Bolalar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglari, shakllarini qiyoslashni



Download 16,14 Kb.
Sana18.06.2021
Hajmi16,14 Kb.
#69804
Bog'liq
Hujjat (3)
Заявка на бумага, Doc2, Doc2, иқтидорли, Ikkilamchi resurslardan foydalanishning ekologik iqtisodiy xususiyatlari va yo'nalishlari, Zardusht, 2-IT costs, 2-IT costs, yoruglik kuchi birligi etallonini amalga oshirish, avtomoyka biznes reja, Davlat budjeti, Sadullayev Siroj ingliz tilidan yakuniy javoblari, Sadullayev Siroj ingliz tilidan yakuniy javoblari, Sadullayev Siroj ingliz tilidan yakuniy javoblari

Bolalar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglari, shakllarini qiyoslashni

o‘rganadilar, bu ularning ko‘zatuvchanligi va e‘tiborligini o‘stirishga yordam

beradi. To‘plangan barglar oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga

qo‘yiladi. Shundan keyin bolalarga barglarning mehnat mashg‘ulotlarigacha

rangini yo‘qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi

tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning etibori insonning yaratuvchilik

mehnatiga albatta jalb etilishi kerak, Ekskursiya oxirida unga yakun yasaladi,

ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga

uylarida kapalak va ninachilar tasviri tushirilgan rasmlarni ko‘rish, ularning tanasi

va qanotlarining shakli, rangi qandayligiga alohida etibor berish topshiriladi.

Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bolalar

applikatsiyalarni zo‘r ishtiyoq bilan namoyish qiladilar, agarda applikatsiyani o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa,

qiziqishlari yanada ortadi. Bunday dars, mashg‘ulot qo‘yidagi sxemaga ega

bo‘lishi mumkin:

1.Dars mashg‘ulot temasi va maqsadini aytish.

Mavzu: Kapalak applikatsiyasini yasash

2. O‘tkazilgan ekskursiya bo‘yicha suhbat:

a) Ekskursiyada qaerda bo‘ldik?

b) Qanday daraxtlarni ko‘rdik, ularning nomi qanday?

v) Ularning barglarining shakli bir xilmi?

g) Qanday hasharotlarni ko‘rdik?

3. Namuna tahlili;

a) Kapalak qanday qismlardan tashkil topgan?

b) Uning qismlari qanday joylashgan?

v) Uni tasvirlashda kaysi daraxtlar barglaridan foydalanilgan?

4. Ishni bajarish taftibini aniklash:

a) Kapalakning ayrimqismlari (tanasi,qanotlari)ning joylashishini grafik

tasvirlash;

b) Kapalakning tanasi va kanoatlari uchun shakli hamda o‘lchamlari bir xil

bo‘lgan barglarni topish;

v) Ularni qog‘ozda joylashtirish;

g) Ishni amaliy bajarish.

5.Tarbiyachining ishni bajarish usullari xakidagi tushintirishlari.

6. Applikatsiyani bajarish bo‟yicha mustaqil ish:

a) Kapalakning ayrim qismlarini qog‘ozda to‘g‘ri tasvirlash;

b) Shakl, o‘lcham va bo‘yoqlarni to‘g‘ri tanlash;

v) Yelimlash ishlarini tartibli bajarish;

g) Kapalakning kuz va mo‘ylarini to‘g‘ri tasvirlash;

d) Ish bajarilgan qog‘ozning orqasida barglaridan foydalanilgan daraxtlarning

nomlarini yozish;

7. Ishni tahlil qilish.

Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarin aniklash

Xato va kamchiliklarni bartaraf qilish.

8. Ishni baholash.

O‘quvchilar e‘tiborini va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan ob‘ektdan mehnat

darslarida ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy muhim belgilari, elementlari

va xususiyatlarini ajratishga, to‘planayotgan materialni to‘g‘ri baholashga

yo‘llaydigan savollar ro‘yxati tuziladi.

Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bolalar barglardan

qush applikatsiyasini zo‘r ishtiyoq bilan bajaradilar, agarda applikatsiyani o‘z

istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa,

qiziqishlari yanada ortadi. Bunday dars, mashg‘ulot qo‘yidagi sxemaga ega

bo‘ladi:

1.O‟tkazilgan ekskursiya bo‟yicha suhbat:

a) Ekskursiyada qaerda bo‘ldik?

b) Qanday daraxtlarni ko‘rdik, ularning nomi qanday?

v) Ularning barglarining shakli bir xilmi?

g) Qanday qushlarni ko‘rdik?

2. Namuna tahlili;

a) To‘tiqush qanday qismlardan tashkil topgan?

b) Uning qismlari qanday joylashgan?

v) Uni tasvirlashda qaysi daraxtlar barglaridan foydalanilgan?

Amaliy mashg‟ulot

3. Ishni bajarish taftibini aniqlash:

a) To‘tiqushning ayrim qismlari (tanasi, qanotlari)ning joylashishini grafik

tasvirlash;

b) To‘tiqushning tanasi va qanoatlari uchun shakli hamda o‘lchamlari bir xil

bo‘lgan barglarni topish;

v) Ularni qog‘ozda joylashtirish;

g) Ishni amaliy bajarish.

4. O‟qituvchining ishni bajarish usullari haqidagi tushintirishlari.

5. Applikatsiyani bajarish buyicha mustaqil ish:

a) To‘tiqushning ayrim qismlarini qog‘ozda to‘g‘ri tasvirlash;

b) Shakl, o‘lcham va buyoqlarni to‘g‘ri tanlash;

v) Yelimlash ishlarini tartibli bajarish;

g) To‘tiqushning ko‘z va tumshug‘ini to‘g‘ri tasvirlash;

d) Ish bajarilgan qog‘ozning orqasida barglaridan foydalanilgan daraxtlarning

nomlarini yozish.

7. Ishni tahlil qilish.

Yo‘l quyilgan xato va kamchiliklarin aniqlash

Xato va kamchiliklarni bartaraf qilish.

8. Ishni baholash.

Turli materiallar bilan ishlashga o‘rgatishning texnologik xususiyatlari

shunday xilma-xilki, narsalar yasashda ulardan asosiy material sifatida ham,

yasalgan narsalarga bezak berish materiali sifatida ham foydalanish mumkin. Bu

ishlarni bajarish o‘quvchilarni estetik didini, tasavvurini oshiradi va ijodiy fikrlash

qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.

Somondan applikatsiyalar yasash.

Poxol-somondan qadimdan odamlar foydalanib kelishgan. Ulardan turli

foydali narsalar: bosh va oyok kiyimlari, sumkalar, koplar, idishlar, o‘yinchoqlar,

bezaklar, devorlar vaboshqa narsalarni yasashda foydalanib kelishgan. Xozirgi

kunda esa sanoatda tukish va dekoratsiya, applikatsiya ishlarida (kutichalar,

panellar, qalamdonlar) va shu kabilarga bezak berishda foydalaniladi.

Somon-boshoqli ekinlarning poyasi bo‘lib, unga ishlov berish oson bo‘lgan

materialdir. Somondan yasalgan narsalar juda chiroyli va nafisdir. Somon bilan

ishlash o‘quvchilar badiiy didini rivojlantirishga va o‘stirishga yordam beradi

Bu maqsadda bug‘doy, javdar, arpa somonlari ishlatiladi. Somonni boshoqli

ekinlarni yig‘ib-terib olingandan so‘ng ajratib olinadi. Bunda somon och sariq

rangda bo‘ladi. Agarda bu o‘simliklarning poyasi yaxshilab ko‘rib chikqilsa,

poyaning o‘zaro bo‘g‘imlar bilan birikkanligini, eng yuqoridagi qismi ingichkarok,

uzunroqligini ko‘rish mumkin. Somon qalamchalarini olish uchun poyaning o‘rta

va pastki qismi qaychi yoki biror o‘tkirtig‘li buyum yordamida bo‘g‘imlardan

qirqib, qismlarga ajratiladi. qirqilgan poya qismlari ko‘rinishi va uzunligiga ko‘ra

sortlarga ajratiladi: eng uzuni 1 sort, kaltarog‘i 2 sort, eng qisqasi 3 sort.

Maydalangan somondan foydalanib bo‘lmaydi, chunki u singan va o‘z

shaklini yo‘qotgan bo‘ladi. Shunung uchun somonni qo‘lda terib olish kerak.

Somonni ishlatishdan oldin qalamchalar bog‘lami tog‘oraga solinib, ustidan

qaynoq suv qo‘yiladi va tog‘orada bir sutka saqlanadi. Somon yumshab

mayinlangandan so‘ng uni tog‘oradan olib, suvi silkitib tushiriladi va har birini

uzunasiga o‘rtasidan bo‘linadi.

Somonni qirqqanda pastdan yuqoriga qarab qirqiladi. So‘ngra somonning

qirqilgan tomonini pastga qilib qo‘yib, iliq qilib dazmollanadi. Dazmolning

qiziganlik va dazmollash vaqtiga ko‘ra somonni turli rangga kiritish mumkin.

Masalan, och-sariq, sariq, och jigar rang, jigar rang.

Tayyor somon qalamchalarini turli ranglarga bo‘yash mumkin bu tasvirni

chiroyli chiqishiga yordam beradi. Dazmollangan somon ehtiyotlik bilan qutichaga

solib qo‘yiladi.

Somon qalamchalarini yelimlash bajariladigan ishning asosiy bosqichidir.

Somon qalamchalarini yelimlashda PVA yelimlaridan foydalanish maqsadga

muvofiqdir, chunki somon qalamchalarining elastiklik holatini yo‘qotmaydi,

boshqa yelimlaridan foydalanib bo‘lmaydi, chunki vaqt o‘tgan sayin qurib,

sarg‘ayib, qo‘porilib ketadi va tayyorlagan ishning sifatini buzadi.

Ishni boshlashdan oldin applikatsiya tasvirini chizib olish kerak. CHizilgan

tasvir qog‘ozning ikkinchi tomonidan ham ko‘rinib turishi kerak. CHunki somon

qalamchalari yopishtirib bo‘lingandan so‘ng tasvir shakli qirqib olinadi.

Tasvirni turli ko‘rinishlarda: hayvonlar, qushlar, odamlar, mevalar, binolar,

buyumlarning tasvirlaridan va turli manzaralardan foydalanish mumkin.

Tasvirning ko‘rinishiga qarab bir qancha qismlarga ajratib olish mumkin.

Tasvirning bir qismiga yelim suriladi va somon qalamchalari bir xil yo‘nalishda

yopishtiriladi va qolgan qismlariga ham yelim yupqa qilib surtilib,somon

qalamchalari turli yo‘nalishlarda yopishtiriladi. Shunda tasvir aniq ko‘rinishga ega

bo‘ladi. Yelimlangan somon qalamchalari tasvirning chetki chiziqlaridan chiqib

turishi kerak. Yelimlash ishlari to‘gagandan so‘ng qog‘ozni orqasiga o‘girib,

qaychi yordamida qog‘ozdagi tasvirni va somon qalamchalarini ortiqcha qismini

qirqib olamiz. Tasvirni qirqib olishda aniq, to‘g‘ri va sifatli qirqishni amalga

oshirish kerak. Tasvirni asosi uchun to‘q rangdagi fon olinadi. Chunki somondan

tayyorlangan tasvir aniq va ravshan ko‘rinishi uchun qora va boshqa to‘q rangdagi

barxatli qog‘ozdan foydalaniladi. Yanada ish sifatli chiqish uchun matoga,

ramkalarga yoki faner listlaridan foydalanish mumkin.

Agarda somondan narsalar yoki qo‘g‘irchoq to‘qish ishlarini bajarish uchun

somon bog‘ini tog‘oraga solib 2-3 kun maboynida issiq suvda ivitib qo‘yish kerak.

Ivigan somon poyasini tog‘oradan namligida olib, suvdan tozalab olinadi va somon

poyasi yumshoqlik vaqtida 4 ta somon poyasidan iborat lenta to‘qiladi yoki somon

poyalari bog‘ qilib bog‘lanadi.To‘qilgan somon lentalardan: shlyapalar,

karmonlar, devorlar, uyning tom qismlari va shu kabilar tukiladi.

Bog‘langan somon poyalarini ip yordamida bog‘lab bosh qismi ajratib olinadi

va qolgan qismlarii o‘rilgan somon poyasidan yoki somon bog‘idan bog‘lanib tana

qismiga o‘lanadi. Tayyorlangan shakllarga qo‘shimcha ishlov berib bolalar uchun



turli ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar, buyumlar, hayvon shakllarini yasash mumkin.
Download 16,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi