Bolalar adabiyoti



Download 20,9 Kb.
Sana20.08.2021
Hajmi20,9 Kb.
#152461
Bog'liq
Bolalar adabiyoti


Bolalar adabiyoti

Reja: 


1. Bolalar adabiyotining ma`naviy ahamiyati.  


2. Bolalar adabiyotining mumtoz adabiyot namunalari bilan bog’liqligi.

3. Mumtoz davr adabiyotida bolalar kitobxonligi          


4.Topishmoq,  tez  aytish,  maqol,  ertak  va  dostonlarning janr ko`lami. 

Bolalar adabiyoti — bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy kismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyoti ni bevosita bolalarga moʻljallab yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsada, keyinchalik Bolalar adabiyoti ga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin.

Bolalar adabiyoti ning oʻziga xos xususiyati — oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyoti ning eng asosiy xususiyatlaridandir. Maye, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi.

Bolalar adabiyoti ning yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyoti da syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda ye.chilishini talab qiladi.

Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mavʼizatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyoti ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning "Mavʼizatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Savdiyning "Guliston" va "Boʻston", Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida oʻzbek Bolalar adabiyoti ga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ulabror", "Mantsh uttayr" va "Mahbub ulqulub" asarlari, Xojaning "Miftoh uladl" va "Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa oʻzbek Bolalar adabiyoti ning mumtoz namunalari boʻlib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

Bolalar adabiyoti ning shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan maʼrifatparvarlik va maktabmaorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek Bolalar adabiyoti ning barqarorlashuvi ham 19-asr 2 yarmi — 20-asr boshlaridagi maʼrifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va boshqa oʻnlab maʼrifatparvarlarning "yangi usul" ("usuli jadidiya")dagi oʻzbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va oʻqish kitoblari oʻzbek Bolalar adabiyoti ning tom maʼnodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyoti ga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning oʻziga xos tamoyillarini belgilash 20-asr boshlariga xosdir.

Oʻzbek Bolalar adabiyoti jahon Bolalar adabiyoti ning ilgor anʼanalari taʼsirida rivojlandi. Jahon Bolalar adabiyoti ning nodir namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilindi, "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Tom togʻaning kulbasi" (BicherStou), "Soʻna" (E. Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari oʻzbek bolalarning ham mulki boʻlib qoldi.

Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish Bolalar adabiyoti tarjimachiligidagi bir yoʻnalish boʻlsa, Gʻarb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini oʻzbekchalashtirish ikkinchi yoʻnalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va boshqa ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va oʻqish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik Bolalar adabiyoti ning oʻziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi. 20-asrning 20—30- yillarida Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Gʻayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Joʻra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Poʻlat Moʻmin va boshqa ijodkorlarning asarlari oʻzbek Bolalar adabiyoti ning rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Oʻzbek Bolalar adabiyoti da ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, "Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning "Ajdar", Shukur Saʼdullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning "Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi", Sulton Joʻraning "Zangor gilam" va "Qaldirgʻoch" singari adabiy ertaklari xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30- yillarda oʻzbek bolalar sheʼriyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi.

40—60- yillarda oʻzbek Bolalar adabiyoti yanada rivojlandi, bolalar yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Tolib Yoʻldosh, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va boshqa qalamkashlar hisobiga kengaydi. Uygʻun, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar yaratdilar.

Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat "Tabiat alifbosi" yosh kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va oʻsimliklar dunyosiga mehrmuhabbat ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yoʻgʻrilgan, mavzular rangbarangligi va tasvirning mukammalligi bilan eʼtiborga sazovor.

50—60- yillarda Gʻafur Gʻulomning "Shum bola", Oybekning "Bolalik", Abdulla Qahhorning "Oʻtmishdan ertaklar", Nazir Safarovning "Koʻrgankechirganlarim" qissalari nasriy Bolalar adabiyoti rivojiga munosib ulush boʻlib qoʻshildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Sehrli qalpoqcha", "Sariqdevni minib", "Sariq devning oʻlimi" asarlari ham sara asarlar qatoridan oʻrin oldi. Bular koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning "Sunmas chaqmoqlar", "Yonar daryo", "Kichkintoy" qissalari, "Lochin qanotlari" romani davrning dolzarb muammolarini qamrab olishi, badiiy tasvirning oʻziga xosligi bilan eʼtibor qozondi.

80- yillar Bolalar adabiyoti da Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va boshqa ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan eʼtiborga sazovor boʻldi.

Bolalar adabiyoti da badiiylik bilan bir qatorda maʼrifiylik ham yetakchi oʻrin tutadi. Chunki Bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar Bolalar adabiyoti ning taraqqiyot tamoyillari, avvalo, maʼrifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq Bolalar adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham koʻzga tashlanadi. Jumladan, 20 asr boshlarida oʻzbek Bolalar adabiyoti da koʻproq maʼrifatparvarlik gʻoyalari yetakchilik qilsa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 5060- yillar Bolalar adabiyoti da sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi. 80- yillar Bolalar adabiyoti da psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, oʻz qarashlariga ega boʻlgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.

Oʻzbek Bolalar adabiyoti taraqqiyotida 90- yildar yangilanish davri boʻldi. Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi Bolalar adabiyoti namoyandalari ijodiga ham sezilarli taʼsir qildi, ularning asarlarida haqiqiy oʻzbek qiyofasi tasviri yetakchi oʻrin egallay boshladi.

Bolalar adabiyoti ning oʻziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon boʻladi. Mac, 20-asr boshlari Bolalar adabiyoti namunalari koʻproq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targʻibiytashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da koʻproq xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yoʻq edi. 50—60- yillar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi oʻrin tutish bilan chinakam Bolalar adabiyoti ga aylandi. 70—80- yillar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora hayotga oʻz nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik taʼriflardan koʻra tanqidiy nigohi oʻtkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda oʻzbek Bolalar adabiyoti ga ilk bora bolalarning oʻziga xos, endigina uygʻonib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90- yillar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, oʻzbek bolasi oʻzbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish ruhidagi, tom maʼnodagi vatanparvarlik gʻoyasi ustuvor asarlarni oʻqish baxtiga musharraf boʻldi.

 Keltirishlaricha, zabardast, bilagida 


kuch-quvvati to`lib-toshib turgan bir yigitning tomirida ishyoqmaslik
dangasalik oqib qoladi. O`zi, bola-chaqasi och, yupun, bir parcha 
nonga muhtoj. 
Ana shu yigit o`rmon bo`ylab yurib ketayotganida uning 
qarshisidan bir donishmand chol chiqib qoladi. Bularnnig o`rtasida 
bo`lib o`tgan savol-javob har qanday kitobxonning g`ashiga tegadi, uni 
o`ylashga, mehnat qilib, peshona teri to`kib yashashga undaydi. Yigit 
donishmandga murojaat qilib: 
- Otaxon, ochman, non bering, - dedi. 
- O`ng ko`zingni bersang, bir parcha non beraman, - dedi 
donishmand. 
- Yo`q, o`ng ko`zim o`zimga kerak, - dedi yigit. 
- Unday bo`lsa, chap ko`zingni ber, - dedi donishmand. 
- Chap ko`zim o`zimga kerak, - dedi yigit. 
- Mayli, o`ng qo`lingni bera qol, - dedi donishmand. 
- O`ng qo`lim o`zimga kerak, - dedi yigit. 
- Bo`lmasa chap qo`lingni ber, - dedi donishmand. 
- Chap qo`lim o`zimgi kerak, - dedi yigit. 
Donishmand shu zaylda yigitning jamiki a’zolarini so`rab chiqdi. 
Yigit hammasini rad etdi. Shunda donishmand: 
- To`rt muchang sog` ekan ishla, biror kasb-hunar o`rgan. Tog`ni 
ursang talqon qiladigan yigit ekansan o`zingning kallang, onging, 
mehnating, hunaring bilan non top, tirikchilik o`tkaz, - dedi. 
Demak, bu davr bolalarida har tomonlama mas’uliyat bor, vazifa, 
yuk bor. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalarga xalqimizning 
shonli tarixi, bugungi hayoti haqida yozilgan turli janrdagi asarlarni 
tavsiya etish mumkin. “Shiroq”, “To`maris” kabi afsonalar, “Uch og`a-
ini botirlar”, “Ur to`qmoq”dek ertaklar bilan birga, Oybek, G`afur 
G`ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Hakim Nazir, Shukur 
Sa’dulla, Anvar Obidjon, Tursunboy Adashboev va boshqalarning 
zamonaviy mavzudagi eng yaxshi asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat 
kasb etadi. 
Jahon bolalar adabiyotining A.Pushkin, L.Tostoy, S.Servantes, 
D.Defo,  J.Svift,  E.Voynich,  K.Chukovskiy,  S.Marshak  kabi 
namoyandalari yaratgan asarlar bolalar dunyoqarashini shakllantirishga 
ijobiy ta’sir ko`rsatadi. 
Ko`rib o`tganimizdek, bolalar adabiyoti o`ziga xos xususiyatlari 
bilan kattalar adabiyotidan farq qiladi. Zotan, bolalar yozuvchisi dunyo 
voqealarini bolalar tasavvuri, tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi. 
Shu orqali bolalarni olg`a intilishga chaqiradi, hayotni chuqur 
anglashga va sevishga yordam beradi. 

Bolalar adabiyoti yildan yilga shakllanib, koʻzga tashlana boshladi. Ayniqsa, bu yillarda yuqoridagi qalamkashlarning safiga Z. Diyor, D. Oppoqova, M. Fayziy, I. Muslim, A. Rahmat, Sh. Saʼdulla, S. Joʻra, M. Oqilova, Q. Muhammadiy, H. Nazirlarning kelib qoʻshilishi katta voqea boʻldi. Ular bolalarni yaxshi oʻqishga, ilm-fan nurlaridan bahramand boʻlishga, davrning haqiqiy oʻgʻil-qizlari boʻlib kamol topishga targʻib etadilar.

Bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi. 30yillarga kelib, oʻzining professional shoir va yozuvchilariga ega boʻldi. Poyeziya (Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, Shukur Saʼdulla, Sulton Joʻra, Mahmuda Oqilova, Quddus Muhammadiy), proza (Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova, Hakim Nazir), dramaturgiya (Zafar Diyor, Dorjiya Oppoqova) sohalarida bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin Ayniy, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Oybek, Shokir Sulaymon, Elbek va Gʻayratiylar ham oʻzbek bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Bu davrda Zafar Diyorning “Qoʻshiqlar” (1933), “Tantana” (1936), “Sheʼrlar” (1939), “Muborak” (1940), “Sheʼr va hikoyalar” (1940) toʻplamlari va “Mashinist” (1935) poyemasi, “Baxtli yoshlik” dramasi, “Joʻnatish”, “Nojoʻyaliklar” hikoyalari; A. Rahmatning “Dum” (1938), “Baxtli yoshlik” (1939), “Zavqli allalar” (1940), “Sheʼrlar” (1940), “Hiylagar tulki” (1940) kitoblari; Sulton Joʻraning “Fidokor” (1940); Ilyos Muslimning “Oʻsuv” (1932), “Zaharxandalar” (1932) toʻplamlari, “Miqti keldi” poyemasi (1934); Shukur Saʼdullaning “Hayqiriq” (1933) toʻplamlari bosilib chiqdi.

Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda koʻplab asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Buning natijasida oʻzbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib bordi. Ayniqsa, “Yosh turkistonliklar”, “Bolalar yoʻldoshi”, “Bolalar dunyosi”, “Oʻzgaruvchi yoshlar”, “Yosh kuch” kabi nashrlarning yoʻlga qoʻyilishi bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab boʻldi.

Juda koʻp hikoyalarda kichkintoylarning hayotlari oʻz ifodasini topmoqda. Shodmonbek Otaboyevning “Itolgʻi” hikoyasi qush, qurt-qumursqalarni sevish, ardoqlashga qaratilgan. Itolgʻi chumchuq va chugʻurchuqlarni tutib olib yeydigan qush. Shukurali aka Itolgʻini jiyani Shavkatga sovgʻa qiladi. Shavkat uzum qoʻriqlashda undan foydalanmoqchi edi. Ammo qush ularnikida oʻzini erkin sezmaydi. Buning sababini surishtirganda Shavkatning otasi bu qush ozod va erkinlikni qoʻmsayotganligini tushuntiradi. Shavkat qushlarni yaxshi koʻradigan, rahmdil bola. U Itolgʻini qafasda uch kun zoʻrgʻa ushlab turadi. Qafasda qush emas, oʻzi oʻtirgandek boʻladi va Itolgʻini qafasdan butunlay chiqarib yuboradi. Qush bolaga “rahmat” degandek parvoz qilib ketadi.

Xulosa

Oʻzbek xalqi avvaldan mehnatkash xalq. Ishchanlik bizga otabobolarimizdan meros boʻlib qolgan. Q. Muhammadiyning “Etik”, “Buvimning hikoyasi”, H. Yoqubovning “Sirdaryo oftobi”, Shukur Saʼdullaning “Hovlimizning bolalari”, “Dastyor qiz”, “Bogʻbon qiz”, Ilyos Muslimning “Oyxon va rayhon”, “Ishchan asalarilar”, “Sening sovgʻang”, Poʻlat Moʻminning “Dalalarga qarasam”, “Oftob chiqdi olamga”, Qudrat Hikmatning “Bobo va nabira”, “Joʻjam, yurma laqillab”, Tolib Yoʻldoshning “Vaqt qadri”, Yusuf Shomansurning “Baraka”, “Tikuvchi” sheʼrlari bevosita mehnat mavzusiga bagʻishlangan. Hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyotida sheʼriyat rivojlangani kabi nasrda ham salmoqli asarlar yuzaga keldi. Yozuvchilarning yangidan yangi avlodlari kamol topdi. Ayniqsa, hikoyachilik oʻsdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga toʻla javob bera oladigan hikoyalar bunyod etildi. Hakim Nazir, Yoqubjon Shukurov, Shukur Saʼdulla, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Turgʻunboy Gʻoipov, Rahmat Azizxoʻjayev, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Sobir Yunusov, Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov, Nodir Nazarov, Ergash Raimov, Safar Barnoyev, Abusaid Koʻchimov, Anvar Obidjon va boshqalarning oʻnlab hikoyalar toʻplamlari bosilib chiqdi. Shoirlarimiz oʻz asarlarida bolalarni mehnatkash boʻlishga, mehnat ahlini hurmat qilishga, ularning peshona terlari evaziga bunyod etilgan narsalarni eʼzozlashga, asrab-avaylashga daʼvat qiluvchi sheʼrlari bilan kitobxon mehrini qozonmoqdalar. Hozirgi zamon oʻzbek bolalar badiiy adabiyoti bilan birga bolalar adabiyotshunosligi va adabiy tanqid ham pogʻonamapogʻona oʻsdi, rivojlandi. Bir qator darslik, qoʻllanma, majmua, monografiya, kitoblar yozildi. Oʻnlab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Shu zaylda hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyoti rivojlanishda davom etmoqda. U yangi yozuvchilar, yangi asarlar bilan tobora boyib bormoqda. Bir soʻz bilan aytganda, bu adabiyot mustaqil Oʻzbekistonimizning tobora gullabyashnashi uchun xizmat qilmoqda.



 

Foydalanilgan adabiyotlar: 


1. I.A. Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch.- T.: 


Ma`naviyat, 2008.  
2. Jumaboyev M. O`zbek bolalar adabiyoti. –T.: O`qituvchi, 2002. 
3. Jumaboyev M Bolalar adabiyoti. –T.: O`qituvchi, 2011. 
4. Jo`rayeva G O`zbek bolalar she`riyatida hajviy obraz yaratish 
mahorati. –T.: Muharrir, 2011. 
5.Masharipova Z. O`zbek xalq og’zaki ijodi.- T., 2008   
Download 20,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish