan va ma’nan yetuk avlodni kamol toptirish milliy mentalitet va umrboqiy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi. Istiqlolning dastabki yillaridan yurtimizda sog‘lom avlod tarbiyasi umum­xalq harakatiga aylantirildi. Sog‘lom deganda, biz faqatgina jismonan baquvvat farzandlarni emas, balki ma’naviy boy avlodni ham ko‘zda tutamiz.

Bugungi kun yoshlari, mustaqillik yilla­rida tug‘ilib voyaga yetgan sog‘lom va barkamol avlodga xos bo‘lgan mustaqil fikrlash, milliy o‘zlikni anglash, Ona yurtga muhabbat, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni egallashga astoydil intilish, O‘zbekistonning bugungi va ertangi kuni uchun yonib yashashga tayyor bo‘lgan xislatlarni o‘zida mujassam etgan shaxsdir. Bolajonlarning ezgu maqsad-orzulari albatta ushalishiga biz ham tilakdoshmiz. Oila orzu-maqsadlarimizga erishish yo‘lidagi intilishlarimizda muhim omil baxsh etuvchi bebaho maskandir. Mustahkam oilani sog‘lom ona va bolalarsiz tasavvur etish qi­yin. Zotan, Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Ma’lumki, bu yorug‘ olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Har qaysi ongli inson jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o‘ylab, hamisha ezgu orzu-intilishlar bilan yashaydi, o‘z zurriyodining har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lishini istaydi». O‘zbekistonning ke­lajagi buyuk ekaniga qat’iy ishonch bildirib yashayotgan xalqimizning orzusi bu bar­kamol avlodni voyaga yetkazishdir. Barcha olijanob harakatlarimiz negizida, ezgu-niyatlarimizning zamirida farzandlarimizni ham jismonan, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxtu-saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir.

Yurtimizda har tomonlama sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish asnosida butun xalqimiz sog‘lom, jamiyatimiz barqaror bo‘lishini targ‘ib-tashviq qilish vazifasi ommaviy axborot vositalari xodimlari zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. Bunda ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga aniq javob topish, yig‘ilishda o‘rtaga qo‘yilgan masalalar xususida atroflicha mulohaza yuritish va chuqur mushohada chig‘irig‘idan o‘tkazish muhim ahamiyatga ega.

Darhaqiqat, Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab farzandlarimizni barkamol qilib ulg‘aytirish, ularni yetuk insonlar sifatida ko‘rish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jismoniy tarbiya va sportning tutgan o‘rni g‘oyat muhim. Sport bilan shug‘ullangan yigit-qizlar avvalo o‘zini anglaydi. Jismoniy tarbiya bolalarni kichkinaligidan boshlab ustun va zaif tomonlarini sezish, tushunish va kamchiliklarni bartaraf etish uchun o‘z ustida doimiy ishlash lozimligiga o‘rgatadi.

Poydevori mustahkam ko‘rkam qo‘rg‘on

Xalqimiz hurriyatga erishgan kundan o‘z oldiga buyuk kelajak yaratishni oliy maqsad qilib qo‘ydi. Ana shu ulug‘ maqsadga yetishning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘lini tanladi. Bu yo‘lda uchraydigan turli qiyinchilik va to‘siqlarni mardona yengib o‘tishda ko‘mak-madad beradigan, muhim omil bo‘ladigan tadbir-tadoriklar dasturini ishlab chiqdi. Va ularni astoydil amalga oshirmoqda.

Dono rahbarning uzoqni ko‘ra bilish salohiyati tufayli ana shu sa’y-harakatlarning samaralari asta-sekin bo‘y ko‘rsatmoqda. Uning ulug‘vorligi va hayotiyligi boshqalarni beixtiyor andoza olishga undayapti.

Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, barkamol shaxsni tarbiyalashga faqat sportni ommaviylashtirish orqali erishib bo‘lmasligi tabiiy. Ammo bolalar sportini rivojlantirish katta jarayonning muhim bir bo‘g‘inidir. Sog‘lom tanda sog‘ aql, degan ibora esa yetti iqlimda aksiomaga aylangan. “Poydevorning poydevori” ruh pokligi va vujud salomatligini asrashdan boshlanadi.

Poydevori mustahkam ko‘rkam qo‘rg‘onning birinchi g‘ishtlari yoshlarni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb etishning huquqiy asosini yaratish maqsadida 1992 yilda – “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish bilan qo‘yilgan.

Shu qonunning 10-moddasida qayd etilganidek, ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim majburiy qismi bo‘lib, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Noyob tuzilma

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktabrdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida“gi va 2004 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmonlari barkamol avlod orzusi yo‘lidagi islohotlar izchilligini ta’minlashda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Faoliyatining qamrovi, ko‘zlangan g‘oyaning mazmun-mohiyatiga ko‘ra, dunyoning boshqa mamlakatlarida bunday tashkilot uchramaydi. Darhaqiqat, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi o‘ta noyob tuzilma bo‘lib, ayni paytda qator davlatlar uni qimmatli tajriba sifatida o‘rganmoqda.

Izchillik va tadrijiylik asosida – jamg‘arma faoliyat yo‘nalishi va “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida belgilgangan vazifalarning uyg‘unligiga xuddi ana shunday ta’rif berish mumkin. Xususan, Davlat dasturida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ulkan ishlarni izchil davom ettirish, ayniqsa, bolalar sportini yanada rivojlantirish, shahar va qishloqlarimizda davr talabiga javob beradigan sport majmualari bunyod etish, ularni zamonaviy anjomlar, yuqori malakali murabbiylar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani tilga olingan hamohanglikning amaldagi tasdig‘idir. Demak, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, ommaviy sportni, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish borasidagi ishlar ko‘lami yanada keng quloch yozmoqda.



Prezidentimizning 2007 yil 12 dekabrda qabul qilingan “2008 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi budjetini va bolalar sport obyektlari qurilishining aniq manzilli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida“gi qaroriga muvofiq tegishli mutaxassislar tomonidan 2008-2009 yillarda qurib bitkazilgan sport inshootlari va maktab sport zallari uchun zarur sport jihozlari ro‘yxati ishlab chiqildi va ular shunday anjomlar bilan ta’minlandi. 2009 yilda qurib bitkazilgan inshootlarning 174 tasini maktab sport zallari tashkil etadi. Jamg‘arma tuzilgandan buyon o‘tgan davrda, ya’ni 2003-2009 yillar mobaynida 674 maktabda sport zali barpo etildi. Shuningdek, bu davrda 178 ta alohida bolalar sporti inshooti qurib, foydalanishga topshirildi. Umuman olganda, 2003-2009 yillarda mamlakatimizda 1123 sport majmuasi bunyod etilgan bo‘lsa, ularning 922 tasi qishloq joylarda qad rostladi.

Sport jihozlari ishlab chiqaradigan mahalliy korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Masalan, bundan besh yil ilgari mahalliy korxonalarimizda bolalar sport inshootlari uchun zarur 120 xil anjomning 73 turi tayyorlangan bo‘lsa, bugunga kelib 113 xildagi sport jihozlari o‘zimizda ishlab chiqarilmoqda. Bunda bolalar uchun sifatli sport jihozlari ishlab chiqarish imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadida eng qulay va maqbul jihozlar katalogi yaratilgani korxonalar faoliyatida muhim omil bo‘ldi.
Download 20,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish