Bolalar folklori
Ota-onalar har doim farzandlar to'g'risida qayg'uradilar va ularning kelajakda yetuk inson bo'lib voyaga yetishini xohlaydilar. Bu orzu-istaklarini farzandlariga kichikligida ularga singdirish va ularga o’z mehrlarini ifoda etish maqsadida qalbidagi so’zlarini alla misolida namoyon qiladilar. Bu bolalar folklorining ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. «Alla» istilohining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud.
Kimdir uni arabcha «olloh» so`zining fonetik o`zgarishga uchragan shakli desa, kimdir o`zbekcha «aldamoq» so`zidan kelib chiqqan, shunga ko`ra u bolani aldab-avrab uxlatish ma`nosiga ega deya
izohlashga urinadi. Bu izohlarning soxtaligi va haqiqatni aks ettirmasligi o`z-o`zidan ayonlashib
turibdi. L.Z.Budagov chig`atoychada «allala» boshning orqasi, ya`ni «ensa»ni anglatishini qayd
etgan. Chindan ham chalqanchasiga yotganda boshning orqasi yostiqda bosilib, shu holda
uxlanadi. Chaqaloq beshikka, belanchakka faqat bosh orqasi–allalasi bilan chalqanchasiga
cho`zilib uxlaydi. Bolaga uyqu chaqirishda qo`llanishi shu vazifasidan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |